Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika universiteti sport va chaqiriqqacha harbiy ta


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana19.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1609522
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
SEVINCH KURS ISHI





O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
TOSHKENT VILOYATI 
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 
“ SPORT VA CHAQIRIQQACHA HARBIY TA’LIM “ 
FAKULTETI 
“JISMONIY MADANIYAT XOTIN-QIZLAR SPORTI “
22/1 GURUH TALABASI BEKMURODOVA SEVINCH 
QIZINING “SPORT VA HARAKATLI O’YINLAR O’QITISH
METODIKASI ” FANIDAN 
KURS ISHI
 
 
MAVZU :HARAKATLI O’YINLAR ORQALI SPORT O’YINLARI 
ELEMENTLARINI O’RGATISH
BAJARDI : 22/1 guruh talabasi
Umarova O 
QABUL QILDI : Buvarayeva G
CHIRCHIQ -2023 



MUNDARIJA
Kirish……………………………………………………………………………..3 
I BOB. Harakatli o‘yinlarining vojudga kelishi va rivojlanish tarixi 
1.1 Milliy harakatli o'yintarining rivojlanish xronologiyasi………………..5 
1.2 Xalq harakatli o’yinlarini Milliy harakatli o'ytnlarming tiklanishi va 
shakllanishi 
1.
3 O’qituvchi — harakatli o‘yinIar tashkflotchisi va 
boshqaruvchisi 
II BOB. Harakatli o'yinlarga o'rgatish uslubiyati 
2.1 Harakatli o'yinlarga dastlabki o'igatishning psixopedagogik ahamiyati. 
O‘rgalish bosqichlari va uslublari. 
2.2 Harakatli o'yinlar fanini o'zlashtirish, o'yinlarga o'rgatishda qo'llaniladigan 
namunaviy texnologik xaritalar 
Xulosa………………………………………………………………………… 
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………… 



Kirish 
Mamlakatimiz o‘z erkiga ega bo‘lgandan so‘ng, ijtimoiy hayotimizning turli 
jabhalarida, xususan, sport sohasida ham keskin o'zgarishlar sodir bo‘la boshladi. 
Ayniqsa, yurtboshimiz sport sohasini rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratdi. Bu 
bejiz emas, albatta. Sport — sog‘lom muhitni yaratishda, yosh avlodni har 
tomonlama jismonan va ma’nan kamol toptirishda hal qiluvchi kuchga ega. Sababi, 
biz hamon taraqqiyot sari ketayotgan ekanmiz, hali yo‘limizda yechilishi kerak 
bo‘lgan ta’limiy muammolar talaygina. Masalan, shu kunlarda hayot talabi va 
tarbiya uslubiari o‘rtasida qandaydir zaiflik, bo‘shliq mavjud. Binobarm, mana shu 
bo‘shliqni to‘ldixish uchun xalqimizning bebaho an’analari, noyob qadriyatlaridan 
hisoblanmish xalq harakatli o‘yinlari, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari muhim o‘rin 
tutadi. 
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kundan boshlab jismoniy 
tarbiya, sportning milliy turlarini va harakatli o‘yinlami rivojlantirish hamda 
takommillashtirishga e’tibor kuchaydi. Xususan, mamlakatimiz mustaqilligining 
dastlabgi yillarida qabul qilingan bir qator Qonun, Farmon hamda qarorlar ham 
buni yaqqol isbotlab turibdi. Masalan, 0 ‘zbekiston Resublikasining Jismoniy 
tarbiya va sport to’g’risidagi Qonunining qabul qilinishi (04.09.2015) 
mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy hayotida muhim voqea bo’ldi. 
Bu Qonun yurtimizda jismoniy tarbiya va sport taraqqiyotining huquqiy asosini 
yaratdi. Bundan tashqari Vazirlar Mahkamasi tomonidan Taraqqiyotning har 
qanday bosqichlarida ham katta avlod vakillari kenja avlod vakillari uchun yordam 
qo‘llarini cho‘zib, imkon qadar, o‘z to‘plagan bilim va tajribalarini sevimli 
mashg‘ulotlariga bo'lgan munosabatlarini yoshlarga ham tinmay o’rgatib,tadrijiy 
bog‘lanishni vujudga keltirdi. Natijada, yoshlarda jismoniy tarbiyaga bo’lgan 
intilish kuchayib,bu hoi odatiy bo‘lib borgan. Agar xalq harakatli 
o’yinlarinisinchiklab o'rganadigan va ularning har birini ko'rib tanishadigan 
bo’lsak, nafaqat ko’zingiz quvnaydi, balki bu qalbingizga.Ma'naviy yetuklik, 
jismoniy barkamollik tuhfa etadi. 



Harakatli o’yinlar bolalar va o’smirlarni tarbiyalashda eng muhim va amaliy 
vositalardan biri bo’lib hisoblanadi.
Harakatli o’yinlar turli xarakterdagi to’siqlarni yengish hamda har xil xislat va 
qobiliyatlarni ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan jismoniy mashqlarning turli 
kompleksini o’z ichiga oladi. Bundan tashqari, odatda bolalarga quvonch baxsh 
etadigan musobaqa momentlari ham harakatli o’yinlar jumlasiga kiradi.
Ma’lumki, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning o’yinlari taqlid qilish 
xarakteriga ega bo’ladi. Bola tevarak-atrofdagi borliqni kuzatadi, uning 
elementlarini o’yinga kiritadi va shu o’yin vositasida o’zini qurshab turgan olamni 
bilib oladi, unda turmush hodisalariga nisbatan muayyan munosabat paydo bo’ladi.
O’quvchi turmushdagi, mehnat sohasidagi, tabiat hodisalari va jonivorlar 
hayotidagi har xil narsalarni taqlid qilib o’ynash bilan bu hodisa va harakatlarning 
ma’nosiga tushuna boradi, asta-sekin hayotiy tajribaga ega bo’ladi, qiyinchiliklarni 
yengishga o’rganadi, unda harakat ko’nikmalari hosil bo’ladi va uning tasavvurlari 
boyib boradi.





Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling