Тошпмининг 2003-2010 ўқув йили Педиатрия факультети бўйича фанлар рўйхати ва уларнинг соати


Download 0.65 Mb.
bet5/24
Sana19.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1624892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Tarix gos

3 savol Мустақиллик шароитида Ўзбекистон парламенти. Олий Мажлиснинг кўп партиявийлик асосида шаклланиши. Олий Мажлиснинг тузилиши, вазифалари ва фаолияти. Икки палатали парламент тузиш тўғрисидаги O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi. Mustaqillik qo‘lga kiritilgan
dastlabki kunlardayoq O‘zbekistonda demokratiyani taraqqiy toptirish uchun
hozirgi zamon jahon standartlariga javob bera oladigan samarali va ishchan
parlamentni shakllantirish zarurati yuzaga keldi.
Demokratik tamoyillar va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
uchinchi tamoyili – davlat hokimiyatining uch tarmoqqa bo‘linishi nuqtayi
nazaridan O‘zbekiston davlat hokimiyati tizimi qonun chiqaruvchi, ijro
etuvchi va sud hokimiyatlariga bo‘linishi qonunlashtirildi.
Prezident
Oliy Majlis Vazirlar Mahkamasi Sud
Uch hokimiyatdan har biri faoliyatda mustaqil bo‘lib, ayni vaqtda birbiri
bilan chambarchas bog‘liqdir. Prezident har uchala hokimiyat faoliyatini
muvofiqlashtiruvchi mustaqil organ hisoblanadi.
Parlamentarizmning rivojlanishi bosqichma-bosqich amalga oshirib
borildi. O‘zbek parlamentarizmi tarixiga nazar solsak, 1990–1994-yillarda
mamlakatimiz parlamenti Oliy Kengash nomi bilan atalib, 150 deputatdan
iborat edi. 1995–2004-yillarda Oliy Majlis nomi bilan atalgan 250 deputatdan
iborat bir palatali parlament shakllantirildi. Bir mandatli hududiy saylov
okruglaridan saylangan deputatlar tarkibida Xalq demokratik partiyasidan,
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan, “Vatan taraqqiyoti” partiyasidan,
“Milliy tiklanish” partiyasidan deputatlar bo‘lib, ilk bor parlament fraksiyalari
tashkil etildi.
2005-yildan boshlab mamlakatimiz
tarixida ilk bor O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi ikki palatadan –
Qonunchilik palatasi (quyi palata) va
Senatdan (yuqori palata) iborat tarzda
ish boshladi. Bu 2002-yil 27-yanvarda
o‘tkazilgan referendum va shu asosda
qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida” va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunlar
asosida amalga oshirildi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling