Toshkent tibbiyot akademiyasi urganch filiali odob-axloq kodeksi


Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali direktori


Download 0.68 Mb.
bet3/47
Sana04.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1328443
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
Одоб ахлок кодекси 3 тил

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali direktori




Ruzibayev Rashid Yusupovich

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI URGANCH FILIALINING SHARAF KODEKSI.
Mamlakatimizda keyingi yillarda oliy ta’lim muassasalar sonining ko‘payishi, o‘qishga kirish jarayonlarida yaratilgan keng imkoniyatlar va shaffofliklar yoshlarimizning oliy ta’lim olishlariga bo‘lgan qiziqishlari va intilishlarini oshirmoqda. Har bir shaxs oliy o‘quv yurtida taxsil olib oliy ma’lumotga ega bo‘lish bilan bir vaqtda, yuqori intellektual salohiyatga ega, yuksak ma’naviyatli, atrofdagi odamlarga ziyo tarqatuvchi ziyoliga aylandi. Dunyoda kasb-hunarlar juda ko‘p, hammasining ham jamiyatda o‘z o‘rni va odamlar uchun ahamiyati bor. Lekin kasblar ichida shunday soha egalari borki, ular o‘zlarining har kunlik faoliyati va xatti-harakatlari bilan jamiyat taraqqiyotning poydevorini yaratadilar.
Shifokorlik kasbi esa kasblar ichida eng sharafli va mashaqqatli kasb bo‘lishi bilan birga, u har bir tibbiyot yo‘nalishini tanlagan talabadan chuqur bilim sohibi bo‘lish bilan bir vaqtda, yuksak ma’naviyatli insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan hulqi, odobi, dunyoqarashi, tafakkuri, fikrlash qobliyatiga ko‘ra dardga chalinib qolgan bemorlarga bo‘lgan mehr-muhabbati, e’tiborliligi, o‘zgalarning manfaatlaridan o‘z manfaatini ustun qo‘ymaslik, har bir bemor inson bilan hamdard bo‘la oladigan fazilatlarga ega bo‘lish talab etiladi.
Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarining boshqa oliy o‘quv yurtlarida taxsil olayotgan talabalardan farqi, tibbiyot institutiga kirgan har bir talaba o‘qishga kirishi bilan talabalik qasamiyodini va institutni bitirgandan so‘ng “O‘zbekiston shifokori qasamiyodi”ni qabul qiladilar va bir umrga shu qasamiyodiga sodiq qolgan holda faoliyat yuritadilar.
Tibbiyot institutiga o‘qishga kirgan talaba 5-6 yil bakalavriyat yo‘nalishida, 2-3 yil klinik ordinatura va magistratura yo‘nalishida bilim, malaka va ko‘nikmalarni olishi va oliy ma’lumotli shifokorlik diplomini olgandan keyin ham o‘z ustida tinimsiz o‘qishni va izlanishni talab etishi qolaversa, ulardan hayotda yurish-turishlarida, kiyinishlarida, sog‘lom turmush tarzi qoidalariga birinchi galda o‘zlari to‘liq rioya qilishlarida boshqalarga namuna bo‘lishlari talab etiladi. Shifokorlik kasbining yana bir o‘ziga xosligi shundaki, agar deyarli ko‘plab kasblarda odamlar o‘zlarining kasbiy faoliyatidagi burchlari va vazifalarini faqatgina xizmat joylarida amalga oshirish imkoniyatlariga ega bo‘lsalar, shifokorlar shifokorlik diplomini olgandan keyin hamma joyda, hamma vaqt va hamma tibbiy yordamga muxtoj insonlarga nisbatan kasbiy yondashib, tibbiy yordam ko‘rsatishlari shart va majbur.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling