Toshkent viloyati Parkent tumani 46-sonli umumta’lim maktabining
Download 1.12 Mb. Pdf ko'rish
|
1675075855 Ortiqov Samariddin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ortiqov Samariddin 8-sinflar uchun dars ishlanma Mavzu: Yengil atletikada maxsus mashqlarni o’rgatish
- Maxsus jismoniy tayyorgarlikning umumiy asoslari.
Toshkent viloyati Parkent tumani 46-sonli umumta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi Ortiqov Samariddin 8-sinflar uchun dars ishlanma Mavzu: Yengil atletikada maxsus mashqlarni o’rgatish Yengil atletikada maxsus mashqlarni o‘rgatish. Reja 1.Maxsus jismoniy tayyorgarlikning umumiy asoslari. 2.Maxsus jismoniy tayyorgarlikning vazifalari va mazmuni. 3.Maxsus jismoniy tayyorgarlikning vosita va uslublari. 4.Jismoniy sifatlarni tarbiyalash doir mashqlar majmuasi va uslubiyoti. Maxsus jismoniy tayyorgarlikning umumiy asoslari. Sport turlarini, uning texnikasini, sport taktikasini o„rgatish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish va takomillashtirish, nazariy bilimlar berishdan iborat besh xil o„zaro bog„liq jarayon sportchini mashq bajarishdagi yagona jarayonining tashkil etadi. Yengil atletika bilan shug„ullanuvchining yoshiga va tayyorgarlik darajasiga, sport turining xususiyatlariga, mashg„ulotlar mashqlarining qaysi davri va bosqichida bajarilayotganiga qarab, mashg„ulotlarning ayrim tomonlariga ko„proq, ayrim tomonlariga kamroq ahamiyat beriladi. Masalan, sport bilan shug„ullanishni endi boshlagan sportchi yengil atletika maxsus mashqlariga ko„proq e‟tibor berishi, umumiy jismoniy tayyorgarligini yanada yuqori bosqichga ko„tarishga to„g„ri kelsa, yuqori toifaga ega bo„lgan yengil atletikachi o„z tayyorgarligiga ko„proq texnik, taktik mahoratni va maxsus tayyorgarlikni tarbiyalashga qaratadi. Tayyorlov davrida umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikni tarbiyalashga ko„proq vaqt ajratsa, musobaqa davrida maxsus jismoniy sifatlarni tarbiyalash mashg„ulotlariga e‟tibor beriladi. Bir xil mashqlarni bajarish jarayonida turli jismoniy sifatlarni rivojlantirish mumkin. Masalan, yengil atletika turini (qisqa masofaga yugurish) texnikasini o„rgatishda jismoniy sifat va irodaviy hislatlar tarbiyalanadi va rivojlanadi. Ushbu mashg„ulotlarda mashqlarni bajarishdan asosiy maqsad sport texnikasini egallash bo„lgani uchun, sportchining harakatni boshqara bilish imkoniyatlariga ko„proq talab qo„yiladi. Demak, bu mashqlarni ko„proq o„rgatishga qapatilgan ekan. Shunday qilib, qaysi bir jismoniy sifatlarni rivojlantirishga ko„proq qaratiladigan bo„lsa e‟tiborni mashg„ulotlar ning beshta tomoni – yo„nalishi ham aytib o„tildi. Mashg„ulotlarni rejalashtirish va tashkilashtirish paytida mashqlapning faqat asosiy ta‟sirini emas, balki qo„shimcha ta‟sirlarini ham nazarda to„tish kerak. Texnika, taktika, jismoniy va irodaviy hislatlarni takomillashtirishga mashg„ulotning bosh vositalari bo„lib xizmat qiladigan jismoniy mashqlarni ketma-ket bajarib turish yo„li bilan erishiladi. Jismoniy mashqlar uchta asosiy guruhga bo„linadi: Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling