Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Davolash ishi fakulteti 103-A guruh talabasi Abdullayev Elyorbekning “Ona tili” fanidan tayyorlagan daqdimoti Uylar toʻla non, och-nahorim bolam, Ariqlar toʻla suv, tashnai zorim bolam. oʻtmishdan Turobjon eshikdan hovliqib kirar ekan, qalami yaktagining yengi zulfinga ilinib tirsakkacha yirtildi. Uning shashti qaytdi. Joʻxori tuyayotgan xotini uning qoʻlidagi tugunchani koʻrib, kelisopni kelining ustiga qoʻya chopdi. Keli lapanglab agʻanadi, chala tuyilgan joʻxori yerga toʻkildi. Turobjon eshikdan hovliqib kirar ekan, qalami yaktagining yengi zulfinga ilinib tirsakkacha yirtildi. Uning shashti qaytdi. Joʻxori tuyayotgan xotini uning qoʻlidagi tugunchani koʻrib, kelisopni kelining ustiga qoʻya chopdi. Keli lapanglab agʻanadi, chala tuyilgan joʻxori yerga toʻkildi. – Akajon, degin! – Akajon! Jo-on aka!.. – Nima berasan? – Umrimning yarmini beraman!.. Turobjon tugunchani berdi. Xotini shu yerning oʻzida, eshik oldida oʻtirib tugunchani ochdi-da, birdan boʻshashib ketdi va sekin boshini koʻtarib eriga qaradi. Oʻz qilmishiga gerdayib turgan Turobjon uning koʻzini jiqqa yosh koʻrib: Turobjon tugunchani berdi. Xotini shu yerning oʻzida, eshik oldida oʻtirib tugunchani ochdi-da, birdan boʻshashib ketdi va sekin boshini koʻtarib eriga qaradi. Oʻz qilmishiga gerdayib turgan Turobjon uning koʻzini jiqqa yosh koʻrib: – Nima ekanini bildingmi? – dedi. – Asalarining uyasi! Turgan-bitgani asal! Mana, mana, siqsang asal oqadi. Bunisi oq mum, harom emas – shimsa ham boʻladi, chaynasa ham boʻladi. Xotin yengini tishlab bir nuqtaga qaraganicha qoldi. – Yo, qudratingdan, ishonmaydi-ya! – dedi Turobjon keltirgan matoini titkilab. – Mana, chaynab koʻr! Koʻrgin, boʻlmasa innaykeyin degin… Turobjon qizardi. U bir zamon betob oʻrtogʻini yoʻqlab eltgan tarvuzini, bemaza chiqqan boʻlsa kerak, sigirning oxurida koʻrib shunday xijolat boʻlgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |