Тошкент тў£имачилик ва енгил саноат институти


Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va uni O‘zbekistonda bartaraf etish


Download 0.54 Mb.
bet17/20
Sana16.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1359823
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
6-МАВЗУ.МАЪРУЗА

Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va uni O‘zbekistonda bartaraf etish
tamoyillari


Ma’lumki, bugun butun dunyo va insoniyat katta moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida yashamoqda.Eng rivojlangan, qudratli davlatlar ham ana shu inqirozning girdobiga tushib qolmoqda.Mavjud, jiddiy muammo insoniyat taraqqiyoti va uning istiqbolini, zamonaviy sivilizatsiya, fan-texnika taraqqiyoti, qolaversa, insonning yashash tarzi bilan bog’liq bo‘lgan yaxlit umumplanetar ijtimoiy-ma’naviy vaziyatni yuzaga keltirmoqda.O‘zbekiston ham jahon hamjamiyatining teng huquqli, ayni paytda faol, o‘z so‘zi va hukmiga ega bo‘lgan davlat sifatida ana shu umumdunyoviy muammodan chetda tura olmaydi.Bu tabiiy hol.Biroq hamma gap muammoga kim qanday yondashayotganiga, uning yechimini qanday shaklda izlayotganiga, o‘zining ichki imkonniyatlari, tabiiy va ma’naviy resurslardan qay darajada foydalanayotganiga bog’liq.


Shuni alohida ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning “O‘zbek modeli” maqomiga ega bo‘lgan mashhur besh tamoyil istiqlolning o‘tgan davrida o‘zining iqtisodiy, siyosiy, ilmiy va amaliy jihatdan asosli ekaniligini ko‘rsatdi.Jahon hamjamiyati bugun O‘zbekiston taraqqiyotining o‘z uslubiga va uzoqni ko‘zlagan tamoyillariga ega ekanligini tan olmoqda.Biroq, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi o‘z imkoniyatlarimizni, mavjud omillarimizni va resurslarimizni yana bir bor jiddiy ravishda ko‘rib chiqib, aniq istiqbolni belgilashni taqozo etmoqda.Birinchi Prezident I.A.Karimovning “Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yollari va choralari” deb nomlangan konseptual ahamiyatga ega bo‘lgan kitobi ayni ana shu muammoning yechimiga bag‘ishlangan.Kitobda ko‘tarilgan masala va umumdunyoviy muammoning ilmiy, nazariy hamda amaliy tahlili natijasida O‘zbekistonda 2009-2012 yillarda jahon iqtisodiy inqirozi oqibatlarini bartaraf etish, mamlakatimiz barqaror rivojlanishini ta’minlash va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda aniq maqsadlarni ko‘zlagan rejalarni amalga oshirishga doir dastur ishlab chiqildi.Ushbu dasturda quyidagi yo‘nalishlarda aniq, qat’iy va yuksak mas’uliyat bilan faoliyat yuritish belgilangan:
— mamlakatimizda qabul qilingan 2009-2012 yillarda jahon iqtisodiy inqirozi oqibatlarining oldini olish va bartaraf qilish bo‘yicha inqirozga qarshi dasturni amalga oshirish, shu asosda iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli barqaror sur’atlarini va iqtisodiyotning muvozanatli rivojlanishini ta’minlash;
— tarkibiy o‘zgartirishlarni davom ettirish va iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, buni birinchi navbatda xalqaro sifat standartlariga javob beradigan, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bolgan raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlarini moderinizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash yo‘li bilan amalga oshirish;
— qishloq turmush darajasi sifatini va qiyofasini tubdan yangilashga, qishloq joylarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal rivojlantirishga, mulkdorning, tadbirkorlik va kichik biznesning maqomi, o‘rni va ahamiyatini tubdan qayta ko‘rib chiqishga, fermer xo‘jaligini rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan uzoq muddatli, o‘zaro chuqur bog’langan chora-tadbirlar keng kompleksini amalga oshirish;
— aholi bandligini ta’minlash, uning turmush darajasini oshirishning eng muhim omili sifatida xizmatlar ko‘rsatish sohasi va kichik biznesni jadal rivojlantirish;
— mamlakatni modernizatsiya qilish va aholi bandligini oshirishning eng muhim omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish;
— banklar ishini yanada takomillashtirish, aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bo‘sh mablag’larini tijorat banklarida depozitlarga jalb qilishni rag’batlantirish.
Tobora chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy inqirozi mamlakatimizga ta’sir ko‘rsatmaydi, bizni chetlab o‘tadi, degan xulosa chiqarmaslik kerak.Masalani bunday tushunish o‘ta soddalik, aytish mumkinki, kechirib bo‘lmas xato bo‘lur edi”, - Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezident I.A.Karimov.



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling