Hovli yuzida aylanib yurgan oqsoq mushuk toʻkilgan joʻxorini iskab koʻrdi, maʼqul boʻlmadi shekilli, Turobjonga qarab shikoyatomuz “myau” dedi. Hovli yuzida aylanib yurgan oqsoq mushuk toʻkilgan joʻxorini iskab koʻrdi, maʼqul boʻlmadi shekilli, Turobjonga qarab shikoyatomuz “myau” dedi. – Tur, joʻxoringga qara! Uni koʻr, mushuk tegdi. Xotin turayotib baralla yigʻlab yubordi. – Bu yer yutkur qanday balo ekan!.. Odamlarday gulutaga, tuzga, kesakka boshqorongʻi boʻlsam-chi! Turobjon doʻppisini boshidan oldi va qoqmoqchi boʻlganida koʻzi yirtiq yengiga tushdi, yuragi achidi: endi uch-toʻrt suv yuvilgan yangigina yaktak edi! – Axir, boshqorongʻi boʻl, evida boʻl-da! – dedi doʻppisini qoqmasdan boshiga kiyib. – Anor, anor… Bir qadoq anor falon pul boʻlsa! Saharimardondan suv tashib, oʻtin yorib, oʻt yoqib bir oyda oladiganim oʻn sakkiz tanga pul. Akam boʻlmasa, ukam boʻlmasa… Er-xotin tek qolishdi. Xotin joʻxorini tuyib boʻldi, uni kelidan togorachaga solayotib toʻngʻilladi: Er-xotin tek qolishdi. Xotin joʻxorini tuyib boʻldi, uni kelidan togorachaga solayotib toʻngʻilladi: – Havasga anor yeydi deysiz, shekilli… – Bilaman… Axir, nima qilay? Xoʻjayinimni oʻldirib pulini olaymi, oʻzimni hindiga garov qoʻyaymi? Gʻalatimisan oʻzing? Xotin ovqatga unnadi, erining “boshqorongʻi boʻl, evida boʻl-da”, degani unga juda alam qildi, xoʻrligi keldi, oʻpkasi toʻldi. Ovqat pishdi. Qozonning zangi chiqib qoraygan goʻjaga qatiq ham rang kirgizolmadi. Turobjon ikki kosa ichdi, xotini esa hanuz bir kosani yarimlatolmas edi. Uning imillashini koʻrib Turobjonning koʻziga negadir oqsoq mushuk koʻrindi. Mushuk yirtilgan yengini esiga tushirdi, avzoyi buzildi. Uning avzoyidan “Esiz joʻxori, qatiq, oʻtin” degan maʼnoni anglab xotin, koʻngli tortmasligiga qaramasdan, kosani boʻshatdi, ammo darhol tom orqasiga oʻtib koʻzlari qizargan, chakka tomirlari chiqqan holda qaytdi. – Hali tugʻilmagan bolani yer yutkur deding-a, – dedi Turobjon borgan sayin tutaqib.
Do'stlaringiz bilan baham: |