TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
TIBBIY BIOLOGIYA YO'NALISHI TALABASI
JO'RABOYEV ANVARNING
TIBBIY FANIDAN MUSTAQIL ISHI
mavzu: Elektrkimyo asoslari. Elektrolit eritmalarining elektr o’tkazuvchanligi. Potensiallar
ERITMALARNING ELEKTR O’TKAZUVCHANLIGI
REJA:
1. Elektroliz. Faradey qonuni
2. Ionlarning harakatlanish tezligi va uni aniqlash usullari
3. Eritmalarning elektr o’tkazuvchanligi
4. Elektr o’tkazuvchanlik ionlar konsentrasiyasi va ionlarning harakatchanligi orasidagi bog’lanish
5. Suvning elektrolitik dissotsiyalanishi
Fizik kimyoning kimyoviy energiyaning elektr energiyasiga va aksincha elektr energiyasini kimyoviy energiyaga aylanishi bilan bog’liq bo’lgan qonuniyatlarni o’rganadigan bo’limi elektrokimyo deb ataladi. Elektrokimyo katta amaliy ahamiyatga ega bo’lib, elektroliz elektr o’tkazuvchanlik va elektr yutuvchi kuchlar haqidagi ta’limotni o’rganadi.
Barcha moddalar elektr o’tkazuvchanligi jihatidan o’tkazgich yarim o’tkazgich va izolyatorlar (dielektriklar) ga bo’linadi. O’tkazgichlarning o’zi I tur va II tur o’tkazgichlarga bo’linadi. Eritma I tur o’tkazgichlarga barcha metallar va ularning qotishmalari shuningdek ko’mir va grafit kiradi.
II tur o’tkazgichlarga elektrrolitlarning (tuzlar, kislotalar va asoslarning) eritmalari va suyuqlanmalari kiradi. Bunda elektr toki elektrolit ionlari orqali uzatiladi (ionli uzatuvchanlik) natijada modda kimyoviy jihatdan o’zgaradi.
ELEKTROLIZ. FARADEY QONUNLARI
Eritmalarda elektr toki ta’sirida kimyoviy reaksiyalar (asosan ajralish reaksiyalari) sodir bo’ladigan jarayon elektroliz deyiladi.
Elektroliz elektr toki ta’sirida parchalanish demakdir.
Elektroliz jarayoni sanoat va qishloq xo’jaligida katta ahamiyatga ega. Masalan, xlor va o’yuvchi ishqorlar osh tuzi eritmasini elektroliz qilib olinadi. Ammiak sintezi uchun zarur bo’lgan toza vodorod suvni elektroliz qilish yo’li bilan olinadi. Elektroliz jarayonida lektrod elektrolit chegarasida elektrokimyoviy reaksiyalar sodir bo’lib, bunda elektrloit bilan eritmadagi ionlar (molekulalar) o’zaro elektron alamshadi. Katodda elektronlar elektroddan ionga (yoki molekulaga) anodda esa iondan (molekuladan) elektrodga o’tadi, bunda ionlar yoki molekulalar o’zining elektr zaryadini yo’qotadi yoki o’zgartiradi. Elektrolitlarda sodir bo’ladigan elektrokimyoviy reaksiyalarda faqat elektronlar elektr tashishi eritmadagi ionlar esa valentligini o’zgartirishi lekin elektrodlar zaryadsizlanmasligi ham mumkin. Ingliz olimi M.Faradey elektrolizni tajribada o’rganib, ikkita muhim qonuni kashf etadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |