Xulosa
Xulosa qilib aytganda, badiiy san‘atlar mumtoz adabiyot va mumtoz she‘riyatning asosi hisoblanadi. Ular nazmiy asarlarning tub magʻzini yoritib beruvchi, she‘rni goʻzallashtiruvchi, unga chiroyli ma‘no beruvchi va she‘rni she‘r qiluvchi muhim vositalardir. She‘riy san‘atlar she‘rning faqat shakliy bezagi yoki unga kutilmagan ma‘nolar yuklovchi vazifasini bajarmaydi. Balki, ularning misra-yu baytlarda kelishi shoir aytmoqchi boʻlgan ma‘noni oʻquvchiga yetkazishga koʻmaklashuvchi va muallif yuragidan oʻtkazgan tuygʻularni oʻzgalar ham his qilishiga yordamlashuvchi ―kalit soʻzlaridir.
She‘riy tasvir vositalari yaqin oʻtmishda paydo boʻlgan emas. Ularning yaratilishi ―Avestoi va Oʻrxun-Enasoy manbalari davrlariga va undan ham ilgarigi paytlarga borib taqaladi. Qadim davr xalq ogʻzaki ijodi namunalari ham buni isbot etadi. ―Devoni lugʻotit-turkida keltirilgan she‘riy parchalarda ham she‘riy san‘atlar uchqunlari koʻrinadi.
Sharq olamida azaldan adabiyot – soʻz san‘atiga alohida nazar bilan qaralgan. Adabiyot asrlar davomida uch tarkibiy qismga ajratilib, ularning har biri mustaqil fan sifatida chuqur tadqiq etilgan. Ular quyidagilar: ilmi aruz, ilmi bade‘ va ilmi qofiya. Fors ulamolari bu uchlikni ―Ilmhoye segonai (Ilmlar uchligi) deb atashgan. Mumtoz poetikamiz tarixida bu sohalarning har qaysisiga bagʻishlanib, oʻnlab ilmiy risolalar yaratilgan. She‘riyat ilmi doimo e‘tiborda boʻlib, nazmga nasrga qaraganda farqliroq hurmat ila qaralgan. Hazrat Navoiy ham nazm (tizma)ning nasr (sochma)dan afzalligi va goʻzalligini ―Hayrat ul-abrori dostonida alohida ta‘kidlaydilar. Maktab-madrasalarda ham she‘r ilmi mustaqil fan tarzida oʻqitilgan.
Ilmi bade‘ – badiiy san‘atlar ham adabiyotning muhim tarmoqlaridan hisoblanib, butun Sharq dunyosi ulamolari tomonidan birgina shu sohaga atalib bir necha nodir risolalar bitilgan. Bu haqdagi eng qimmatli asarlar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
Abdulloh ibn Mu‘tazzning ―Kitobu-i-badi‘i, Nasr binni Hasanning ―Mahosinu-l-kalomi (―Goʻzal soʻzlari), Qudama ibn Ja‘farning ―Naqdu-sh-she‘ri (―She‘r tanqidii), Umar Rodiyoning ―Tarjumonu-l-balogʻai (―Balogʻat tarjimonii), Rashididdin Vatvot ―Hadoyiqu-s-sehri (―Sehrli bogʻlari), Atoulloh Husayniyning ―Badoe‘u-s-sanoe‘i (―San‘at yangiliklarii) risolalari.
Badiiy san’atlar – oʻquvchi uchun adabiyot nafosati va sehrlarini idrok etish maktabi boʻlsa, havaskor shoir uchun mahorat saboqlaridir. Bularni bilgan kitobxon she’riyatimizdan chinakam boy badiiy-hissiy lazzat oladi; shoirlar yuqori mahoratli soʻz san’atkorlari boʻlib yetishadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |