ToshkentDonmaxsulot


O’simlik Tabiiy qiyalik burchagi grad


Download 367.81 Kb.
bet3/12
Sana11.05.2023
Hajmi367.81 Kb.
#1450440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
don mahsulot

O’simlik

Tabiiy qiyalik burchagi grad.

O’simlik

Tabiiy qiyalik burchagi grad.

-dan

-gacha

-dan

-gacha

Bug’doy

23

38

Arpa

28

45

No’xat

24

31

Makkajo’xori

30

40

Soya

25

32

Kungaboqar

31

45

Vika

28

33

Kanakunjut

34

46

Oziq.dukkak

29

35

SHoli

27

48

Yasmiq

25

32

Suli

31

54

Zig’ir

27

34

Ajriqbosh

29

45

Javdar

23

38

Esparset(bargak)

39

57

Tariq

20

27




Tabiiy qiyalik burchagining o’simlik turi va namlikka bog’liq holda o’zgarishini quyidagi 7-jadvalda ko’rishimiz mumkin:
7-jadval Donning turi va namlikka bog’liq holda don uyumi tabiiy qiyalik burchagining o’zgarishi

O’simlik turi

Don namligi, %

Tabiiy qiyalik
burchagi, grad.

O’simlik turi

Don namligi, %

Tabiiy qiyalik
burchagi, grad.

Bug’doy

15,3
22,1
35,0

30,0
35,0
38,0

Suli

14,6
20,7

32,0
41,0

Javdar

11,1
17,8

23,0
34,0

Burilukkak (lupin)

12,7
21,2

30,5
30,5

Arpa

11,9
17,8

28,0
32,0

No’xat

13,0
35,0

27,0
31,5

Jadvaldan ko’rinib turibdiki, nisbatan kattaroq bo’lgan don massasida ifodalangan bu donlarning sochiluvchanligiga boshqa omillar ham sezilarli ta’sir etadi. Namlik ko’pgina donlarning sochiluvchanligiga kuchli ta’sir etadi. Namlik ta’sirida donning ishqalanish burchagi hamda koeffitsiyenti ham o’zgaradi.
8-jadval Turli namlikda donlarning ishqalanish burchagi va koeffitsiyenti

O’simlik turi

Don nam-
ligi, %

Ishqalanish burchagi, grad.

Ishqalanish koeffitsiyenti

Po’lat yuzada

Randalangan taxtada

Transportyor tasmasida

Po’lat yuzada

Randalangan taxtada

Transport yor tasmasida

Bug’doy

13-35

17-35

19-38

25-40

0,306-0,700

0,344-0,781

0,445-0,839

No’xat

15-35

4-22

5-23

6-27

0,070-0,404

0,087-0,425

0,105-0,510

Bahorgi vika (xashaki no’xat)

11-35

6-27

6-29

10-36

0,105- 0,510

0,105-0,554

0,176 –0,726

Soya

13,435

6-26

8-27

6-33

0,105-0,488

0,140-0,510

0,105-0,650

Ozuqaviy dukkaklar

13-35

5-23

6-26

8-31

0,087-0,425

0,105-0,488

0,140-0,600


2. O’z-o’zidan saralanish


Ma’lumki saqlashga qabul qilingan don massasi hech qachon bir turda bo’lmaydi. Ularning tarkibida turli og’ir va yengil aralashmalar mavjud bo’ladi, shuningdek donlar bir xilda yetilmagan va 1000 donasining vazni hech qachon bir xil bo’lmaydi. Bu esa donni qabul qilishda, ya’ni ombor yoki elevatorlarga joylashtirishdagi to’kilish jarayonida don og’irligi va tarkibidagi turli aralashmalar miqdori hamda turiga qarab, o’z-o’zidan saralanib qolishiga olib keladi. Don massasini tashishda, joylashtirishda va transportyor lentalaridagi harakatidan turli tebranma ta’sirlar natijasida yengil aralashmalar, gulqobiqli urug’lar, puch donlar saralanib, don uyumining yuqori qatlamiga to’planib qoladi. Og’ir aralashmalar, yirik va to’liq pishgan og’ir donlar (1000 donasining vazni bo’yicha) uyumning pastki qismiga joylashib qoladi.
Donlarning o’z-o’zidan saralanishi ko’pincha ularni silos elevatorlarga joylashda kuzatiladi.
9-jadval
Don massasini silosga joylashtirishda o’z-o’zidan saralanishi

Chiqarish, №

Hajm og’irligi, g\l

Begona o’t urug’lari %

Chiqindi organik fraksiyalar %

Yengil aralashmalar %

Ezilgan donlar
%

Puch donlar
%

1

704,0

0,32

0,14

0,55

1,84

0,09

2

706,5

0,34

0,04

0,51

1,90

0,13

3

708,5

0,21

0,04

0,36

1,57

0,11

4

705,0

0,21

0,04

0,35

1,99

0,10

5

677,5

1,01

0,65

2,14

2,20

0,47

O’z-o’zidan saralanish oqibatida don uyumining silos devorlariga yondashgan qismida ko’plab puch, yengil, ezilgan donlar, chang, begona aralashmalar va boshqalar to’planadi. Albatta, bunday yerlardagi don uyumining hajm og’irligi past bo’ladi. Misol uchun, donining hajm og’irligi silosning markaziy qismida joylashgan uyumlarning 1g/l 550 – 660 kg, periferiyada (silos devorlarida) esa 400 – 440 kg ni tashkil etgan.
Don uyumini silos elevatorlarga yuklashdagi o’z-o’zidan saralanishni sxematik tarzda rasmda aks ettirilgandek ifodalash mumkin. Bu ayniqsa, donni o’z oqimi bilan bo’shatish uslubiga asoslangan omborxonalar uchun maqbuldir.

Don uyumini o’z-o’zidan saralanish sxemasi.
Donni silos elevatorlardan chiqarishda ham o’z-o’zidan saralanish ko’plab kuzatiladi. Silosdan turli vaqtlarda chiqarib olingan donlarning sifati bir-biridan keskin farq qiladi.
Silos elevatordan oqib tushayotgan don uyumi sifatining so’nggi bosqichlarida keskin tushib ketishi xuddi yuklashdagi singari bo’shatishda ham o’z-o’zidan saralanishi bilan tushuntiriladi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, silos elevatordan tushirishda don uyumining o’z-o’zidan saralanishi silosning shakliga, balandligining ko’ndalang kesimiga bo’lgan nisbatiga hamda chiqarish teshigining joylashgan o’rniga bevosita bog’liqdir.
10-jadval
Javdar donini silos elevatordan bo’shatib olishda o’z-o’zidan saralanishi

Namuna tartib raqami

Namuna olingan vaqt

Hajm
og’irligi g/l

Ezilgan donlar,
%

Puch donlar,
%

Begona o’t urug’lari, %

Yengil organik chiqindilar, %

1

Bo’shatish boshida

658

0,9

1,1

2,2

0,2

2

30 daqiqa o’tgach

666

1,8

1,5

1,8

0,7

3

>>1 c

669

1,6

3,4

2,4

0,2

4

>>2>>

658

2,3

3,9

3,5

0,6

5

>>3>>

651

1,3

3,8

2,8

0,4

6

>>3>>30>>

660

3,5

5,0

1,9

1,0

7

>>3>>50>>

654

4,3

4.8

2,7

0,4

8

>>4>>05>>

632

1,8

5,6

4,2

1,1

9

>>4>>20>>

632

1,4

2,9

2,1

0,8

10

>>4>>27>>

576

2,5

13,9

6,5

9,1

11

>>4>>31>>

496

1,7

9,0

11,5

8,4

S.G. Gerasmov o’z tajribalarida turli silos elevatorlardan quruq bug’doy doni oqib tushishining uchta holatini asoslab berdi: me’yoriy, assimetrik va simmetrik.

4 -sxema. Siloslardan don uyumining turlicha oqib tushish sxemasi.
Me’yoriy oqimda (a-rasm) birinchi navbatda chiqarish teshigining yuqorisida joylashgan vertikal qatlamdagi donlar oqib tusha boshlaydi.
Oqim uzluksiz ravishda yuqorigi yon qatlamlarga tomon siljib boradi. Bunday oqim yuklash va chiqarish teshiklari simmetrik joylashgan hamda diametri balandligiga mos kattalikda bo’lgan siloslarda yuzaga keladi. Shuning uchun bunday siloslarning markaziy ustunida joylashgan don uyumi sifati yon tomondagilarga nisbatan ancha yuqori sifatga ega bo’ladi.
Asimmetrik oqim (b-rasm) diametri katta bo’lgan hamda yuklash va chiqarish teshiklari nosimmetrik joylashgan siloslarda kuzatiladi. Bunday siloslardan donni chiqarishda markaziy ustun bilan bir qatorda unga jipslashgan yon devordagi don uyumi ham oqib tusha boshlaydi.
Sxemadan ko’rinib turibdiki, markaziy ustunning o’ng tomonga bo’lgan yuqori bosimi natijasida mazkur tomondagi donlar chap tomonga nisbatan ilgariroq chiqib ketadi.
Simmetrik oqim (v-rasm) asosan tor siloslarda kuzatiladi. Bunday siloslardan donni tushirishda don uyumi bir tekis pastga harakatlana boshlaydi.
Markaziy ustundagi qatlam yon tomonlarga nisbatan bir oz tez harakatlanadi. Don uyumi silosning yarmiga yetganda oqim tobora me’yoriylashib boradi.
Rim raqamlarida don uyumi bo’limlarining oqish navbati aks ettirilgan.
Ko’pgina mutaxassislarning tajribalari shuni ko’rsatadiki, donni silosdan chiqarishda faqat bitta markaziy oqim harakatlanadi. Oqimning holatiga donning namligi bevosita ta’sir etadi. Yuqori namlikka ega bo’lgan donni chiqarishda simmetrik oqim kuzatilmaydi.
Shunday qilib o’z-o’zidan saralanish oqibatida omborlarda saqlash uchun joylashtirilgan donning bir jinsliligi buziladi. Bu esa donning qisman yoki butunlay nobud bo’lishiga olib keluvchi salbiy fiziologik jarayonlarni vujudga keltiradi. Yetarlicha nazorat bo’lmaganda fiziologik jarayonlar faol kechib, don butunlay o’z-o’zidan qizib qoladi. Shuni esda tutish lozimki, o’z-o’zidan saralanish salbiy fizik xossa bo’lib, uni yo’qotishga qaratilgan barcha tadbirlar hali-hanuz o’z yechimini topgani yo’q. Shuning uchun donning sifat ko’rsatkichlarini aniq belgilash, shu bilan bir qatorda namunaning aniq bo’lishida mazkur fizik xususiyatni e’tiborga olish lozim.

Download 367.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling