To‘siqlarga qaramay sevdik "Factor press" nashriyoti Toshkent-2021


Download 154.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/75
Sana25.10.2023
Hajmi154.05 Kb.
#1719507
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   75
Bog'liq
To\'siqlarga qaramay sevdik Mirach Chag\'riy Oqtosh

Mirach Chag'ri Oqtosh
tio'lim bo'shashdi. Ular men tomonga yaqinlashishdi. Ilk 
(liqqatimni tortgan narsa uning iforining o'zgargani bo'ldi. 
"Xo'sh, bizga ham beradigan moychechaging bordir?” 
dedi beadab yuz ifodasi bilan tabassum qilgancha, stolim 
iistidagi moychechaklarga ishora qildi.
Men ham “Bizda moychechaklar munosiblarga 
tortiq qilinadi" dedim. "Menga sevaman dema, men 
bilan turmush qur" degan kitobimni oldimga qo'ydi 
va "Ulkan muhabbat bilan Zumrodan Jan uchun...” 
deya dastxat qo'yib berolasanmi, dedi. O'sha damda 
bir kitobga, bir Zumroga, bir Janning hech narsadan 
bexabar yuziga boqdim. Afsuski, dastxat qo'yishga 
majbur bo'ldim. Boshqa hech narsa deyolmadim. Kitobga 
dastxat yozib bo'lganimdan keyin stolning ustida turgan 
moychechaklardan ikki donasini oldi va birini kulgancha 
)anga uzatdi. Ular ketganidan so'ng, men ham bir-ikki 
daqiqaga ijozat so'rab, gavjumlikdan tashqariga chiqdim. 
Hojatxonaga 
kirib, 
eshigini qulflagancha o'sha yerda 
nafasim bo'g'ilib qolguncha yig'ladim. Birov eshitmasin 
deb sassiz yig'ladim. Mening qalbimni shu tarzda sindirib, 
shu tarzda yoqib, shu tarzda azoblab, boshqa bir jonga 
hayot beradigan darajada shafqatsiz insonni deb o'sha 
kuni o'zimni shu qadar nochor his qil dim. Keyin esa yuz- 
qo'limni yuvib, xuddi hech narsa bo'lmagandek o'sha 
kunga yakun yasadim. U o'sha kuni meni azoblash uchun, 
yaralash uchun, yerga urish uchun qo'lidan kelganini 
qilgandi. Oradan shuncha vaqt o'tib, qarshimdan nega 
bu yo'sinda chiqqaniga tushunolmasdim. Zumroni sevib 
yurgan vaqtlarim Merich degan yigit mening o'rnimni
69


To'siqiarga qaram ay sevdik
egallagani uchun g'azablanib yurardim. Ammo endi bilsam 
bekorga g'azablangan ekanman. Nomussizlik bu qizning 
qonida bor ekan. Hozirgi sevgilisidan ham qandaydir 
maqsadda foydalanayotgan edi, lekin yigit sho'rlikning 
bundan xabari yo'q edi.
Bilasiz, ayrim insonlar bor insonlarning tuyg'ulari 
bilan 
o'ynashdan, 
ularni 
azoblashdan, 
chilparchin 
qilishdan va yaralashdan huzurlanishadi. Sindirgan 
qalbining ohidan, puchga chiqargan har xayolining 
o'limidan zavqlanishadi. Ana o'sha insonlardan biri 
Zumro edi. Uni tanigan kunimga la'natlar yog'dirdi. Ammo 
hammaga Xudo bor. Bir kuni qilgan ishlarining badalini 
to'lashadi.

Download 154.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling