Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti


Maqsad: Til xarakatini faollashtirish. O’yinning borishi


Download 65.72 Kb.
bet6/13
Sana12.03.2023
Hajmi65.72 Kb.
#1264676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
yermaxanova dilyara

Maqsad: Til xarakatini faollashtirish.
O’yinning borishi: Bolalar logopedga qaragan holda bir qator bo’lib o’tiradilar. Bolalarga rasm ko’rsatiladi. Qaranglar bolalar,bola qanday qilib tishlarini tozalayapti. Biz ham hozir sizlar bilan tishlarimizni tozalaymiz. Faqat shotka bilan emas,balki tilimiz bilan. Avval logoped til bilan tishlarini tozalashni bolalarga o’zi ko’rsatib beradi.So’ngra har bir bolani oldiga chaqirib mashqni bajarishini kuzatib boradi.Mashq bir necha marta bajartiriladi.
“Ot” o’yini.
Maqsad: Til uchi xarakatini faollashtirish.
O’yinning borishi: Bolalar qator bo’lib turadilar,ya’ni ular otchalardir.Logopedning “Ketdik”degan so’zidan so’ng bolalar yuradilar va shu bilan birga ot yurishiga taqlid qiladilar (tra-tru,tra-tru). “To’xtang”deyilgandan so’ng esa to’xtab,otni to’xtatish ovoziga taqlid qiladilar (Trr-trr...).So’ngra logoped har bir bolaga alohida talaffuz ettiradi. Logoped bolaning tili yuqoriga tishlar orasida bo’lishini va til uchi xarakatlanishini kuzatib borishi kerak.Til uchini to’g’ri ko’tarishga e’tibor berish kerak.Agar bola ushbu mashqni bajara olmasa,konfet so’rishga taqlid etishini o’rgatish kerak.
“Lablarimiz bulochkaday dumaloq” o’yini
Maqsad: Lab xarakatini faollashtirish.
O’yinning borishi: Logoped bolalarga dumaloq bulochka chizilgan rasimni ko’rsatadi va bolalardan “Kim lablarini shunday dumaloq qila oladi?” deb so’raydi. Avval logoped bolalarga o’zi ko’rsatib beradi (o-o-o-o). So’ngra bolalarni ketma-ket chaqirib,mashqni erkin bajarish tavsiya etiladi. Bolalar mashqni erkin bajarishini kuzatib borishadi. Mashqni bajarishda faqat lablarning ishtirok etishi kuzatib boriladi,og’iz ochilgan holda bo’ladi,lekin pastki jag’ oldinga chiqib ketmasligi kerak.
Kim yaxshi kuladi?” o’yini.
Maqsad: Lab xarakatini faollashtirish.
Jihoz: Bo’g’irsoq,qo’g’irchoq.
O’yinning borishi: Bolalar yarim doira holda o’tiradilar. Logoped bolalarga shunday deydi. “Biz xursand bo’lganimizda kulamiz”, mana bunday (o’zi kulib ko’rsatadi). Biz juda xursand bo’lib kulganimizda tishlarimiz ko’rinadi. Hozir bizga bo’g’irsoq bilan qo’g’irchoq mexmonga keladi. Hammamiz hursand va kulib ularni kutib olamiz.Bolalar tishlarini ko’rsatib kuladilar.Endi mehmonlarimiz ketdi.Biz hafa bo’ldik. Tishlarimizni bekitamiz. Mehmonlarimiz yana keldi. Kulamiz.Shu tariqa mashqlar bir necha marta takrorlanadi. Lab xarakatlarining aniq bajarilishi kuzatib boriladi.
“Kim nay chala oladi?” o’yini.

Download 65.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling