Toshkent tibbiyot akademiyasi urganch filiali odob-axloq kodeksi


-modda. Samaradorlik va tejamkorlik prinsipi


Download 0.68 Mb.
bet6/47
Sana04.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1328443
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
Одоб ахлок кодекси 3 тил

9-modda. Samaradorlik va tejamkorlik prinsipi
Filial xodimlari, doktorantlari va taʼlim oluvchilari o‘z faoliyati samaradorligini innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish orqali va boshqa yo‘llar bilan doimiy ravishda oshirib boradilar.
Filial xodimlari, doktorantlari va taʼlim oluvchilari o‘z navbatida filialning mulkiga, o‘zining va boshqa shaxslarning vaqtiga masʼuliyat va ehtiyotkorlik bilan yondashadilar.


III bob. Korrupsiyaga qarshi kurashish


10-modda. Korrupsiyaning har qanday shakl va ko‘rinishini qabul qilmaslik
Filial xodimlari, doktorantlari va taʼlim oluvchilari korrupsiyaning har qanday shakli va ko‘rinishini qabul qilmaydilar va uning biror-bir tarzda namoyon bo‘lishiga qarshi hamjihatlikda qonuniy choralarni ko‘radilar.
Xodimlar, doktorantlar va taʼlim oluvchilar korrupsiyaga qarshi kurashishlari va uning profilaktikasiga faol ko‘maklashishlari, shuningdek, filial korrupsiyaga qarshi kurashish Dasturi va filial xodimlari, doktorantlari va taʼlim oluvchilari tomonidan korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etishga og‘dirish maqsadida murojaat qilish holatlari haqida xabardor qilish to‘g‘risida Nizom talablarini so‘zsiz bajarishlari, o‘z faoliyatlarini oshkora va adolatli amalga oshirishlari, yuqori axloqiy qadriyatlar va prinsiplarga sodiq qolgan holda qonun ustuvorligiga qatʼiy rioya etishlari shart.


IV-bob. Xodimlar, doktorantlar va taʼlim oluvchilar yurish-turish va rasmiy muloqotiga oid talablar


11-modda. Filialda kiyinish va tashqi ko‘rinishga oid qoidalar
Filial xodimlari, doktorantlari va taʼlim oluvchilari o‘z o‘qish va kasbiga mos bo‘lgan zamonaviy kiyimda bo‘lishlari lozim.
Filial xodimlari, doktorantlari va taʼlim oluvchilari bo‘lgan xotin-qizlar haddan ziyod tor, shaffof, diqqatni tortadigan darajada ochiq, kalta kiyimda, shuningdek, quloq va barmoqlardan tashqari tananing turli qismlariga turli zirak yoki metall buyumlar, quloqchinlar bilan, tanasining ko‘rinib turadigan qismida pirsing yoki tatuirovkada filialga kelishlari mumkin emas.
Taʼlim oluvchi qizlar filialga yorqin rangda bo‘lmagan, och rangli bluzkalarda, tizzani yopib turadigan yubka yoki odmi kostyum va to‘q rangdagi poyabzalda kelishlari lozim, shuningdek, o‘zlari bilan zaruriy o‘quv vositalarini olib kelishlari shart.
Filial xodimlari, doktorantlari va taʼlim oluvchilari bo‘lgan erkaklar oq, havorang, och jigarrang yoki och kulrang, to‘q ranglardagi ko‘ylakda, klassik uslubdagi shim yoki odmi kostyum, galstukda va diqqatni jalb etmaydigan poyabzalda kelishlari lozim. Sochlari xodim va bo‘lajak shifokorlar gigiyenasiga mos ravishda tartibga solingan, soqollari olingan bo‘lishi shart. Soch-soqollarni o‘stirib yurish taqiqlanadi. Bunda taʼlim oluvchilar o‘zlari bilan zaruriy o‘quv vositalarini olib kelishlari lozim.
Xodimlar, doktorantlar va taʼlim oluvchilarning auditoriya va xizmat xonalarida ustki kiyim (plash, palto, kurtka va bosh kiyim kabilar) da yurishlari taqiqlanadi.
Xodimlar, doktorantlar va taʼlim oluvchilarning tashqi qiyofasi va kiyimlari ozoda, pokiza bo‘lishi lozim.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016-yil 20-yanvardagi “Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi barcha boshqaruv apparati, tibbiyot davolash-profilaktika hamda oliy va o‘rta maxsus taʼlim muassasalari, tashkilotlar, korxonalar xodim va talabalarning tibbiy deontologiyasi va madaniyati to‘g‘risida”gi 34-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizomga amal qilish lozim.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling