Keyinchalik, makedoniyalik Aleksandrning bosqinchilik yurishlari chog‘ida uning katta qismi yoqib yuborildi. Astronomiya va tibbiyot ilmlariga oid qismlari esa yunon tiliga tarjima qilindi. “Avesto” dagi ma’lumotlarga ko’ra, O’rta Osiyo aholisining ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar quyidagicha bo’lgan. Oradan bir necha asrlar o‘tib, yurtimizda islom dini keng tarqalgach, «Avesto» unutildi. «Avesto» O‘rta Osiyo, birinchi navbatda, O‘zbekistonning o‘tmish tarixi, shuningdek, ajdodlarimizning e’tiqodi, urf-odatlari haqidagi eng qadimgi yozma manba sifatida o‘rganiladi.
O’zbekistonda chop qilingan “Avesto” kitobida chizilgan ushbu rasmda darvish qiyofasi tasvirlangan. Hamda uning ostida shunday so’zlar yozilgan: "Darvishlarning anduhlarni yaratguvchi mehribonlik va javonmardligini olqishlaymiz". "Yetti buyuk yasht"
“Avesto»ning mazmuni”
«Avesto»da ta’kidlanishicha, dunyo ezgulik (yaxshilik) va yovuzlik (yomonlik) asosiga qurilgan.
Ezgulik
Yovuzlik
Barcha yovuzliklarni (o‘lim, qahraton qish, zararkunanda hasharotlar va shu kabilar) yovuzlik homiysi Axriman yuboradi.
Axriman
Ahuramazda esa hayotni, ezgulikni, yorug‘likni va adolatni himoya qiladi.
Ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurashda oxir-oqibat ezgulik g‘alaba qozonadi.
Ahuramazda
Biroq, buning uchun kishilar – yolg‘on gapirmasliklari, bergan va’dalarining ustidan chiqishlari va insonlarga faqat yaxshilik qilishlari lozim. «Avesto»ning 2700 yilligi.
«Avesto» nafaqat bizning, balki jahon
madaniyatining ham nodir merosi hisoblanadi.
Shuning uchun ham xalqaro YUNESKO tashkiloti O‘zbekiston hukumatining tashabbusi bilan 1999-yilda «Avesto»ning 2700 yilligini nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.
ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |