Toskent viloyat davlat pedagogika instituti
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
jahon mamlakatlarining iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi(1) 130620082611
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tog’ konlari sanoatida
- Tabiiy sharoiti va resurslari
- Tuproq va ŏsimlik qoplami
- Uslubiy ta’minot
- Tabiiy sharoiti va resurslari.
Gazning aniqlangan zonasi 2,5 trli.m 3 ni tashkil qiladi. 3/5 qismi Molayziya bilan Bruneyga, 2/3 qismi Indoneziyaga tŏg’ri keladi. Kolimanton orolining g’arbda va janubida va Luson orolida Uran konlari ham topilgan. Iqlimi. Region issiq subekvatorial va ekvatorial iqlimga ega. Ekvatorial kenglikda yog’inlar yil bŏyi 2000-3000mm. Subekvatorial oblastlarda Musson havo massalari ta’sirida bŏladi. Shimoliy yarim sharda yog’irgarchilik yozda, janubiy yarim sharda – qishga tŏg’ri keladi. Ichki suvlari. Daryo tarmoqlari juda zich. Yirik daryolaridan Likong, Saluin, Irovadi, Linom-Chao-Priya uzunligi 1 ming dan 4.5 ming km.gacha. daryolar asosan yomg’ir suvlaridan tŏyinadi. Daryo yog’ingarchilik davrida tŏlib toshib ŏzining ŏzanidan chiqib ketadi. Shu daryolar daryo transportida ham xizmat qiladi. Tuprog’i. Regionning katta turritoriyasida qizil-sariq tuproqlar tarqalgan. Qizil-sariq tuproqlarning unumdorligi past dehqonchilikda u erlarga mineral ŏg’itlar ishlatish kerak. Almovial tuproqlarning unumdorligi yuqori. Ŏsimliklari. Territoriyaning katta qismi doimiy yashil nom tropik ŏrmonlar bilan qoplangan. Tropik ŏrmon yog’ochsozlik turi bŏyicha janubiy sharqiy Osiyo dunyoda Broziliyadan keyin 2-chi ŏrinda turadi. Doimiy yashil nom tropik ŏromnlarda temir daraxti, qizil, qora va boshqa nomli ŏziga yuqtirmaydigan turlari keng tarqalgan. Aholisi. Regionda Mongoloid va Avstroloid irqiga mansub bŏlgan aholi tarqalgan. Kŏp millatli Birmaliklar, Tailandda Tay xalqi, Indoneziyada (Yavanliklar sund), Madur (va boshqalar). Filippinda (visayya, tagal, ilox, bikolo, ifugao, moro va h). Malayziya va Singapurda Malayziyalik tarqalgan 47%, Xitoyliklar 34% va boshqa joylardan kelgan 9%. Davlat tili Birma, Tailand, Indoneziya va Kampuchiyada 1 xil bŏlsa, boshqa davlatlarda bir nechta davlat tili mavjud. Regionda musulmon dini, Budda dini, Filippinda Xristion dini, Induizm dinlari tarqalgan. Aholi juda tez ŏsmoqda, yiliga 2-3%, har 28 yilda aholi 2 barobar kŏpayadi. Aholining 2H5 qismi yoshlarni tashkil qiladi. Ŏrtacha umr kŏrish 40-60 yosh. Singapurda ŏrtacha umr kŏrish 70 ga yaqinlashmoqda. Regionda 60% yaqin aholi mehnatga yaroqli, lekin shundan 40% iqtisodiy aktiv aholi. Janubiy sharqiy Osiyoda aholi zich joylashgan, ŏrta zichlik 80 kishi 1km 2 . D avlatlar ŏrtasida aholi zichligida bir-biridan farq qiladi. Singapur, Filippin, Tailand, Indoneziyada aholi zichligi yuqori. Yava orolida aholi zichligi zich joylashgan 650 kishi 1 km 2 . Singapurda 1km 2 ga 4000 kishi tŏg’ri keladi. Shaharlarda ayniqsa Poytaxt shaharlarda Manila (7.7 mln) Djakarta (6.6mln) Bongok (5mln) Ranchun (2.4 mln) va h.k. Sanoati. Sanoat jami moddiy boylikning 20%ni beradi. Unda 1/10 iqtisodiy aktiv aholi band. Kŏpgina davlatlar engil sanoat asosida industerialashtirilgan. Engil sanoat tarmoqlari uchun anjomlar, mashinalar, yarim fabrikatlar, chetdan keltirilmoqda. Singapur, Malayziya, Filippin, Tailandda og’ir sanoat va engil sanoat yaxshi rivojlandi. Ba’zi davlatlarda kichik fabrikalar, korxonalar hali ham mavjud. Energetika . Regionda sust rivojlangan energobalansida neft asosiy ŏrinni egallaydi. Ishlab chiqarilgan energiyaning 4/5 qismi neftga tŏg’ri keladi. Bruney, Indoneziya, Molayziya va Birma davlatlari elektroenergiyaga bŏlgan ehtiyojini qondiradi. Neft hisobiga qolgan davlatlar Singapur, Tailand, Filippin chetdan keltiradigan xom ashyolar hisobiga ishlab chiqaradi. Regionda dunyo bŏyicha yirik neftni qayta ishlaydigan markaz Singapur yiliga 50 mln.t neftni qayta ishlaydi. Neftni eksportga ham chiqaradi. Yirik neft zavodlari Filippinda, Indoneziya, Molayziya, Bruney va Tailandda gazni suyultiradigan korxonalar ham mavjud. Suyultirilgan gazni chetga chiqarish bŏyicha Indoneziya dunyoda birinchi ŏrinda turadi. Kŏmir va Gidroenergiya resurslari energiya balansida salmog’i kam. Tog’ konlari sanoatida asosiy tarmoq neft, gaz, nikel rudalari, qalay va boksit va temir rudalari hisoblanadi. 80-yillarda regionda 100 mln.t.ga yaqin neft qazib olindi. (kapitalistik davlatlarning 4% tashkil qiladi). Shu jumladan Indoneziya – 80mln.t. Molayziya va Bruney – 12mln.t. Molayziya va Indoneziya butun kapitalistik mamlkatlarda olingan qalayning 2/3 beradi. Tailand ham qalay koniga ega. Janubiy sharqiy Osiyoda (Tailand) vol’from, xrom (Filippin) nikel va mis qazib oladi va chetga chiqaradi. Qora metallurgiya kam rivojlangan tŏla tsiklga ega bŏlgan metallurgiya zavodlari Singapur va Molayziya, Filippin, Tailand hamda Indoneziyada qurilmoqda. Bu zavodlarning quvvati uncha katta emas. Rangli mutallurgiya. Rangli metallar qazib olinadi va boyitilib jahon bozoriga olib chiqiladi. Qalay Molayziyada, Tailand, mis, Filippinda quyiladi. Mashinasozlik va metalni qayta ishlash korxonalar chetdan keltirilgan qismlarni yig’ish va remont qilishga mŏljallangan mashinasozlikning asosiy tarmoqlaridan elektronika, elektrotexnika, transport mashinasozligi, (kemasozlik, samolyot va kemalarni remont qilish) Optika, soatsozlik, meditsina apparatlari ishlab chiqarish rivojlangan. Ximiya sanoati regiondagi mavjud neft va gaz xom ashyolariga asoslangan. Sintetik tola, Kauchuk, Plastmassa, formatsevtika, Parfmeriyalar ishlab chiqariladi. Rezinatexnika sanoatida Kauchuk muhim rol ŏynaydi. Markazi- Singapur hisoblanadi. Singapur va Filippinda yog’ochni qayta ishlovchi va tsellyuloza- qog’oz sanoatini rivojlantirilmoqda. Engil sanoat. Oziq-ovqat va tŏqimachilik tarmoqlari jami mahsulotning 2/3 beradi. Rivojlangan tarmoqlaridan sholini qayta ishlash, qand, tabak, yog’-moy, qishloq xŏjalik mahsulotlarini qayta ishlovchi tarmoqlar rivojlangan. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar ichki bozorda sotiladi. Qishloq xŏjaligi kŏp davlatlar uchun qishloq xŏjalik tarmog’i iqtisod asosiy ŏrinni egallaydi. Jami moddiy boylikning 40% (Birmada 80%)ni qishloq xŏjalik tashkil qiladi. Eksportida 50%, 2/3 iqtisod aktiv aholi qishloq xŏjalikda band. Qishloq xŏjalikda foydalaniladigan erlarni aholi jon boshiga taqsimlaganda Indoneziyada 0,2ga.dan Birmada 1 ga.gacha tŏg’ri keladi. Dehqonchilik qishloq xŏjalikning asosiy tarmog’i hisoblanadi. Erlar asosan daryo vodiylarida, tog’ oldi rayonlarida joylashgan. Asosiy oziq-ovqat ekinlaridan sholi, qishloq xŏjalikda ishlanadigan erning 1/3 qismi sholi ekish uchun band. Danyoda etishtiriladigan sholining 15%ni beradi. Taxminan 1980-85 yillarda 70 mln.t.sholi etishtirdi. Shu jumladan Indoneziya – 29, Tailand – 18, Birma – 13 mln.t. va x.k. Bundan tashqari Kosonyog’i, choy, geveya, kopra, shakar qamish va boshqa ekinlar ekiladi. Chorvachilik tarmog’i hamma joyda ham bir xil emas. Asosan Buyvol keng tarqalgan. Qishloq xŏjalikda ishlatiladi. Chŏchqa, parranda rivojlangan. Baliqchilik yaxshi rivojlangan. Tailand, Indoneziya va Filippin davlatlari dunyoda baliq tutish bŏyicha oldingi ŏrinda turadi. Transport. Temir yŏl va avto yŏllar uncha rivojlanmagan. Temir yŏl qurilish X1X asr oxirlarida boshlangan. Neft va gazga boy davlatlarda boshqa aloqani Yaaoniya AQSh, Saud-Arabistoni va EES davlatlari bilan olib boradi. Singapurda Rossiyaning kemalari remont qilinadi. Bruney va Indoneziyada truboprovodlar rivojlangan Singapur truboprovod orqali Djoxor bŏg’ozi orqali Molayziyadan ichimlik suvi oladi. Janubiy sharqiy Osiyo uchun eng qulay transport dengiz transporti. Har yili portlarda xalqaro yuklar 300mln.t.gacha etadi. Shundan 2/3 eksportga jŏnatiladi. Yirik portlardan Singapur, 1983 yili jahonda yuk qabul qilishda va jŏnatishda 3-chi ŏrinni egalladi. Kuniga 100ga yaqin kemalarni qabul qiladi. Urushdan keyin Aviatsiya transporti ham yaxshi rivojlandi. Yirik xalqaro portlardan Singapur, Molayziya, Filippin, Tailand davlatlarida joylashgan. Tashqi aloqalari. Tashqi aloqa markazlariidan Singapur, Bruney hamda Molayziya davlatlari hisoblanadi. Region ¾ qalay, 9/10 Kauchuk va ½ ŏsimlik yog’i, rangli metal, neft, neft mahsulotlari ------ - konservalar chiqaradi. MAVZU: JANUBIY OSIYo Maydoni – 4.5 mln.km 2 Aholisi – 900 mln. dan ortiq Region Evrosiyo materigida joylashgan. Ximolayning janubida hamda Xind okeanidagi orollar kiradi. Region janubiy Osiyo yoki Xindiston subregioni deb ataladi. Xindiston bilan Pokiston sobiq SSSR bilan (Tojikiston) Afg’onistonning kengligi 17dan 35 km.gacha bŏlgan territoriyasi bilan ajralib turadi. 1498yil Portugaliya ekspeditsiyasi Vasko-da Gamma Evropadan dengiz orqali Xindistonga yŏl oldi va bu erni Evropa davlatlari bosib ola boshladi. XU11 asrda mustamlaka davlatlar ŏrtasida Portugaliya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya va Frantsiya davlatlari ŏrtasida kuchli konkurentsiya boshlandi. Natijada Angliya g’alaba qozondi va X1X asrda yirik mustamlaka Britaniya Hindistoni tashkil etdi. Janubiy Osiyoda Buyuk Britaniya ŏzining ta’sirini kengaytira bordi. Tseylonda – Portugallar bilan Gollandlar ŏrniga Niglizlar keldi va bu erni egallab oldi. Bundan tashqari Nepol, Buton, Sikkim Knyazligi shu kabi Mol’div sultonligi ustidan ŏzlarining xukmronligini ŏrnatdi. 2-chi jahon urushidan keyin Butun jahon Koloniol’ sistemasining tugatilishi natijasida janubiy Osiyo davlatlari ham ozodlikka erishdi. 1947 yili Britaniya Hindiston davlatini ozod qilishga majbur bŏldi. Natijada 2ta yangi davlat bunyod bŏldi. Hindiston va Pokiston. Territoriyani bŏlishda Indoizm diniga mansub bŏlgan aholi joylashgan territoriya Xindiston Islom diniga esa Pokiston ajratiladi. 1950 yili Hindiston konstitutsiyasi qabul qilindi Hindiston respublikasi yoki Bxarot (eski nomi) deb e’lon qilindi. 1956 yili Pokiston Islom respublikasi e’lon qilindi. Pokistonning tarkibida 2ta territoriyada yashovchi har xil xalq va millatlarni tashkil etuvchi ekonomikasi kam bog’langan provintsiyalar g’arbiy va sharqiy Pokiston birlashadi. 1971 yili sharqiy Pokistonning milliy ozodlik harakati g’arbiy Pokistonning harbiy rejimini tugatdi. Sharqiy Pokiston ŏrniga mustaqil Bangladish xalq respublikasi tashkil topdi. Bu tan xolda Sikkii davlatlari ham ozodlikka erishdi. 1974 yili Sikkii Xindistonning sostaviga avtonom shtat miqyosida kirdi. 1972 yili Britaniyaning dominioni bŏlgan Tseylon (1948y mustaqillikga erishgan) Shri-Lanka respublikasi deb e’lon qildi. Mol’div orolida saqlab qoldi. 1965 yili mustaqillikka erishdi va sultonat deb e’lon qilindi. 1968 yili respublikaga aylandi. 1950 yili Nepol mustaqil davlat bŏldi. № davlatlar maydoni ming. km 2 1 Xindiston 3287.9 710 res-ka Deli 2 Pokiston 803.9 88 fed.res Islomobod 3 Bangladesh 143.9 96 res-ka Dakko 4 Shri-Lanka 65.8 15.2 res-ka Kolonbo 5 Nepol 14.8 14.6 kons.monar Kitmondu 6 Buton 47 1.3 monarxiya Tximpxu 7 Mal’div orol 0.3 0.143 res-ka Mole Tabiiy sharoiti va resurslari. 3ta tog’ tizmalari sistemasi shimolda yosh Himolay uzunligi 1. 2400km kengligi (eniga 200-350km) 2. Nepol bilan Xitoy chegarasida Djom------ (8848m) 3. Janubda qadimgi qalqon Dekan yassi tog’i davomi Shri-Lanka joylashgan. Qazilma boyliklari. Mineral boyliklardan temir, marganets rudalari, boksit, seyuda, tosh kŏmir Dekan yassi tog’ligida tarqalgan Grafit koni (Shri-Lanka) Indo-Gang tekisligida, dengiz bŏyi rayonlarda va shel’flarda neft va gaz konlari mavjud. Osh tuzi (Xindiston, Pokiston, Bangladesh) Iqlimi. Musson tropik va subtropik xarakterga ega bŏlgan iqlim xukmroni. Yanvar ŏrtasida t - rasi Xindiston shimolida 20 0 janubida 27-29 0 . eng issiq havo iqlim mart-may oylarida (markaziy rayonlarda t- ra 40 0 dan oshadi) yozgi janubiy g’arbiy musson quruqlikka namga tŏyingan havo massasini olib keladi va yog’ingarchilik bŏladi yiliga 2- 3 ming.mm (ba’zi joylarda 8-12 ming.mm) Daryolari. Hindiqush, Karokorum tog’ tizmalaridan boshlanadigan Ind, Gang, Braxmatutra daryolari eng sersuv daryolar hisoblanadi. Sug’orishda muhim rol ŏynaydi. 1950 yili nepol mustaqil davlat bŏldi. Tuproq va ŏsimlik qoplami. Boy odamlarning ta’siri natijasida keskin ŏzgargan. Hozirgi kunda maydonining 1/10 ŏrmon bilan qoplangan. Namli ketarli oblastlarda doimiy yashil tropik ŏrmonlar tarqalgan. Quruq rayonlarda Dekoi yassi tog’ligida Pokiston va Shri- Lanka shahrida tikonli bŏtalar ya’ni chŏl zonalariga mos ŏsimliklar ŏsadi. Janubiy Osiyo er resurslariga juda boy. Tuprog’i juda unumdor erlar Indo-Gang tekisliklarda tarqalgan. Ba’zi erlar notŏg’ri foydalanish natijasida eroziyalarga yoki botiqliklarga, shŏrlanish darajalari ortib ketmoqda. Ekologik problemalar paydo bŏlmoqda. Aholisi. Maydoni er sharining 3% tashkil qilib Jahon aholisining 20% yashaydi. Yillik tabiiy ŏsish 2.2 -2.6%. aholisi yosh. Yoshlar (15 yoshgacha) 40%, Bangladesh va Pokistonda 45% tashkil qiladi. Erkaklar ba’zi bir davlatlarda ayollarga nisbatan kŏpchilikni tashkil qiladi. (51-51,5%) ŏrtacha umr kŏrish uncha yuqori emas. Bangladesh – 40 yosh Hindiston – 55 yosh Shri-Lanka – 65 Ŏrtacha zichligi 1 km 2 ga 200 kishi. Tekisliklarda zichlik yuqori Dakka – 1500 kishi Hindiston – 200 kishi Pokiston – 110 kishi Ikkita til oilasiga – Indoevropa va Drovid. Kŏpchilikni Indoevropa oilasiga mansub xalqlar Xindistonliklar (180mln) Hindistonda (shimoliy Hindi davlat tili) Belgallar (140 mln) Bangladnsh, g’arbiy Bengaliya, Peidshabliklar (70 mln) Pokiston- Xindiston Biharlar (70 mln) Marotxi (50 mln) Xindiston. Dravid oilasiga mansub xalqlar Xindiston janubidagi Telegu (55 mln) Tamillar (50 mln). Pokistonda Urdu,Pandjobliklar, Pushtunlar, Shri – Lankada aholining 2/3 qismi Singallar, ¼ qismi tamillar, Shri - Lankada davlat tili Singal va Tamil tillari hisoblanadi. Nepalda aholining yarmidan ortig’i Nepalliklar yoki Gurkxi halqlari hrsoblanadi. Bangladesh davlatining halqi bir xil halq aholisining 98 foizi bengallar. Bangladeshda davlat tili Bengal tilidair. Regionda iqtisodiyotiga, madaniyatiga va siyosatiga kuchli ta’sir etuvchi har xil dinlar tarqalgan. Induizm dini Hindiston, Bangladesh, Shri - Lanka, nepalda tarqalgan. Ikkinchi yirik din Islom dini Pokiston, Bangladesh, Mal’div respublikasi va Hindistonnnig ma’lum bir qismida tarqalgan. Shri – Lanka, Butan davlatida Buddizm dini tarqalan. Evropa va Amerikadan kelgan halqlar asosan Nosroniy diniga mansub halqlar hisoblanadi. Regionda aholi zichligi yuqori millioner shaharlar Kal’kutta – 9 mln kishi, Bombey – 8 mln, dehli – 5,5 mln, Madras – 4,5 mln, Qarachi – 4 mln, Dakka – 3,5 mln kishi yashaydi. Xŏjaligi Regionda arxeologik izlanishlar natijasida Hind – Gang past tekisliklarida (Eramizdan avvalgi 4 – 2 ming yil) Xarappa madaniyati qoldiqlari topilmoqda. Regionda qurilgan kŏp korxonalar Sobiq SSSR yordamida ishga tushirilgan.1973 yili Pokiston bilan sobiq SSSR ŏtasida shartnomalar tuzildi va Qarachi shahri yaqinida quvvati yiliga 1 mln. tonna metal quyadigan zavod qurilisha boshlandi va qurib ishga tushirildi. Kanada davlati bilan birga Pokiston davlati Qarachi shahrida quvvati 200 ming kVt.ga teng bŏlgan Atom elektr stantsiyasini qurib ishga tushirishdi. Hindiston va Bangladesh davlatlari jahon bozoriga zig’ir va zig’ir tolasidan olingan mahsulotlar etkazib berishda. Hindiston va Shri – Lanka esa choy etkazib berishda oldingi ŏrinda turadi.Bulardan tashqari Shri – Lanka tabiiy kauchuk, kokos pal’masi, sholi, bug’doy va boshqa ekinlar etkazadi. MAVZU: HINDISTON RESPUBLIKASI MAQSAD: Hindiston Respublikasi dunyo siyosiy xaritasida tutgan ŏrni. Hindistonning hududi, iqtisodiy geografik ŏrni, xududlar ŏrtasidagi tafovutlarni, tabiiy resurslar bilan ta’minlanganlik darajasini, aholi ŏrtasidagi tafovutlar, xŏjalik tarmoqlarining rivojlanishidagi sabab va oqibatlari yuzasidan talabalar bilimini oshirishda bilim va kŏnikma hosil qilish. Uslubiy ta’minot: Dunyo siyosiy xaritasi, atlas, adabiyotlar, namunaviy dastur, ishchi dastur. Mavzu rejasi: 1. Hindiston hududi, chegaralari, iqtisodiy geografik ŏrniga tavsif 2. Tabiiy sharoiti va resurslari 3.Aholisi 4.Xŏjaligining shakllanishi va rivojlanishi 5.Transporti 6.Tashqi iqtisodiy aloqalari Maydoni – 298 mln.km 2 Aholisi – 969,7 mln. kishi (1997y) Poytaxti - Dehli Hindiston Respublikasi xududiga Arabiston dengizidagi Lakkadiv orollari va Benga qŏltig’idagi Andaman, Nikobar orollari ham kiradi. Hindiston respublikasining iqtisodiy geografik ŏrni qulay joyda joylashgan. Evropadan Janubiy va Janubiy Sharqiy Osiyoga boradigan dengiz transporti, Janubiy G’arbiy Osiyodan Janubiy Sharqiy Osiyoga ŏtadigan quruqlik transporti yŏlida joylashgan. Tabiiy sharoiti va resurslari. Hindiston Respublikasining maydoni katta shimoliy janubga 3200km. g’arbdan sharqqa 2700km.ga chŏzilgan territoriyasining asosiy qismi Hind-Gang past tekisligidan va dekan yassi tog’lig’idan iborat. Qazilma boylikka juda ham boy va turlari ham kŏp. Toshkŏmirning aniqlangan zapasi 115 mlrd.t kokslanuvchi kŏmir zahirasiga uncha boy emas. Mamlaktning janubiy qismida qŏng’ir kŏmir joylangan (2mlrd.t) Sovet mutaxassislari yordamida neft topildi va ishga tushirildi. Bundan tashqari radioaktiv elementlardan tariy va Uran konlari ishga tushirildi. Temir rudasiga juda boy. 22 mlrd.t.sifati yuqori tarkibida temir miqdori kŏp. Hindistonda marganets rudalari ham keng tarqalgan. Hindistonda mavjud bŏlgan rangli metallar, olmos, qimmatbaho toshlar va oltin konlari hozirgi vaqtda tugash arafasida. Asosiy qazilma boyliklar mamlakatning shimoliy-sharqiy qismida joylashgan. Oris va Bixor shtatlari chegarasida temir rudasiga boy bŏlgan polosa tashkil qilgan. Butun jahonda muhim ahamiyatga ega bŏlgan konlardan Singbxum-Chxota–Nagpur platosida. Marganets rudalari ham bor. Shimolroqda Damodar daryosi vodiysida Bixar va G’ar Bengol shtatlarida toshkŏmir koni butun kŏmirning 2/3 zahirasi joylashgan. Broxmaputra daryosi vodiysida Assam shtatida Hindistondagi eng keksa konlaridan neft koni joylashgan. Hindistonning markaziy qismida Madx’ya-Pradem shtatining sharqiy qismida qora metal rudalari va toshkŏmir konlari mavjud. Hindiston g’arbida topilgan neft va gaz (Gudjara) shtati, Kombey, Ankleshvar konlari. Sanoatining rivojlanishiga katta ta’sir kŏrsatdi. Iqlimi musson subtropik va tropik iqlim xarakteriga ega bŏlgan iqlim xukmroni ŏrtacha yillik t-ra 23-28 0 qish oylarida tog’li rayonlarida t-ra 0 0 ga yaqinlashib qoladi. 80% yog’in yoz oylariga tŏg’ri keladi. Janubiy g’arbiy qismida musson (iyul’-sentyabr) Assom tog’larida yog’ingarchilik 12 ming mm Gang tekisligida 2500mm. Shimoliy g’arbiy qismida yog’in kam chunki bu erda Tar chŏli yiliga 150 mm. Suv resurslari. Gang daryosi Himolay tog’laridan boshlanadi. Yomg’ir va qor-muzliklardan tŏyinadi. Dekan tog’laridagi daryolar yomg’irdan tŏyinadi. Tuproq va ŏsimlik qoplami. Xududida yuqori umumdor allyuvial tuproqlar tarqalgan. Unumdorligi uncha yuqori bŏlmagan qizil va laterit tuproqlari aosan namgarchilik yuqori bŏlgan xududlarda tarqalagn. Hindiston xududining 1/5 qismi ŏrmonlar bilan qoplangan. Aholisi. Hindiston aholisi soni jihatidan Xitoydan keyin ikkinchi ŏrinda turadi. Aholisi ŏrtasida tug’ilish ming kishi hisobiga 33 kishini ŏlim esa 12-13 kishini tashkil etadi. 1950 yillari Hindiston hukumati tomonidan oilani rejalashtirish daturi ishlab chiqildi. Aholisining jinsiy tarkibida ham nomutonosibliklar mavjud bŏlib erkaklar salmog’i kŏpchilikni tashkil etadi. Aholisining ¾ qismi 35 yoshdan kichik yoshdagilar, 2/5 qismi esa 15 yoshdan kichiklarni tashkil etadi.Mamlakatda induizm va musulmon dinlari tarqalgan bulardan tashqari nosroniy va buddizm diniga etiqod qiladigan halqlar yashaydi. Davlat tuzimi. Hindistonning 1950 yil konstitutsiyasiga binoan - Federativ Respublika. Davlat boshlig’i – Prezident, qonun chiqaruvchi hokimiyat parlament (Halq palatasi va shtatlar kengashi), ijro etuvchi organ vazirlar mahkamasi.Bosh vazir boshchililida.. Hindiston ma’muriy siyosiy bŏlinishida 25 ta shtatga bŏlinadi. 1885 yili Hindiston milliy kongress partiyasi tashkil qilindi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling