Toshkent tibbiyot akademiyasi urganch filiali odob-axloq kodeksi


-modda. Majlis va yig‘inlarda ishtirok etish


Download 0.68 Mb.
bet7/47
Sana04.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1328443
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47
Bog'liq
Одоб ахлок кодекси 3 тил

12-modda. Majlis va yig‘inlarda ishtirok etish
Filial xodimlari, doktorantlari va taʼlim oluvchilari turli tadbirlar (majlislar, tantanali yig‘ilishlar, uchrashuvlar, bayramlar)dagi ishtiroki jarayonida so‘zga chiquvchilarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishlari, tadbir davomida tinchlik va osoyishtalikni saqlashlari shart bo‘lib, raislik qiluvchi va moderatorning ruxsatisiz luqma tashlash, hushtak chalish va so‘zga chiqishlari mumkin emas. Zarurat tug‘ilganda, nutqlar o‘rtasida majlislar zalidan chiqib-kirish mumkin.
13-modda. Binolarda yurish-turish qoidalariga amal qilish
Binolarga kirish va chiqish joylarida, shuningdek, yo‘laklarda taʼlim oluvchilar xodimlarni, erkaklar ayollarni, yoshlar esa kattalarni o‘zlaridan oldin o‘tkazib yuborishlari, kattalarga hurmat ko‘rsatishlari (o‘rnidan turishlari) lozim.
Binolarga kirayotgan har bir shaxs binolarga kirib-chiqishni nazorat qilish uchun tayinlangan masʼul shaxs yoki navbatchiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni (xizmat yoki talabalik guvohnomasi, pasport va h.k.) ochiq holda ko‘rsatishlari yoki maxsus berilgan ID-karta orqali turniketlardan o‘tishlari shart.
Xodimlar, doktorantlar va taʼlim oluvchilar filial hududida yo‘lning o‘ng tomonidan yurishlari, shuningdek, yo‘lak va xollarda mobil aloqa vositalari orqali baland ovozda gaplashmasliklari kerak. Bir-birlariga duch kelganda, salomlashishlari, bunda taʼlim oluvchilar xodimlarga, yoshlar kattalarga birinchi bo‘lib salom berishlari tavsiya etiladi.
14-modda. Xodimlar, doktorantlar va taʼlim oluvchilarning rasmiy muloqot meʼyorlari
Filial xodimlari, doktorantlari va taʼlim oluvchilari tashkilot va muassasalar, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda fuqarolar bilan o‘zaro munosabatga kirishganda, quyidagi rasmiy muloqot meʼyor va qoidalariga amal qilishlari kerak:
- o‘z harakatlarini filial manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirishi, uning imijini saqlashi va putur yetkazmasligi, filial, uning xodimlari, doktorantlari va taʼlim oluvchilari nomi va manfaatlariga ziyon yetkazadigan harakatlarni amalga oshirmasligi, shuningdek, ular bilan muloqot qilganda hamda ijtimoiy tarmoqlardagi yozishmalarida o‘zlarining namunali xulq-atvori bilan oliy taʼlim muassasasi haqida yuksak ijobiy taassurot uyg‘otishi;
- xotin-qizlar bilan munosabatlar amaldagi qonunchilik hujjatlari talablari, milliy anʼanalar va o‘zaro hurmat tamoyillariga asoslanishi shart;
- filial, uning xodimlari, doktorantlari va taʼlim oluvchilari haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan yoki noto‘g‘ri talqin qilingan, noto‘g‘ri talqin qilish uchun imkon beradigan maʼlumotlarni tarqatmasligi, bunday maʼlumotlar tarqalishiga yo‘l qo‘ymasligi, shuningdek, jamoat oldida va ijtimoiy tarmoqlarda bu mavzuda chiqishlar qilmasligi;
- xodimlar, doktorantlar va taʼlim oluvchilarning roziligisiz ularning shaxsiy hayotiga oid maʼlumotlarni oshkor qilmasligi;
- xodimlar, doktorantlar va taʼlim oluvchilar haqida ularning kasbiy va o‘quv faoliyatiga oid bo‘lmagan maʼlumotlarni aniqlashtirmasligi;
- xizmat axborotlarini taqdim etish qoidalariga amal qilishi;
- so‘ralgan axborotni yetarlilik (haddan tashqari qisqa shu bilan birga keragidan ortiq) va ishonchlilik (qayta tekshirishni talab qilmaydigan) talablariga muvofiq holda taqdim etishi;
- o‘z xizmat vazifalarini bajarish jarayonida olingan maʼlumotlardan g‘arazli maqsadda foydalanmasligi, shuningdek, ularni filial rahbariyati ruxsatisiz tarqatmasligi;
- xodimlar, doktorantlar va taʼlim oluvchilarning taʼlim jarayonidagi faoliyati va kasbiy harakatlarini asossiz tanqid qilmasligi, jamoat oldida chiqishlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va turli xil ijtimoiy tarmoqlarda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va filial faoliyati, uning xodimlari harakatlarini haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, asossiz va aniq dalillarga asoslanmagan holda muhokama qilmasligi va ular haqida baho berib, fikr-mulohazalar bildirmasligi.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling