ToshkentDonmaxsulot


m3 hajmdagi don massasi og’irligi va g’ovakligi


Download 367.81 Kb.
bet5/12
Sana11.05.2023
Hajmi367.81 Kb.
#1450440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
don mahsulot

1 m3 hajmdagi don massasi og’irligi va g’ovakligi

O’simlik turi

1m3 dagi og’irligi, kg

g’ovakligi,
%

O’simlik turi

1m3 dagi og’irligi, kg

g’ovakligi , %

Yirik boshoqli g’alla

730-850

35-45

Zig’ir

580-680

70--80

Moyli kungaboqar

325-440

60-80

Makkajo’xori

680-820

35-55

Suli

400-550

50-70

Tariq

680-730

30-50

Sholi

440-550

0-65

Javdar

680-750

35-45

Grechixa

560-650

50-60

Bug’doy

730-840

35-45

Arpa

580-700

45-55

No’xat va bo’rilukkak

750-800

40-45

Har bir don va don uyumi saqlash obyekti sifatida o’ziga xos ahamiyatga ega bo’lgan issiqlik sig’imi, harorat o’tkazuvchanlik va issiq-namlik o’tkazuvchanlik kabi qator issiq-fizik hamda massa almashinuv xususiyatlariga egadir. Bu xususiyatlar don uyumida konveksiya va issiq o’tkazuvchanlik yo’li bilan kelib chiqadigan issiqlik va massa almashinuv kabi murakkab jarayonlar hisoblanadi.
Don uyumida issiq o’tkazuvchanlik donlarning bevosita bir-biriga tegib turishi natijasida yuzaga keladi. Bunda issiqlik energiyasi bir dondan ikkinchi donga oson uzatiladi. Konveksiya esa suyuq yoki gaz muhitida kuzatiladi. Bunda issiqlik molyar yoki molekular yo’l bilan (donlararo bo’shliqni egallab turgan havodagi zarrachalar) uzatiladi.

4. Issiqlik sig’imi va o’tkazuvchanligi


Donning issiqlik sig’imi, qizishi uchun talab etiladigan issiqlik miqdorini belgilaydi hamda solishtirma issiqlik sig’imi o’lchamini tavsiflaydi. Donning solishtirma issiqlik sig’imi (J (kg. 0K)), undagi quruq modda issiqlik sig’imi bilan suvning issiqlik sig’imi orasidagi o’rtacha o’lcham hisoblanadi.
Don tarkibidagi quruq moddalarning issiqlik sig’imi 1550 J/(kg.0K) yoki 0,3–0,4 Kkal/ (kg.0S) ni tashkil etadi. Suvning issiqlik sig’imi 4190 J/(kg.0K) yoki 1Kkal/(kg.0S) ga teng deb qabul qilinadi. Donning namligi ortishi bilan uning issiqlik sig’imi ortib boradi.
Donning solishtirma issiqlik sig’imi havoning solishtirma issiqlik sig’imidan deyarli ikki baravar katta, shu bilan bir qatorda suvning solishtirma issiqlik sig’imidan ancha kichikdir.
Materiallarning issiqlik o’tkazuvchanligi issiqlik o’tkazish koeffitsiyenti bilan xarakterlanadi. Don massasining issiqlik o’tkazish koeffitsiyentining pastligi organik aralashmalar miqdoriga bog’liqligi bilan hisoblanadi. Don massasining 40–45%ni havo bilan aralashishi hisobiga issiqlik o’tkazishni qiyinlashtiradi. Odatda bug’doyni issiqlik o’tkazuvchangligi, organik materiallar va yog’och materiallarini issiqlik o’tkazuvchanligi bilan bir-biriga yaqin hisoblanadi. Yog’och materialini issiqlik o’tkazish koeffitsiyenti 0,1–0,5Vt (m K), havoning issiqlik o’tkazish koeffitsyenti 200C da 0,0252Vt (m K) teng. Don massasining issiqlik o’tkazish koeffitsiyenti 0,13–0,2Vt (m K) oralig’ida bo’ladi. Issiqlik o’tkazish koeffitsiyenti don massasining namligiga parallel ravishda bog’liq. Kuzatishlardan ma’lum bo’lganki, don massasida namlikni ortishi issiqlik o’tkazish jadalligi kuzatilgan. Masalan10% namlikka nisbatan 38% namlikda issiqlik o’tkazish ikki barobarga oshganligi aniqlangan.

Download 367.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling