Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika universiteti sport va chaqiriqqacha harbiy ta
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
SEVINCH KURS ISHI
Harakatli o’yinlar deb yurish, yugurish, sakrash va uloqtirish harakatlarining har
xil turlaridan tashkil topgan o’yinlarga aytiladi. Harakatli o’yinlar o’z vazifasiga ko’ra quyidagilarga bo’linadi: - bilim beruvchi; - sog’lomlashtiruvchi; - hordiq chiqaruvchi. 10 1.2Milliy harakatli o'yinlarming tiklanishi va shakllanishi Mustaqillik sharofati tufayli jismoniy tarbiya va sport sohasida keng istiqbollar ochilmoqda, bu ayniqsa xalq milliy o‘yinlari va mashqlari, sport turlari bo‘yicha o'tkaziladigan jismoniy tarbiya darslarida namoyon bo’lmoqda. Ularni doimiy va muntazam qo'llash yaxshi natija berrnoqda, o’quvchilarni sog'lom, baquvvat, chaqqon, kuchli qilib tarbiyalashda muhim omil bo’lib xizmat qilib kelmoqda. Ilgarilari keng omma ishtirok etgan Navro’z bayramlari, sayllar, to'ylarda xalq o’yinlari, jismoniy mashqlar, umuman milliy sport turlarisiz o'tkazilmagan. Afsuski, mamlakatda ular butunlay sedan chiqib, unutilayozdi, shuning uchun ularni izlash va tiklash o’z xalqini va millatini e’zozlagan har bir kishining burchi bo’lib qolmog'i kerak. Jismoniy tarbiya nuqtayi nazaridan ularni o‘rganish, tatbiq etish shu kunning va kelajak avlodni tarbiyalashda eng dolzarb muammolardan biriga aylanib bormoqda. Ushbu jarayonda tariximizdan meros boMib qolgan o’zbek xalq harakatli o‘yinlarini hayotga tatbiq etishga kengroq yo‘i ochib berilishi, uni ommaviy tus oldirilishi, oilada, maktabgacha tarbiya muassasalarida, maktablarda, dam olish joylarida, har xil marosim va bayramlarda uni tashkillashtirishi o‘sib kelayotgan yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir etishi muqarrardir . Milliy xalq harakatli o‘yinlari qadim-qadim zamonlardan boshlab xalq marosimlarida, rasm-rusumlarida va urf-odatlarida mustaqil bir soha sifatida musobaqalarda, bahslarda keng qo‘llanilgan. Jismoniy tarbiya xalqning urf- odatlarida, udum va rasm-rusumlarida shakllanib, ming yillar davomida rivojlanib, takomillashib kelgan. Xalq milliy o‘yinlari ming yillar davomida bizgacha yetib kelgan o‘zbek milliy xalq o‘yinlari “Otda chopish”, “Qiz quvlash”, “Uloq”, “Kamonda o’q otish”, “Chillak”, “Oq suyak”, “Soqqa”, “Besh tosh” kabi va boshqa o’yinlar orqali botirlik, epchillik, tezkorlik, muvozanatni saqlash sifatlarini rivojlantirishda hamda qaddi-qomatni shakllantirish, axloq-odob, ong, xotira, diqqat kabi hislatlami sayqal toptirishda va albatta sog'liqni mustahkamlashda eng samarali vosita bo’lib kelgan. 11 Milliy o'yinlarni tiklash va turmushga qaytarish milliy qadriyatlarimizni, ularni xalqimiz, ayniqsa yoshlarimiz hayotiga keng joriy etish davlatimiz jismoniy tarbiya tizimining muhim vazifalari turkumiga kiradi. Respublikamizning turli mintaqalarida xalq harakatli o'yinlari aholining turli yosh va qatlamlari o’rtasida azaldan rivojlanib kelgan bo’lsada, “oq” va “qizil” imperiyalar davrida ushbu o'yinlarning ommalashuvi nihoyatda chegaralangan edi. O’zbekiston o’z mustaqilligiga erishgach xalq milliy harakatli o’yinlari millatimiz qadriyatlari sifatida qayta tiklana boshlandi va hozirgi kunda nafaqat xalqimizning eng sevimli mashg‘ulotiga aylandi, balki barcha ta’lim muassasalari o‘quv rejalariga to‘laqonli fan sifatida kiritilgan. Ammo, shuni ham ta’kidlash zarurki, xalq milliy harakatli o'yinlarining ilmiy-uslubiy asoslari, ulaming psixofunksional mohiyati, jismoniy sifatlar va sport mahoratini shakllantirishdagi ahamiyati hamda qiymati hali deyarli o‘rganilmagan. Ayni kunda yuqorida muhokama etilgan milliy harakatli o‘yinlarning ochilmagan qirralari, ushbu yo‘nalishga oid muammolami o‘rganish va hayotga tatbiq etish mamlakatimiz jismoniy tarbiya tizimidagi dolzarb masalalardan biridir. O'zbek xalq o‘yinlari xalqning o‘ziga xos urf-odatlaridan, turmush sharoitidan, yashash iqlimi, tarixiy obidalar, atrof-muhit sharoitidan kelib chiqqan bo‘lib, shularga yarasha jinsiga, yoshiga, salomatligiga ko‘ra qo'llanilgan. Lekin shu vaqtgaeha aksariyat mutaxassislar o‘zbek xalq o‘yinlariga alohida tasnif (klassifikatsiya) va tavsif (xarakteristika) berishni ko‘zda tutmaganlar yoki yetarli darajada ahamiyat bermaganlar. Ta’kidlash joizki, agar shunday tasnif va tavsif berilsa, o‘zbek xalq o‘yinlari va umuman harakath o‘yinlar ancha yutuqqa ega bo‘lar edi. Chunki har bir o‘yinni tasnifmi va tavsifini bilgan holdagina undan foydalanish zaruriyati ham, joyi ham to'g'ri belgilanadi. Ma’lumki, o‘zbek xalq o‘yinlari o‘z ichiga harakat jihatdan har xil jismoniy sifatlami rivojlantirishga yo‘naltirilgan o'yinlarni qamrab olgan. Shu bois ularni yo'nalishlar bo‘yicha ajrata bilish zarur deb topiladi. Demak, ularni tasniflash (klassifikatsiyalash) zarur o'rinni egallaydi. Shu yo‘sinda bizning flkrimizcha 12 o‘zbek xalq o‘yinlarini quyidagicha tasniflashni maqsadga rnuvofia bo‘ladi deb o‘ylaymiz. O’zbek xalq harakatli o‘yinlari — bolaning hamma jismoniy xususiyatlarini har tomonlama rivojlantirish, sog‘lom hayot kechirishning afzalliklari, shart-sharoitlari, tashabbuskorligini oshirish, harakat faoliyatiga bo'lgan tabiiy mtilishlarini shakllantirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Harakatli o‘yin odamlarga xos faoliyatning qiziqarli shakllaridan biridir. O‘yin tushunchasi yosh bolaning shaqildok bilan bajaradigan oddiy harakatlaridan tortib, kattalarning o‘zbek jang san’ati, kurash, ko‘pkari va boshqa juda ko‘p sport turlarida amalga oshiradigan jismoniy faoliyatlarni o‘z ichiga oladi. Harakatli o‘yinlar muayyan maqsadga erishishga qaratilgan ma’lum qoidalarga amal qilinadigan ongli faoliyatdir. O'yinda, qandaydir moddiy boyliklar ishlab chiqarilmaydi. O‘yinlar shaxs ruhiyatiga ta’sir etuvchi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mujassamlasligan ta’lim-tarbiya jarayonidir. Bu jaravonning asosini tashkil etuvchi bolalarning harakat faoliyati jismoniy rivojlanishiga, harakat ko'nikmalari va jismoniy sifatlarning shakllanishiga, organizmning funksional faoliyatini oshirishga va hissiy quvnoqlik tuyg‘ularini kuchaytirgan holda salomatlikni mustahkamlashga ijobiy ta’sir etadi. Harakatli o‘yinlar bolalarni “Hayotga tayyorlanish maktabi” bo’lib, ulami jismoniy, aqliy va ruhiy rivojlanishiga xizmat qiladi. O’yin bola ongi, tafakkurini o’stirib, xotira, diqqat, irodasini mustahkamlaydi, jismoniy, ruhiy, hissiy (emotsional) taraqqiy ettirisliga xizmat qiladi. Shuningdek, o’yin bolani katta hayotga tayyorlashda mashq vazifasini bajarib, kelajakda hayotda duch kelinadigan turli holatlarga ma’naviy tayyorlaydi. “Agar bola o’yinda halol o’ynasa, keyinchalik hayotda ham halol bo’ladi, yoki “Bolaning o’yindagi harakatiga qarab, uni qanday odam bo’lishini aytish mumkin”, degan naqllar bekorga aytilmagan. Qisqa qilib aytganda, o’yin bolalarda ijodiy faollik, tashabbuskorlik, tashkilotchilik va boshqa ko’nikmalami rivojiantirishda muhim vosita hisoblanadi. O’yinlar tufayli bolalarda ulami o’rab turgan dunyoni tushunish va unga ta’sir qilish ehtiyoji shakllanadi, aqliy, axloqiy, irodaviy va jismoniy sifatlari 13 shakllanadi, bir so’z bilan aytganda, o’yin yordamida inson tarbiyalanadi, shaxs sifatida shakllanadi. Harakatli o'yinlar nafaqat bolalar, balki katta yoshdagi kishilar hayotida ham muhim o’rin tutadi. Agar o'yinlar bolalarning ruhiy va jismoniy rivojlanishi, hayotga tayyorlanishi uchun kerak bo’ladigan bo’lsa, katta yoshdagilar uchun ular bo’sh vaqtlarini mazmunli va qiziqarli o’tkazish, hordiq chiqarish, sog’liqlarini mustahkamlash, chiniqishlari uchun hissa qo’shadi. Harakatli o‘yinlarning ustuvorligi va hammabopligi shundaki, ulardan yil davomida, turli shart-sharoitlarda va ishtirokchilar yoshiga qarab mazmunan o‘zgartirilgan hamda tabaqalashtirilgan holda foydalanish mumkin. Ana shu xususiyatlarni e’tiborga olgan holda xalq harakatli o‘yinlami tarixiy-ijtimoiy nuqtayi nazaridan quyidagicha tasniflash mantiqiy to‘g‘ri bolishi mumkin deb belgilandi. Ushbu tasniflanishi muvofiq moslashtirilgan mazkur harakatli o‘yinlar, bir tomondan, bolalami yil davomida soglomlashtirish imkoniyatini kengaytiradi, ikkinchi tomondan, ularda shu о‘yinlar orqali jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish ehtiyojini hamda motivatsiyasini kuchaytiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling