Toshkent tibbiyot akademiyasi tibbiy biologiya yo'nalishi talabasi jo'raboyev anvarning


Kislota ortiqcha miqdorda qo’shilganda eritmadagi ionli miqdori ekvivalent miqdordan ortib ketadi, bundan tashqari juda harakatchan H+ ionlar paydo bo’ladi


Download 34.48 Kb.
bet9/9
Sana29.01.2023
Hajmi34.48 Kb.
#1137356
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

Kislota ortiqcha miqdorda qo’shilganda eritmadagi ionli miqdori ekvivalent miqdordan ortib ketadi, bundan tashqari juda harakatchan H+ ionlar paydo bo’ladi. 
Shuning uchun elektr o’tkazuvchanlik ortib boradi va nihoyat xlorid kislota bilan natriy xloridning ekvivalent elektr o’tkazuvchanliklari yig’indisiga tenglashadi. 
Kodutometrik titirlash elektr o’tkazuvchanlik o’lchanadigan odatdagi qurilmalarda o’tkaziladi. 
Elektr o’tkazuvchanlik eritmadagi barcha ionlarga bog’liqligi sababli birorta ion miqdorini boshqa ionlar ishtrokida topish yetarlicha niq natija bermasligi mumkin. Shu sababli keyingi paytlarda kondutometrik titrlash o’rniga yuqori chastotali titrlash usulidan ko’proq foydalanilmoqda. 
4.7. ELEKTR O’TKAZUVCHANLIK METDOLARINING AGRONOMIYADA QO’LLANILISHI
Elektr o’tkazuvchanlikni o’lchash orqali qishloq xo’jaligida muhim zaruriy ma’lumotlar olinadi. 
Urug’, don, paxta kabi qishloq xo’jalik mahsulotlarining namligini aniqlash tabiiy suvlarning minerallashganlik darajasini aniqlash tuproqdagi tuzlarning miqdorini aniqlash kabi ishlar asosan eritmalarning elektr o’tkazuvchanligini o’lchash yo’li bilan bajariladi. 
Bu ishlarni bjarishda kondutometriya metodlaridan keng ko’lamda foydalaniladi. 
Don mahsulotlarining namligini o’lchash asboblari (man o’lchagichlar) ning ishlash prinsipi juda oddiy bo’lib, bunda namligi o’lchanadigan namuna (don) maxsus idishdagi ikki elektrod orasiga qo’yiladi va Kolraush ko’prigi yordamida shu namunaning qarshiligi o’lchanadi. 
Donda namlik qancha ko’p bo’lsa, uning elektr qarshiligi shuncha kam bo’ladi. 
Asbobning shkalasi har qaysi turdagi don uchun namlikning massa foizlarida darajalangan bo’ladi. Bu metod juda oddiyligi bilan bir qatorda ish tez bajarilib, juda aniq natija olinadi shu sababli qishloq xo’jalik praktikasida ko’p qo’llaniladi. 
Hozirgi paytda tuproqdagi tuzlar miqdori tuproq so’rimi (eritmasi) ning elektr o’tkazuvchanligini o’lchash asosda aniqlanmoqda. Shu maqsadda ishlatiladigan asboblar tuz o’lchagichlar deyiladi. 
Download 34.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling