Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Davolash-2 102 ‘‘B’’ guruh talabasi


Bugun buyuk shoir, faylasuf, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi nishonlanmoqda


Download 118.66 Kb.
bet2/4
Sana20.11.2023
Hajmi118.66 Kb.
#1789361
1   2   3   4
Bog'liq
madinabonu 102b

Bugun buyuk shoir, faylasuf, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi nishonlanmoqda.
Zahiriddin Muhammad Bobur nafaqat mashhur sarkarda va donishmand hukmdor, balki boy adabiy va ilmiy meros qoldirgan olim, shoir sifatida ham tarixga kirdi.
U harb yurishlarida ko‘p vaqt o‘tkazganiga qaramay, sheʼriyat hayotining ajralmas qismi bo‘lgan. Boburning qalamiga mansub g‘azallarni bugungi kungacha ko‘pchilik sevib o‘qiydi.
Jahon adabiyotidagi eng mashhur asarlardan biri – “Bobur-noma” uning qalamiga mansub. Bu kitobda shoir butun umri davomida saqlagan yozuvlarini jamlagan. Unda nafaqat turli tarixiy faktlar, balki o‘sha davrning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy asoslari, tabiati, geografiyasi haqidagi noyob maʼlumotlar ham mavjud.
Boburnoma”da Zahiriddin Muhammad Bobur borgan mamlakatlarning o‘simlik va hayvonot dunyosi ham o‘z aksini topgan. U, xususan, tog‘lar, daryolar, o‘rmonlar, o‘simliklar haqida batafsil hikoya qiladi.
Hindistondagi Buyuk imperiyaning asoschisi Zahiriddin Muhammad Boburning sevimli mashg‘ulotlaridan yana biri bog‘ yaratish edi. Kobulni qo‘lga kiritgach, bu yerda o‘ndan ortiq bog‘lar yaratgan.
U qaerda bo‘lmasin qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga ham alohida e‘tibor bergan. Jumladan Hindistonda birinchi marta O‘rta Osiyo qovun va uzumlarini yetishtirib ko‘rdi. Hindistonda hali ham uzumning “Anguri Samarqandi”, yaʼni “Samarqand uzumi” navi yetishtiriladi.
Vatandan ayro tushgan qalblarda yurt sog‘inchi kuchli bo‘ladi. Shoir qalbida esa bu sog‘inch yanada tug‘yonli kechadi. Shuning uchun yurtdan ayro tushgan Bobur she‘riyatida Vatan va yurtga muhabbat mavzui yetakchi o‘rin tutadi. Bir safar uning tug‘ilib o‘sgan ona yurtidan keltirilgan qovunni kesar ekan, qalbidagi vatan sog‘inchi kuchliligidan ko‘zlariga yosh keladi. Shundan so‘ng Bobur Agrada qovun yetishtirib ko‘rishga qaror qiladi. U Balxdan qovun urug‘ini jo‘natishni buyuradi va keltirilgan urug‘larni Adan bog‘iga ekib, pishib yetilgach: “…Hindustonda shunday qovunlar, uzumlar paydo bo‘lganidan juda xursand bo‘ldim”, — deydi.

Shuningdek, u Hindistonda keng tarqalgan sug‘orish tizimlarini batafsil tasvirlab beradi. Jelum yaqinidagi bog‘larda Bobur birinchi bo‘lib fors g‘ildiragini ko‘radi. Bu haqda u shunday yozadi: “Biz suv olish uchun mo‘ljallangan chelakli g‘ildirakni ko‘rdik va suv olishlariga buyruq berdik. Xizmatkorlar ishga kirishdilar. Qayta-qayta suv olishni buyurdik. Yosh daraxtlarga suv chelaklar va g‘ildiraklar yordamida beriladi. Daraxtlar ikki yoki uch yil davomida doimiy ravishda sug‘oriladi. Shuningdek, ayrim sabzavotlar ham shunday holatda doimiy sug‘oriladi”.
Boburnoma”da XVI asr boshlaridagi Hindistonning o‘simlik dunyosi haqida ishonchli maʼlumotlar mavjud. Shu bois, Bobur tuzgan mevali va manzarali o‘simliklar ro‘yxati bugungi kunda ham katta ahamiyatga ega. U bir qator mahalliy manzarali o‘simliklarning go‘zalligini batafsil bayon qiladi. Xushbo‘y fors atirgulini Hindistonga birinchi bo‘lib Bobur olib kelgan.
Zahiriddin Muhammad Bobur qoldirgan xurmo va Hindiston yong‘og‘i palmalari haqidagi maʼlumotlar zamonaviy botanik va bog‘bonlar, tropik ekinlarni o‘rganuvchi mutaxassislarda ham katta qiziqish uyg‘otadi.
Kitobni mutolaa qilar ekanman, Boburchalik biologiya fanini, xususan, uning o‘simliklarni o‘rganuvchi botanika hamda hayvonot dunyosini tadqiq etuvchi zoologiya sohalarini sevuvchi inson bo‘lmasa kerak, degan xulosaga keldim.
47 yilgina umr ko‘rgan, shuning ham ko‘p qismini jang-u jadallar, sargardonliklar bilan o‘tkazgan insonning qachon vaqt topib, ilmiy izlanishlar olib borganini ko‘z oldimga keltirib, hayratga tushdim.
Deylik, bundan 500 yillar oldin Yer yuzining biror qitʼasida jonivorlarni maxsus o‘rganib, ular haqida kitob yozish hech kimning xayoliga kelmas edi. Bobur Mirzo esa, bu paytda davlatchilik ishlaridan ortib, o‘zi hukmronlik qilgan Hindiston o‘lkasi tabiati, hayvonot va nabotot (o‘simliklar) olamini chuqur o‘rganib, ular haqida qimmatli maʼlumotlar yozib qoldirgan.
Tog‘va daryolari, o‘rmon va sahrolari, shahar va viloyatlari, hayvon va o‘simliklari, odamlari va tili, yomg‘iri va shamoli – hammasi boshqacha, biznikiga o‘xshamaydi”, – deya bu o‘lkani o‘zining jonajon Vatani – Movarounnahr bilan qiyoslar ekan, Hindistonda uchraydigan hayvonlar va o‘simliklar, qushlar va daraxtlarni tavsiflaydi.
Muallifni ajablantirgan va qiziqtirib qo‘ygan jonivorlardan biri – karkidon. U xuddi fil kabi ulkan jonivor, deb yozadi u. “Kattaligi uchta ho‘kizga teng keladi”. Ammo bunday maʼlumotlarni keltirishda, o‘z odatiga ko‘ra, hech qachon faqat eshitganlariga tayanmaydi, balki o‘zi ko‘rgan, kuzatgan, tekshirganlariga suyanib, so‘z yuritadi. Masalan, ayrimlar unga karkidon filni shoxi bilan ko‘taradi, deyishadi. Lekin zukko, hamisha aqlga tayanib fikrlaydigan bobomiz bu gapga ishonmaydi. To‘g‘ri, karkidon juda kuchli hayvon, fildan ko‘ra yirtqichroq ham, lekin, filni shoxi bilan ko‘taradi, degan gaplar unchalik to‘g‘ri bo‘lmasa kerak, deya lofchilarning gapiga qo‘shilmasligini aytadi. (Haqiqatan ham, fil bilan karkidon orasida farq katta. Eng yirik filning og‘irligi 7 tonnagacha, karkidonniki esa 2,5 tonnagacha bo‘ladi).
Umuman, Bobur ushbu ikki hayvonni ko‘p o‘rganib, ularni o‘zaro solishtirgan. Aniqlashicha, fil yuvvoshroq va qo‘lga tez o‘rganadi. Undan xo‘jalikda, harbiy ishlarda foydalanish mumkin. Faqat ancha ko‘p – ikki tuyaning yemishini yeydi. U “katta va tezoqar suvlardan og‘ir yukni osonlik bilan ko‘tarib o‘ta oladi”. Karkidon esa “fildek itoatkor va bo‘ysunuvchan emas”, hatto picha tajovuzkor ham.
Shunday deya Bobur bir safar ovda Maqsud ismli xos soqchining otini karkidon bir nayza bo‘yi uloqtirganini aytadi. Shundan ham bu jonivorning qanday jahldor va kuchli ekanini payqash mumkin.
Ammo qiziq: bu ikki ulkan maxluq duch kelib qolsa, bir-biriga qanday muomala qiladi? Qiziquvchan Boburshoh navkarlari yordamida bir necha filni haydab, karkidonga ro‘baro‘ qiladi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, ular bir-biriga o‘zaro dushman emas. Har holda, karkidon fillarga eʼtibor bermay, indamay o‘tib ketadi...
Olim, shuningdek, Hindistonda uchraydigan maymun, kiyik turlari, yovvoyi ho‘kiz hamda bizning yurtlarda uchramaydigan nilagov (ko‘kho‘kiz), ko‘tahpoy (kaltaoyoq), nuvl degan jonivorlar haqida ham maʼlumot beradi. Nuvlni “Qunduzdan biroz kichikroq. U daraxtlarga chiqadi”, deb taʼriflaydi.
Hindistonda daraxtda yashaydigan bir sichqon turi bo‘lib, pastga tushmoqchi bo‘lsa, hayratlanarli tarzda tez va chaqqon sakrar ekan. Bu jonivorni gilahriy deb atashadi, deydi muallif.

Download 118.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling