Toshkent tibbiyot akademiyasi "tasdiqlayman"
Qo’shimcha yoki ikkilamchi shikoyatlar O`zini yomon xis qilish, xolsizlik, tez charchash ish qobilyatining pasayishi, ozish
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
talabalar mustaqil ishi kasallik tarixi boyicha uslubiy qollanma tibbiyot oliy oquv yurtlari davolash fakulteti iii kurs talabalari uchun uslubiy qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bemor hayoti tarixi (anamnezis vitae)
- Epidemiologik anamnez
- Allergologik anamnez
- IV Jismoniy tekshiruv (status praezens ob’ektivus).
Qo’shimcha yoki ikkilamchi shikoyatlar O`zini yomon xis qilish, xolsizlik, tez charchash ish qobilyatining pasayishi, ozish.
Kasallikning dastlabki boshlanish belgilari bilan bog`lanadi va keyingi kechish davri yoritiladi. 1. Kasallik qachon, qayerda va qanday sharoitda boshlangan. (asta-sekin, tosatdan) 2. Bemor kasallikning boshlanishini nima bilan bog`laydi. Kasallikning boshlanishida ruxiy ta’sirlar, jismoniy yoki aqliy toliqish, uyqusizlik (yoki uyquga to`ymaslik) infeksiyon ta’sirlar (toksikoinfeksiyalar), sovuq qotish va boshqa sabablar. 3. Kasallikning rivojlanishi– shiddatli, yoki asta-sekin. Dastlabki belgilari. Kasallik boshlangandan qancha vaqt o`tgach, birinchi marotaba qachon tibbiy yordamga murojaat qilgan. Qachon va qanday yordam ko`rsatilgan, uning natijasi qanday bo’lgan. 4. To`liq xronologik ketma-ketlikda, kasallik boshlanishining dastlabki belgilari bemorni ayni vaqtda tekshirilayotgandagi yangi belgilarni paydo bo`lishi va keyingi rivoji yoritiladi.
12
5. Bemorning xozirgi tibbiy ko`rikga qadar birinchi marotaba tibbiy yordamga murojatidan boshlab, hozirgi va undan keyingi diagnostik chora -tadbirlarining xarakteri va natijasi xam to`liq xronologik ketma-ketlikda yoritiladi. Iloji boricha kasallik varaqasi va boshqa tibbiy xujjatlardan foydalaniladi (o`zgarishni ko`rsatuvchi asosiy ma’lumotlar qisqacha yoritiladi). 6. Ayni kasallik davridagi mehnat qobiliyati o’zgarishi yoziladi. 7. Xozirgi vaqtda tibbiy yordamga murojaat qilish davrida o`zini xis qilishi. 8. Bemor kasalligini turli bosqichlariga o’zining munosabati. Kasallikni ichki (sub’ektiv) moxiyati. Kasallik bilan bog`liq ruhiy hissiyotlar (tashvishlanish,beparvolik,ortiqcha kuyinish,qo’rquv). 9. Kasallikni muolaja bilan bog`liq ruhiy xolati: kasallikni oiladagi, xizmatdagi, atrofdagi bemorlar va tibbiy xodimlar, ayniqsa tibbiy xamshira bilan munosabatiga ta’siri. Bemorni ko`rikdan o`tqazishga, muayan kasallikni bartarav qilishga va davolashga munosabati.
1. Qachon, qayerda, qanday oilada, nechanchi farzand bo’lib tug`ilgan. 2. Qanday sharoitda o`sgan va ulg`aygan. 3. Necha yoshdan maktabga chiqqan, o`qishni boshlagan, ozlashtirishi qanday bo’lgan, qancha vaqt o`qigan. O`smirlikdagi kasb tanlashga yoki o`qishni davom ettirishga munosabati. 4. Mehnat faoliyati analizi: kasb egallashi, ish faoliyatini necha yoshda boshlaganligi, ishning xarakteri va sharoiti, kasbining zararli ta’siri. Ish faoliyatini keyingi o`zgarishlari tog’risida ma’lumot. Hozirgi mehnat sharoiti. Kasbini to`la ta’rifi. (binoning ichi yokiy ochiq havoda ishlashi, ish joyi havo temperaturasi, uning o`zgaruvchanligi, yoritilishi va uni xarakteri, chang, zararli moddalar bilan aloqasi borligi). Ish vaqti davomiyligi va tanaffusning davomiyligi. Dam olish tartibi va davriy dam olishlardan qanday foydalanganligi. Ishda kelishmovchiliklarning mavjudligi. 5. Mayishiy sharoiti: yashaydigan xona maydoni va unda yashaydigan kishilar soni; nechanchi qavat, xona issiqligi yoki sovuqligi, yoritilganligi, isitishning turi, zax sharoitning mavjudligi. 6. Oilada ishlovchilarning soni va oila umumiy byudjeti; oilada kelishmovchiliklarning mavjudligi. 7. Ovqatlanishining xususiyatlari: ko’proq uyda tayyorlangan yoki davlat oshhonasida tayyorlangan ovqat iste’mol qilishi. Iste’mol qilinadigan ovqatning xususiyatlari, iste’mol qilishning davomiyligi va davriyligi; kunlik, xafta davomidagi odatdagi ovqatlanish menyusi. 8. Ochiq havoda bo’lish davomiyligi, sport va jismoniy mashg’ulotlar bilan shug’ullanishi. 9. Zararli odatlari: a) Tamaki chekishi, necha yoshdan chekishi, kun davomidagi chekish miqdori;
13
b) Spirtli ichimliklar iste’mol qilishi.Qancha vaqtdan beri, qanday davomiylikda (tez-tez yoki ba’zan) va qancha miqdorda, qanday ta’sir qilishi; v) Boshqa zararli odatlari to’g’risida ma’lumot. 10. Ayni kasallikdan boshqa kechirgan kasalliklari, jaroxatlari, operatsiyalar. Bemorning kechirgan xamma kasalliklari to`g`risida to`liq so`roq qilish, kasalxonaga kelguniga qadar, bemorning yoshini ko`rsatgan holda xar bir kasallanishi yilini ko`rsatib, davomiyligi, uning og`irligi, kasallikning asari va olib borilgan davoni turi (statsionarda, ambulatoriya, uyda) ko’rsatiladi. Yuqumli kasal va sil kasali bilan og`riganligi to`g`risida aloxida so`rash lozim. Avallari xam xozirgi kasaliga o`xshash kasallik bilan og`riganligi to’g’risida ma’lumot; 11. Oilaviy va jinsiy hayyotiga oid ma’lumotlar: a) Ayyollardan -qachondan xayz ko’rishi va uni kechishi xususiyatlari, xayz ko’rish davrining buzilishi, agar xayz ko`rishdan qolgan bo`lsa, u xolda klimaksning o`tishi xususiyatlari. b) Ayyollardan necha yoshdan turmushga chiqganligi, erkaklardan necha yoshda uylanganligi. v) Ayyollarda homiladorlikning soni va uning o`tishi, bola tushishi hollari, tug`ish soni, xozirgi farzandlar soni aniqlaniladi; g) Jinsiy hayyoti xususiyatlari o’zgarishiga oid ma’lumotlar aniqlaniladi. 12. Erkaklardan xarbiy xizmatda bo`lganligi (bo`lmagan bo`lsa nima sababdan), xarbiy xarakatlardagi ishtirokii aniqlaniladi. Jiddiy yaralanish va kontuziyaning bo’lganligi aniqlaniladi. 13. Yaqin qarindoshlarining kasali (eri yoki hotini). Yaqin qarindoshlarining axvoli, sog`lig`ining holati yoki vafot etgan bo’lsa, o`limining sababi (necha yoshda vafot etgan). Sil kasalligi, yurak-tomir tizimi kasalligi, venerik kasallik, alkogolizm, ruhiy kasalliklar, modda almashunuvining buzilishi, qandli diabet kasalliklari mavjudligiga aloxida e’tibor qilinadi. Mumkin qadar oilaviy kasalliklar to’g’risida ma’lumot yig’ilishi kerak. 14. Shu paytgacha qo’llanilgan davolanish choralarining ta’siri (dori-darmonlar va x. k. to’g’rusida ma’lumot). 15. Qon va qon o`rnini bosuvchilar quyilganligi va qanday ta’sir qilganligi. 16. Ayollarda muddatidan ilgari tug`ish va tug`ilgan bolalarning gepatit (sariq) bilan og`riganlik xollari bo`lganligi xaqida so`rash zarur. 17. Bemorning xarakteri, kasallik va muolajaga bo’lgan munosabati. Kasallik tarixiga bog`liq b’olgan boshqa ma’lumotlar so’raladi.
Bemordan yuqumli kasallik o’tkazganligi to’grisida so’raladi. Chet el safarida bo’lganligi aniqlaniladi. Oxirgi olti oy mobaynida tibbiy muolaja, mikrooperatsiyalar (tish oldirish, abort, quloqni zirak uchun teshish, tatuyirovka va b.) bo’lganligi, yuqumli kasallik aniqlangan bemorlar bilan 14
muloqotda bo’lganligi, sababsiz ich ketganligi, sababsiz xarorati oshganligi aniqlanadi va xulosa yoziladi.
Bemorda dori moddalariga, oziq-ovqat maxsulotlariga, changa, xidga, mayshiy soxada ishlatiladigan kimyoviy vositalarga allergiya kuzatilganligi aniqlanadi .Bu xolat qanday ko’rinishda kechganini yoritish juda muhim.Aniqlangan allergiya beruvchi vosita nomi kasallik bayoni muqovasiga qizil rangli siyox bilan yozib qo’yiladi.
A. Umumiy ko’zdan kechirish 1. Umumiy axvoli: qoniqarli, o`rta o`g`irlikda, og`ir, o’ta og`ir. 2. Bemorning xolati: aktiv, passiv, majburiy. (Majburiyni qaysi kasallikga xos turi) 3. Es-xushi, fikrlashi: aniq, buzilgan (stupor, sopor, koma) 4. Qadi qomati va yurishi. 5. Boshi va bo`yni (ularning xususiyati, shakli) 6. Yuz ifodasi: qaysi kasallikga xos, xotirjam-tinch yoki bezovta, vaximaga tushgan va x. k. 7. Yuz, burun, quloq shakli va xususiyatlari. 8. Gavda tuzilishi: to`g`ri, noto`g`ri, deformatsiyalar. 9. Tana konsitutsiyasi (normastenik, astenik, giperstenik- belgilari aloxida keltiriladi.) 10. Bo`yining o`lchami -santimetrda, og`irligi-kilogrammda, ko`krak qafasining aylanasi o’lchami- santimetrda, uchta indekslar- formulasi bilan natijasi ko’rsatiladi va taxlili keltiriladi.
B. Teri qoplamasini ko’zdan kechirish 1. Teri rangi: tana rangida, och pushti, qoracha, qizil, oqargan, kesak rang, to`q jigarrang yoki bro`nza rangida (shu rang terini qaysi qismida joylashganini ko`rsatish lozim). 2. Teri dog`lari (leykoderma), uni muayan sharoitda yo’qolishi. 3. Teri toshmalari (isiqlik) va uning xususiyatlari: eriterma, dog`, rozeola, papula, teri puffakchasi. Qichima, teri yarasi po’stlog’i, erroziyalar, teri yorilishidan xosil bo’lgan yaralar, boshqacha sababli yara-chaqalar, tomir yulduschalari teleangioektaziylar (paydo bo`lgan joyini ko`rsatish zarur). 4. Teri osti gemorragik holatlar: yoyilganligi, o’zgaruvchanlik xususiyatlari, ivodalanganligi, o`lchamlari, soni. 5. Teri chandiqlari, joylashgan joyi, uning xususiyatlari va xarakatchanligi, o`lchami. 6. Terining elastikligi (mee’rida, pasaygan).
15
7. Terining namlik darajasi: mee’rida, yuqori. Terining quruqligi, po`st tashlaganligi. 8. Terining xosilalari (ateromalar, angiomalr, va x. k.) ularning xususiyatlari, formasi, kattaligi, (santimetrda), yuzasi (silliq-g’adir-budur), konsistentsiyasi (yumshoq-qattiq), qo`zg`aluvchanligi, og`rishi, ular ustidagi terning holati. 9. Barmoqlar: shakli (“soat oynasi “), rangi, bo’ylama chiziqlar borligi, sinuvchanligi, barmoqlarning yemirilganligi. 10. Sochlar xususiyati (qalin-siyrak, nozikligi), to`kilganligi (ko’proq qaysi soxadaligini ko`rsatish), qoshini xususiyatlari, nota’biy kallikni va oqarishni boshlanishi. Sertuklik (joyini ko`rsatish), ayyolarda girsutizmning borligi.
V. Ko`rinma shilliq pardalarni ko’zdan kechirish. 1. Ko`rinma shilliq pardalar rangi: och-pushti, oqargan, sarg`aygan, tsianozliy. 2. Enantema-shilliqsimon qoplanish mavjudligi, xususiyati va joyi.
G. Teri osti to`qimani ko’zdan kechirish. 1. Teri osti qavati: yog`simon qatlam, meyo’rida, sust rivojlangan, rivojlanmagan, o`rtacha rivojlangan, haddan tashqari rivojlangan (qalinligini santimetrda ko`rsatish). 2. Teri osti tomirlari: ifodalangan, kam seziladigan, kattalashgan, venani varikozli kengayishi (kam-ko’pligi, ifodalanishi, uning rangi o’zgarganligi, varikoz tugunchalari yallig’langanligi). 3. Qon bosim ko’tarilgan vaqtida teri osti tomirchalarining ifodalanishi, kepchib shishganligini aniqlash, bosib ko’rilganda g’ichirlashi (teri osti qavati emfizemasi vaqtida). 4. Shishlar: joylashuvi, ularning konsistentsiyasi, ifodalanishi va taqsimlanishi, tananing ayrim qismlarida (qo’l, oyoq, yuz, qorin, bel)umumiy shish, pastoz holat (kepchish). 5. Semizlikni mavjudligi, yog` to’qimasini ortiqcha yig’ilgan joylar, o’lchamii -santimetrda.
D. limfatik tugunlarni ko’zdan kechirish va ularni palpatsiyasi. 1. Barcha gurux limfatik tugunlarni tartibi bilan joylashgan soxani qo`l bilan aniqlab qayd etish zarur.
2. Limfatik tugunlarni kattaligi –santimetrda qayd etiladi. 3. Limfatik tugunlarni shakli: oval, dumaloq, noto`g`ri shaklda. 4. Limfatik tugunlarni yuzasi: tekis, egri-bugri. 5. Limfatik tugunlarni konsistentsiyasi: qattiq, yumshoq, elastik. 6. Limfatik tugunlarni palpatsiyada og`rishi. 7. Limfatik tugunlar ustidagi terning xolati.
16
E. Muskullarni ko’zdan kechirish va ularni palpatsiyasi.. 1. Muskullarning rivojlanishi darajasi: tana qismiga mutanosib rivojlangan, atrofiyalanganligi yoki gipertrofiyalanganligi. 2. Muskullar tonusi: ikki tomondagi bir xil mushaklarda meyo’rida, (yoki farq qiladi), muskullar tonusi oshgan, muskullar tonusi kamaygan. 3. Muskul kuchi- ballarda aniqlanadi. 4. Muskullarni palpatsiyada og`rishi, muskul to’qimasini zichlanishini borligi.
J. Suyak-bo`g`im tiziminini ko’zdan kechirish va ularni palpatsiya xamda perkussiysi natijalari. 1. Skelet qismlarining proportsional nisbati. Suyaklar deformatsiyasi mavjudligi. Bosh suyakning shakli, o’lshami, ayrim qismlarining mutanosibligi. 2. Qo`l va oyoq barmolarning distal falangasining yo`g`onlanishi-“Baraban tayyoqchalari”. 3. Paypaslashda suyak usti pardasining qalinlashganini va sirtini g`adir-budurligini aniqlanishi. 4. Suyaklarni yumshashini aniqlash. 5. Paypaslash va urib ko`rilganda suyaklarni (qovurg`a, umurtqa, to`sh suyakning) og`rishi. 6. Suyaklar deformatsiyalari.
Z. Bo`g`imlarni ko’zdan kechirish va ularni funkssional holati, palpatsiyasi. 1. Ko’zdan kechirganda: bo`g`imlarni konfiguratsiyasi, shishganligi, bo`g`imlar ustidagi, teri giperemiyasi. 2. Bo`g`imlarni palpatsiyasida: maxalliy temperaturaning o`zgarganligi, og`rishi, bo`g`imlar ustidagi terini o’zgarganligi, bo`g`imlarda va suyaklarda deformatsiya mavjudligi. 3. Bo`g`imlarni xarakati vaqtida shovqinlar mavjudligi (qisirlash, shiqillash va x. k.) 4. Bo`g`imlardagi aktiv va passiv xarakat xajmi. 5. Umurtqa pog’onasining shakli, uning xarakatchanlik darajasi, deformatsiyalar mavjudligi. 6. Bemor yurishining biror kasallikga xosligi. 17
A’zolar tizimi bo’yicha t ekshiruv I Nafas a’zolari tizimi Nafas olish tizimi faoliyatiga oid shikoyatlar Nafas olish tizimini ko’zdan kechirish ma’lumotlari- yuqori nafas olish yo`larining xolati: 1. Burun: nafas olish vaqtida burun qanotlarining ishtiroki, nafasning burun orqali ravonligi. 2. Paypaslashda va urib ko`rilganda burun qafaslari soxasida og`riq borligi. 3. Tovushning xirillashi, manqalik.
Ko`krak qafasini ko’zdan kechirish va tekshirish. 1. Ko`krak qavasi shakli: gavdasi konstitutsiyasiga mutanosib shaklda, patalogik shaklda (bochkasimon, paralitik, rahitik, voronkasimon, “tovuq ko’kragi”, “kosib ko’kragi”, emfizematoz), epigastral burchak xarakteristikasi. Ko`krak qavasi deformatsiyalari. 2. Ko’krak qafasining xarakat assimetriyasi: turli qismlarining bo`rtib chiqganligi va bir qismini xarakatda orqada qolishi. 3. Qo`vurg`alar oralig`ining kengligi. Qo`vurg`alarning yo’nalishi (odatiy, vertical yoki gorizantalga moyil.) 4. Kuraklarni xolati: oralig`ining zichligi, ularning nafas xarakatida orqada qolishi (qanotsimon kuraklar), simmetrikligi. 5. Nafasning turi: ko`krak, qorin, aralash. 6. Nafas olishning tezligi va chuqurligi: yuzaki, chuqur, ritmik, ritmik emas (Cheyn-Stoks, Kussmaul, Biott) 7. Minutiga nafas soni: nafas olish va chiqarishning nisbati. 8. Nafas olishda ko`krak qafasining xarakati: bir tekisda, yoki ko`krak qafasning ikki tomonini bir-biridan orqada qolishi. Ko`krak qafasini paypaslash (palpatsiyasi) 9. Paypaslashda ko`krak qafasining og`riqli nuqtalari mavjudligi; a) O`griq bir joyda yoki tarqalgan. b) Trapetsiyasimon muskular soxasida; v) Qovurg`alar va ko`krak muskullari og’rishi; g) Qovurg`alar oralig`i nervlar chiqish nuqtasida; 10. Ko`krak qafasining rezistentligi: meyorida, ortgan. 11. Ovoz titirashini aniqlash: ko`krak qafasini barcha soxalarida bir xil-ozgarmagan, ayrim joylarda kuchaygan yoki susaygan. 12. Palpatsiyada plevraning ishqalanishi sezilishi (joyi).
18
O`pka perkussiyasi. 1. Taqqoslama perkussiyaning natijalari: o’pka sirtidagi perkutor tovush, perkutor tovushning ko`krak qafasining xar hil nuqtalardagi xususiyati. 2. Topografik perkussiyaning natijalari (avval ko`krak qafasining o`ng, so’ngra chap qismining xamma nuqtalarda amalga oshiriladi): O`pkaning quyi chegaralari Chiziqlar O`ng o`pka Chap o`pka To’sh oldi chizig’i bo’yicha VI qovurg’a qirrasi- ------------- O’rta o’mrov chizig’i bo’yicha VI qovurg’a oralig’i -------------- Qo`ltiq oldingi
chizig’I bo’yicha VII qovurg’a oralig’i ------------- Qo`ltiq osti o’rta chizig’i bo’yicha VIII qovurg’a oralig’i VIII qovurg’a oralig’i Qo`ltiq orqa chizig’i bo’yicha IX qovurg’a oralig’i IX qovurg’a oralig’i Kurak chizig’i bo’yicha X qovurg’a oralig’i X qovurg’a oralig’i Umurtqa yoni
chizig’i bo’yicha XI qovurg’a oralig’i XI qovurg’a oralig’i
O`pkaning quyi chetlarining xarakati (chiziqlar bo’yicha o’ng va chap tomondan):
Topografik chiziqlar O`pkaning quyi chetlarining xarakati (santimetrda) O`ng o`pka Chap o`pka Nafas
olishda Nafas
chiqarishda Jami
Nafas olishda
Nafas chiqarishda Jami O’mrov
o`rta chizig’i bo’yicha 2-3
2-3 4-6
- - - Qo`ltiq osti o’rta chizig’i bo’yicha 3-4 3-4
6-8 3-4
3-4 6-8
Kurak chizig’i bo’yicha 2-3
2-3 4-6
2-3 2-3
4-6
19
v) Krening maydoni o’lchamlari (o’ng va chap tomondan).
O`pkani eshitish (Auskultatsiya) 1. O`pkaning xamma yuzasi ustidagi (topografik chiziqlar bo’yicha o’ng va chap tomondan) nafas olish shovqinlarining xarakteri. 2. Qo’shimcha nafas olish shovqinlari: ularning joylashishi va xususiyatlari, xirillashlar mavjud bo’lsa ularning to’liq tavsifi, balg`amli yo`talishning xirillashlarni auskultativ xususiyatlarini o’zgartirishi. 3. Bronxofoniya ma’lumotlari (topografik chiziqlar bo’yicha o’ng va chap tomondan) II. Yurak qon aylanish tizimi. Yurak qon aylanish tizimi faoliyatiga oid shikoyatlari Yurak qon aylanish tizimini ko’zdan kechirish ma’lumotlari Qon tomirlarni ko’zdan kechirish. Bo`yin arteriyalari va venasini ko’zdan kechirish. 1. Arteriyalarning ko`rinma pulsatsiyasi, bo`yin venasining xolati. Vena
pulsi: ifodalangan,ifodalanmagan, musbat, manfiy. 2. Pulsatsiya vaqtida arteriyaning xolati: ifodalangan, ifodalanmagan, musbat, manfiy 3. Nurli arteriyada arteria pulsatsiyasini tekshirish: a) Pulsni o’ng va chap bilak nurli arteriyalarda taqqoslash; b) Pulsni ritmiga baho berish- ritmik, aritmik puls; v) Pulsni soni, pulsda defitsitlikning borligi; g) Pulsni to`liqlik xususiyati; d) Pulsni kuchi; e) Pulsni kattaligi; j) Pulsni shakli; . 4. O’ng va chap oyoq arteriyalaridagi (asosiy arteriyalaridagi) puls xususiyatlari, oyoq kafti arteriyalaridagi pulsning xususiyatlari. 5. Psevdokapillyarli puls. “Kvinke pulsatsiyasi”. 6. Belning buyrak soxasini, uyqu arteriyalarni va asosiy vena tomirlarni auskultatsiya natijalari. 7. Arterial bosimni o’lchash natijalari: o’ng va chap qo’ldan xamda oyoqdan o’lchash.
Ko`krak qafasining yurak soxasini tekshirish va palpatsiyasi: 1. Ko`krak qafasining yurak soxasini bo`rtib chiqganligi mavjudligi -yurak bukriligi. 2. Ko`krak qafasining yurak soxasidagi ko`rinma pulsatsiya mavjudligi. 20
3. Yurak cho’qqisi turtkisi xususiyatlari: a) Yurak cho’qqisi turtkisi joylanish joyi; b) Yurak cho’qqisi turtkisi kengligi; v) Yurak cho’qqisi turtkisi musbat yoki manfiyligi; g) Yurak cho’qqisi turtkisining kuchi: -meyorda, kuchsiz, kuchli; J) Ko`krak qafasining yurak soxasidagi palpator aniqlanuvchi shovqinlar (“mushuk xirrillashi” simptomi).
Yurak perkussiyasi 1. Yurakning absolyut va nisbiy chegaralari, yurak ko’ndalang o’lchami uzunligi -santimetrda; 2. Tomir tutamining kengligi –santimetrda; 3. Yurak kohfiguratsiyasi: - meyordagi kohfiguratsiya, mitral kohfiguratsiya, aortal kohfiguratsiya;
1. Yurak tonlarini eshitilish nuqtalardagi tavsufi: yurak qisqarishlari soni-minitiga, ritmi, eshitilish joylari bo’yicha balandligi (aniq, bo`g`iq). Tonlar kuchining nisbati: kuchayishi yoki tonlardan birining susayishini muayan joyga tegishliligini ko`rsatilish, tonlarni ikkilanganligi, “ot dukuri”, “bedana sayrog’i” kabi patologik tonlarning mavjudligi va ularning joylashgan joyi. 2. Shovqinlar: funkssional yoki organik shovqinlarning mavjudligi, shovqinlarning yurak faoliyatini fazalariga bog`liqligi, ularning balandligi, tembiri, davomiyligi, boshqa soxalarga uzatilishi. Perikard ishqalanish shovqinlarini mavjudligi va uning xususiyatlari.
Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling