Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika universiteti
Download 66.16 Kb.
|
Kurs ishi
«Jannatga kiradigan oʻn nafar hayvondan biri bu «Ashobi kahfning vafodor itidir». (Al-jome al-Kabir.)
«Qorakoʻz majnun» Said Ahmadning mustaqillik yillarida yozgan eng yaxshi hikoyalari sirasiga kiradi. Hikoya voqeasi juda murakkab emas. Keksayib qolgan Saodat aya bir necha oʻn yillardan beri harbiyga ketib, oʻsha tomonalarda uylanib, bola-chaqali boʻlgan oʻgʻli Boʻrixonni kutadi. Xudoning bergan kuni sahar namozida uni eslaydi. Saodat aya tabiatida oʻzbekning chin muslima buvilariga xos bu dunyosini ham, u dunyosini ham oʻylashdek mulohazakorlik mujassam. Oʻgʻlining xabarini nevarasi Anvardan eshitgan kampir mulzam boʻladi. Adib kampirdagi bu oʻzgarishni: «Birovga soʻzini bermaydigan errayim kampirning shoxi sindi, ostona hatlamay uyda muqim oʻtirib qoldi», degan tarzda bayon qiladi. Kunlarning birida Saodat aya iti Qorakoʻz bilan qizining uyiga qarab yoʻlga chiqadi. Ularning borish va kelish jarayoniga diqqat qarating. Yoʻl boʻyi adib itning har bir harakati, qiliqlari, sakrashi, shamoldek yelishi, xursandlig-u xafagarchiligi, deylik, «bir qulogʻini dikkaytirib, bittasini shalpaytirib erkalik» qilishlarini, yoʻlda uchragan mushuklarni «tiraqaylatib quvishi», «daraxtlardagi musichalarga irgʻishlab» akillashi kabi holatlarni – barcha-barchasini mahorat bilan tasvirlaydi. Kampir itini oʻz uyining bir a‘zosidek e‘zozlaydi. Shuning uchun ham u itiga qarab: «Abdumalik akangnikiga boramizmi, Dilbar opangnikigami? Dilbar opang domda turadi. Itdan hazar qiladi. Seni uyiga kiritmaydi. Endi nima qilamiz? Mayli, shunikiga boraylik. Yotib qolmaymiz. Chiqqunimcha hovlida bolalar bilan oʻynab turasan», – deb bemalol gapiradi. Yoʻl boʻyi Saodat kampir iti bilan shu zaylda suhbatlashib boradi va suhbatlashib iziga qaytadi. Qaytsa, uyida uni gʻaroyib bir yangilik kutib turadi. Boʻrixon kelibdi, ya’ni kampirning “gʻoyib- Lari hozir» boʻlibdi. Bu yangilik «Saodat ayaning yillab qalbida qalashib yotgan gʻuborlarini» tarqatishi, «koʻksidan togʻdek bosib yotgan armonlarni» ushatishi lozim edi. Biroq voqelik oʻzgacha tus oladi. Ona va bola uchrashuvi... Qiziq, bu jarayonda it negadir bezovta, u nimanidir sezadi; shu bois «notanish odamga gʻashlik qilib tinmay irillaydi». Ona bagʻrida Boʻrixon begonaga oʻxshaydi. Chunki «undan aroq va sham yoqilgan uyning hidi kelardi». Xursandchilikdagi ona avval bunga e‘tibor bermaydi. Sekin-asta oʻgʻli Boʻrixonning ota-bobolari e‘tiqod qilgan islom dinidan qaytib, boshqa dinni qabul qilgani ma‘lum boʻladi. Ona uchun din-diyonat, milliy-diniy qadriyatlar, el-yurtchilik har narsadan ustun turadi. Shuning uchun Boʻrixonda koʻngli soviydi, uni yoʻqlikka topshiradi; ketar mahali un-dan yuz oʻgiradi. Endi ona sahar namozida oʻgʻlini eslamay qoʻyadi. Hikoyada Saodat ayaning goʻzal yoshlik pallalari, Boʻrixonning tugʻilishi va uning boshqa yurtlarda yurib onasi koʻnglini oʻksitgan noxush qilmishlarining moʻjaz tarixi bayon qilinadi. Vafot etar mahalida ham Saodat ayaning hayot mazmunini, bu dunyoga kelish va ketish hodisasini juda tabiiy – muslimona anglagani farzandlari hamda nevaralarini chaqirib, ularga qilgan vasiyatida yaqqol koʻzga tashlanadi. Albatta, hikoyani oʻqish mobaynida sarlavhadagi Qorakoʻz majnun nima ekanini bilib oldingiz. Ha, bu oʻsha, yozuvchi mehr bilan ta‘riflagan : kichkinagina, belida belbogʻdek ikkita biri qora, biri jigarrang chizigʻi bor; tumshugʻi bilan ikki koʻzi qop-qora, bir koʻzining tepasida toʻmtoq qoshi bor it. Agar e‘tibor bergan boʻlsangiz, hikoyaning boshidan oxirigacha yozuvchi Qorakoʻzni Saodat kampirga doimiy hamrohlikda tasvirlaydi. Vafodor it Saodat kampir bilan deyarli bir xil kayfiyatda: xafa boʻlsa xafa, xursand boʻlsa xursand, kampir oʻyga choʻmsa, u ham oʻy surgandek bir nafas tinchiydi. Garchand kampirni sogʻintirgan boʻlsa ham, Boʻrixon itdan koʻra Saodat ayaga begonaroqdir. Hikoyada Saodat kampir vafotidan soʻng yozuvchi ham Qorakoʻzning ruhiyatini siz oʻquvchilarga anglatish maqsadida oʻtkir qalami bilan uning qora koʻzlariga ikki tomchi yoshni chizib qoʻyadi. Hikoya oxiridagi Qorakoʻz majnunning oʻlimi oʻquvchini mahzun qiladi. Hikoya boshida Qur‘oni Karimning «Baqara» surasidan oyat epigraf sifatida keltiriladi. Bu koʻchirmalar aynan hikoyadagi Boʻrixon obraziga taalluqli ekanini hech qiynalmasdan ilgʻab olish mumkin. As‘hobi kahf toʻgʻrisidagi hadisi sharif esa hikoyada xuddi ongli va oqil insondek tasvirlangan Qorakoʻz majnunga taalluqli, albatta. Hikoyada juda katta ma‘no-mazmun jamlangan. Oʻzbekona urf-odatlar qadri noloyiq bir farzandning qilmishlarini koʻrsatish orqali ta‘kidlanadi. Toʻgʻrisi, itning vafosi bir oʻgʻilning ona koʻnglini vayron qilishiga nisbatan yuksak ma‘naviy martabalarda turishi hamma vaqt ulugʻvorlik kasb etadi. Said Ahmad kabi it obrazini birinchi planda tasvirlagan yana bir yozuvchi borki, u butunlay boshqa yoʻldan brogan. Bu adib Nazar Eshonqul boʻlib u oʻz asariga falsafiylikni singdirgan. Download 66.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling