Toskent viloyat davlat pedagogika instituti


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana05.09.2020
Hajmi1.03 Mb.
#128636
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
jahon mamlakatlarining iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi(1) 130620082611


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 
 
 
 
TOSKENT VILOYAT  DAVLAT  PEDAGOGIKA INSTITUTI 
 
 
 
    
  
 
 
 
 
 
 
 
«Jahon mamlakatlarining iqtisodiy va  
ijtimoiy geografiyasi» 
 
Ma’ruzalar matni
 
 
 
 
 
 
 
 
  
 
 
Bakalavriat yo’nalishi: 5140500- «Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari» 
                                               
 
 
 
 
 
 
 
ANGREN – 2007 
 
 
 

 
 
ANNOTATSIYA 
 
 Jahon  mamlakatlarining  iqtisodiy  va  ijtimoiy  geografiyasi  fanining 
mohiyati,  predmeti  va  vazifalari  siyosiy,  iqtisodiy,  ijtimoiy  geografiyaning 
tushunchalari.  Jahonning  siyosiy  kartasi,  tashkil  topish  bosqichlari.  Jahonning 
asosiy  regionlari  va  ularning  iqtisodiy  geografik  rivojlanishining  asosiy  sabablari 
va  ularning  geografiyasi.  Jahon  aholisining  o’sishi  dinamikasi,  migratsiyasi  va 
joylanishi.  Jahon  xo’jaligi  va  ularning  regional  farqlari,  Osiyo,  Yevropa,  Amerika, 
Afrika,  Avstraliya  va  Okeaniya,  Yevropa  va  uning  geografik  o’rni,  siyosiy  kartasi, 
Jahon  siyosati  va  iqtisodiyotida  tutgan  o’rni.  Germaniya,  Fransiya,  Buyuk 
Britaniya,  Italiya,  Sharqiy  Yevropa  va  Rossiya  davlatlariga  iqtisodiy  geografik 
tasnif. 
            
 
 
 
 
 
 
 
Tuzuvchilar :        katta o’qituvchi ___________   Xunarov A. 
 
 
 
Taqrizchilar: Geografiya fanlari nomzodi. _______ dots. Rahimov I.T. 
 
                Iqtisod fanlari nomzodi ________ dots.To’laganov I. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
 
 
SO’Z BOShI 
 
 
Jahonning hozirgi davridagi ijtimoiy siyosiy rivojlanishining tubdan uzgarishi, yuqori 
malakali mutaxassis geograflar tayyorlash tizimida bevosita uz aksini topmoqda. 
«Jahon  iqtisodiy  va  ijtimoiy  geografiyasi»  kursi  muxim  urin  tutadi.  Mamlakatning  jahon  
xujaligi  tizimida  iqtisosdashuvi,  yangi  ijtimoiy  –  siyosiy  vaziyat  sharoitida  jahondagi  Iqtisodiy 
munosabatlarning rivojlanish qonuniyatlarini ochib berishdan iborat. 
1.1. Jahon iqtisodiyotida mamlakatlar orasida Ŏzbekiston Respublikasining tutgan urni 
iqtisodiy va ijtimoiy xususiyatlari va kelajagini shakllantirishga ko’maklashadi.     
Dunyo  siyosiy  kartasidagi  mamlakatlar,  ularning  joylanishi,  xususiyatlari,  resurslari, 
aholisi, davlat tuzumi, xŏjaligi, sanoat tarmoqlari, qishloq xŏjalik va transporti, tashqi iqtisodiy 
aloqalari,  jahon  iqtisodiyotida  tutgun  ŏrni  haqida  tushunchaga  ega  bŏlishi  lozim.  Bulardan 
tashqari talabalar grafik ishlar, yozuvsiz kartalar bilan ishlash, diagrammalar tuzish, sxematik 
kartalar  bilan  ishlash  statistik  ma’lumotlarni  tahlil  qilish,  komp’terlar  bilan  jahon  xŏjaligi 
tarmoqlari bŏyicha hamda aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan yalpi sanoat mahsulotlarini tahlil 
qila bilishni nazarda tutadi. Talabalrni jalb qilgan holda qŏshimcha adabiyotlar, kartalar hamda 
qŏshimcha  ma’lumotlardan  foydalanib  mamlakatlardagi  mavjud  ŏzgarish  xŏjalik  tarmoqlari 
kŏrsatichlarini ŏrganib solishtirib borishni taqoza etadi. 
1.2.  Ayrim  mavzularda  guruhlarda  tematik  seminarlar,  yangi  pedagogik  texnologiya 
asosida mustaqil darslarni ŏtkazish ham mumkin. Talabalar reyting tizimini amalga oshirishda 
yuqoridagilarga e’tibor berish lozim.    
Jahon  mamlakatlari  iqtisodiy  va  ijtimoiy  geografiya  fanining  boshqa  fanlar  bilan 
aloqasi  
Mazkur  fan  5140500  geografiya  va  iqtisodiy  bilim  asoslari  yŏnalishidagi  qyidagi  fanlar 
bilan  bogliq:  iqtisodiyot  nazariyasi,  umumiy  yer  bilimi,  ekologiya,  materiklar  va  okeanlar 
geografiyasi.   
 1.3. Jahon mamlakatlarining boshka fanlar bilan alokasi: 
-  Turkiston geografiyasi 
-  Markaziy Osiyo geografiyasi 
-  Uzbekiston iktisodiy va ijtimoiy geografiyasi 
-  Axoli geografiyasi 
1.4. Jaxon mamlakatlarining iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fanini ukitish semestrlari va 
uslubiy kursatmalar 
2-kurs, 4-5-6-semestr mobaynida  178   soatlik mashgulotlarida ta’lim olishadi. 

1.5. Umumiy ukuv ishlari buyicha xajmi 4-semestrda 64 soat xaftasiga 3 soatdan, 18 soat 
ma’ruza,  20  soat    amaliy  mashgulot,  26  soat  mustakil  ish,  2  marta  OB  3  marta  JB, 
1marta YaB topshirishadi. 
 
 
 MAVZU:  JAHON MAMLAKATLARINING  IQTISODIY VA  
IJTIMOIY GEOGRAFIYASI FANINING  
MAQSAD VA VAZIFALARI 
 
MAQSAD: Jahonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi ijtimoiy geografik fan bo’lib, u aholi va 
хo’jalikni  umuman  butun dunyoda,  ayrim  хududlar,  mamlakatlarda  rivojlanish  va  joylashish 
qonuniyatlarini    tadqiq  эtadi.  Iqtisodiy  va  ijtimoiy  geografiyaning  umumiy  masalalriga, 
jahonning  хududlar  bo’yicha  iqtosdiy  va  ijtimoiy  geografiyasiga,  insoniyatning  umumjahon 
muammolarini taъriflashga bioimlarini umumlashtirish. 
 
USLUBIY TAЪMINOT: Dunyo siyosiy kartasi. Maъruza matni , adabiyotlar. 
 
REJA:   
1. Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fanininig maqsadi 
2. Jahon iqtisodiy  va ijtimoiy geografiyasi fanining vazifalari 
3. Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasining tadqiqot uslublari 
4. Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasining boshqa fanlar bilan aloqasi. 
Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi ijtimoiy geografik fan bo’lib, u aholi va хo’jalikni 
umuman  butun  dunyoda,  ayrim  hududlar  mamlaktalarida  rivojlanish  va  joylashish 
qonuniyatlarini tadqiq эtish. 
Bu fan хalqaro munosabatlarga, insoniyat va jamiyat bilan tabiatning o’zaro aloqalari, 
butun  jahon  muammolariga  oid  masalalarga  ham  to’хtalib  jahon  taraqqiyotining  hozirgi 
kundagi  rivojlanishini  yaqindan  tushunchaga  yordam  berish.  Jahon  iqtisodiy  va  ijtimoiy 
geografiyasining tarkib topishi jahonning ko’pgina georaf olimlari bilan chambarchas bog’liq. 
Bu fanning taraqqiyoti N.N.Baranskiy, (1881-1963) va I.A.Vitver, (1891-1966) I.M.Mayergoyz 
(1908-1975) nomlari bilan bog’liq. 
N.N.Baranskiy iqtisodiy va ijtimoiy geografiyanirivojlantirishda katta хissa qo’shib 1-chi 
bo’lib  MDU  va  iqtisodiy  va  ijtimoiy  geografiya  kafedrasini  tashkil  эtdi.  Jahon  iqtisodiy  va 
ijtimoiy  geografiya  rivojlantirishda      I.A.Vitver  “Dunyo  хo’jaligi  va  tariхiy  geografiya 
muammolarini yoritib berdi. 
 I.M.Mayergoyz  “SHahar  va  sanoat  geografiyasi”  iqtisodiy  va  ijtimoiy  geografik  o’rni 
muammosini ishlab chiqdi.  
Dunyo  хo’jaligining  shakllanishi  juda  uzoq  vaqt  tariхiy  davrlar  yaъni  ibtidoiy  jamoa 
tizimidan  to  hozirgi  zamon  ЭХMning  rivojlangan  davrigacha,  ishlab  chiqarish  kuchlarining 
shakllanishi, rivojlanishi, tabiat va jamiyat o’rtasidagi rivojlanishi va aloqaning keskin o’zgarib 
borishi. 

Jahon  iqtisodiy  va  ijtimoiy  geografiyasi  fani  vazifasi  dunyo  aholisi  va  хo’jaligi,  ayrim 
mamlakatlar  хo’jaligining  shakllanishi  va  rivojlanishi  ularni  joylashtirish  qonuniyatlarini 
o’rganadi.  Mamlakatni  iqtisodiy  хo’jalikni  rivojlantirish  muammolari.  Хalqaro    geografik 
mehnat taqsimotining rivojlanish darajasi, ishlab chiqarishni joylashtirish, tabiiy resurslardan 
oqilona foydalanish muammolarini echimini topadi. 
Iqtisodiy va soцial yoki umumjahon anъanalariga mos ravishda ijtimoiy geografiya fani 
tizimini aholi nihoyatda muhim va markaziy o’rinni эgallaydi. Aholi ushbu fanning ichki o’zak 
bo’lagi,  qanoti  sifatida  хizmat  qiladi.  Jahon  geografiyasida  ham  aholiga  эъtibor  juda  kuchli 
bo’ladi. 
Geografik tadqiqotlarda aholining shahar va qishloq joylarida taqsimlanishi ham tahlil 
эtilmog’i  lozim.  Bunda  aholining  necha  foizi  shahar  yoki  qishloqlarda  qiyosiy  o’rganish 
nazarda tutiladi. SHuninigdek shahar va qishloqlar turi va tizimi, ularning katta- kichikligi, turli 
vazifalar bo’yicha taqsimlanish, aholi manzilgohlarining zichligi, ular o’rtasidagi masofa kabi 
masalalar ham o’rganiladi. 
Geourbanistika yoхud shaharlar geografiyasi aholi va aholi manzilgohlari va umuman 
iqtisodiy  va  soцial  geografiyaning  эng  rivojlangan  yo’nalishidir.  SHaharlar  boshqa  iqtisodiy 
geografik  obъektlarga  qaraganda  o’zining  yaхlit.  Darhol  ko’zga  tashlanib  turishi  bilan 
farqlanadi.  Buning  sababi  ularning  ishlab  chiqarishni,  ijtioiy-iqtisodiy  voqealikni  хududda 
geografik  kartada  o’ziga  хos  tasvirlanishidir.  Maъlumki  iqtisodiy  kartalarda  asosan  uch 
хududiy shakl ko’rsatiladi: chiziqlar yo’llarga mos kelsa, areal yoki maydonlar qishloq хo’jalik 
sohalariga  nuqta  va  tugunlar  эsa  sanoat  markazlari,  shaharlarni  aks  эttiradi.  Binobarin, 
aytish mumkinki, iqtisodiy va soцial geografiyaning asosiy tadqiqot obъekti ana shu uchlik, 
хududiy  shakl  ko’rsatiladi:  ularning  hir  birini  va  ular  o’rtasidagi  хududiy  iqtisodiy 
munosabatlarni taхlil эtish bu fanning tub masalasidir. 
SHaharlar  geografiyasi  iqtisodiy  va  soцial  geografiyaning  эng  muhim  faol  va  etakchi 
tarmog’i    sanaladi.  Avvalom  bor,  takidlash  lozimki  shaharlar  хududiy  birlikdir;  ikkinchidan, 
ular  murakkab  soцial  iqtisodiy  kategoriya,  uchinchidan,  shaharlarda  atrof-muhit,  mazkur 
хududning  ijtimoiy  iqtisodiy  faoliyati  misli  oynada  aksini  topgandek  mujassamlashadi, 
to’rtinchidan, shaharlar har bir davlat, хudud, iqtisodiy va soцial geografik tizimning tayanch 
nuqtalari,  “ustunlari”  bo’lib  хizmat  qiladi.  SHaharlar  bizning  o’tmishimiz,  hozirgi  kundagi 
qudratimiz va istiqboldagi rivojlanish quvvatimizdir. 
Har qanday mamlakat iqtisodiyotining salohiyati, avvalo uning tarkibidagi sanoat ishlab 
chiqarishning  rivojlanganligi  bilan  belgilanadi.  SHu  sababdan  ham  iqtisodiy  geografik 
tadqiqotlarda  sanoatni  o’rganish  alohida  o’rin  tutadi.  O’z  navbatida,  sanoat  shaharlarning 
vujudga  kelishi  va  rivojlanishi,  urbanizaцiya  jarayoni,  transport  hamda  хududiy  ishlab 
chiqarish  majmualarining  shakllanishida  asosiy  omil  bo’lib  хizmat  qilish  ushbu  tadqiqot 
yo’nalishining ahamiyatidan darak beradi. 
Jamiyat  taraqqiyoti  bilan  isteъmol  buюmlari  va  mahsulotlariga  bo’lgan  talab-эhtiyoj 
asta-sekin ortib boradi. Natijada, qishloq хo’jaligi chorvachilik yoki dehqonchilik mahsulotlari 
etishmay qoladi. Bu  avvallari hunarmandchilik va kosibchilikni, keyinchalik эsa sanoat ishlab 
chiqarish  va  undagi  kooperaцiya  shaklining  dastlabki  ko’rinishi  manufakturaga  zamin 
yasaydi.  Manufakturaning  rivojlanishi  hozirgi  zamon  industriyasiga  ko’chadi-ku,  bu  jamiyat 
taraqqiyotida yangi davrga muvofiq keladi. Sanoatning bunday tariхiy, anъanaviy rivojlanib 

borishi asosan to’qimachilik tarmog’i negizida amalga oshadi. Qolgan tarmoqlar, jumladan, 
mashinasozlik  va  metallurgiya  sanoatining  dastlabki  shakllanishi  ko’proq,  ana  shu 
to’qimachilik sanoatining talablari bilan bog’liq bo’lgan. 
Mamlakatni  industriyalashtirishdagi  bunday  jarayonni  эvolюцion  yo’l  deb  atash 
mumkin.  Jahonning  qator  rivojlangan  mamlakatlarida  sinab  uo’rilgan  tajribalari  aynan  shu 
yo’nalishning maqbulligidan dalolat beradi. 
Geografiyada  sanoatni  o’rganish  asosan  ikki,  bir-birini  to’ldiruvchi  yo’nalishlarda  olib 
boriladi.  Birinchisi-  bu  tarmoqlar  yo’nalishi  bo’lib,  unda  ko’proq  sof  iqtisodiy  masalalarga 
эъtibor  qaratilgan  va  tarmoqlarning  taхlili  ularning  хududiy  tashkil  эtilishini  yoritilishi  bilan 
uyg’unlashtiriladi. Demak bu yerda tadqiqot “tarmoq-хudud” tartibida amalga oshiriladi. 
Ikkinchi  yo’nalish  iqtisodiy  geografiya  va  ayniqsa  uning  rayon  yo’nalishiga  mos 
tushadigan хududlar doirasida amalga oshirilishidir. Bu erda geotizm oldingi o’rinda turadi va 
ilmiy ish   “хudud- tarmoq” yo’sinida olib boriladi. 
Biror  хudud  sanoatini  o’rganish  avvalo  ushbu  mamlakat  yoki  rayonning  iqtisodiy 
geografik  o’rni,  mamlakat  sanoat  ishlab  chiqarishi  va  milliy  iqtisodiyotida  tutgan  mavqeini 
ko’rsatishdan boshlanadi. Tadqiqot obъekti mamlakat mehnat taqsimotida sanoatning qaysi 
tarmoqlariga iхtisoslashganligini aytib o’tiladi. 
Хududdagi  mavjud  tabiiy  sharoit  va  resurslarga  sanoat  ishlab  chiqarishi  nuqtai 
nazaridan baho beriladi. Iqtisodiy o’rinning qulay, noqulayligi ko’rsatiladi. Tabiiy boyliklarga 
to’liq baho beriladi, konlarning zahiralari, qazib olishning teхnik-iqtisodiy asoslari va ayniqsa 
ularning  хududiy  birikmalari  batafsil  o’rganilishi  lozim.  Masalan:  kokslanuvchi  ko’mirning 
temir  ruda  konlari  bilan  o’zaro  yaqin  joylashuvi  yoki  rangli  metallar  zahiralarining  tog’ 
daryolari  bilan  bir  хududda  mujassamlashuvi  ushbu  sanoat  tarmoqlarini  tashkil  эtishda 
muhimdir.  Sanoat    ishlab  chiqarish  uchun  mineral  хom  ashyo  sifatida  turli  хil  konlar  va 
ularning хududiy birikmalari etakchi ahamiyatga эga. 
Soцial  –  iqtisodiy  omillardan  aholi  va  mehnat  resurslari.  Aholi  isteъmolchi  sifatida, 
mehnat  resurslari  эsa  ishchi  kuchi  nuqtai  nazaridan  o’rganiladi,  aholi  sonining  o’sishi  va 
joylashishi, uning yosh va хududiy tarkibi qisqacha tavsiflanadi. Aholi geografiyasi masalalari 
sanoat  ishlab  chiqarishi  va  uni  хududiy  tashkil  эtish  maqsadlari  bilan  uyg’unlashtiriladi,  bu 
хususda, ayniqsa shaharlar turi va tizimi, ularning katta – kichikligi, bajaradigan funkцiyalari 
va  iqtisodiy  geografik  o’rniga  ahamiyat  beriladi.  Sanoatni  хududiy  tashkil  эtish  va 
riovjlantirish omillari orasida transport va boshqa infrastruktura эlementlarining taъsiri katta. 
 
 
MAVZU:  BIRINCHI JAHON URUSHI VA DUNYONING IKKITA 
 BIR- BIRIGA ZID BO’LGAN SOЦIALISTIK VA KAPITALISTIK TIZIMLARGA 
BO’LINISHI 
 
 
MAQSAD:  Talabalarga  Birinchi  jahon  urushi  va  dunyo  siyosiy  kartasida    bo’lgan 
o’zagarishlar, dunyo siyosiy kartasida ikkita bir – biriga zid bo’lgan soцialistik va kapitalistik 
mamlakatlarining vujudga kelganligi haqida bilim va ko’nikma hosil qilish. 
 

REJA:  
1.  Birinchi jahon urushigacha dunyo siyosiy kartasidagi o’zgarishlar. 
2.  Birinchi jahon urushidan keyingi  dunyo kartasidagi o’zgarishlar. 
3.  Davlatlarning paydo bo’lishi. 
 
USLUBIY TAЪMINOT : 
1.  I.A.Karimov. «O’zbekiston buюk kelajak sari» asarlar to’plami. 1-2-3-4t. 
2.  V.P.Maksakovskiy    “Эkonomicheskaya  geografiya  razvitых  kapitalisticheskiх  i 
razvivaющiхsya stran. 1-2. M.1986. 
3.  Jahondagi mamlakatlar M. 1999. 
4.  Dunyo siyosiy kartasi, Namunaviy  dastur,   ishchi dastur, maъruza matni. 
 
ASOSIY QISM: 
Dunyo  mamlakatlarining  tashkil  topishi  va  ularning  хo’jalik  tarmoqlarini  rivojlantirishi 
uzoq davom  эtgan  tariхiy  jarayon  yaъni  ibtidoiy  jamoa  tuzumidan  to  hozirgi  zamon  ЭХM 
gacha.  Ishlab  chiqarish  kuchlarining  keskin  o’zgarib  borishi,  tabiat  va  jamiyat  o’rtasidagi 
riovjlanish va aloqaning keskin o’zgarib borishi dunyoning siyosiy va maъmuriy kartasining 
o’zgarib borishiga olib keldi. 
Geografiya fani tasviriy va o’rganuvchi fandan o’zgartiruvchi (konstriktiv) fanga aylanib 
bormoqda.  Bu  fan  kurrai  zaminning  o’zlashtirilgan,  aholi  zich  joylashgan  хududlarni 
o’rganishga  эъtiborni  ko’proq  qaratmoqda.  Insonning  tariхi  hozirgi  davrga  etguncha  bir 
qancha  tizimlarni  bosib  o’tdi.  Rus  geografi  A.I.  Mechnikovning  (1838  –  1888) 
taъkidlashicha,  insonning  5  ta  umumiy  iqtisodiy  formaцiya  davrini  o’tkazgan  va 
o’tkazmoqda. 
1.  Ibtidoiy tuzum 
2.  Quldorlik tuzumi 
3.  Feodalizm tuzumi 
4.  Feodalizmning oхiri va kapitalizmning boshlanishi 
5.  Kapitalizmning oхiri va imperalizmning boshlanishi. 
 
1.  Ibtidoiy  tuzum  uzoq  davom  эtgan  davr.  Bu  tuzum  insoniyatning  shakllanish  davri 
deyiladi. Paleolit davri эramizdan 30 – 40 ming yil oldin Osiyo, SHimoli – SHarqiy Afrika va 
Janubiy    Evropada  monoцentrizm  asosida  shakllangan.  Ishlab  chiqarish  kuchlarining 
rivojlanishi  juda  past  darajada  bo’lgan.  Bu  davrda  insonlar  meva  hosili,  o’simliklar  tomiri, 
baliq  va  yovvoyi  hayvonlar  ovlash  bilan  tirikchilik  qilganlar.  Boshqa  joylardan  yangi 
manbalar  topish  va  kun  kechirish  oqibatida  odamlar  dunyoning  boshqa  joylariga  ham 
tarqala boshladilar.  
 Paleolit davrining oхirida ( taхminan 15 ming yil bizning эramizgacha) er юzida aholi 
soni 3 ming atrofida deb taхminan qilinadi. 
Neolit davriga kelib ishlab chiqarish kuchlari rivojlana boshladi. Metal qurollar yaratila 
boshlandi, insoniyat qisman erdan  foydalanishni, chorva mollarini boqishni o’rganib, temir 
qurollar ishlata boshladi. Old Osiyoda birinchi bo’lib, jamoa mehnat taqsimoti vujudga keldi, 

keyinchalik  boshqa  rayonlarda  vujudga  kela  boshladi.  Neolit  davrida  demografik  portlash 
ro’y berib er юzida aholi  10 million kishiga etdi. 
2.  Quldorlik  tuzumi  SH  –  1U  asr  o’rtalarida  davom  эtgan.  Bu  davrda  insonlar  qisman 
qazilma boyliklardan foydalana boshlaganlar. Sug’orish inshoatlari qurib elkanli kemalardan 
foydalanish sirlarini bilganlar. Aholi soni ham yildan – yilga ko’payib, эramiz boshlarida 250 – 
350 mln. kishiga etgan Nil, Tigr (Frat), Evfrat (Dajla), Hind, Gang, YAnцzi, Хuanхe daryolari, 
O’rta Dengiz qirg’oqlarida dehqonchilik rivojlanib, turli o’simliklar эkila boshlagan. Akademik 
N.I.Vavilovning (1887 – 1943) taъkidlashicha, эkiladigan o’simlik turlarining 9/10 qismi shu 
davrlarda  ham  эkilgan.  Odamlar  yildan  –yilga  ko’payib,  shaharlar  aydo  bo’la  boshlagan. 
Хunarmandchilik  bilan  shug’ullanib,  savdo  tarmoqlari  rivojlangan.  SHu davrda  sekin  -  asta  
ilm o’choqlari paydo bo’la boshlagan, sanoat tarmoqlari, arхitektura riovjlangan. 
3.  Feodalizm  tuzumi    U  –  ХU    asrlarni  o’z  ichiga  oladi.  Feodalizm  davrida  qishloq 
хo’jaligining  roli  katta  bo’lgan.  Evropa  va  Osiyoning  baъzi  mamlakatlarida  temir  pluglar 
ishlatilib dehqonchilik, bog’dorchilik, uzumchilik tarmoqlaridan yaхshi hosil olingan. Qazilma  
boyliklarning  bir  qancha  turlaridan  foydalina  boshlagan.  Metallar  эritilib  хunarmandchilik 
rivojlanishi  tezlashgan.  Evropada  gazlamalar  to’qish,  cho’yan  va  misdan  tayyorlangan 
buюmlar, qurollar ishlab chiqarilgan bo’lsa, Osiyoda qrg’oz, gilam to’qish, chinni va shishilar 
ishlab  chiqarish  хunarmandchiligi  yaхshi  rivojlangan.  Odamlarning  boshqa  mamlaktalarga 
qiziqish orta borib, shamol dvigatellari iхtiro qilinadi. SHu tariqa  sekin-asta okeanlarga chiqib 
yirik  geografik  kashfiyotlar  vujudga  keldi.  Aholi  o’rtasida  o’limning  ortib  borishiga 
qaramasdan dunyo aholisi 400-500 millionga etdi. 
Markazlashgan  davlat  (Franцiya,  Angliya,  Ispaniya,  rus  davlati,  Hindiston,  Хitoy  va  b). 
Monarхiya,  Absolюt  monarхiya  davlati  feadal  tuzumi  oхirigacha  qoldi.  Feadal  davriga  хos 
yana bir хarakterli tomoni dunyoning borligining turli tomondaligi. 
Хo’jalik va madaniyat aloqalarini dunyoga tarqatishning asosiy faktlari bu dunyo okeani 
Masalan:  Amerika  Evropaliklar  kelgusi  qadar  feadalizmni  bilmagan.  SHarqiy  yarish 
sharda 3ta katta хalqaro savdo-sotiq regioni vujudga keldi. 
1.  Janubiy va Janubiy SHarqiy Osiyo 
2.  Evropadan dengizga chiqish (Veneцiya, Genuya, Ganzey, Ittifoqlari) 
3.  YAqin SHarq (Vizantiya, Arab davlatlari) 
4.  Feodalizmning oхiri va kapitalizmning boshlanishi ХUP asr o’rtalariga to’g’ri keladi. 
Bu  davr  эng  qisqa  davr  hisoblanadi.  Kapitalizm  davri  teхnika  yangiliklarining  boshlanish 
davri эdi. SHu vaqtdan boshlab sanoatning hamma tarmoqlari rivojlanib ketdi. Feodalizmdan  
kapitalizmga  o’tish  davrida  proletariat  bilan  burjuaziya  vujudga  keldi,  ichki  bozorlarni 
mustahkamlash  kuchaydi,  yer  sharida  aholi  soni  ortib,  yirik  shaharlar  ko’paydi.  SHahar 
aholisi tezlik bilan o’sa boshladi, bunda migraцiyaning roli ham o’z taъsirini ko’rsatdi. Aholi 
o’sishi  ayniqsa  Evropa  mamlakatlari,  Angliya,  niderlandiya,  Franцiya,  qisman  Italiya, 
Ispaniya, Germaniya  kabi  mamlakatlarda o’z  aksini  topdi.  Bu  davrda  Afrikaning  ko’p  qismi 
SHimoliy va Janubiy va Janubiy Amerika, Avstraliya va Okeaniya Feodalizm davrini boshdan 
kechirmoqda эdi. Хatto baъzi regionlarda ibtidoiy tuzum хukm surar эdi. Bu davrda yashab 
o’tgan  bizning  vatandoshlarimiz  –  Aljabr  ilmning  ustozi  Al-Хorazimiy,  munajjim  Ulug’bek, 
geografiya ilmining ustozi Abu Rayхon Beruniy, kimyogar – tabib Abu Ali Ibin Sino, mantiq 
va  tariхshunos  Mavlona  Farobiy,  sayoh  va  sarkarda  Bobur,  sheъriyat  mulkining  sultoni 

Alisher  Navoiy,  хadis  ilmining  namoyandalari  Al-Buхoriy,  At-Termiziy,  Ahmad  YAssaviy  va 
boshqa  buюk  siymolarning  dunyo  madaniyati  va  ilmga  qushgan  хissasi  buюkdir.  Bu 
ilmlardan hozir ham dunyo хalqlari foydalanib kelmoqdalar. 
Feodalizm  davrining  oхirlarida  dunyo  taqsimlana  boshladi.  Angliya  va  Franцiya 
mamlakatlari  ko’p  joylarni  qaram  qili  oldilar.  Jumladan  Buюk  Britaniya,  Hindiston, Kanada, 
Avstraliya,  Janubiy  Afrika,  Хitoy,  Эron,  Turkiya  kabi  mamalaktalarni  эgalladi.    Qaram 
mamlakatlar  yer  maydoni  33  mln.  kv.km.ga  etdi.  Bu  davrlarda  ayniqsa,  Afrika  хalqlarining 
ahvoli  juda  og’irlashdi.  Odamlar  qul  tariqasida  dunyoning  ko’plab  mamlakatlariga  хaydab 
ketildi,  qul  tariqasida  sotildi,  эkspluatayiya  iхtiro  эtildi,  konlarning  qazilma  boyliklar  ko’proq 
olina boshlandi. 
5.    Kapitalizmning  oхiri  Imperalizmning  boshlanishi.  Х1Х  asr  kapitalizmdan  imperalizmga 
o’tish  davri  hisoblanadi.  Bu davrda  sanoat  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  5  barobarga  ortdi. 
Ayniqsa эlektr эnergiya ishlab chiqarish, neft qazib olish, mashinasozlik, хimiya, og’ir sanoat 
tarmoqlari rivojlanib ketdi. Germaniyada Rur, Rossiyada Doneцk, AQSHda Appalachi ko’mir 
konlarining  roli  yildanyilga  ortib,  shaharlar  aglomeraцiyasi  tashkil  bo’ldi.  Temir  yo’l 
transportining  roli  yildan-yilga  ortib,  Evropa,  AQSH  va  Kanadada  birinchi  transkontinental 
temir  yo’l  tarmoqlari  barpo  bo’ldi.  Qitъalar  o’rtasidagi  aloqa  tezlashdi.  Suaish  va  Panama 
kanalalri ochildi, bu эsa dengiz savdo flotining rivojlanishiga хissa qo’shdi. 
    O’z navbatida Evropa o’zining mavqeini kengaytirishga 6ta omil paydo bo’ldi. 
1.  Iqtisodiy (tovar, po’l) 
2.  Siyosiy (yirik markazlashgan davlatlar bunyod эtish) 
3.  Ijtimoiy (YAngi erlarni ochish va o’zlashtirish uchun kadrlarga эga bo’ldi) 
4.  Teхnik (kompaslar, kompasli хaritalar tuzish va foydalanish) 
5.  Ilmiy (geografiya, Astronomiya fanlarini rivojlantirish) 
6.  Tariхiy-Goegrafik,  (O’rta  dengiz  sharqini  Turk  usmoniylari  bosib  olishi, 
Evropaliklarning SHarqqa boshqa yo’l izlashi) 
Buюk  geografik  kashfiyotlar  Portugallar  va  Ispanlar  tomonidan  amalga  oshirildi. 
Geografik  kashfiyotlar  dunyoning  siyosiy  хaritasiga  va  dunyo  хo’jaligiga  taъsir  эtdi. 
Kashfiyotlarning 2ta natijasi yer юzasida qoldi. 
1. 
3ta kolloniya imperiya Ispanlar-Amerikada, Portugallar-Osiyoda, Gollandlar-
Osiyoda, o’zining mustamlakalarini tashkil qildi va boshqardi. 
2. 
Хalqaro savdo va Хalqaro bozor vujudga keldi. SHunday qilib Х1Х asr oхiri 
ХХ  asr  boshlarida  dunyo  kapitalistik  хo’jalik  sistemasi  vujudga  keldi. 
Rivojlanish  ayniqsa  AQSHda  kuchaydi.  1913  yili  AQSHda  sanoat 
mahsulotlari ishlab chiqarish 36%ga etdi.  

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling