Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika universiteti sport va chaqiriqqacha harbiy ta
Qayta tiklovchi vositalarning o‘rni va roli
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdullayeva Shaxnoza Fayzulla qizi
1.3. Qayta tiklovchi vositalarning o‘rni va roli
Sport mashg‘ulotlari va ishchanlikni tiklanish jarayonlari sport ishchanligini oshirishda o‘zaro bog‘liq tarzda o‘rganilishi lozim. Qayta tiklanish ishni bajarish jarayonidayoq boshlanadi (bu joriy tiklanish)dir. Ammo asosiy energetik potentsial va plastik jarayonlar ish yakunlangandan so‘ng amalga oshiriladi (tezkor va qoldirilgan tiklanish). Joriy tiklanish mushak yuklamasini bajarish jarayonida barqaror holatni qo‘llabquvvatlaydi. Joriy tiklanish turli biokimyoviy asosga ega, bu mushak ishining yuklanishiga bog‘liqdir. Kam intensiv ishni bajarganda kislorodni ishlayotgan mushak va to‘qimalarga kelib tushishi organizmning kislorodga bo‘lgna ehtiyojini qoplaydi. energetik zaxiralarni tiklash anaerob yo‘l bilan amalga 11 oshiriladi. Ish jarayonida tiklanish kislorod almashinuvning optimal shart- sharoitlarida amalga oshiriladi, bunday shart-sharoitlar asosan, kichik intensivli yugurishda vujudga keladi. ATF resintezining aralash xarakteri katta quvvatni talab qilgan mashqlarga xosdir. Maksimal va submaksimal quvvatni ishlatish sohasida bo‘lgan mashqlarni bajarishda joriy tiklanish va ATF resintezining tezligi imkoniyatlari o‘rtasida keskin nomuvofiqlik vujudga keladi. Ishning mazkur turlarida tez charchash, toliqishning sabablaridan biridir, tezkor tiklanish kislorod qarzini qaytarish payti bilan cheklanadi, ya’ni ish yakun topgandan so‘ng 1,5-2 soat davomida. Yig‘indi energetik xarajatlarni tiklash va oqsil tuzilmalarning sintezi keyingi tiklanish jarayonida amalga oshadi. Bu jarayonlar sport mashg‘ulotlari va dam olishning to‘g‘ri rejimi, ratsional ovqatlanishda, tibbiy-biologik va psixo tartibga soluvchi omillarning kompleksini qo‘llashda tezlashadi. Jismoniy ishchanlikning biologik omillari organizmning energetik balansini yaxshilaydi (oqsil, uglevodlarga boy vitaminlashtirilgan oziq-ovqat). To‘liq tiklanishning asosiy sharti bu sport mashg‘ulotlarining ratsional rejimidir. eng samarali tiklovchi vositalar sport mashg‘ulotlari rejimidagi buzilishlarning o‘rnini bosa olmaydi. Yuklanishdan so‘ng tiklanishni tezlashtiruvchi pedagogik uslublar orasida birinchi o‘rinda sport mashg‘ulotlarni individuallashtirish turadi. Buyuk, mashhur sportchilarning yuklamalaridan ko‘r-ko‘rona nusxa ko‘chirish na pedagogik, na jismoniy jihatdan oqlanmaydi va maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Sportchining tipologik xususiyatlari, sport mashg‘ulotlariga moyilligi darajasi mehnat rejimini hisobga olgan holdagi individuallashgan tarzda sport mashg‘ulotlarining mikro va mikrosikllarini qurish sport o‘sishining zaruriy sharoitidir. Sport mashg‘ulotlarining mikro va mikrosikllarida tiklovchi xarakterga ega kam intensivlikli ishga o‘tishni ham qo‘llash zarur. Sport mashg‘ulotlari mikrosiklini qurishda alohida fiziologik tizimlarda tiklash jarayonlarini tezligini ham hisobga olish lozim. Yaxshi tiklanmaganlik fonida sport mashg‘ulotlarida sport ishchanligining pasayishi dastlabki daraja ustidan “oshgan holda tiklanish”ning omilidir. Masalan, maksimal yuklamalar bilan sport mashg‘ulotlari yoki hajmi 12 bo‘yicha katta kuch yuklanishlari faqatgina 3-4 kundan so‘ng haddan ziyod tiklanish samarasiga sabab bo‘ladi. Bu orada haddan ziyod tiklanish davrida kundalik sport mashg‘ulotlari sharoitida deyarli bo‘lmaydi. Bunday holda yaxshi tiklanmaganlikdagi sport mashg‘ulotining samarasidan iborat. V.M.Volkov fikricha, ±5-10% doirasida me’yordan cheklanishni yaxshi tiklanmaganlik uchun emas, balki fiziologik funktsiyalarni o‘ziga xos “qayta regulyatsiya qilish”ning natijasi deyish lozim (ya’ni, bunda katta yoki kichik songa qarata, organizm ishining optimal arametrlarini izlash nazarda tutiladi). MPK kabi axborot ko‘rsatkichini dastlabkidan 90-92%li darajaga qadar tiklash uchun hattoki yuklangan qiyin, murakkab sport mashg‘ulotlaridan so‘ng 10- 12 soat talab qilinmaydi. Shuning uchun haddan ziyod tiklanishni 3-4 kun mobaynida kutish uchun haqiqiy fiziologik asoslar avjud emas. Jismoniy yuklamaga moslashuv organizm tizimlari funktsiyalaridagi eng optimal mutanosibliklarni biologik jihatdan izlashdir. Yosh sportchilar mashg‘ushlotining ratsional tuzilishi, uning samarali tuzilishi asosida amalga oshiriladi – mashg‘ulot jarayonlari komponentlari birlashuvining nisbatan barqaror tartibi, ularning bir-biri bilan qonuniy o‘zaro mutanosibligi va umumiy izchilligidadir. Yosh sportchilar mashg‘ulotini o‘tkazishning tashkiliy shakli bu mashg‘ulot darsidir, u jismoniy tarbiya bo‘yicha mashqlarni tuzishning umumiy qonunlariga muvofiq shakllantiriladi. Mashg‘ulot jarayoni 3 qismdan iborat: tayyorgarlik, asosiy, yakuniy. Bu qismlarning muayyan mazmuni sportning har bir turiga muvofiq mashg‘ulot xususiyatlari bilan belgilanadi. Mashg‘ulot darsining tayyorlov qismining vazifasi shug‘ullanuvchilarning dastlabki tashkillashtirish (bir qatorga tuzish, raport, dars vazifalaridan xabardor qilish)dir. Dars tayyorlov qismida asosiy o‘rinni mashg‘ulot qilayotganlarning bo‘lg‘usi asosiy faoliyatga funktsional tayyorlashdir, bu esa bajarishning uzoq muddatini talab qilmagan va osongina me’yorlashtiriladigan jismoniy mashqlarni bajarish bilan erishiladi. Odatda, tayyorlov qismi 30-40 daqiqani egallaydi. Malakali yosh sportchilarning mashq jarayonida mashg‘ulotning tayyorlov qismi o‘rniga chigal yozdi mashqlar bajarilishi 13 mumkin, ya’ni bu sportchi o‘z organizmini dastlabki faoliyatga tayyorlash maqsadida bajaradigan maxsus tanlangan jismoniy mashqlar kompleksidir. Badan tarbiya sportchi organizmining funktsional imkoniyatlarini oshirib, maksimal ishchanlikni namoyon qilish uchun shart-sharoitlarni yaratadi. Odatda, mashg‘ulotdagi tanani tayyorlash mashqlari 2 qismdan iborat: organizmni qizdirish va bo‘lg‘usi sport faoliyatga tayyorlash. Badan tarbiyaning birinchi qismining vazifasi sportchining umumiy ishchanligining organizmni asosan, vegetativ funktsiyalari faoliyatini kuchaytirish yo‘li bilan oshirish. Jismoniy tayyorgarlikni 2 qismining vazifasi – sportchini mashg‘ulotning asosiy qismi birinchi qism mashg‘ulot mashqlarini bajarishga tayyorlash va uni mazkur mutaxassislik uchun o‘ziga xos bo‘lgan va mashg‘ulotning asosiy qismida eng katta o‘rinni egallagan mashqlarni bajarishga tayyorlash. Badan tarbiyaning umumiy davomiyligi 25-30 daqiqadan ziyod bo‘lmasligi lozim. Musobaqa oldidagi jismoniy tayyorgarlikning mazmuni mashg‘ulot mashqlari mazmunidan farq qilmaydi, ammo musobaqa oldidan o‘tkaziladigan razminkada o‘ziga xos xususiyatlar mavjud. Odatda, u startdan oldin 60-80 daqiqa oldin boshlanadi. Musobaqa oldidan chigal yozdi mashqlar odatda, 3 qismdan iborat: qizib olish, bo‘lg‘usi ishga kayfiyatni to‘g‘irlash, dam olish uchun tanaffus, musobaqa joyiga chiqishga tayyorgarlik va musobaqa joyida to‘liq kayfiyatni to‘g‘irlash. Mashg‘ulotning eng murakkab vazifalarini amalga oshirish, uning asosiy qismida bajariladi, bu qism eng katta fiziologik yuklama bilan tavsiflanadi. Bu jismoniy sifatlarni rivojlantirish va harakat ko‘nikmalarini shakllantirish vazifalarini hal qilish uchun zaruriy darajada bo‘lishi lozim. Asosiy qism sodda va murakkab tuzilmaga ega bo‘lishi mumkin. Darsning asosiy qismida mashqlarning tayyorlov, asosiy va boshqa turlari qo‘llaniladi. Mashg‘ulot darsining mazkur qismida davomiyligi -o‘rta hisobda 80-90 daqiqa. Darsning yakunlovchi qismi yuklamani asta-sekin pasaytirish bilan yakunlanadi. Bu keyingi faoliyat uchun ma’lum asoslarni yaratadi va mashg‘ulotlarga yakun yasaydi. Uning namunali mazmuni: 14 murakkab bo‘lmagan mashqlarni asta-sekin pasayuvchi intensivlik bilan bajarish, safda bajariladigan mashqlar va tartib bilan bajariladigan mashqlar. Darsning yakunlovchi qismining davomiyligi – 8-10 daqiqa. Mashg‘ulot darsidan tashqari uyda yoki seksiya guruhlarida qo‘shimcha mashg‘ulot mashqlari o‘tkaziladi, ularning dasturiga mushaklarning alohida turlarini mustahkamlashga, sport texnikasida takomillashishga qaratilgan mashg‘ulot mashqlari kiritiladi. Yosh sportchilar mashg‘uloti tuzilmasi uchun siklilik xosdir, ya’ni ma’lum mashg‘ulot, bosqich davrlarning nisbatan yakunlangan aylanmasi. Mashg‘ulotning kichik sikllari (mikrosikl), o‘rta (mezosikl) va katta (makrosikl)lari mavjud. Mashg‘ulot mikrosikli – bu mashg‘ulot jarayonining nisbatan yakunlangan qismi bo‘lib, o‘z ichiga mashg‘ulot mashqlarining takrorlanishini kiritadi. Mashg‘ulot mikrosikllarining yo‘nalishi va mazmuni yosh sportchining yillik mashg‘ulotining davri va bosqichiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Masalan, tayyorlov davrining birinchi bosqichining mikrosikllari yosh sportchining hamma tomonlama tayyorgarligi uchun eng qulay sharoitlarni yaratish maqsadida tuziladi. Eng keng tarqalgan haftalik siklda asosiy mashg‘ulotlarning soni asosan, 3 tadan 5 tagacha bo‘ladi (sportchining tayyorgarlik darajasiga muvofiq tarzda). Har bir mashg‘ulot odatda, bir nechta xilma-xil vazifa va masalalarni yechadi, ammo ularning har biri o‘zga yo‘nalishga ega. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling