Toshkent viloyati Chirchiq Davlat pedagogika instituti Tabiy fanlar kafedrasi Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo’nalishi 2 bosqich 20/01 guruh talabasi Arziyev Abdurasulning Materik va okeanlar tabiy geografiyasi fanidan tayyorlagan kurs ishi


Download 0.5 Mb.
bet5/7
Sana16.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1503584
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Afrika materigining ko’llari yer osti suvlari

Yer osti suvlari
Yer osti suvlari-Yer poʻstining yuqori qismidagi togʻ jinslari qatlamlarining gʻovak boʻshlikdarida joylashgan suyuq, qattiq (muz), bugʻsimon holatdagi suvlar. Yer osti suvlari umumiy suv resurslarinkt bir qismi boʻlib , suv taʼminoti va sugʻorish manbai sifatida xalq xoʻjaligi uchun katta ahamiyatga ega. Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ ahvoli grunt suvlarining holati bilan belgilanadi. Ye.o.s.ni gidrogeologiya fani oʻrganadi. Suv molekulyar kuchlar tutib turadigan bogʻlangan hamda ogʻirlik kuchi yoki bosim farqi taʼsirida harakatda boʻladigan gravitatsion yoki erkin holatda boʻlishi mumkin. Bogʻlanmagan suv bilan toʻyingan togʻ jinslari qatlamlari suvli gorizont deyiladi, ular suvli komp-lekslarni hosil qiladi. Yer osti suvlari suv saqlovchi jinslarda tuplanish harakteriga koʻra gʻovak yumshoq jinslarda dara tomir — qattiq jinslarda va karst gʻor darz-karst-yengil eriydigan karbonat va gipsli jinslarda suvlariga boʻlinadi. Joylashish sharoitiga koʻra Yer osti suvlari tuproq suvi qarang mavsumiy suvlar (yuza suvlar; aeratsiya zonasidagi suv saklovchi qatlamlar ustida yogʻinlar yoki sugʻorish suvlarining shimilishidan hosil boʻladi); grunt suvlari (yer yuzasiga eng yaqin birinchi suv oʻtkazmaydigan qatlam ustida toʻplanadi) va qatlamlararo bosimsiz, bosimli, artezian, suv oʻtkazmaydigan qatlamlar oʻrtasida joylashgan suvli qatlamlar suvlarga boʻlinadi.
Kelib chiqishiga koʻra Yer osti suvlari atmosfera yogʻinlari, daryo va sugʻorish suvlarining shimilishi natijasida hosil boʻluvchi infiltratsion; togʻ jinslari qatlamlarida suv bugʻlarining quyuqlashuvidan hosil boʻluvchi kondensatsion; choʻkindi togʻ jinslari paydo boʻlish jarayonida dengiz suvlarining koʻmilib qolishi natijasida hosil boʻlgan sedimentatsion va magma soviganda yoki Yer mantiyasidan chiqadigan yuvinil suvlariga boʻlinadi. Yer osti suvlari ning yer yuziga tabiiy chiqishi bulok, (chashma) deyiladi va oqib chiquvchi va qaynab chiquvchi (qaynar buloq)larga boʻlinadi.
Yer osti suvlari tabiiy eritmalar boʻlib, tarkibida deyarli barcha maʼlum kimyoviy elementlar uchraydi. Minerallashuvi (suvda erigan moddalarning umumiy miqdori, g/l) boʻyicha Yer osti suvlari chuchuk (1,0 gacha), shoʻrtam (1,0—10,0), shoʻr (10,0—50,0) va namakob (50 dan koʻp) turlariga boʻlinadi. Harorati boʻyicha esa sovigan (4° gacha), sovuq (4—20°), iliq (20—37°), issiq (37-42°), qaynoq (42—100°) va oʻta qaynoq (100° dan yuqori) Yer osti suvlari ga boʻlinadi.
Infiltratsion suv tabiatda keng tarqalgan, qolganlari sof holda juda kam uchraydi. Aholi, sanoat va yaylovlarni suv bilan taʼminlashda, yerlarni sugʻorishda, tibbiyotda (mineral suvlar), issiqlik bilan taʼminlashda (issiq suvlar), har xil tuz va kimyoviy elementlar (yod, bor, brom va b.) olishda Yer osti suvlari dan foydalaniladi. Yer osti suvlari yerlarning botqoqlanishi va shoʻrlanishiga sabab boʻladi. Bunga qarshi kurashish uchun ochiq va yopiq gorizontam drenajlar va burgʻi quduqlari kavlanadi. Choʻllarda Ye.o.sdan keng foydalanildi. Qoraqum, Qizilqum va Ustyurt yaylovlari asosan Yer osti suvlari bilan taʼminlangan.
U rta Osiyo hududida 150 dan ortiq yirik Yer osti suvlari konlari anikdangan. Ularning har yili tiklanib turadigan ekspluatatsion zaxirasi 1500 m3/s dan ortiq, chuchuk suvlar hissasi 1000 m3/s yaqin, qolgan qismi esa turli darajada (2—3 dan 15 g/l gacha) minerallashgan. Oʻrta Osiyoda 40 mingdan ortiq foydalaniladigan burgʻi quduqlari mavjud, ulardan 5 mingga yaqini suvi otilib chiqadigan artezian quduqlaridir; ularning koʻpchiligidan ekinlarni sugʻorishda foydalaniladi.
.Artezian suvlari – bosim ta’sirida boʻlgan yer osti suvlarining bir turi, suv oʻtkazmaydigan qatlamlar oraligʻida hosil boʻladi, ular ochilganda suv burgʻi quduqlardan fontan shaklida otilib chikddi. Artezian suvlari Yevropada birinchi marta Fransiyaning Artua (lot. Artesium) provinsiyasida ochilgani uchun shu nomni olgan. Bunday quduqlar Xitoy va Misrda juda qadimdan ma’lum edi. Oʻrta Osiyoning sugʻoriladigan zonasi Turon payette-kisligi artezian havzalari tizimiga ki-radi, uning tarkibida Sirdaryo va Amu-daryo guruhlariga boʻlinadigan nisbatan kichik bir qancha havzalar bor. Har bir yirik artezian havzasining turli gori-zontlaridagi suvlar turli xil kimyoviy tarkibga ega: oʻta minerallashgan xlorid tipli shoʻr suvlardan to kam mineral-lashgan gidrokarbonat tipidagi suvlargacha uchraydi. Artezian suvlarining birinchi turdagi suvlari, odatda, havzaning juda chuqur qismlarida joylashgan boʻladi, mineral va termal suvlar manbai hisoblanadi; ikkinchisi – yuqori gorizontlarda joy-lashgan boʻlib, yay-lovlarni suv bilan ta’minlashda (mas, Qizilqum yaylovlari, Qarshi choʻl va hokazo), ichimlik suvi olish-da, ekinlarni sugʻorishda foydalaniladi.
Grunt suvlari — yer yuzasidan pastda, birinchi suvli togʻ jinslari gʻovaklarida yigʻilgan suv. oʻzidan suv oʻtkazmaydigan ikkinchi qatlam ustida boʻladi. Bu qatlam giltuproq, yaxlit ohaktosh, otqindi hamda metamorfik jinslardan iborat boʻlishi mumkin. Grunt suvlari. yer yuzasidan kanal, daryo, yogʻin suvlari, atmosferadagi suv bugʻlarining quyuqlashganidan keyin togʻ jinslari gʻovaklaridan pastga tushib, suv oʻtkazmaydigan qatlamda yigʻilishidan paydo boʻladi. Ularning joylanishi chuqurligi suv oʻtkazmaydigan qatlamning yotish holati va suvli togʻ jinslari qatlamiga bogʻliq. Grunt suvlari yer yuziga yaqin birinchi gʻovak qatlamda joylashadi va shuning uchun uning sathi, kimyoviy tarkibi va fizik xususiyatlari yerning ustki qismidagi tabiiy (havo harorati, yogʻinning turi va miqdori, tabiiy suv havzalarining yer yuzasiga yaqin-uzoqligi) va sunʼiy (suv omborlari, sugʻorish inshootlari, kanalizatsiya va boshqalar sabablarga koʻra oʻzgarib turadi. Grunt suvlari daryo vodiilaridagi allyuvial yotqiziqlar qum, qumtuproq, shagʻal hamda muzliklarning surilishi natijasida yotqizilgan togʻ jinslari va sahrolardagi dyun yotqiziqlari gʻovaklarini toʻldirib turadi. Shahar va sanoatni toza suv bilan taʼminlashda Grunt suvlari goho asosiy manba boʻlib xizmat qiladi. Oʻzbekiston hududida G.s.ning paydo boʻlishi, tarqalishi va ularni qidirish hamda ishlatish uslublari Gʻ. O. Mavlonov, O. K. Lange, N. A. Kenesarin, U. M. Ahmedsafin va b. tomonidan ishlab chiqilgan.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling