Тошкент тў£имачилик ва енгил саноат институти
Download 0.54 Mb.
|
6-МАВЗУ.МАЪРУЗА
- Bu sahifa navigatsiya:
- INQIROZGA QARSHI CHORALAR IIASTIJRI MAMIAKATNI IJTIMOIY- IQTISODIY RIVOJLANTIRISHNING ENG USTUVOR YO‘NALISHI
- Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezident I.A.Karimov.
- Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezident I.A.Karimov. Soliq tizimi
INQIROZGA QARSHI CHORALAR IIASTIJRI MAMIAKATNI IJTIMOIY- IQTISODIY RIVOJLANTIRISHNING ENG USTUVOR YO‘NALISHI …mamlakatimizda jahon moliyaviy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha 2009-2012 yillarga mo‘ljallab qubul qilingan inqirozga qarshi choralar datsturi O‘zbekistonni 2009-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezident I.A.Karimov. BOSHLANG’ ICH TARKIBIY O‘ZGARISHLARNI VA IQTISODIYOTNI DIVERSIFIKATSIYA QILISH JARAYONLARINI DAVOM ETTIRISH Jahon iqlisodiy inqirozi ishlab chiqarishni muntazam yangilab, modernizatsiya qilib borish zaruratini kun tartibiga yanada o‘tkir qilib qo‘ymoqda va buning uchun bor kuch-imkoniyatimiz va resurslarimizni safarbar etishni talab qilmoqda. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezident I.A.Karimov. Kichik biznesning ixcham va harakatchanligi, bozor konyunkturasi o‘zgarishlari va isle’molchilar ehtiyojlariga nisbatan tez moslasha olishi uni jahon iqlisodiy Inqirozi davrida yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadini oshirish borasida eng qulay va maqbul vosilaga aylantiradi. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezident I.A.Karimov. Soliq tizimi.1991 yil avgustda O‘zbekistonda eng zamonaviy shaklda, yangi tipdagi soliq tizimi yuzaga keldi.O‘zbekiston soliq organlari 1991 yilda qabul qilingan “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi qonun, 2008 yilda yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Soliq kodeksi” asosida ish yuritmoqda. Tibbiyot, ta’lim va sport obyektlarini saqlash xarajatlari korxonalarning soliqqa tortiladigan bazasidan chiqarilib, savdoda ilgari to‘lab kelingan uchta to‘lov o‘rniga esa yagona soliq to‘lovi joriy etildi.Rivojlangan davlatlar tajribasi asosida fuqarolarning yillik daromadlarini Deklaratsiya qilish tartibi joriy qilindi. 2008 yildan keyingi davrda ham mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi ham barqaror rivojlandi.Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning soliq yukini yanada kamaytirish, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovining 10 foizdan 8 foizga, 2009 yilda 7 foizga, keyinchalik ushbu ko‘rsatkichning 5 foizga tushirilishi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalarining kamaytirilishi va ayni paytda uni hisoblash tartiblarining takomillashtirilishi tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni izchil rivojlantirish uchun rag‘batlantiruvchi omillar yaratdi.2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida soliq solish tizimini izchillik bilan soddalashtirish, soliq solinadigan bazani kengaytirish orqali soliq yukini pasaytirish kabi vazifalar belgilangan.Ushbu vazifalar ijrosi yuzasidan, shuningdek, soliq ma’muriyatchiligining zamonaviy uslublarini joriy etish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar yig‘iluvchanligini oshirish maqsadida 2017 yil 18 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni qabul qilindi. 2018 yil 1 yanvaridan boshlab soliq organlari va halol soliq to‘lovchilar o‘rtasida ularga joriy soliq solish masalalarini hal etishda har tomonlama ko‘maklashgan holda kengaytirilgan axborot almashinuvini ta’minlaydigan soliq nazoratining zamonaviy shakli – soliq monitoringini joriy etish belgilandi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling