Тошкент тў£имачилик ва енгил саноат институти


Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari


Download 0.85 Mb.
bet21/24
Sana14.10.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1702915
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
5-МАВЗУ.МАЪРУЗА

Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari.2000 yildan bugungi kunga qadar bo‘lgan davrni qamrab olgan bosqichda mamlakatda faol demokratik yangilanish va modernizatsiyalash jarayonlari kuzatildi.Ushbu bosqichning asosiy vazifasi qilib milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlashga qaratilgan kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich o‘tish masalasi qo‘yildi. Mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotida demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlari chuqurlashdi, inson haqhuquqlari va erkinliklarini himoya qiluvchi mustaqil sud tizimi mustahkamlandi, fuqarolik jamiyati asoslari rivojlandi, fuqarolarning iqtisodiy va siyosiy faolligi ortib bordi.Birinchi Prezident Islom Karimov tomonidan mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish konsepsiyasi ishlab chiqildi.Ushbu bosqich davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, sud-huquq tizimi, axborotlashtirish sohasini isloh etish, so‘z erkinligini ta’minlash, saylov qonunchiligini takomillashtirish, iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirishga qaratilganligi bilan xarakterlanadi.
2002 yili bo‘lib o‘tgan Oliy Majlisning IX sessiyasida mamlakatning Birinchi Prezidenti Islom Karimov ayni ana shu ko‘p qirrali islohotlarni amalga oshirishning yangi tamoyillarini o‘rtaga tashladi.Unda islohotlarga doir yettita masala – ustuvor yo‘nalish belgilab berildi.
Ustuvor yo‘nalishlardan biri jamiyat hayotida nodavlat va notijorat tashkilotlarning o‘rni va rolini oshirish orqali fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonlarini chuqurlashtirish, “Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari” tamoyilini amalga oshirish hisoblanadi.
Davlat siyosatining bosh yo‘li huquqiy, demokratik davlatni vujudga keltirish, qonun oldida barchaning tengligini ta’minlash, “fuqaro – jamiyat – davlat” prinsipini joriy etish, ana shu yo‘l bilan fuqarolik jamiyatini vujudga keltirish bo‘ldi.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2010 yil 12 noyabrda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusida qilgan ma’ruzasi amalga oshirilgan islohotlarni sarhisob qilish hamda jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini yanada rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilab olish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.Ushbu Konsepsiyada mamlakatimizda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish borasida amalga oshirilgan ishlar mufassal tahlil etilib, bu yo‘nalishdagi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va izchil davom ettirish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilab berildi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish yuzasidan Konstitutsiyaning
78, 89, 93, 96, 98-moddalariga o‘zgartirishlar kiritilib, unga asosan Bosh Vazir nomzodi saylovlarda (Oliy Majlis) eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdorda ko‘p o‘rin olgan siyosiy partiyalar tomonidan taklif etiladi, Prezident taqdim etilgan nomzodni ko‘rib chiqib, 10 kun muddat ichida Oliy Majlis palatalari tomonidan ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun taklif etadigan bo‘ldi.
Konsepsiya olti qismdan iborat bo‘lib, unda davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, sud-huquq tizimi, axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini, saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish, bozor iqtisodiyotini liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish borasidagi muhim vazifalar belgilangan.
Sud-huquq tizimini isloh qilish sohasida advokatura instituti takomillashtirildi va uning mustaqilligi yanada mustahkamlandi.Jinoiy jazolarni liberallashtirish munosabati bilan jinoyatlar tasnifi o‘zgartirildi.Sanksiya berish huquqi sudlarga o‘tkazildi.
“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”, “Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida”, “Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to‘g‘risida”, “Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida” gi qonunlarni qabul qilish belgilandi.Natijada axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash sohasida, umuman, mamlakatda ushbu sohaga oid 10 ga yaqin qonun hujjatlari qabul qilindi.
O‘zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish sohasida saylov qonunchiligi takomillashtirilib, saylov tizimi izchil va bosqichma-bosqich liberallashtirib borildi.Muddatidan oldin ovoz berish muammosini hal etish, uchastka saylov komissiyalari faoliyatining oshkoraligini ta’minlash borasida amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 fevralda qabul qilingan “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoni fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mahalliy ahamiyatga molik masalalarni samarali hal qilishdagi rolini oshirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni belgilab berdi.
2019 yil 2 aprelda qabul qilingan “Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmon esa fuqarolar yig‘inlarining uyma-uy yurib aholi muammolarini aniqlab, og‘irini yengil qilish borasida davlat idoralari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan hamkorligini kuchaytirish, moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash hamda soha xodimlari mehnatini munosib baholash yuzasidan aniq chora-tadbirlarni belgilab berdi.
Ayni paytda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil
18 fevralda qabul qilingan “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoni
fuqarolar yig‘inlariga xos bo‘lmagan funksiyalar yuklatilayotganligi, ularning boshqa quyi idoralar bilan hamkorligi tizimli yo‘lga qo‘yilmaganligi, oila, xotin-qizlar va keksalarga yordam ko‘rsatishning yaxlit tizimi mavjud emasligi, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar samarali natija bermayotganligi jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish va qonun ustuvorligini ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligini inobatga olib, mazkur sohada maqsadli hamda manzilli chora-tadbirlarni belgilab berdi.
Xususan, aholi osoyishtaligini ta’minlash, oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, nuroniylar ijtimoiy faolligini oshirish, mahallani jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari roli va mavqeini yanada mustahkamlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida eng muhim yangiliklar quyidagilardan iborat ekanligini ta’kidlash o‘tish joiz.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling