Toshkent tibbiyot akademiyasi "tasdiqlayman"
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
talabalar mustaqil ishi kasallik tarixi boyicha uslubiy qollanma tibbiyot oliy oquv yurtlari davolash fakulteti iii kurs talabalari uchun uslubiy qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV Siydik ajratish tizimi
- V Jinsiy a’zolar tizimi
- Anamnez va ob`yektiv kuzatishlarni baholashga tavsiyalar.
III Ovqat xazm tizimi
Ovqat xazm tizimi faoliyatiga oid shikoyatlari Ko’rik natijalari: Og`izni va og`iz atrofini ko’rik natijasi: 1. Lablarning xolati: meyorda -pushti rangda, quruq, po’st tashlagan, yorilgan, oqargan, ko’kargan, yaralar yoki puffakchalar mavjudligi, uchuqlar borligi. 2. Tilini ko’rish: kattaligi, rangi, namligi, so’rg’ich qatlamining xolati va ifodalanganligi, yaralar yoki til o’yilganligi borligi, tilni yorilganligi.(“geografik til”)
21
3. Tishlari: tish formulasi o’zgarganligi,
Tishlarning milkdagi xarakatchanligi, karioz o`zgarishlar va x. k.
4. Milklar: rangi, yaralari, nekrozlar, qon talashlar, yiringlaganligi, og`riq borligi. 5. Yumshoq va qattiq tanglay xolati: rangi, yaralar, gemorragiya va x . k . 6. Xalqum bo`g`ilishi, bodomcha bezlar xolati, ularning kattaligi, rangi, konsistentsiyasi, lakunalar xolati.
Qorinni ko’rish natijalari 1. Qorinni ko’zdan kechirish (turgan va yotgan xolatda ) natijalari: a) Qorinni konfiguratsiyasi: meyordagi konfiguratsiya, qorinni kattalashganligi, ichga tortilgan qorin, qorinning simmetrikligi, qorinning o’ziga xos shakllari (”qurbaqa qorin”), qorin devori qon tomirlari xolati; b) Qorin o`rta chizig`ini xolati, rangi; v) Qorin devoridagi ko`rinma peristaltika mavjudligi; g) Nafas olish xarakatida qorin devorining ishtiroki. d) Qorin devoridagi kengaygan teri osti venalarning mavjudligi, operatsiyadan so`ngi chandiqlar; e) Qorin devori perkussiya ma’lumotlari, qorin sukksiyasasi, erkin suyuqlikni mavjudligi (assit) 2. Qorin devorini soxalari bo’icha qadamma-qadam yuzaki paypaslash ma’lumotlari ; a) Qorin devorining ximoya taranglik mavjudligi, qorin devorining ximoya taranglik darajasi, qorin devorining ximoya tarangligini muayan joyga tegishliligi, qorin churrasi mavjudligi, churra to’grisida ma’lumot; b) Kindik xolati, kindik churrasi mavjudligi; v). Qorin pardasi ta’sirlanganlik belgilari mavjudligi, peritonial simptomlar (Shetkin, Blyumberg, Mendel). 4. Qorin devorini soxalari bo’icha qadamma-qadam Obraztsov- Strajesko usulida chuqur palpatsiya va auskultatsiyasi. Ichakning auskultatsiyasi: peristaltika shovqinini eshitish, jigar soxani aucksultatsiyasi.
8 7 6 5 4 3 2 1 1 2 3 4 5 6 7 8
22
a) Sigmasimon ichakning chuqur parpatsiyasi natijalari; b) Ko’r ichakning chuqur parpatsiyasi natijalari; v) Yonbosh ichakning chuqur parpatsiyasi natijalari; g) Chambar ichakning ko’tariluvchi qismi chuqur parpatsiyasi natijalari; j) Chambar ichakning ko’ndalang qismi chuqur parpatsiyasi natijalari; d) Chambar ichakning tushuvchi qismi chuqur parpatsiyasi natijalari; e) Me’da katta va kichik egriliklari chuqur parpatsiyasi natijalari; auskulta-affriktsiya usulida me’da quyi chegarasini aniqlash; 6. Me’da osti bezini paypaslash natijasi; 7. Jigar soxani ko’zdan kechirish va qadamma-qadam chuqur parpatsiyasi natijalari: o’ng qovurg’a osti- jigar soxani ko`rinma kattalashgani; jigarni paypaslash-qirrasining xisusiyati va yuzasi, og’riqligi. 8. Kurlov bo`yicha jigar o`lchamllari. Topografik chiziqlar bo’yicha qadamma qadam bajarilishi- uchta chiziq bo’yicha o’lchami- santimetrda keltiriladi. 9. O`t pufagini xususiyatlari: o`t pufagini palpatsiya usulida tekshirish mumkinligi, konsistentsiyasi, og’riqligi. 10. To’gri ichak distal qismi funktsiyasiga oid shikoyatlar: axlatda qon yoki shiliq mavjudligi, defekasiyasi aktida og`riqlar- tenezma mavjudligi, to`g`ri ichakni distal qismini tashqariga chiqishi mavjudligi, bavosil tugunchalari borligi va ularni xususiyatlari. IV Siydik ajratish tizimi Siydik ajratish tizimi faoliyatiga oid shikoyatlari Ko’rik natijalari: 1. Bel buyrak soxani ko’zdan kechirish: bel buyrak soxani konturlarining tekislanganligi, shu soxada shish mavjudligi, teri giperemiyasi. 2. Palpatsiyada bel buyrak soxada og’riq mavjudligi; 3. Buyrakni palpatsiyada qo’lga sezilishi (uning xususiyatlari), siljishi (yotganda va turganda) 4. Pasternatskiy simptomini o’ng va chap tomondagi natijasi. Buyrakning og`riq nuqtalari. 5. Siydik qopini perkussiya va paypaslash ma’lumotlari. 6. Sutkalik siydikni miqdori, rangi, qo’shilmalari. 7. Shishlar-joylashgan joyi, paydo bo’lish vaqti.
Jinsiy a’zolar tizimi faoliyatiga oid shikoyatlar. Tashqi jinsiy a’zolar soxasida og’riqlarni mavjudligi. Jinsiy funksiyaning buzilishi.
23
Ayollarda hayiz tsiklining buzilishi. Ko’rikda ikkilamchi jinsiy belgilarning o’zgarganligi. Ginekomastiya, girsutizm, yevnuxoydizm, tovushning o’zgarganligi, virilizm, feminism belgilarining mavjudligi. Ko’krak bezlarining bemor jinsiga mos rivojlangaligi. Teri pigmentatsiyalarining jinsiga mosligi. Jinsiy a’zolarni tekshirish.
Endokrin tizim faoliyatiga oid shikoyatlari; Ko’rik natijalari: 1. Aqliy va jismoniy rivojlanishning yoshiga mosligi, teri qoplamalarining xolati, ortiqcha pigmentatsiya mavjudligi. Erkaklarning ko`krak bezlari rivojlanish darajasi ortganligi. 2. Qalqonsimon bezni ko’zdan kechirish, paypaslash, undagi o`zgarish, kattaligi, konsistensiyasi, og’riqligi, xarakatchanligi. 3. Ikkilamchi jinsiy belgilarni yoshiga va jinsiga mos rivojlanganligi (girsutizmning borligi, yevnuhoidizm, virilizm, feminizim). 4. Terining xolati (namlilik darajasi ortganligi, yupqalashishi yoki dag’allanishi, striyalar mavjudligi, lokal yoki umumiy giperpigmentatsiya. 5. Xaddan tashqari semirganlik yoki ozganlik (kaxeksiya). Tana qismlarining nomutanosib rivojlanganligi.
Asab tizimiga oid shikoyatlar. Bemorning ruxiy xolati, hushi, intelektning rivojlanganlik darajasi, diqqatini pasayishi, befarqligi, o’zini tutishi. Bemorni yuz ifodasi. Ko’z soqqasining xarakati. Ko’z qorachiqlarining xolati. Meningeal simptomlar mavjudligi, Reberg sinovi natijasi. Periferik va markaziy parez, paralichlarning mavjudligi. Taxminiy yoki dastlabki tashxis Taxminiy tashxis bemorning shikoyatlari, anamnestik ma’lumotlar, ob’ektiv tekshirishlar asosida qo’yiladi. Bu tashxis xam asosiy, yondosh, kasallik asorati ko’rinishida shakllantiriladi. Taxminiy diagnozni asoslashda quyidagilar lozim: aniqlangan kasallik belgilarini nazarda tutib anamnestik ma’lumotlar, ob’ektiv tekshirishlarga asoslanib (ularni to’liq qaytarish shart emas) taxminiy yoki dastlabki tashxis qo’yiladi.
24
So`roqlash natijasini va ob`yektiv kuzatishlarning baholashni quyidagi ketma-ketligi o`tqaziladi: 1. Bemorning shikoyat simptomlarini gruppalash va ajratishdagi umumiylik. 2. Anamnezdagi ma`lumotlarning ishtiroki (shu jumladan qo`shimcha ma`lumotlar). Alohida xususiyatni tasdiqlovchi va kasallanish davrining xarakteri (kuchli, kuchliroq, xronik, qaytalovchi va h. k.) 3. U yoki bu organ, tizimning anamnestik tekshirish natijalarini sub`yektiv ma`lumotlar asosida taxlil qilinadi. 4. Sindromlarni ajratish va asosliligini aniqlash.
Taxminiy tashxisni va klinik tashxisni aniqlash maqsadida tekshirish rejasi tuziladi. Labaratoriya, instrumental tekshiruvlar xamda tegishli mutaxassislar konsultatsiyalari aniqlangan kasallik belgilarini nazarda tutib asoslangan xolda tayinlanadi. Barcha bemorlarga quyidagi tekshiruvlar allbatta buyuriladi: 1. Qon va siydik umumiy taxlili. 2. EKG. 3. Ko’krak qafasi rentgenoskopiyasi. 4. Vasserman sinamasi. 5. OITSga qon taxlili. 6. Qonni qand miqdoriga tekshirish. Bemordagi kasallik xarakterini xisobga olib, tashxisni aniqlash uchun quyidagi tekshiruvlardan biri buyuriladi: 1.Qon, siydik, najas, me’da shirasi, balg’am va boshqalarni labarotor-klinik , bioximiyk, serologik, bakteriologik, immunollogik va boshqa tekshiruvlari. 2. Maxsus rentgenologik tekshiruvlar. 3. Funksiyanal diagnostika usullari: -EKG. FKG. Qon aylanish tezligi, venoz bosimi, tashqi nafas funksiyasi. 4. A’zolarning radoioizotopli tekshiruvlari. 5. A’zolarning endoskopik tekshiruvlari. 25
6. A’zolarning ultratovush tekshiruvlari. 7. To’qima biopsiyalari va patomorfologik tekshiruvlar. 7. Boshqalar Kasallikning tarixida xar bir laborotoriya tekshiruvlari natijasini taxlil qilish lozim. Kasallik tashxisi noaniq xollarda taxminlangan tibbiyotning boshqa soxasiga oid kasallikni istisno qilish uchun tegishli mutaxassis maslaxati buyuriladi.
Talaba bemorni kuratsiya qilish jarayonida yozma formada har bir qo`shimcha kuzatishlar natijasini taxlil qilishi, ularni klinik ma’lumotlar bilan solishtirib baholashi lozimdir. Olingan qo’shimcha labarotoriya va instrumental tekshiruvlar ma’lumotlarini, bemorni qayta ko’rik natijalarini taxlil qilib talaba klinik tashxisni asoslay olishi talab etiladi. Klinik yoki yakuniy tashxisda xam asosiy, yondosh tashxis va ularning asoratlari,rivojlanganlik darajasi ko’rsatiladi.
Harorat varaqasida bemorni faqat haroratini emas balki puls, nafas soni xamda arteriyal bosimni grafik ko’rinishda qora, ko`k, qizil ranglarda belginaladi, og`irlik, sutkali diurez miqdori bilan iste’mol qilingan suyuqlik nisbati xamda o’tgan sutkada ichi kelganligi xam belgilanadi. Bundan tashqari qondagi qand va boshqa diagnostik parametrlar xam ko’rsatilishi mumkin. Harorat varaqasining yuqori qismida muolaja choralari xam tegishli vaqt katakchasida belgilanishi mumkin: In’eksiyalar - strelka bilan (↑), iste’mol qilinadigan dori-darmonlar yassi chiziqlarda ko`rsatish qabul qilingan. Shu maqsadda rangli ruchkalardan foydalanish kerak. Diagnostik ma’lumotlar dastlabkisidan tashqari yaxshisi grafik emas, sonlarda ifodalanishi ma’qul.
26
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
004/H SHAKLIDAGI TIBBIY HUJJAT O’z.RSSV 2000 yil 29 mayda 283-buyruq bilan tasdiqlangan (muassasa nomi) HARORAT VARAQASI Varaqa№_________ Hona__________ Kasalning familliyasi, ismi-sharifi______________________________________________________________
Kasallangan kuni
Kasalhonaga yotqizilgan kuni
1
3 4 5 6 7 8 9 10
11 12
13 14
15 16
Tomir urishi
Qon
bosimi
Harorat e k e
k e k e
k e k e k e k e k e
k e k e
k e k e k e k e k e
k 140
200 41
120
175 40
100
150 39
90
125 38
80
100 37
70 75 36
BXUT bo’yicha hujjat shaklining kodi___________ KTUT bo’yicha korxonaning kodi_______________
27
60 50 35
Harorat varaqasining oldi tomoni
vaqti
Kasallangan kuni
Kasalhonaga yotqizilgan kuni
17 18 19
20 21
22 23
24 25
26 27
28 29
30 31
Tomir urishi
Qon
bosimi
Harorat e k e
k e k e
k e k e k e k e k e
k e k e
k e k e k e k e k
200 41
120 175
40
100
150 39
90 125
38
80
100 37
28
70 75
36
60
50 35
Nafas olishi
Og’rligi
Qabul qilingan suyuqlik miqdori
Bir kunlik siydik miqdori
Yozilishi
Harorat varaqasining orqa tomoni
29
KASALLIK TARIXINI GRAFIK TASVIRLASH
Kasallik tarixining grafik tasviri kasallik tarixini sxemasini tushunishida qo’shimcha bo’lgan usul hisoblandi. Kasallikni rivojlanishini grafik ko’rinishda tasvirlash diagnoz qo’yishda va kasallikni klinik o’zgarishlarni kuzatib borishini va to’gri baholashga yordam qiladi. Kasallikda eng ko’p uchraydigan har hil belgilarni simptomlarni barchasini to’plab sindrom shaklida ko’rib chiqib diagnoz qo’yish kasallikni sindrom sifatida baholashga kiradi. Masalan: sistemali qizil bo’rica kasalligida asosiy sindromlardan isitma ko’tarilishi, hansirash, mitro-aortal nuqsonning belgilari, bo’g’im og’riqlari, siydikda oqsil ajralishi, plevrit, yuzda qizil dog’lar paydo bo’lishi, qonda oq qon tanachalarining ko’payishi, ECHT-yuqori ko’rsatgichlargacha oshishi, bularning barchasi birgalikda shu diagnozning asosiy sindromi sifatida baholnadi.1-jadval. Tashxis qo’yish qiyinchiligi shu vaqtda vujudga keladiki qachonki endokard shikastlanish belgilari erta paydo bolib, asosiy kasallik diagnozi, yani tizimli qizil bo’richa kasalligini boshqa belgilari hali aniq paydo bo’lmagan vaqtda. Bunday hollarda odatda kasalda bod, septik endokardit, revmatoid artrit bo’lishi mumkinligi taxmin qilinadi. Bazan isitma borligi natijasida limfa bezlari kasalligi, hamda ba’zan taloq shishishi tufayli limfagranulomatozi tashxisi gumon qilinadi. Bunday hollarda kasallik tarixining to’g’ri qayd qilingan grafik tasviri qiyosiy diagnoz o’tkazishga va o’ylashga imkon beradi. Keyingi tasvirdan ko’rinib turibdiki revmatik endokardit diagnozi uchun quyidagi belgi va sindromlar ; anamnezida sovuq qotish omili, bodomcha bezlarining tez tez shamollashi, isitmani yuqori darajaga ko’tarilishi, bir hafta davomida toshmalar paydo bo’lishi, bo’g’imlar yallig’lanishi, jigarning kattalashishi yurak yetishmovchiligi rivojlanib borishi, tomirlarning o’tkazuvchanligining buzilishi harakterlidir. 2-jadval Bemorda zotiljam tashxisini qo’yish uchun asoslaniladigan simptomlarni yuzaga kelishini grafik tasviri uni boshqa kasalliklar bilan differensiassiyalashda qulaylik tug’diradi. 3- jadval Grafik tasvirda kasallikning klinik ko’rinishlaridan tashqari, labarotoriya va asboblar bilan tekshirish usullarining ma’lumotlari bo’lishi mumkin, ular i aniq diagnoz qo’yishga yaqinlashtiradi. Shunday qilib, kasallik tarixining grafik tasviri o’qish jaroyonida va klinik amaliyotda shifokorlar hal qilishi uchun murakkab diagnozlarni aniq bo’lmagan hollarda, klinik kafedra talabalarini klinik fikrlashini mukammalashtiradi va qiyosiy diagnoz o’tkazishni osonlashtiradi. Bemorning ko’zdan kechirishda anamnez ma’lumotlaridan foydalanish, kasallik rivojlanishini dinamikada kuzatib borishda, sindromlarni shakillanib borishini va davolash natijalarini, labaratoriya ko’rsatkichlarini grafik tasvirini qo’llash maqsadga muvofiq. 30
Grafik tasvirni tuzish jarayonining o’zi esa vrachni olingan hamma natijalarini jamlab bemordan olingan obektiv va subektiv ma’lumotlarni fikran to’g’ri bog’lashga, bir necha marta qayta o’ylab ko’rishga majbur etadi. Ayniqsa arxiv ma’lumotlarini ishlab chiqishda tekshirish vaqtini tejaydi u yoki bu kasallik kechishidagi klinik xususiyatlarni tez aniqlab olishga imkon beradi; ma’lum kasallikda uchraydigan u yoki bu belgi va sindromlarni tez -tez uchrashini aniqlaydi; davolash natijalarini baholashda katta xizmat qiladi.
31
1-jadval 32
2-jadval
33
3-jadval 34
Ichki kasalliklar propedevtikasi fanidan talaba mustaqil ishi- kasallik tarixining na’munasi: Kasallik tarixi muqovasi:
Davolash fakulteti Ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va xdt, oily ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi
Ichki kasalliklar propedevtikasi fani
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi 1-shifoxonasi kardiologiya bo’limi
Bemorining kasallik tarixi
Bajardi : --------------------------------------------- Tekshirdi : --------------------------------------------
2009 o’quv yili
|
ma'muriyatiga murojaat qiling