Тошкент тў£имачилик ва енгил саноат институти


Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari


Download 0.85 Mb.
bet20/24
Sana14.10.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1702915
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
5-МАВЗУ.МАЪРУЗА

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari.O‘zbekiston Respublikasi mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirgach, O‘zbekistonga xos va mos fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vujudga keldi. Xususan, hozirda deyarli jahonning barcha mamlakatlarida bu institut mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish deb atalsa, O‘zbekistonda esa fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi deb ataladi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingach, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish tizimining huquqiy zamini mustahkamlandi.Konstitutsiyaning 105-moddasiga ko‘ra, “Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi”.
1999-yil “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”, 2004 yilda esa “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilindi.2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmonni imzoladi.
Fuqarolar yig‘ini
Shaharchalar
fuqarolar yig‘ini
Mahallalar fuqarolar yig‘ini
Qishloq va ovular fuqarolar yig‘ini
1999 yil “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”, 2004 yilda esa “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilindi.2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmonni imzoladi.Shunday qilib, fuqarolar yig‘ini ma’lum muddatda to‘planib ish yuritadigan o‘zini o‘zi boshqarish vositasi bo‘lsa, rais, uning maslahatchilari doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi tuzilmadir.
Prezidentning 2017 yildagi farmoni asosida fuqarolar yig‘inlarining uyushmasi sifatida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi tashkil etildi.O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlariga tegishincha Respublika kengashi, hududiy kengashlarga jamoatchilik asosida raislik qilishi belgilandi.Respublika kengashida tashkiliy ishlar va uslubiy masalalar bo‘yicha rais o‘rinbosari, shuningdek, Respublika kengashi hamda hududiy kengashlarda yoshlar ishlari, diniy-ma’rifiy masalalar, keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha rais o‘rinbosarlari lavozimlari joriy etildi.Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan fuqarolar yig‘ini raisining o‘rinbosari – yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etildi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling