Тошкент тў£имачилик ва енгил саноат институти


Birinchi ustuvor yo‘nalish


Download 279.68 Kb.
bet9/19
Sana09.04.2023
Hajmi279.68 Kb.
#1344755
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
4-МАВЗУ.МАЪРУЗА

Birinchi ustuvor yo‘nalishmustaqillikni asrah-avaylash, himoya qilish va mustahkamlash.Uni har bir fuqaro qadr-u qimmati, shaxsiyati, oriyati darajasida anglash.
Ikkinchi ustuvor yo‘nalish — mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, davlatimizni hududiy yaxlitligini, sarhadlarimiz daxlsizligini, fuqarolarimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash.
Uchinchi ustuvor yo‘nalish — bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, kuchli bozor infratuzilmasini yaratish, barqaror va mustahkam iqtisodiyotning muhim sharti bo‘lgan erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish.
To‘rtinchi ustuvor yo‘nalish — inson huquqlari va erkinliklarini, so‘z va matbuot erkinligini, shuningdek, oshkoralikni, jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlarning ochiqligmi ta’minlaydigan demokratik tamoyillarni amalda joriy etish.
Beshinchi ustuvor yo‘nalish — jamiyat hayotida nodavlat va notijorat tashkilotlarining o‘rni va rolini oshirish, ularning faoliyat doirasini kengaytirish orqali fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonlarini chuqurlashtirish, “Kuchli davlatdan — kuchli jamiyat sari” tamoyilini amalga oshirish.
Oltinchi ustuvor yo‘nalish — sud-huquq sohasini isloh qilish, sud-huquq idoralarining mustaqilligi va ta’sirchan faoliyatini ta’minlash, qonun ustuvorligini, inson haq-huquqlarini, erkinliklarini himoya qilish, huquq organlarini “jazolovchi” organlardan fuqaro manfaatini himoya qiladigan, uni erkin yashashiga kafolat beradigan organlarga aylantirish.
Yettinchi ustuvor yo‘nalish — islohotlarning samaradorligini belgilab beradigan asosiy tayanch - inson omilini kuchaytirish demografik va boshqa milliy xususiyatlarni hisobga olib kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, ijtimoiy infratuzilmani, ta’lim va sog’liqni saqlash sohalarini yanada rivojlantirish, nafaqa bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish, ekologik va boshqa xavf-xatarlardan himoya qilish.
Bular jamiyatni yalpi yangilash ijtimoiy hayotni tubdan isloh qilish butunlay yangi tafakkurdagi mustaqillik davri fuqarosini shakllantirish kabi uzoq muddatli, izchil davom etadigan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy hodisadir.
O‘zbekistonda islohotlarni amalga oshirishning izchil mexanizmi yaratildi.Buyuk kelajakka qaratilgan yalpi yangilanishlar konsepsiyasi vaqt o‘tgani sayin shakllantirib, rivojlantirib borilmoqda.Buni Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov 2005 yil 28 yanvar kuni Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida “Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir” mavzuida ma’ruza qildi.Unda ko‘p qirrali islohotlarni amalga oshirish tamoyillarini yana ham chuqurlashtirdi.Jumladan, quyidagilarni alohida ta’kidladi:
Birinchidan, davlat qurilishi va boshqaruvi sohasidagi eng muhim vazifa bu qonunchilik hokimiyati bo'lmish mamlakat Parlamentining roli va ta’sirini kuchaytirish, hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari o‘rtasida yanada mutanosib va barqaror muvozanatga erishishdan iborat.
Shu borada
— Prezident vakolatlarining bir qismini Parlamentning yuqori palatasi - Senatga va hukumatga o‘tkazish, professional, doimiy asosda ishlaydigan quyi — Qonunchilik palatasini shakllantirish, uning vakolat va huquqlarini kengaytirish;
— Bosh vazir va umuman, mamlakat hukumatining rolini va shu bilan birga, mas’uliyatini kuchaytirish;
— sud hokimiyatining mustaqilligi va erkinligini mustahkamlashga qaratilgan aniq, qonuniy chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Biz oldimizga qo‘ygan maqsadni soddagina ifodalamoqchi bo‘lsak - har qanday hokimiyat, u qonunchilik yoki ijro va sud hokimiyati bo‘ladimi — bularning barchasi quyidagi talablarga javob berishi shart.Ya’ni, har qaysi o‘z vazifasini anglashi, o‘z mas’uliyatini his qilishi, o‘z yukini ko‘tarishi va ta’bir joiz bo‘lsa, o‘z aravasini mustaqil ravishda tortishi darkor.

Download 279.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling