Toshkent viloyati Parkent tumani 46-sonli umumta’lim maktabining
Maxsus jismoniy tayyorgarlikning vosita va uslublari
Download 1.12 Mb. Pdf ko'rish
|
1675075855 Ortiqov Samariddin
Maxsus jismoniy tayyorgarlikning vosita va uslublari.
Maxsus mashqlar odatda mazkur yengil atletika turidan olingan bir nechta harakatlarning bir elementi, qismi yoki “bog„lovchisi” bo„lishi mumkin. Ular jihozlar (to„ldirma to„plar, qum to„ldirilgan xaltalar, gantellar, shtanga, toshlar, blokdagi yuklar va boshqalar) bilan, jihozlarda, gimnastik to„siqlarda, arqonda, gimnastik jihozlar ustiga chiqib va jihozlarsiz bajariladi. Tanlab olingan yengil atletika turi va maxsus mashqlar murakkab sharoitda (yumshoq yo„lakchada, shamol qarshidan esayotganda, yomg„ir yog„ayotganda) va musobaqa maydoni sharoitida bajariladi. Bu yengil atletikachilarni psixologik tomondan g„alaba qozonishga tayyorlash, ularda irodaviy hislatlarni tarbiyalash, jismoniy sifatlar darajasini oshirish uchun qo„llaniladi. Mashqlarning qanday qilib va qanday sharoitda bajarilishiga qarab, ularning maqsadga muvofiqligi va sportchi organizmiga bo„lgan ta‟siri har xil bo„lishi mumkin. Masalan, mashg„ulotni qancha davom etishiga, tezligiga, harakat shakliga (tizzani baland ko„tarib yugurish, oyoqdan oyoqqa sakrab – kiyikcha yugurish va hakozo) qarab, shuningdek, musobaqa joyining qoplamasiga (qattiqligi yoki yumshoqligiga, past-baland, ochiq joy va hakazo) qarab, yugurish, ko„proq tezkorlikni yoki ayrim mushaklar kuchini rivojlantirishi yoki ayrim mushak guruhlari cho„ziluvchanligini oshirishi mumkin. SPORTCHA YURUVCHILARNING MAXSUS MASHQLARI Sportcha yuruvchilarni tayyorlashda asosan ularning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligiga katta e‟tibor berish kerak. Hozirgi kunga kelib jahon arenalarida raqobatning kuchayishi, barcha murabbiy, o„qituvchi, sportchilar oldiga yanada yangi usullarni mashg„ulotlar jarayoniga tadbiq etishni talab etmoqda. Ma‟lum sportcha yuruvchilar uchun ham maxsus mashqlar ahamiyati juda katta. Maxsus mashqlar orqali mushaklar kuchini, bo„g„imlardagi harakatchanlikni, egiluvchanlikni, harakat tezligini va chidamlilikni rivojlantirish mumkin. Oyoqlar harakatini takommillashtirishga qaratilgan maxsus mashqlar Tos harakatini takommillashtirishga qaratilgan maxsus mashqlar Qollar va elka kamarining harakatini takommillashtirishga qaratilgan maxsus mashqlar KROSS YuGURUVChILARNING MAXSUS MAShQLARI Kross yugurish bu har xil sharoitdagi joylarda yugurish bo„lib. Kross yuguruvchi mashg„uloti jarayonida uning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligiga katta e‟tibor berish kerak. Maxsus mashqlar orqali mushaklar kuchini, bo„g„imlardagi harakatchanlikni, egiluvchanlikni, harakat tezligini va chidamlilikni rivojlantirish mumkin. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling