Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika universiteti


Download 66.16 Kb.
bet12/14
Sana08.01.2023
Hajmi66.16 Kb.
#1084087
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Kurs ishi

Boʻlmagʻay olamda mundin turfa soʻz,
Kim saodat ahli itga solsa koʻz.
Yetkurur itga natija ul nazar,
Zotigʻa solur kishilikdin asar. (Alisher Navoiy)
Odatda, ramziy-majoziy ifodalarda sehrli bir xususiyat boʻladi. Shuning uchun ular xayol va vijdonni harakatga keltirib, yuksak ruh bilan aloqaga chorlaydi. Bu xususiyat ―Bahovuddinning itii uchun ham xosdurki, buni yozuvchining asosiy bir muvaffaqiyati oʻlaroq baholash lozimdir. Men bu oʻrinda hikoyaning ma'no-mazmunini gapirib oʻtirmayman. Chunki uni koʻpchilik bir xilda tushunib, bir yoʻsinda qabul qilolmasligiga ishonaman. Ayni paytda oʻzlikni anglash layoqati butunlay soʻnmagan, jamiyat va inson munosabatlariga mustaqil nigoh tashlay oladigan har bir kishi unga befarq qololmasligiga ham shubham yoʻqi -deydi Ibrohim Haqqul oʻzining ushbu asarga bergan ta‘rifida. Ma'lumki, ayni bir davr va zamonda, ayni bir jamiyat va ijtimoiy muhitda yashagan, bir turli voqea-hodisalarni boshdan oʻtkazib, turdosh savollarga javob axtargan yoki javobdan chekingan odamlar ahvol-ruhiyati oʻxshash boʻladi. Ulardagi axloqiy-ma'naviy fazilatlar ham, nuqson, ayb va gunohlar ham mushtarakdir. Mana shu sababdan ham yozuvchi koʻp narsa yozishi, oʻquvchining oʻzi koʻrgan, bilgan voqyea-hodisalarini qaytadan unga ifodalab berishi shartmas. Kitobxonning aql-farosati, fikrlash layoqatiga ishonish kerak. Nimani yoqlab, nimani inkor aylash, nimadan zavqlanib, nimalarga befarq qolishi – bu, oʻquvchining shaxsiy, demakki, daxlsiz huquqi. Faqat fahmi past, kaltabin adibgina yozgan har bir asari koʻpchilikni qiziqtira oladi deb oʻylaydi. Holbuki, bunday boʻlmaydi. Soʻz va tasvirning kuchquvvati, avval-oxir ruhga ta'siri, ruhoniy ehtiyojga nechogʻlik muvofiqligi bilan belgilanadi. Inson oʻzining Xoliqi, ya'ni yaratuvchisi emas. Shuning uchun oʻzi haqida u koʻp narsa bilmaydi. Bilganlari esa uni hamma payt ham xato va adashishlardan qutqazolmaydi… Ammo istak, intilish va qoʻmsash ma'nosida inson ruhi chegarasiz. U yashayotgan olam chegaralangan. Soʻngsizlik ehtirosiga toʻlgʻin ruh, voqyelikning qat'iy va qattiq toʻsiqlaridan iztirob chekadi. Va hamisha soʻngsizlik sogʻinchi bilan yashaydi. Buni teran tushungan ijodkor moddiyot va ilohiyot sirlarini yoritishda ham, inson tabiati va xarakteri tasvirida ham deyarli adashmaydi. Har qanday odamda ikki reallik mavjud. Biri – tashqi, ikkinchisi, ichki, ya'ni zohir va botin. Asosiy murakkablik va ziddiyat botindadir. Aks holda aql, nafs, ruh, koʻngil xususida bunchalik keng, bu qadar koʻp bahs yuritilmasdi. Chunki botiniy hayot vujudning ―qalin pardaisi bilan toʻsilgan. Nafsning ahvoli qanday? Ruhning holi qanaqa, qalb nimaga ilhaq – aksariyat kishi ana shuni bilmaydi. Chunki bularni bilish juda qiyin. Ayniqsa, nafsni tanish va tizginlash muammolarning muammosi erur. Nafsni qoralab, nafs izmidan chetlashmaslikning bir sababi ham shu. Vaholanki, qaysi bir ishga nafsoniy maqsad va shahvoniy orzu aralashsa, oʻsha ishning xayr-xosiyati barham topadi. Shuningdek, qalb toʻgʻri yoʻldan adashib, tubanlikka yoʻnaladi, ruhni riyo va xudparastlik domiga tortadi. Alisher Navoiy gʻazallaridan birida nafs ila ruhni zinhor-bazinhor qoʻshib-qorishtirmaslik shartligini ta'kidlab:
Ruh rahmoni erur, nafs esa shaytoni,
Ikkisin bir-biriga qoʻshmoq emastur mashrut,
deganida shularni nazarda tutgan.


Download 66.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling