Toshkent viloyati Parkent tumani 46-sonli umumta’lim maktabining
Download 1.12 Mb. Pdf ko'rish
|
1675075855 Ortiqov Samariddin
Maxsus jismoniy tayyorgarlikning vazifalari va mazmuni. Bular ikkita kichik guruhlarga bo„linadi: – boshqa sport turlaridan: (gimnastika, yengil atletika turlari, og„ir atletika, sport o„yinlari va boshqa) umumiy jismoniy rivojlanish uchun qo„llanadigan mashqlar. Bunda o„z sport turining xususiyatlari ham hisobga olinadi. Masalan, uloqtiruvchi ko„proq og„ir atletikadan, qisqa masofaga yugurishdan, uzunlikka sakrashdan, basketbol va voleybol o„yinlari maxsus mashqlaridan foydalansa, uzoq masofaga yuguruvchi og„irliklar ko„tarib mashq bajarishga kamroq e‟tibor beradilar. Biroq ayrim mashqlar hamma yengil atletikachilar uchun shart. Umumiy chidamlilik va sog„liqni mustahkamlash uchun kross yuguradilar; mushaklarni rivojlantirish va mustahkamlash uchun – og„irliklar bilan mashq qiladilar; tezkorlik hosil qilish uchun – qisqa masofaga yuguradilar; chaqqonlik va harakatni boshqara bilishni o„stirish uchun – basketbol, gandbol o„yinlari elementlari va gimnastika jihozlarida mashq bajaradilar; – turli buyumlar (gimnastik tayoqchalar, arg„amchi, cho„qmorlar, gantellar) bilan yoki buyumsiz umumiy jismoniy rivojlanish uchun qo„llaniladigan mashqlar bajaradilar. Bunga engashish, burilish, tebranish, aylanish, oyoq qo„lni bukish, sakrash kabi juda ko„p harakatlar kiradi. Umumrivojlantiruvchi mashqlar birinchi navbatda mashg„ulotni yangi boshlayotgan va sust tayyorlangan yengil atletikachilarni umumiy jismoniy rivojlantirishga mo„ljallangan. Shuningdek, ular harakat – tayanch apparatini harakatchanligini oshiradi va sportchi o„z harakatlarini boshqara olishini ta‟minlaydi. Bu mashqlardan qomat nuqsonligidagi va jismoniy rivojlanishdagi kamchiliklarni tuzatishda ham foydalanila di. Tanlab olingan sport turiga moslab jismoniy va irodaviy hislatlarni tarbiyalash va rivojlantirishga, shuningdek, texnika va taktikani o„rgatishga mo„ljallangan maxsus mashqlar, tanlab olingan sport turi maxsus mashqlarini takrorlash bilan kuchni, tezkorlikni, chidamlilikni, bo„g„imlar harakatchanligini, chaqqonlikni maxsus mashqlarsiz rivojlantirib bo„lmaydi. Ma‟lumki, jismoniy mashqlar sportchilarning organizmiga har tomonlama ta‟sir ko„rsatishi mumkin, bu ko„pincha sport mashg„ulotlarida birdaniga bir necha vazifalarni hal etishga imkon beradi. Masalan, kross yugurish ichki organlar va yurak – qon tarmoqlarini mustahkamlaydi, chidamlilik, qiyinchilikni engishda, irodani tarbiyalaydi, mushaklarni cho„zilib qisqaruvchanligini oshiradi, yugurish texnikasini takomillashtiradi. Lekin bu vazifalar sportchi uchun hamma mashqlarni bajarishda uni oldiga qo„yilgan vazifani bir xilda hal eta olmaydi. Masalan, shtanga bilan bajarilgan mashqlar ko„proq kuchni, uzoq masofaga yugurish chidamlilikni, akrobatik sakrashlar chaqqonlikni rivojlantirib, boshqa jismoniy sifatlarni esa kamroq rivojlantiradi. Shunday qilib, har qaysi jismoniy mashq muayyan jismoniy sifatlarni boshqa sifatlarga qaraganda ko„proq rivojlantiradi. Kerakli jismoniy sifatlarni mana shu darajada tanlab rivojlantirish uchun maxsus mashqlap qo„llaniladi. Ular tanlab olingan yengil atletika turiga moslab ayrim mushak guruhlari kuchini, tayanch- harakat apparatlirini, bo„g„imlar harakatchanligini, harakat tezkorligini, harakatlantiruvchi reaksiya tezligini, sakrovchanlikni takomillashtirish imkonini beradi. Jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan maxsus jismoniy mashqlar qo„llash yordamida yo„l-yo„lakay sport texnikasining ayrim elementlarini takomillashtirish ham mumkin. Sport texnikasini egallab olishga mo„ljallangan maxsus mashqlarni ko„p marta takrorlash natijasida yo„l-yo„lakay jismoniy sifatlar ham rivojlantiriladi. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling