Тошпмининг 2003-2010 ўқув йили Педиатрия факультети бўйича фанлар рўйхати ва уларнинг соати


Download 0.65 Mb.
bet1/24
Sana19.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1624892
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Tarix gos


1-bilet
1-Savol-òzbekiston tarixi fanining predmeti, uni ôrganishning nazariy metodologik tamoyillari, manbalari va ahamiyati
Tarix —arabcha so‘z bo‘lib, «o'tmish», «o'tgan voqealar haqida aniq hikoya qilish» ma’nolarini anglatadi.0 ‘zbekiston tarixi fanining predmeti xalqimizning eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kunlargacha bosib o‘tgan uzoq va murakkab tarixiy yo'lini, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayotini holisona o‘rganishdan, tushuntirishdan iboratdir.0 ‘zbekiston tarixi fani ajdodlarimiz hayoti bilan bog‘liq holda sodir bo‘lgan voqealar rivojining ichki mantig‘ini, sabablari va oqibatlarini, asrlar davomida to‘plangan amaliy tajriba va saboqlarai o‘rgatadi.Vatanimiz tarixi o'zbeklarning xalq, millat bo'lib shakllanish jarayonini, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosni, davlatlaming tashkil topishi va ularning ichki va tashqi siyosatini o'rgatadi.0 ‘zbekiston tarixi fani xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirishi, mustaqillik yillarida milliy huquqiy davlatchilik qurilishi, demokratik—fuqarolik jamiyatini shakllantirish, erkin bozor iqtisodi- yotini yaratish, jahon hamjamiyatiga integratsiyalashish jabhalaridagi faoliyatini o‘rgatadi.Tarixiy voqealarni o'rganishda to‘g‘ri ilmiy-nazariy, metodologik asoslarga tayanishning ahamiyati juda katta. Bilish nazariyasining dialektik metodi ana shunday tamoyillardan biridir. Dialektika olam yagona va yaxlit, unda sodir boladigan hodisalar, voqealar umumiy va o‘zaro bog'lanishda, uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyotda bo‘ladi, deb ta’lim beradi. Tarixiy voqea, hodisalarni o‘rganish, tahlil qilish va yoritishda xolisona, haqqoniy, ilmiy yondashuv tamoyili muhim ahamiyat kasb etadi.Xolislik, ilmiylik qoidasi tarixiy voqea, hodisalarni o‘rganayotganda ularga daxldor barcha faktlarning majmuini birga olib tekshirishni, aniq, haqqoniy dalillarga asoslanishni talab qiladi. Tarixni o'rganishda tarixiylik tamoyili muhim ahamiyatga ega. Tarixiylik qoidasi voqea, hodisalarni o‘z davrining aniq tarixiy sharoitidan, o'sha davr muhitidan, tarixiy rivojlanish jarayonidan kelib chiqqan holda o'rganishni taqozo etadi.Har bir hodisa, jarayon qanday tarixiy muhitda, nima uchun aynan shu paytda, shu shaklda sodir bo'lganligini, bu hodisa o‘z taraqqiyotida qanday asosiy bosqichlarni bosib o'tganligini, keyinchalik u qanday bo'lib qolganligini bilish tarixiylik qoidasining talabidir.
Masalan, bironta davlat faoliyatiga tarixiylik nuqtayi nazaridan turib baho bermoqchi bo'lsak, u, birinchidan, qachon, qanday tarixiy sharoitda paydo bo'ldi, ikkinchidan, u o'z taraqqiyotida qanday bosqichlarni bosib o'tdi, uchinchidan, uning tarixiy o‘rni, mavqeyi qanday degan savollarga aniq javob berish zarur bo'ladi.Ijtimoiy yondashuv tamoyili tarixiy jarayonlarni aholining barcha tabaqalari manfaatlarini, teng ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda o'rganishni taqozo etadi. Ijtimoiy yondashuv tamoyili davlat arboblarining, siyosiy kuchlar, partiyalar, turli uyushmalar, ular yo'lboshchilarining ta­ rixiy taraqqiyot darajasiga ko'rsatgan ijobiy yoki salbiy ta’sirini, jamiyatning u yoki bu yo'ldan rivojlanishidagi rolini bilib olishda muhim ahamiyatga egadir.
Manbalar :
1- Moddiy manbalar. Mehnat qurollari,Harbiy qurol yaroqlar, tanga pullar, uy joylar ,qabrlar, idish tovoqlar, devoriy tasvirlar, qal'alar , shaharlar
2- Yozma manbalar. Yozuv belgilari, daraxt pòstlogiga ,toshga, teriga , qoĝozga yozilgan malumotlar, xalqlar hayoti , yuz bergan voqealar haqida yozilgan kitoblar, davlat boshliqlarining yozma shakldagi farmonlari , yer qimmatbaho narsalarni inom qilish, meros qoldirish , sotib olish boyicha rasmiylashtirilgan hujjatlar.
2. Amir Temurning hayoti va faoliyatida ikki davr yaqqol koʻzga tashlanadi. Birinchi davri (1360–1385) Movarounnahrni moʻgʻul xonligidan ozod qilib, yagona markazlashgan davlat tuzish, oʻzaro urushlarga barham berish. Ikkinchi davri (1386–1405) esa ikki yillik, uch yillik, besh yillik, deb ataluvchi boshqa mamlakatlarga yurishlari bilan xarakterlanadi.Yigirma yil (1371 — 90) mobaynida Sohibqiron Moʻgʻulistonga yetti marta yurish qilib, moʻgʻul hukmdorlari Anqotoʻra va Kamariddin ustidan gʻalaba qozondi. Shu zaylda Amir Temur Movarounnahr va Xorazmda ichki tarqoqlik, oʻzaro nizolar, shuningdek Moʻgʻuliston tomonidan boʻlib turgan tazyiqqa chek qoʻyib, ushbu hududda yashovchi elu elat va xalqlarni yagona davlatga birlashtirdi
2.20-asrning 50–80-yillarida Oʻzbekiston SSRda turli sanoat korxonalari qurilgan, yangi shahar va posyolkalarga asos solingan. Mirzachoʻl va boshqa choʻllarning oʻzlashtirilishi natijasida ekin maydonlari kengaygan. Xalqning turmush darajasi muayyan darajada yaxshilangan. Ayniqsa, Oʻzbekiston iqtisodiyoti markaz manfaatlariga boʻysundirilgan. SSRIning agrar respublikalaridan biriga aylangan Oʻzbekiston SSRda paxta yakkahokimligi oʻrnatilgan. XX asrning 60-yillarida Orol dengizining qurishi boshlandi va u mintaqadagi ekologik muhitga jiddiy zarar yetkazdi.
3.XX asrning 80-yillari boshlariga kelganda sovet rejimi, uning siyosiy tizimi va xoʻjalik yuritish usullari oʻzining rivojlanish imkoniyatlarini tugata boshlagan. Oʻzbekiston SSR iqtisodiyoti ham, katta xom ashyo va tabiiy boyliklar zaxirasiga ega boʻlishiga qaramasdan, SSRIning markaziy hududlaridan juda tez ortda qola boshlagan.Oʻzbekiston SSRning ijtimoiy-siyosiy hayotida 1984-yil 23-iyunda boʻlgan Oʻzbekiston Kompartiyasi MK 16-plenumi mashʼum rol oʻynagan. Moskva tashabbusi va koʻrsatmasi bilan tashkil qilingan bu plenumda qabul qilingan hujjatlar Oʻzbekiston SSRda oʻzbek xalqini asossiz badnom etish kompaniyasini boshlab berdi
2-билет
1. O’rta Osiyo sivilizatsiyasi turli hududlarda turli davrlarda paydo bo’ldi va rivojlandi. Misol uchun, janubiy hududlarda yashagan qadimgi qabilalar miloddan avvalgi VI ming yillikdayoq dehqonchilikka o’tib, unumdor xo’jalikni rivojlantirgan bo’lsalar, bu davrda shimoliy hududlardagi qabilalar asosan ovchilik, baliqchilik va chorvachilikning ilk shakllari bilan shug’ullanganlarBronza davri yutug’lari: Ko’pchilik tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda bronzaning vatani Kichik Osiyo va Mesopotamiya bo’lgan. Mil. avv. III ming yillikka kelib, O’rta Osiyo hududlarida bronza qurollar keng tarqaladi. O’zbekiston hududlarida bronza davri yodgorliklari ko’plab uchraydi. Bu davrga mansub madaniyat izlari dastlab Xorazm, keyinroq esa Zarafshon va Qashqadaryo hamda Farg’ona vodiylaridan topilgan.Ulardan eng yiriklari Sopollitepa, Jarqo’ton, Tozabog’yob, Zamonbobo, CHust, Amirobod yodgorliklaridir
2. Amir Temur vafotidan soʻng u tuzgan saltanat vorislar oʻrtasidagi nizolar natijasida zaiflasha boshladi. 1405-yilning 16 mart kuni Mironshohning oʻgli Xalil Sulton Samarqandni egallab, oʻzini Movarounnahrning hukmdori deb eʼlon qiladi. Oqibatda shahzoda, amir va viloyat noiblarining noroziligi kuchayib, isyon va galayonlar koʻtariladi. 15-asrning 20y.larida bu ulkan mamlakat 2 davlatga boʻlingan edi. Ulardan biri Amudaryodan janubida joylashgan boʻlib, uni Shohrux boshqargan (markazi Hirot sh.) edi. Ikkinchisi esa, Amudaryodan shimolida — Movarounnahr va Turkistonda vujudga kelib (poytaxti Samarqand sh.) uni Ullugʻbek idora etgan edi

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling