Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika universiteti sport va chaqiriqqacha harbiy ta
I BOB. Harakatli o‘yinlarining vojudga kelishi va
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
SEVINCH KURS ISHI
I BOB. Harakatli o‘yinlarining vojudga kelishi va
rivojlanish tarixi 1.1 Milliy harakatli o'yintarining rivojlanish xronologiyasi Harakatli o‘yinlarining paydo bo‘Iishida va rivojlanishida shu kungacha saqlanib qolgan (yunon, rim, arab-fors mualliflarining qo'lyozmalari, turkiy bitiklar) qadimiy me’morchilik obidalari va amalga oshirilgan arxeologik qazilmalaming natijalari, shuningdek, xalq og‘zaki ijodi namunalari (epos, doston, rivoyat, afsona, topishmoq, o‘yin, raqs, musiqa va boshqalar) g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi Ibtidoiy odamning e’tiqod va tasawurlari olamni bila borish va idrok etish darajasi bilan bog‘liq bo‘lgan. Darhaqiqat, Z. Husaynovaning1 yozishicha:”O’tmishda tabiat va tabiat hodisalarining o’zi bir jumboq bolganki, odamlar uning siiini bilmaganlar va yecha olmagaylar, ularga u sirli bir mo’jizadek bo’libko’ringan”. Shaxs o’zini qurshab turgan tashqi obyektiv olamni taniy boshlagan bir paytda undagi narsa va hodisalarning qaysi yo‘l bilan yaratilishini anglash, bilish istagida solishtirish, qiyoslashva ba’zan qarama-qarshi qo‘yish bilan o‘rgana boshlangan. Ular quyosh, oy, yulduzlar harakatining, chaqmoq chaqishi,bulut kelishi, shamol esishi, qor-yomg’ir kabilarning moliiyatinito‘la anglab yetmaganlar va animistik tushunchalarga asoslanib,ulaming hammasida jon bor deb tasawur qilganlar. Chunki inson hali tabiat va uning sirlarini to‘g‘ri tushunib yeta olmagan, totemistik tushunchalar hukmron bo‘lgan paytda Quyosh va Oyni otalik va onalik boshlang‘ich — ota va ona deb tasawur etgan. O‘yinlar faoliyatining mustaqil turi sifatida muayyan darajada hamrria vaqt jamiyat hayot tarzini belgilagan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Ko‘pgina mamlakatlaming olimlari va pedagoglari o‘yinIar mohiyatini, uning kelib chiqishi, taraqqiyoti va ahamiyatinio‘rganmoqdalar. Shunga ko‘ra o‘yinlarning mohiyati va kelibchiqishini ifodalovchi turli hil nazariyalar, fikrlar va qarashlar mavjud.Ijtimoiy muhit — bu zaruriy shart, negaki undan tashqarida insonning shakllanishi va rivojlanishi mumkin emas. Inson o‘z tabiatiga ko‘ra ijtimoiy mavjudot hisoblanadi, faqat jamiyatdagina u o‘zining tabiatini ochib beradi. 6 Insonning biologik sifati bevosita ijtimoiy muhit orqali namoyon bo'Iadi va jamiyatdagi munosabatlarda o‘z ifodasini topadi. Biologik zamin insonning ma’naviy rivoji uchun kerak va ayni paytda, zarur. Shuning uchun ham jamiyat hayotida mehnat o‘yindan ko‘ra katta kuchga ega, deb yuritilgan. Bolaning о ‘yin faoliyati mazmunining manbai, yuqorida qayd qilinganidek, uni o‘rab turgan hayot sharoiti bilan bog‘liq bo'lgan. Demak, bolalar o‘yinlarimng tavsifi shunday, deb uqtiriladi. Insoniyat taraqqiyoti tarixida mehnat o‘yinlari katta o‘rin tutgan, ammo inson hayotida o‘yin, uning kelajakdagi mehnat faoliyatidan oldin turadi. Masalan, bola o‘ynab rivojlanadi, undagi shartli reflekslar birinchi va ikkinchi signallar tizimi, doimiy ravishda organizm atrof-muhit bilan o‘zaro faoliyat va tarbiyaning hal qiluvchi ta’siri paytida tashkil etilgan pedagogik jarayon sifatida shakllanadi. Shaxsning shakllanish va rivojlanish jaravoni insonning ijtimoiy tajribasini o‘zlashtirish jarayoni hamdir . Kuzatuvlar va tadqiqotlar asosida isbotlanganki, jismoniy tarbiya darslarida yoki bo‘sh vaqtlarda harakatli o'yinlardan foydalanish inson organizmining funksional organlar faoliyatini boshqaruvchi markaziy nerv tizimiga har tomonlama ijobiy ta’sir etar ekan. Harakatli o‘yinlar davomida bolalami muayyan rollarga, obrazlarga (ovchi, mergan, topqir, ayiq polvon, tulkivoy va boshqa taqlidlar) kirib ketishi ularda izlash, ijodkorlik, topqirlik, zukkolik va boshqa shu kabi xislatlarga erishishga undovchi motivatsiyani yuzaga keltirib, nafaqat ushbu taqlid, balki harakatga bo‘lgan ehtiyojni qondirish yo'llarini topishga chorlar ekan. Darhaqiqat, xalq harakatli o‘yinlarining turlari va mazmuniy shakllari xilmaxil bo‘lib, ular xotira, diqqat, idrok, ong, tafakkur, iroda kabi qobiliyatlar, talaffuz, nutq, intonatsiya kabi hislar, hamjihatlik, haqgo‘ylik, vatanparvarlik, o‘zaro yordam berish, odob-axloq, mardlik, botirlik, jasurlik kabi fazilatlarni shakllantiradi, tarbiyalaydi. Shuning uchun ham umumbashariy va milliy xalq harakatli o‘yinlari inson salomatligi, uning dunyoqarashi, yosh avlodni jismonan va ma’nan barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda ustuvor vosita ekanligi isbot talab qilmaydi. Tarbiya oldindan ma’lum maqsadga yo'naltiriigan bo‘lib, bolaning ulg‘ayishida muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyatdagi tajribani 7 o‘zlashtirishda hal qiluvchi holat bolaning o‘ziga, uning faolligi, tashqi muhit bilan o‘zaro munosabat doirasiga bog‘liq. Shuning uchun o‘yin — bu ijodiy faollikni improvizatsion (tayyorgarliksiz) holatida erkin namoyon qilishdir. Qadimiy ajdodlarimizning yovvoyi hayvonlami ovlashlari va ularni o‘zlariga bo'ysundirishga intilislilari ov voqealarini ijod qilish hamda namoyish qilishga zararat tug‘dirgan. Mashhur olim D.U. Elkonin o'yinlaming kelib chiqishini o'rganib: Ibtidoiy kishilar ov, urush voqealarini va boshqa jiddiy faoliyat turlarini o'yinlarda ifodalaganlar. Ovdagi muvaffaqiyatsizlikni o‘ynash ularga yo'l qo’yilgan xatolami hamda muvaffaqiyatsizlikning sabablarini aniqlashda yordam bergan” — deb xulosa chiqaradi. O'zbek xalq o'yinlarining paydo bo’lishi bizning eramizgacha bo'lgan davrlarga, aniqrog'i ibtidoiy jamoa tuzumi davrlariga to’g’ri keladi. Buni tarixiy, arxeologik, etnografik, folklor va boshqa manbalar to’la-to’kis isbotlaydi. Qadimgi rim yozuvchisi Elianning guvohlik berishicha, ajdodlarimiz bo’lgan saklar qabilasida o’yin musobaqalari juda keng tarqalgan va ular xalqning sevimli odati sanalgan. Uning tasdiqlashicha, saklar qabilasining yigitlari ana shu o’yin-musobaqada o'zlari yenggan qizlarga uylanish huquqini olganlar. Xalq o‘yinlarining paydo bolishini aniqlashda O’rta Osiyo xalqlariga oid mehnat va ov qurollari, qadimiy inshootlarning qoldiqlari, qabrlar, tog'dagi konlar va g’orlar, qoyalarga ishlangan suratlar asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Ba’zi manbalarda insoniyatning ilk vatani Sharqiy Afrika deb berilgan bo’lsada, arxeologiya fanining eng so'nggi ma’lumotlariga ko’ra ilk neolit davrining oxiridan boshlab O’rta Osiyoda ibtidoiy odamlar yashay boshlagan (Farg‘ona vodiysidagi Seleng’ur manzilgohi). Ayrim arxeolog olimlar O’rta Osiyoga ibtidoiy odamlar Afrika qit’asidan Sharqiy Osiyo orqali kelgan degan fikrni bildirgan bo’lsaiar (V.A. Ranov), boshqa bir guruh olimlar O’rta Osiyo ham insoniyat beshigi deb hisoblaydilar. 0 ‘zbekiston hududida eng qadimgi odamlar manzilgohi Farg‘ona vodiysidagi Seleng‘ur g‘or makoni bo‘lib, bu ilk paleolit davriga mansubdir. Mamlakatimiz janubidagi mo'tadil iqlim va atrof-muhit bu yerda juda qadimdan 8 insonning yashashi hamda tirikchilik qilishi uchun qulay manzilgohlar bo‘lganligini tasdiqlaydi. Surxondaryo viloyatidagi Boysuntog’ va Ko‘hitang tog‘larida mavjud g‘or va o‘ngirlar ibtidoiy davr odamlari uchun makon vazifasini o‘tagan. Harakatli o’yinlar o’z nomi bilan inson faoliyatini ta’minlovchi mazmunga egadir. Buni eng qadimgi ajdodlarimiz ham ongli ravishda chuqur bilishgan va amal qilishgan. Boshda takidlanganidek kurash, ot o’yinlari, kamondan (yoy) nayza (o’q) otish, nayza sanchish, kaltak, tosh va boshqa moslamalarni uloqtirib yovvoyi hayvonlarni ov qilishgan. Ijtimoiy tuzumlar (formatsiya) almashishi va rivojlanishi tufayli turmush sharoit ham o’zgargan, rivoj topgan. Mehnat qilish, oilada bolalarni tarbiyalash, ov qilish, dushmanlarga qarshi jang qilish va boshqa juda ko’p sabablarga ko’ra harakatli o’yinlar, turli jismoniy mashqlar maqsadli hamda keng qo’llangan. Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyatning ibtidoiy jamoa davrida paydo bo’lishi haqidagi N.I.Ponamarevning monografiyasida (Leningrad, 1972 y) ta’kidlanishicha qadimgi kishilar yashash, mehnat qilish uchun tabiat bilan qarama-qarshi turishgan. Osiyo, Evropa qit’alarida yashagan odamlar asosan ov bilan shug’ullanib, turli xil harakatli o’yinlarni nashr etishgan. Bunda hayvonlarning hatti-harakati, tabiatdagi turli o’zgarishlarga qiyos qilishgan. Yovvoyi-yirtqich hayvonlardan saqlanish, ov qilish jarayonlarida epchillik, kuchlilik, chidamlilik kabi jismoniy sifatlar sarf-qilinishini tushungan qabila, urug’ boshliqlari, yoshlarni maxsus tayyorlashga kirishganlar. Bunda jismonan baquvvat, epchil kishilarni tarbiyachi yo’liga o’rgatib, ulardan bolalarni tarbiyalashda foydalanilgan. Shunday bo’lsada harbir mamlakatda o’zlarining milliy harakatli o’yinlari mavjud. Ulardan asosan bolalarni jismoniy tarbiyalash, bayramlarda xordiq chiqarish, ba’zan esa musobaqa tariqasida foydalaniladi. Takidlash lozimki, sobiq ittifoq davrida harakatli o’yinlar asosan jismoniy tarbiya darslaridagina keng qo’llanilib kelingan. Shu sababdan maxsus to’plamlar 9 tayyorlanib, ularda ko’proq Rossiya va uning atrofidagi mamlakatlarning harakatli o’yinlari joy olgan. Shu tariqa deyarlik barcha harakatli o’yinlar sobiq ittifoqchi respublikalarining xalqlari orasida asosiy o’yin bo’lib xizmat qilib kelgan. Sir emaski, O’zbekistonda o’qitilayotgan jismoniy tarbiya darslarida qo’llaniladigan harakatli o’yinlarning 70-80% xorijiy mamlakatlarning (asosan Rossiya) harakatli o’yinlaridir. Shunday bo’lsada o’yinlarning mazmuni, maqsad va vazifalari umumxalq ehtiyojiga mos kelishini inkor qilib bo’lmaydi. Chunki ularning mazmunida barcha jismoniy sifatlarni tayyorlashga loyiq bo’lgan tarbiyaviy jarayonlar mujassamlashgan. Xulosa qilib aytganda harakatli o’yinlar (umum ma’noda) barcha xalqlarning ezgu- niyatlari, maqsad va vazifalarini o’zida saqlab kelmoqda. ulardan maqsadli foydalanish va milliy xususiyatlarga moslashtirish lozim bo’ladi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling