Toshkent tibbiyot akademiyasi urganch filiali odob-axloq kodeksi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Shavkat Miromonovich
Download 0.68 Mb.
|
Одоб ахлок кодекси 3 тил
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Mirziyoyev Shavkat Miromonovich ⁕⁕⁕ Shifokorda lochinning ko‘zi, qizning qo‘llari, ilonning donoligi va sherning yuragi bo‘lishi kerak.Bekorchilik va aysh-ishrat nafaqat nodonlikka olib keladi, ayni vaqtda kasallikning tug‘ilishiga ham sabab bo‘ladi. Badantarbiya bilan mashg‘ul bo‘linsa, hech qanday dori-darmonga zarurat qolmaydi, buning uchun muayyan bir tartibga rioya qilmoq ham shart. Abu Ali ibn Sino ⁕⁕⁕ Har bir kishi kasb-korini mukammal bilmog‘i, go‘zal tarbiya olmog‘i va yaxshi xulq-odob, fazilatlarga ega bo‘lmog‘i kerak. Abu Nasr Forobiy ⁕⁕⁕ Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay. Imom al-Buxoriy ⁕⁕⁕ Quyosh nurlarini berkitib bo‘lmaganidek, haqiqatning chirog‘ini ham so‘ndirib bo‘lmaydi. Mahmud az-Zamaxshariy ⁕⁕⁕ Bilim bilan hatto ko‘kka ham yo‘l topsa bo‘ladi. Yusuf Xos Hojib ⁕⁕⁕ Aql ila olam yuzini obod qil, Xulq va odob ila olam elini shod qil. Alisher Navoiy Ilmu-amali boʻlgan insonni maʼnaviyati boʻladi, Maʼnaviyati boʻlgan insonning eʼtiqodi boʻladi, Eʼtiqodi boʻlgan insonning iymoni boʻladi, Iymoni bor inson komilikka erishadi. Fozil Sulton Kirish O‘zbekiston azaldan Sharq-u Gʻarbni o‘zaro bog‘lagan ilm-fan, madaniyat o‘choqlaridan sanalgan. Mamlakatimiz tibbiyoti juda boy va ming yillik tarixga ega. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda tibbiyot sohasini rivojlantirish va kadrlar tayyorlash borasida muhim va dadil qadamlar tashlandi. Bu borada Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida ham qator ishlar amalga oshirildi. Shifokorlik kasbi kasblar ichida eng sharafli va mashaqqatli kasb bo‘lishi bilan birga, u har bir tibbiyot yo‘nalishini tanlagan talabadan chuqur bilim sohibi bo‘lish bilan bir vaqtda, yuksak ma’naviyatli insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan xulqi, odobi, dunyoqarashi, tafakkuri, fikrlash qobliyatiga ko‘ra dardga chalinib qolgan bemorlarga bo‘lgan mehr-muhabbati, e’tiborliligi, o‘zgalarning manfaatlaridan o‘z manfaatini ustun qo‘ymaslik, har bir bemor inson bilan hamdard bo‘la oladigan fazilatlarga ega bo‘lish talab etiladi. Filialimizga kirgan har bir talaba o‘qishga kirishi bilan talabalik qasamiyodini va oligohni bitirgandan so‘ng “O‘zbekiston shifokori qasamiyodi”ni qabul qiladilar va bir umrga shu qasamiyodiga sodiq qolgan holda faoliyat yuritadilar. 1992-yilning mart oyida Urganch shahrida 1-Toshkent Davlat tibbiyot institutining Urganch filiali tashkil qilingan. 2005-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filialiga aylantirilgan. Filialda bugungi kunda 5 ta fakultet, 32 ta kafedra mavjud bo‘lib, o‘quv jarayoni 11 ta bakalavriat, 27 ta klinik ordinatura yo‘nalishi, 11 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha tashkil qilingan. Bugungi talabalar soni 3,5 mingdan ortiq, talabalar, magistrlar va klinik ordinatorlarga 300 nafar professor-o‘qituvchilar 12 nafar fan doktorlari, professorlar 120 dan ortiq fan nomzodlari, dotsentlar, falsafa doktorlari, katta o‘qituvchi va assistentlar tibbiyot sirlarini o‘rgatmoqdalar, ta’lim berib kelishmoqda. O‘tgan 30 yil davomida oliygohni: 9 yo‘nalish bo‘yicha 3946 bakalavr Umumiy amaliyot shifokorlari bitkazishgan. 35 mutaxassislik bo‘yicha 1560 klinik ordinator bitkazib shifokorlik amaliyotida va oliygohda ishlashmoqda. Bu yil birinchi marta magistratura bitiruvchilariga katta ilm yo‘liga oq fotixa berildi. MBBS yo‘nalishi bo‘yicha birinchi xorijiy talabalr bakalavr diplomini olishdi. Oliygohni tugatgan talabalardan bugungi kunda 5 nafar fan doktori, 30-dan ortiq fan nomzodlari yetishib chiqqan. O‘tgan davr mobaynida talabalarning 3 nafari Zulfiya nomidagi davlat mukofotini, 2 nafari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasini, 8 nafari Ibn Sino Davlat stipendiyasini, 4 nafari Islom Karimov Davlat stipendiyasini va ko‘plab talabalar “O‘zbekiston Vrachlar assotsiatsiyasi” nomidagi tibbiyot oliygohlari talabalari uchun ta’sis etilgan stipendiyani qo‘lga kiritishdi. Bundan tashqari turli yillarda Xalqaro va respublika fan olimpiadalarida 20 dan ortiq talabalar sovrindor bo‘lishgan. 2018-yildan xorijiy fuqarolarni ta’lim muassasasiga qabul qilishga ruxsat berildi. Bugungi kunda 8 ta davlatdan Hindiston, Pokiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Rossiya Federatsiyasi, Afg‘oniston, Shri Lanka, AQSH kabi davlatlardan 600 nafar talabalar kelib o‘qishmoqda, ularning safi yildan yilga oshib bormoqda. Rossiya Federatsiyasining Nijniy Novgorod shahridagi tibbiyot ilmiy-tadqiqot universiteti bilan hamkorlikda davolash ishi va farmatsiya, Kazan federal universitetining tibbiy biologiya yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar o‘qitilmoqda. Siz aziz talaba! Ushbu Kodeks bilan batafsil tanishib, unda yozilgan har bir bo‘lim va moddalarning mazmun va mohiyatlarini mukammal o‘rganasiz va mazkur Kodeksdan olgan bilim, malaka va ko‘nikmalaringiz nafaqat sizga filialda tahsil olish jarayonida balki, shifokorlik faoliyatingiz davomida ham odamlar orasida o‘zingizni tutishingizda, yurish turishingizda, atrofingizdagi sizning yordamingizga muxtoj bo‘lgan bemorlarga bee’tibor bo‘lmasliklaringizda, hayotda shifokor degan yuksak sharafli va mashaqqatli, shu bilan birga savobli kasbingizni to‘laqonli ado etishingizda dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi degan umiddaman! Mazkur Odob-axloq kodeksi 10 ta bob va 35 ta moddadan iborat bo‘lib, filialda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, xodimlar, magistrlar, klinik ordinatorlar va talabalarning hamjihat va tinch-totuv muhitda yashash, har tomonlama kamol topish va madaniy bir-birini tushunish yo‘lida xizmat qiladi, shu bilan bir qatorda ta’lim oluvchi va beruvchi shaxslarning sha’ni, majburiyati va mas’uliyati yurish-turishi, kiynish va rasmiy muloqotiga oid talablarni o‘z ichiga qamrab olgan. Ushbu kodeks normalariga rioya qilmagan shaxslalarga belgilangan tartibda choralar ko‘riladi. Mazkur kodeks 2022-yilning 27-avgustidagi filialning 1-sonli Kengash yig‘ilishida muhokama qilinib tasdiqlangan.
Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling