Toshkent tibbiyot akademiyasi "tasdiqlayman"
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
talabalar mustaqil ishi kasallik tarixi boyicha uslubiy qollanma tibbiyot oliy oquv yurtlari davolash fakulteti iii kurs talabalari uchun uslubiy qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. So`roq ma’lumotlari Shikoyatlari
1 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TIBBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH MARKAZI TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
“TASDIQLAYMAN” O’z.R.S.S.V.ning Fan va o’quv yurtlari bosh boshqarmasi boshlig’i, prof. Sh.E.Ataxanov ___________________________ 2009 y. “_____”_____________ №_______ bayonnoma
MAVZU: Talabalar mustaqil ishi (kasallik tarixi) bo’yicha uslubiy qo’llanma Tibbiyot oliy o’quv yurtlari davolash fakulteti III kurs talabalari uchun uslubiy qo’llanma Ta’lim yonalishi- 720000-“Sog’liqni saqlash” 5720100-“Davolash ishi”
TOSHKENT-2009 “KELISHILDI” O’z.R.S.S.V.ning Tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi direktori M.S. Yusupova ___________________________ 2009 y. “_____”_____________ №_______ bayonnoma
2
Tuzuvchilar: 1. Zokirxo’jayev Sherzod Yahyoyevich, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x.d.t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi mudiri, T.F.D., professor 2. Solihov Mirilhom Usmonovich, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x.d.t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi katta o’qituvchisi
Taqrizchilar: 1. Bobojonov S.N.-Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti fakultet, gospital terapiyasi, sharq tabobati va tibbiy profilaktika fakulteti ichki kasalliklari kafedrasi professori
2. Raximov Sh.M.-Toshkent Pediatriya Tibbiyot instituti gospital terapiya va ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi mudiri professor
“Talabalar mustaqil ishi (kasallik tarixi) bo’yicha uslubiy qo’llanma”mavzusidagi o’quv-uslubiy qo’llanma tibbiyot oliy o’quv yurtlari davolash fakulteti III kurs talabalari uchun moljallangan.
Uslubiy qo’llanma TTA MUKida muxokama qilindi. 2009 y. “_____”_____________ №_______ bayonnoma
2009 y. “_____”_____________ №_______ bayonnoma
Ilmiy kengash kotibi (F.I.Sh., imzosi) Oliy o’quv yurtining gerbli muhri bosilishi shart. 3
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x.d.t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi mudiri, T.F.D., professor Zokirxo’jayev Sherzod Yahyoyevich va kafedra katta o’qituvchisi Solihov Mirilhom Usmonovich hammuallifligidagi “Talabalar mustaqil ishi (kasallik tarixi) bo’yicha uslubiy qo’llanma”ga taqriz
Mualliflar Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi ishchi dasturi asosida talaba mustaqil ishi (kasallik tarixi) o’quv uslubiy qo’llanmasini yaratishgan. Qo’llanma lotin grafikasida kasallik tarixi yozishga oid mavzuda yaratilgan bo’lib, unda talabalar tomonidan kasallik tarixini yozishda ahamiyat berilishi kerak bo’lgan barcha jihatlar to’la tarzda bayon qilingan. Bemor shikoyatlari tizimlar bo’yicha berilgan, kasallikni rivojlanish tarixi, bemor hayoti tarixi chuqur yoritilgan xamda epidemiologik, allergologik anamnezlar yig’ish tartibi keltirilgan. Ayniqsa bemorlarni umumiy va mahalliy ko’ruvdan o’tqazish batafsil yoritilgan. A’zolar tizimi ob’ektiv ko’rigida perkussiya, auskulitatsiya, palpassiya natijalari tartibi keltirilgan. Bemor kasalligini rivojlanishini grafik tasviri kasallik rivojlanish jarayonini tasavvur qilishga xamda diagnozni to’ri qo’yishga xizmat qiladi. Talaba uchun bu metodik qo’llanmaning yana bir qulayligi shuki unda qo’shimcha tekshiruv usullari taxliliga asoslangan xolda klinik diagnozni qo’yish sodda tushunarli tilda yozilgan. Ushbu o’quv uslubiy qo’llanma nafaqat talaba balki, yosh pedagoglar xamda U.A.Sh. shifokorlari uchun xam foydali metodik qo’llanma sifatida tavsiya etilgan va buni to’liq oqlaydi deb o’ylayman.
Bobojonov S.N.-Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti fakultet, gospital terapiyasi, sharq tabobati va tibbiy profilaktika fakulteti ichki kasalliklari kafedrasi professori
4
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x.d.t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi mudiri, T.F.D., professor Zokirxo’jayev Sherzod Yahyoyevich va kafedra katta o’qituvchisi Solihov Mirilhom Usmonovich hammuallifligidagi “Talabalar mustaqil ishi (kasallik tarixi) bo’yicha uslubiy qo’llanma”ga taqriz
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi kasb kasalliklari, gematologiya va x.d.t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi mudiri, T.F.D., professor Sh. Ya. Zokirxo’jayev va kafedra katta o’qituvchisi M. U. Solihov hammuallifligida yozilgan talaba mustaqil ishi (kasallik tarixi) o’quv uslubiy qo’llanmasi yangi o’quv yilida lotin grafikasida talabalarni mustaqil ishini yozishda juda muxum qo’llanmadir. Qo’llanma lotin grafikasida kasallik tarixi yozishga oid mavzuda yaratilgan bo’lib, unda talabalar tomonidan kasallik tarixini yozishda ahamiyat berilishi kerak bo’lgan barcha jihatlar to’la tarzda bayon qilingan. Bemor shikoyatlari tizimlar bo’yicha berilgan, kasallikni rivojlanish tarixi, bemor hayoti tarixi chuqur yoritilgan xamda epidemiologik, allergologik anamnezlar yig’ish tartibi keltirilgan. A’zolar tizimi ob’ektiv ko’rigida perkussiya, auskulitatsiya, palpassiya natijalari tartibi keltirilgan. Bemor kasalligini rvojlanishini grafik tasviri kasallik rivojlanish jarayonini tasavvur qilishga xamda diagnozni to’ri qo’yishga xizmat qiladi. Talaba uchun bu metodik qo’llanmaning yana bir qulayligi shuki unda qo’shimcha tekshiruv usullari taxliliga asoslangan xolda klinik diagnozni qo’yish sodda tushunarli tilda yozilgan. Ushbu o’quv uslubiy qo’llanma talabalarga klinika sharoyitida kasallik tarihini to’g’ri tuzishga, bu orqali diagnostika jarayonini to’g’ri olib borishga o’rgatadi. Qo’llanma yosh pedagoglar xamda U.A.Sh. shifokorlari uchun xam foydali metodik qo’llanma vazifasini bajaradi deb o’ylayman.
Raximov Sh.M.-Toshkent Pediatriya Tibbiyot instituti gospital terapiya va ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi mudiri professor
5
Talaba mustaqil ishi (kasallik tarixi) o’quv uslubiy qo’llanmasi Davolash fakulteti III kurs talabalari ichki kasalliklar propedevtikasi fanini o’tish jarayonida bemorlar bilan birinchi bor mustaqil ishlay boshlashlari sababli muxim qo’llanmadir. Qo’llanma lotin grafikasida kasallik tarixi yozishga oid mavzuda yaratilgan. Talabalar ichki kasalliklar propedevtikasidan olgan nazariy bilimlarini amalda qo’llashlari ularning mustaqil ishlarida o’z aksini topadi. Talabalar bemorlar bilan muloqotda deontologiya qoyidalariga rioya qilishlari, xar bir savolni muloxaza bilan o’ylab bemordan so’rashlari zarur. Qo’llanmada bemor shikoyatlari tizimlar bo’yicha berilgan, kasallikni rivojlanish tarixi, bemor hayoti tarixi xamda epidemiologik,, allergologik anamnezlar yig’ish tartibi keltirilgan. Bemorlarni umumiy va mahalliy ko’ruvdan o’tqazish o’quv adabiyotlarida batafsil yozilganini xisobga olgan xolda ularni o’tqazish usuli qaytadan yozilmadi, lekin bu tekshiruv usullarini qadamma-qadam bajarish va kasallik tarixida yozish talab etiladi. A’zolar tizimi ob’ektiv ko’rigida perkussiya, auskulitatsiya, palpassiya natijalari tartibi keltirilgan ularni xam qadamma-qadam bajarish va kasallik tarixida yozish talab etiladi. Bemor kasalligini rvojlanishini grafik tasviri kasallik rivojlanish jarayonini tasavvur qilishga xamda diagnozni to’g’ri qo’yishga xizmat qiladi. Metodik qo’llanmada qo’shimcha tekshiruv usullarini tahlilini yozish va tahlilga asoslangan xolda klinik diagnozni qo’yish tavsiya etiladi. Metodik qo’llanma talabalarni terapevtik klinikada bemor bilan dastlabki muloqoti bo’lishi tufayli ular kasallik tarixini ichki kasalliklar propedevtikasi fani talablari asosida yozishadi, boshqa klinik fanlarda o’sha fanlar talablaridan kelib chiqqan xolda ushbu sxemaga biroz qo’shimchalar qo’shilishi mumkin.
6
1. Familiyasi, ismi, otasining ismi- 2. Yoshi- 3. Millati - 4. Ma’lumoti- 5. Kasbi- 6. Ish joyi- 7. Vazifasi- 8. Uy adresi- 9. Kasalhonaga kelgan kuni (og`ir ahvolda bo`lsa soat va minuti ko’rsatilishi shart)
“Shikoyatlar” bo`limida faqat xozirgi vaqtdagi shikoyatlarni to`liq yoritish lozim, yani bemorning kasali boshlangan kuni qayd qilinmagan shikoyatlar ro`yhatga olinmaydi. Agar bemorning bir necha kasali bo`lsa, u xolda avval asosiy kasallikga oid shikoyatlar, undan so`ng esa xuddi shu yo`sinda qolgan (hamrox) kasallikga oid shikoyatlar so`raladi va yoritiladi. Bemorning shikoyatlari ikki guruhga ajratiladi: asosiy va ikkinchi darajali yoki qo’shimca shikoyatlar. Asosiy shikoyatlari A’zolar tizimi bo’yicha asosiy shikoyatlari A.Nafas tizimi faoliyatiga oid shikoyatlar:
1. Yo`tal: a) Quruq yoki balg`am ko’chuvchi yo’tal; b) Yo`talning paydo bo`lish vaqti: ertalab, kechki payt, kechqurun. v) Uning davomiyligi: to`xtovsiz yoki davriy; g) Yotalning xarakteri va intensivligi: baland, kuchli, sekin, ovozsiz, xurillagan va x. k.; d) Yo`talning paydo bo`lish sharoyitlari: tananing aloxida vaziyatda bo`lishligi (aynan qaysi), ovqatlanishdan so`ng va x.k.)
2. Balg`amning mavjudligi: a) Sutkaning turli vaqtidagi miqdori; b) Qanday bartaraf bo`lishi: osongina, qiyinchilik bilan, qanday sharoyitda oson bartaraf bo`lishi;
7 v) Balg`amning xidi; g) Balg`amning quyuq-suyuqligi: shilimshiq, suyuq, quyuq va x. k. d) Qatlamning miqdori va uning tarifi;
3. Qon tuflashning mavjudligi: a) Intensivligi- qon laxtalari yoki toza qon (uning miqdori); b) Qoning rangi- och yoki to`q; v) Qon tuflash davriyligi;
4. Ko`krak qafasidagi og`riq mavjudligi: a) Og`riqni xarakteri: lo`qillovchi, simillovchi, sanchuvchi va x. k. b) Og`riq joylashgan soxa; v) Og`riqni nafas olishga bog’liqligi, jismoniy zo`riqish yoki yo`tal bilan bog`liqligi va x . k. g) Og`riqning tarqalishi; d) Og`riqni yengilashtiruvchi vositalarti; e) Og`riqni kuchaytiruvchi xolatlar-gavdani turli tomonlarga og`ishi, ko`krak qafasiga bosilish.
a) Doimiy, tinch xolatda, yoki zo`riqishda, yurganda, tananing turli holatida, gapirganda; b) Nafas qisishni xarakteri-inspiratorli, ekispiratorli, aralash; v) Bo’g’ilib qolishga aylanadigan nafas qisishning vaqti va uning yuzaga chiqish xolati, jismoniy zo`riqish, turli xidlar bilan bog`liqligi, davomiyligi, nima bilan xamroxligi, yo’talni mavjudligi va qanday xarakterli yo’talligi (quruq yoki balg`amli) shu balg`amning xarakteri; bo’g’iluvchan yokiy qattiq xushtaksimon xurullash bilan), shu vaqtda bemorning ruxiyati va o`zini tutishi, qo`laniladigan davoning effektivligi (aynan qaysi davoning effektivligi).
B.Yurak qon aylanishi tizimi faoliyatiga oid shikoyatlari.
1. Nafas siqishi (oldingi punktdagi ma’lumotlar so’raladi: a) Doimiy, tinch xolatda, yoki zo`riqishda, yurganda, tananing turli holatida, gapirganda; b) Nafas qisishni xarakteri-inspiratorli, ekispiratorli, aralash; v) Bo’g’ilib qolishga aylanadigan nafas qisishning vaqti va uning yuzaga chiqish xolati, jismoniy zo`riqish, turli xidlar bilan bog`liqligi, davomiyligi, nima bilan hamroxligi, yo’talni 8 mavjudligi va qanday xarakterli yo’talligi (quruq yoki balg`amli) shu balg`amning xarakteri; bo’g’iluvchan yokiy qattiq xushtaksimon xurullash bilan), shu vaqtda bemorning ruxiyati va o`zini tutishi, qo`laniladigan davoning effektivligi (aynan qaysi davoning effektivligi).
2. Yurak soxasidagi og`riq: a) Doimiy yoki xurujli; b) Muayan sharoyitda og’riqni bartarav qilish mumkinligi (ko`krakda, yurak atrofi soxasida va x. k.) v) Og’riqni tarqalish (irradiatsiya); g) O’g’riqni xarakteri: simillovchi, sanchuvchi, siquvchi, lo`qillovchi, bosuvchi; d) O’g’riqni vaxima va qo`rquv bilan, quvvatsizlik bilan, muzdek ter bosish bilan, bosh aylanish bilan bog`liqligi; e) O’g’riqni intensivligi; j) O’g’riqni davomiyligi; z) Vaqt birligida og`riq xurujini chastotasi; i) Og`riq paydo bo`lishini sababi va xolati; k) Og`riq xuruji vaqtida bemor o`zini tutishi va xolati; l) Tibbiy yordam effektivlik darajasi qandayligi, qancha vaqtga yordam berishi va uning ta’sir qilish tezligi; 3. Yurak urishini o’zgarishi; a) Yurak urishi tezlashishining xarakteri; davriyligi, doimiyligi, xurujliligi, intensivligi, takrorlanish xossalari; b) Yurak urishini o’zgarishi paydo bo`lish sharoyitlari: jismoniy zo`riqishdan keyin, tinch xolatda, tana xolatining o`zgarishida, xayojonlanganda va x. k.). v) Yurak urishini o’zgarishi nima bilan kechishi ( nafas siqishi, yurak og`rig`i va x . k ..) 4. Yurak urushini bemor xis qilishi. 5. Chetki (periferik) qon tomirlarining torayishining belgilari; tananing qaysi qismlarida, nima tufayli, qanday chora ko’rilsa o`tib ketadi. 6. Oyoq va boshqa joylarda shishni paydo bo`lish vaqti (ertalab, kechqurun.) 7. Bosh og`rig`ishi (Og`riqning xarakteri: Obi-xavoning o`zgarishiga bog’liqligi, jismoniy zo`riqish natijasida og’rish, xayojonlanishda, tinch vaqtda xam og`riqni sezish, kunni qaysi vaqtida kuchayishi (kunduzi yoki tunda).
V. Hazm tizimi faoliyatiga oid shikoyatlari.
9 1. Ishtaxaning o’zgarishi: yaxshi, ishtaxasizlik, ishtaxa oshgan, o’zgargan, ishtaxaning butunlay yo`qligi (xamma taomlarga yoki ayrim taomlarga); 2. Ozgina taomga to`yib qolish xissi; tez ochqash yoki doimiy ochlikni sezish (to’ymaslik). 3. Ko’p chanqash, sutkada iste’mol qilinadigan suyuqlik miqdorini oshganligi, og`izni ko’p qurishi. 4. Og`izdagi ta’mni o’zgarishi: nordon, achchiq, metall ta’mi, shirinroq ta’m, ta’m sezish kamayishi yoki yo`qolishi. 5. O`g`izdan xid kelishi: chirish xidi, ammiakli, achimtir, chiriyotgan olma xidi va x. k. 6. Yutinish va ovqatning yutilishini o’zgarishi: og`riq bilan yutinish, qiynalib yutinish, ovqat yutilishi qiyinligi (qanday konsistenssiyalik ovqat yutilishi qiyinligi) 7. So`lakning ajralishi (ko’p, kam). 8. Ortiqcha kekirish mavjudligi (nima sababli va qay vaqtda boshlanishi, qay darajada) 9. Jig`ildon qaynashi: ovqat istemol qilish va ovqatning turiga bog`liqligi. Jig`ildon qaynashini yengilashtiruvchi vositalar qo’llash, ularning turlari. 10. Ko`ngil aynashi: ovqat iste’mol qilishga va uni turiga bog`liqligi. 11. Qusish mavjudligi: a) Ochlikda qusish, ovqat iste’mol qilgandan so`ng qusish ( o`sha zaxoti yoki ma’lum vaqt o`tgach ), qusish qanday bezovtaliklar bilan o`tishi; qusgach bemorning axvolini o’zgarishi ; b) Qusuq moddasining xususiyatlari: yeyilgan ovqat, zardob, to`q jigarrang, toza qon laxtalari mavjudligi va x. k.; Qusuq moddasining xidi (chirigan, achimtir va x. k.), xidsiz. 12. Qorin og`rig`i mavjudligi va uning xususiyatlari: a) Og’riqni yoyilganligi yoki muayan joyda mavludligi; b) Og’riqni qachon va qanday sharoitlarda boshlanishi; ovqatlanishdan oldin, so`ng, (qancha vaqt o`tgach), tungi o`g`riqlar mavjudligi. Ovqatlanishning qorin og`rig`ini darxol to`xtatishi mavjudligi. Og`riqni yengilatishning boshqa usullaridan foydalanish (qusish; dori qabul qilish, isiq qo’yish va x. k.) v) Og’riqni iste’mol qilinadigan taom turi bilan bog`liqligi (quyuq taom, hazm bo`lishi qiyin bo`lgan taom, yog`liq, achiq va x. k. taomlar) yokiy uning miqdoriga bog’liqligi. g) Og`riqning xarakteri: kuchli, simillovchi, lo`qillovchi, xurujli, doimiy, kuchayib boruvchi. d) Og’riqni davomiyligi: g) Og’riq qanday be’zovtalik yoki symptom bilan hamrox xolda kechadi. j) Qorin og’rig’ida siydikni rangining to`qligi, og’riq xurujidan so`ng ichning rangini ocharishini kuzatilishi; 13. To’sh osti va boshqa soxalarda og`irlik va og`riq sezilishi.
10
14. Qorining shishganligi. Qorinning damlanishi va gazlarning chiqishi. Qorin bo`shlig`ining xaddan ziyod quldirashi. 15. Ich kelishini o’zgarishi: a) Ich kelishini xar kuni bir maromda, bir kunda bir necha bor turli vaqtlarda ich kelishi. Ich kelishi mustaqil, yoki qandaydir usul qo`llanilgandan keyin (klizma, ich yurg’izuvchi dorilar qo’llash). b) Ich qotishi: necha kungacha ich kelmasligi. v) Ich ketishi: nimadan keyin boshlanishi, sutka davomida ichni ketishi soni. g) Tenezmalar mavjudligi; d) Ahlat massasining xarakteri (suyuq, suvdek, quyuq, dona-dona va x. k.), ahlatning rangi va xidi; aralashmalar xususiyati: shilimshiq, qon va yiring, hazm bo`lmagan ovqat qoldiqlari , gijja va gijja tuxumlari mavjudligi. e) Qon ajralishi ich kelishi (ich kelishdan oldin, axlat aralash, yoki keyin). 16. Anus soxasini og’rishi, qizishi, qichishi,bavosir tugunlarining mavjudligi. 17. Ichakning oxirgi qismini tashqariga chiqishi mavjudligi.
G. Siydik ajratish tizimi faoliyatiga oid shikoyatlari. 1. Bel soxasidagi og`riqlar mavjudligi: uning xususiyatlari (lo`qullovchi, kuchli, xurujli), og’riqning davomiyligi, nima tufayli boshlanishi yoki kuchayishi, o’g’riq bilan kuzatiladigan o’zgarishlar, nima tufayli yengilashishi. 2. Siydik chiqishi: oson, qiyinchilik bilan, odatdagi miqdorda, ingichka tizimchasimon, titilgan tizimchasimon, siydik tizimini yon tomonga yoki pastga og’shi (faqat erkaklardan so’raladi). 3. Siydik chiqarishda og`riq mavjudligi, siydik yo’lini achishishi, qizish (siydik chiqarishdan oldin, keyin, siydik chiqarilayotganda). 4. Siyish qanday muddatda takrorlanishi, ayniqsa tungi vaqtda. 5. Sutka davomidagi siydik miqdorini o’zgarishi. 6. Siydikni rangi: rangsiz, to`q, qonsimon, go’sht yuvindisiga o`xshash va x. k. 7. Siydik chiqarilayotganda siydik rangini o’zgarishi: boshlanishida, siyish jarayoni davomiyda, oxirida. 8. Siydikni tutib tura olmaslik. Doyimiy yoki tungi siydikni tutib tura olmaslik.
D. Endokrin tizimi faoliyatiga oid shikoyatlari. 1. Asabiylik, ruxiyat buzulishlari (xis- hayajon, vaxima yoki beg’amlik, uyquchanlik). 2. Bo`y va tana tuzilishi mutanosibligi buzilishi. 3. Tana vaznini o’zgarishi (semirish, ozish).
11
4. Teri xosilalari faoliyati o`zgarishi (xaddan tashqari terlash yoki teri quruqligi, uni dag’allashuvi, teri osti chandiqlari (striyalar) paydo bo`lishi; 5. Birlamchi va ikkilamchi jinsiy belgilarning o’zgarishi, ayollarda hayiz tsikli va homiladorlik jarayonlarini o’zgarishi, erkaklarda mijos o’zgarishi (sustligi yoki to’satdan o’zgarishi, uning xususiyatlari), jinsiy faoliyatning xolati. 6. Soch o`sishining va tanadagi tuklarning joylashishi va o’sishini o`zgarishi (xaddan ortiq rivojlanishi, xos emas joyda o`sishi, sochning xaddan ziyod to`kilishi). 7. Meyyo’rdan ortiq chanqash.
E. Tayanch xarakat tizimi faoliyatiga oid shikoyatlari. 1. Suyak va bo`g`imlardagi o`g’riq (qanday muayyan sharoyitda boshlanib tarqalishi); 2. Og`riqning xarakteri: Obi-xavo o`zgarishiga bog’liqligi, jismoniy zo`riqish natijasida, xayojonlanishda, tanani tinch xolatida xam og`riqni sezish, tungi og’riqlar mavjudligi. 3. Bo`g`imlarning shishganligi, bog’im usti terisini qizarishi –giperemiyasi (aynan qaysi bo’g’imlar). 4. Xarakatning qiyinlashuvi, bo’gim karaxtligi (aynan qaysi bo`g`imlarda) ertalabki bo’g’im karaxtligi va unung davomiyligi vaqti. 5. Xarakatlanganda umurtqa pog`onasidagi og`riq va xarakatning qiyinlashuvi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling