Тошкент тў£имачилик ва енгил саноат институти


Fermer xo‘jaliklarining soni (hirlik)


Download 0.54 Mb.
bet16/20
Sana16.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1359823
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
6-МАВЗУ.МАЪРУЗА

Fermer xo‘jaliklarining soni (hirlik)

Agar 2000-yilda yetishtirilgan paxta hosilining 21 foizi fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2006-yilda bu ko‘rsatkich 86 foizdan oshib ketdi, boshoqli don ekinlar yetishtirish bo‘yicha esa 2000-yilda 15 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2006-yil 75 foizdan iborat bo‘ldi.Birgina 2006-yilning o‘zida 666 ta shirkat xo‘jaligini qayta tashkil etish hisobidan 74 mingta fermer xo‘jaligi tuzildi, ularning yarmidan ko‘pi meva-sabzavotchilikka ixtisoslashganini ta’kidlash lozim.
Qishloq joylarda bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan mehnat kooperatsiyasining yangi shakllari, yangicha xo‘jalik munosabatlari tizimi qaror topmoqda.
Jumladan, fermer xo‘jaliklari tomonidan meva-sabzavot mahsulotlari va uzum yetishtirishga hamda ularni qayta ishlashga ixtisoslashgan qariyb 200 ta agrofirma tashkil etildi.Qishloq xo‘jaligi sohasida ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish, transport xizmati, mahsulotlarni qadoqlash, joylash va eksport qilish hamda shu kabi boshqa xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi shakllanmoqda.
2008-yilga kelib fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etishning eng samarali shakli ekanini hayotning o‘zi tasdiqlab bermoqda. Yurtimizda fermer xo‘jaliklarini moddiy-texnik ta’minlash va moliyalash bo‘yicha bozor iqlisodiyoti tamoyillariga to‘la javob beradigan ishonchli tizim va mexanizmlar shakllantirildi va muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda.Har yili fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash uchun katta miqdorda moddiy resurs va mablag’lar ajratilmoqda. Faqat o‘tgan 2008-yilning o‘zida qishloq xo‘jalik mahsulotlarining eng muhim turlarini yetishtirish uchun 1 trillion so‘m, jumladan, paxta tayyorlashga — 800 milliard so‘m, g‘alla yetishtirishga 200 milliard so‘m mablag’ avans tariqasida berildi.2009-yilda ushbu maqsadlar uchun 1 trillion 200 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Qishloq xo‘jalik texnikasini lizing asosida sotib olish bo‘yicha maxsus tashkil etilgan Fond hisohidan ushbu maqsadlar uchun o‘tgan yili 43 milliard so‘mdan ziyod mablag’ ajratilgan bo‘lsa, joriy yilda 58 milliard so‘mdan ortiq mablag’ yo‘naltirish rejalashtiriimoqda.
Davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan ana shunday e’tibor va amaliy yordam tufayli 2008-yilda fermer xo‘jaliklarining paxta yetishtirishdagi ulushi 99,1 foizni, g‘alla tayyorlashda esa 79,2 foizni tashkil qildi.
2008–2012 yillarda mamlakatimizda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Davlat dasturi doirasida umumiy uzunligi 10 ming 500 kilometrdan ziyod xo‘jaliklararo va xo‘jalik ichidagi kollektor-drenaj tarmoqlarida jami 60 milliard so‘mga yaqin ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshirildi.2008 yildan boshlab mamlakatimizda qariyb 1 million 500 ming gektar sug‘oriladigan yerning meliorativ holati yaxshilandi, yerosti suvlari yuqori bo‘lgan maydonlar 415 ming gektarga yoki salkam
10 foizga qisqardi, kuchli va o‘rtacha sho‘rlangan maydonlar 113 ming gektarga kamaydi.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash mazkur soha tarmoqlarining samaradorligini oshirishga yordam bermoqda.2010 yili respublika rahbarining tashabbusi bilan Ukraina va Polsha davlatlaridan olib kelingan, intensiv texnologiyalar asosida parvarishlanadigan pakana va yarim pakana olma, nok, olxo‘ri, gilos, shaftoli ko‘chatlari, asosan Toshkent va Samarqand viloyatlarining fermer xo‘jaliklari maydonlariga ekildi.Bunday bog‘larni yildan yilga kengaytirish, ularni dehqon fermer xo‘jaliklarida barpo etish maqsadida chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.2017 yil holatiga ko‘ra Respublikamiz hududida jami 5,5 ming gektardan ortiq maydonda mana shunday intensiv bog‘lar barpo qilingan.Hozirda yetishtirilayotgan mevalar, nafaqat qo‘shni mamlakatlarga, balki Yevropa mamlakatlariga ham eksport qilinmoqda.



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling