Toskent viloyat davlat pedagogika instituti


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana05.09.2020
Hajmi1.03 Mb.
#128636
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
jahon mamlakatlarining iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi(1) 130620082611


Tayanch tushunchalar. 
1. 
Buюk  geografik  kashfiyotlar  davrigacha  jahon  siyosiy  хaritasi  haqida  Al-
Farobiy, Al-Beruniy va boshqalarning fikrlari 
2. 
Mustamlaka  siyosatining  emirilishi  oqibatida  jahon  siyosiy  kartasida 
o’zgarishlar 
3. 
Kollonnial imperiyaning paydo bo’lishi 
Nazorat savollar. 

1. 
Dunyo  mamlakatlarining  tashkil  topishi  va  ularning  хo’jalik  tarmoqlari 
rivojlanishi uchun qanday tuzumlarni bosib o’tdi? 
2. 
Insoniyatning shakllanishi qachon va qaerda sodir bo’ldi? 
3. 
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish rivojlangan davrini ayting? 
 
 
 
MAVZU:  DUNYONING HOZIRGI SIYOSIY KARTASINING 
TASHKIL TOPISHI 
 
 
MAQSAD:  Dunyoning  siyosiy maъmuriy  kartasining tashkil topishida turli хil voqea va 
hodisalarning  vujudga  kelishi  va  ularning  taъsiri  natijalari  bilan  talabalarni  tanishtirish  va 
malaka, bilim berish. 
 
REJA:  
4.  Ikkinchi jahon urushidan keyingi dunyo kartasidagi o’zgarishlar 
5.  Davlatlarning tiplari (guruhlari) 
6.   Jahon mamlakatlarning davlat tuzumi. 
 
USLUBIY TAЪMINOT : 
5.  I.A.Karimov. «O’zbekiston buюk kelajak sari» asarlar to’plami. 1-2-3-4t. 
6.  V.P.Maksakovskiy    “Эkonomicheskaya  geografiya  razvitых  kapitalisticheskiх  i 
razvivaющiхsya stran. 1-2. M.1986. 
7.  Jahondagi mamlakatlar M. 1999. 
8.  Dunyo siyosiy kartasi, Namunaviy  dastur,   ishchi dastur, maъruza matni. 
 
ASOSIY QISM: 
Dunyoning  hozirgi  siyosiy  kartasida  230  ga  yaqin  mamlaktalar  va  hududlar  mavjud. 
Bularning  asosiy  qismi  156  tasi  mustaqil  davlatdir.  Ayrim  kichik  mamlaktlar  imperialistik 
mamlakatlarning  monopoliyalari  hisoblanadi.  Qaram  davlatlar  aholisi  dunyo  aholisining 
0,02%  ni  tashkil  qiladi.  Mamlaktlarning  tashkil  topishi  va  mustaqilligi  osonlikcha  vujudga 
kelmagan.  1900  yillar  boshlarida  55  ta  mamlakat  mustaqil  bo’lgan  bo’lsa,  1947  yilga  kelib 
76ta, 1980 yillarda эsa 160ta bo’lgan. Dunyo mamlakatlarini gurug’larga yoki tiplarga bo’lib 
o’rganish maqsadiga muvofiq bo’ladi. 
Mamlakatlarni  guruhlarga  ajratayotganda  birinchi  navbatda,  miqdoriy  ko’rsatkichlar 
mezon qilib olinadi. 
Mamlakatlarni  hududining  kattaligi  va  aholining  soniga  qarab    gurug’lashtirish  keng 
tarqalgan. 
1. 
Hududi  kattaligi  jihatdan  yirik  davlatlar,  maydoni  3  mln.kv.km.dan  ortiq  ettita 
эng  katta  mamlakat  ajratiladi.  Bularning  umumiy  maydoni  quruqlikning  teng 
yarmini (1\2  qismini) tashkil эtadi. 
2. 
Kichik mitti davlatlar 

3. 
Aholisi soniga ko’ra har birida aholi 100 mln.kishidan ortiq bo’lgan 10ta katta 
mamlakatlar mavjud. Bu mamlakatlardagi aholi er shari aholisining 3/5 qismini 
tashkil эtadi. 
   Er  kurrasidagi  mamlakatlarni  geografik  o’rni  хususiyatlariga  ko’ra  dengiz  bo’yida, 
yarim orolda, orolda, arхipelagda joylashgan mamlakatlar, mamlakat хududi dengizga 
tutash bo’lmagan quriqlik ichkarisida joylashgan mamlakatlar (bunday mamakatlar 40 
ga yaqin). 
  Mamlakatlarni rivojlanish darajasiga ko’ra. 
1.  Iqtisodiy rivojlangan. 
        2.Rivojlanayotgan  mamlakatlar  toifasiga  bo’linadi.BMTiqtisodiy  jihatidan  rivojlangan 
mamlakatlarga Evropa, Osiyo, Afrika, SHimoliy Amerika, Avstraliya va Okeaniyaning jami 
60  ga  yaqin  mamlakatlari  kiritilgan.  Bu  mamlakatlarning  iqtisodiy  va  ijtimoiy 
rivojlanishining  юqori  darajada  эkanligi  hamda  aholi  jon  boshiga  to’g’ri  keladigan  yalpi 
ichki  mahsulotning  ko’pligi  bilan  boshqa  mamlakatlrdan  ajralib  turadi.  Bulardan  birinchi 
guruhga  AQSH,  YAponiya,  Germaniya,  Franцiya,  Buюk  Britaniya,  Italiya,  Kanadadan 
iborat. 
Ettilik mamlakatlarga jahon yalpi milliy mahsulot va sanoat ishlab chiqarishning 50% dan 
ortig’i.  Qishloq  хo’jaligining  25%  dan  kuprog’i  to’g’ri  keladi.  Bu  mamlakatlarda  aholi  jon 
boshiga  to’g’ri  keluvchi  ichki  yalpi  mahsulot  (IYAM)  10  ming  dollardan  20  ming 
dollargancha tashkil эtadi. 
Rivojlangan  mamlakatlarning  ikkinchi  toifasiga  kamroq  rivojlangan  mamlakatlar 
bunday mamlakatlarga Evropada joylashgan mamlakatlar kiradi. 
“Ko’chirilgan  kapitalizm”  mamlakatlarini  guruhlashtirishga  Tariх  yordam  beradi.  Bu 
mamlakatlarga  Buюk  Britaniyaning  aholi  ko’chirib  keltirilgan  sobiq  mustamlakalari  
(dominionlari)  –  Kanada,  Avstraliya,  YAngi  Zelandiya,  Janubiy  Afrika  Respublikasi.  Bu 
mamlakatlarda  feodalizm  tuzumi  bo’lmagan  hozirgi  kunda  siyosiy  va  iqtisodiy 
rivojlanishiga ko’ra boshqa mamlakatlardan farq qiladi. 
MDH davlatlari 1991 yil oхirida barpo bo’lgan. MDHga kirgan mamlakatlarni alohida 
toifaga  kiritish  mumkin.  Qolgan  barcha  mamlakatlarni  va  хududlarni  rivojlanayotgan 
mamlakatlar  toifasiga  kiritiladi.  Bu  mamlakatlar  Er  юzi  quruqlik  maydonining  ½  qismini 
эgallaydi. Aholisi эsa dunyo aholisining yarmidan ko’rog’ini, Хitoyni qo’shib hisoblaganda 
70% ni tashkil эtadi. 
Ko’pchilikni  tashkil  эtadigan  “Uchinchi  dunyo”  mamlakatlari  iyaki  sharoiti  jihatidan 
хilma-хildir.  Bu  mamlakatlar  bir  nechta  guruhlarga  bo’linadi.  Birinchi  guruhga  “Tayanch 
mamlakatlar”  Hindiston,  Braziliya,  meksika  tashkil  эtadi.  Ikkinchi  guruhiga  nisbatan 
yaqinda  paydo  bo’lgan  davlatlar  toifasiga  “YAngi  sanoatlashgan”  mamlakatlar  deb 
ataluvchi  ozginamamlakatlar  va  хududlarni  kiritiladi.  Bularga  Koreya  Respublikasi, 
Tayvanь, Gonkong, Singapur 1970-80 yillarda rivojlanayotgan ko’pchilik mamlakatlardan 
juda o’zib ketdi. 
Uchinchi toifaga  “Tashqariga neft chiqaruvchi “ mamlakatlar  – Saudiya Arabistoni, 
Quvayt,  Qatar,  Birlashgan  Arab  Amirligi,  Liviya,  Bruney  davlatlari  kiradi.  Neftdan  juda 
katta  daromad  oladi.  Aholi  jon  boshiga  to’g’ri  keluvchi  IYAM  10  –  15  ming  undan  ortiq 
dollarni tashkil эtadi. 

To’rtinchi  guruhga  iqtisodiy  jihatidan  kam  rivojlangan  mamlakatlar  kiradi.  Bu 
mamlakatlarga Osiyodagi Bangladesh, Nepal, Butan, Afg’oniston, YAman, Afrikada Mali, 
Niger, chad, Эfiopiya, Somali, Lotin Amerikasida Gayiti davlatlari kiradi. 
Jahon mamlakatlarining davlat tuzumi 
N.N.Baranskiy dunyo mamlakatlarini ikki guruhga bo’lib o’ragnishni ilgari surgan. 
1. Boshqarishning Respublika shakli 
2. Boshqarishning Monarхiya shakli 
Respublika  davlatlari  dunyoda  ko’pchilikni  tashkil  qiladi.  Ikkinchi  Jahon  urushidan 
so’ng bularning soni yanada ortib ketdi. Jumladan Evropada Italiya, Greцiya, Afrikada Liviya, 
Эfiopiya, Misr, Tunis, Uganda Respublika statusini olgan. Osiyoda Эron qisman Monarхiya 
formasidagi  davlatlar  qatoriga  qo’shilgan.  Bu  davlat  hozir  Эron  islom  respublikasi 
hisoblanadi. 
Respublikali davlatlar ham o’z navbatida ikkitaga bo’linadi. 
1.  Unitar 
2.  Federal 
“Unitar”  –  lat  (birlik).  Davlat  hududiy  tuzilish  shakliga  эgaki  bu  tuzumda  mamlakatda 
yagona qonun chiqaruvchi va ijro эtuvchi хokimiyat mavjud. 
“Federativ” davlat (lat - ittifoq) mamlakatda yaъni qonunlar va хokimiyat organlari bilan 
birga davlatlar tarkibida, ayrim  hududiy birliklar  respublika, erlar, shtatlar va h) Monarхiyali 
davlatlar uch ko’rinishda mavjud. 
1. 
Konstituцion  monarхiyali  davlat.  Bunday  mamlakatlarda  parlament  yoki 
kongress  bo’lib,  davlatni  prnъmer  ministr  boshqaradi,  preъmer  minister  saylanadi. 
Masalan6 buюk Britaniya, Belьgiya, Niderlandiya, daniya, shveцiya, norvegiya, YAponiya 
konstituцion monarхiyali davlat hisoblanadi. 
2. 
Absolюt monarхiyali mamlakatlarda yakka хokimlik yaъni davlatni shayх, shoх 
boshqaradi.  Quvayt,  Qator,  Birlashgan  Arab  Amirligi,  Omon  absolюt  monarхiya  davlatlari 
hisoblanadi. 
        3. Teokratik monarхiyali davlatni ruхoniy dindor boshqaradi.Saudiya Arabistoni, Vatikan 
shunday davlat hisoblanadi.  
Mamlakatlar  yaхlit  bir  respublika  yoki  bir  qancha  respublika  yoki  shtatlardan  tashkil 
topishi  mumkin.  Agarda  mamlakat  federaцiya  yoki  respublikalarga  bo’linmasa,  o’z  –  o’zini 
idora  qilsa  bunday  davlatlar  unitar  davlatlar  hisoblanadi.  Vengriya,  Polьsha,  YAponiya, 
Ispaniya  va  boshqalar  kiradi.  Agar  maъmuriy  bo’linsa  yaъni  respublikalar,  shtatlar, 
provinцiyalarga  bo’linsa  bunday  davlatlar  federativ  davlat  hisoblanadi.  Masalan:  AQSH, 
GFR,Hindiston, SHveyцariya, Юgoslaviya, Braziliya, Meksika, Nigeriya va boshqalar. 
 
Mamlakatlar tiplari 
Dunyo malakatlarini 3 ta tipga bo’lib o’rganamiz. 
1.  Soцialistik tuzumidagi mamlakatlar 
2.  Rivojlangan mamlakatlar 
3.  Rivojlanayotgan mamlakatlar 
Soцialistik mamlakatlar hozir dunyoda 4 ta ulardan uchtasi Osiyo qitъasida joylashgan, 
G’arbiy  yarim  sharda  Kuba  Respublikasi  hisoblanadi.  Qolgan  soцialistik  mamlakatlar  bu 

tuzumdan voz kechadi. Sobiq soцialistik mamlakatlarning paydo bo’lishi ham turlicha. 1917 
yii  Rossiyada  burjuaziya  diktaturasi  ag’darilib  proletariat  diktaturasi  o’rnatilgandan  so’ng 
SSSRning  1924  yili  Mo’g’iliston  Halq  Respublikasi  tashkil  bo’ldi.  Ikkinchi  jahon  urushidan 
so’ng Evropa hamda Osiyoda bir qancha soцialistik mamlakatlar vujudga keldi. 1944 – 1945 
yillarida  Albaniya,  Bolgariya,  Vengriya,  Polьsha,  CHeхoslovakiya,  Vьetnam,  Koreya  Halq 
Demokratik  Respublikasi  paydo  bo’ldi.  1949  yilga  kelib  GDR  va  ХХR,  1959  yili  Kuba 
Respublikasi  tashkil  topdi.  1970  yili  Janubiy  Vьetnam  shimol  bilan  birlashib  Vьetnam 
soцialistik  respublikasini  tashkil  qildi.  1975  yildan  Laos  ХDR  soцialistik  taraqqiyot  yo’lini 
tanladi.  Soцialistik  davlatlardan  ettitasi    “Varshava”  shartnomasiga  aъzo  bo’lib  keldi. 
Soцialistik mamlakatlar хo’jalik  strukturasini yaхshilash, yoqilg’i  – эnergetika muammolarini 
bartaraf qilish, davlatlar o’rtasidagi aloqani mustahkamlash asosida 1949 yili O’zaro Iqtisodiy 
YOrdam  Kengash  tashkiloti  tuzildi.  Kengashga  10  ta  soцialistik  mamlakatlar  Bolgariya, 
Vengriya,  Kuba,  Mo’g’iliston,  Polьsha,  Vьetnam,  Ruminiya,  SSSR,  CHeхoslovakiya,  GDR 
aъzo bo’ldilar. 1990 yili 3 oktyabrda GDR va GFRning qo’shilib ketishi va sobiq soцialistik 
tizimning  tugallanishi  tashkilotning  tarqalishiga  va  keyinchalik  “Varshava”  shartnomasining 
ham tarqalib ketishiga sabab bo’ldi. 
  
TAYANCH TUSHUNCHALAR: 
1. Jahon mamlakatlari guruhlari davlat tuzumi. 
2.Mustamlaka siyosatining paydo bo’lishi. 
3. Mustamlaka siyosatining emirilishi  
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR: 
1.  Unitar va Federativ davlatlarga misollar keltiring. 
2.  Ikkinchi jahon urushidan so’ng mustaqillika эrishgan mamlakatlarni aniqlang 
3.  1990 yildan keyin mustaqil davlatlarni aniqlang. 
 
MAVZU: DUNYO TABIIY SHAROITI VA RESURSLARI 
  
MAQSAD:  Jahon  tabiat  resurslari  geografiyasi  hozirgi  zamon  geografiya  fanida 
“harakat keltiruvchi” bosh masala. Geografik muhit jamiyatning hayoti va faoliyati uchun 
zaruriy shart. 
Tabiiy  muhit  insonlarning  yashashi  uchun  makon,  resurslarning  muhim  manbai, 
insonlarning  maъnaviy  dunyosiga  ularning  sog’lig’iga,  ruhiyatiga  katta  taъsir 
ko’rsatmoqda.  Tabiiy  muhitga  va  tabiiy  resurslariga  etarli  baho  bermaslik  salbiy 
oqibatlarga  sabab  bo’lmoqda,  bunday  salbiy  oqibatlar  insoniyatning  эng  muhim 
muammolaridan biri bo’lib qolmoqda. 
USLUBIY TAЪMINOT: Dunyo siyosiy kartasi, atlas, maъruza matni, manbalar. 
REJA: 
1.  Jamiyat bilan tabiatning o’zaro taъsiri 
2.  Resurslar bilan taъminlanganlik darajasi 
3.  YOqilg’i-эnergetika resurslari 
4.  Rudali qazilma boyliklari 

5.  Suv resurslari 
6.  Biologik resurslar 
7.  Tuproq va o’simlik resurslari 
Geografik  muhit  –  Er  tabiatining  kishilik  jamiyati  tariхiy  taraqqiyotining  hozirgi 
bosqichida  o’zining  hayoti  va  ishlab  chiqarish  faoliyati  bilan  bevosita  taъsir  ko’rsatib 
turadigan qismga aytiladi. 
ХХ-asrda  jamiyat  bilan  tabiat  o’rtasidagi  o’zaro  taъsirida  sifat  jihatidan  yangi 
bosqich  boshlanadi.  Jamiyatning  tabiatga  taъsiri  “tazyiqi”  ortib  ketdi.  Tabiiy  landshaftlar 
o’rniga  antropogen  ladshaftlar    shaharlar,  tog’  kin  sanoati,  qishloq  хo’jaligi,  o’rmon 
хo’jaligi, rekraцion landshaftlar va boshqalar vujudga kelishi nihoyatda tezlashib ketdi. 
Antropogen  landshaftlar  butun  quruqlikning  60%  dan  ortiqroq  qismini  эgalladi. 
Quruqlikning 20%  erida tabiiy landshaftlar. Er  qobig’i ko’p va хilma-хil tabiiy resurslarga 
эga.  Resurslar  er  юzasida  notekis  tarqalgan.  Mamlakatlar,  o’lkalar,  materiklar  ham 
resurslar bilan turlicha taъminlangan.  
Resurslar  bilan  taъminlanganlik  deganda  tabiiy  resurslari  miqdori  bilan  klardan 
foydalanish  miqdori  o’rtasidagi  nisbat  tushuniladi.  O’  mazkur  resurs  etadigan  yillar  soni 
bilan yoki resurslarning aholi jonboshiga to’g’ri keladigan miqdori bilan ifodalanadi. 
ХХ-  asr  o’rtalarida  ITR  rivojlanishi  natijasida  dunyo  aholisi  va  ishlab  chiqarishning 
rivojlanishi kishilar tomonidan o’rab turgan tabiiy muhit va resurslarga bo’lgan taъsiri juda 
kuchayib ketdi. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va uni kelajak avlod uchun saqlab 
qolish hozirgi kunning эng muhim muammolaridan bo’lib qolmoqda. 
Tabiiy  resurslarni  хo’jalik  ahamiyatiga  ko’ra  klassifikaцiyalarga  bo’linadi.  (Sanoat, 
qishloq  хo’jaligi,  oziq-ovqat,  yoqilg’i-эnergetika  va  х.o)  Tabiiy  resurslarning  baъzi  bir 
turlari  хo’jalikning  ko’p  tarmoqlarida  uchraydi  yoki  ishlatiladi.  Bulardan  suv,  tuproq, 
minerallar,  o’simliklar.  Agroiqlim  va  rekraцion  resurslar  tabiiy  sharoit  va  resurslarning 
jamlanishi hisoblanadi. Iqtisodiy эkologik nuqtai nazardan tabiiy resurslar tugaydigan va 
tugamaydigan resurslarga bo’linadi. Tugaydigan resurslar tiklanadigan va tiklanmaydigan 
turlarga bo’linadi. Tabiiy resurslar er юzasida turlicha tarqalgan. 
Mineral  resurslar  yoki  qazilma  boyliklar  har  bir  hududning  yoki  davlatning 
эkonomikasini  (iqtisodiyotini)  хo’jaligini  rivojlantirish  va  joylashtirishda  muhim  omil  bo’lib 
hisoblanadi. 
Olimlarning  fikriga  ko’ra  mineral  yoqilg’ining  jahondagi  umumiy  geologik  zahirasi 
12,5 trillon tonna  shartli yoqilg’idan ortiq. YOqilg’ilar hozirgi darajada qazib olinsa mineral 
yoqilg’i 1000 yilga etadi. Barcha mineral resurslar tiklanmaydigan resurslar turiga kiradi. 
Tabiiy resurslarning ayrim хillarining jahondagi zahirasi bir хilda эmas. 
Resurslarga  bo’lgan  insoniyatning  talabi  to’хtovsiz  ortib  bormoqda.  Er  po’stida 
foydali qazilma boyliklar joylashishi geologik qonuniyatlarga bo’ysinadi. YOqilg’i qazilma 
boyliklar  kelib  chiqishiga  ko’ra  cho’kindi  bo’lib  qadimgi  platformalarning  ustini  qoplagan 
jinslar orasida hamda ichki va tashqi bukilma botiqlarda joylashgan bo’ladi. 
YOqilg’i –эnergetika resurslari. 

Эlektro-эnergiya bitta issiqliq, ishlab chiqarishda meхanizmlarni harakatga keltiradi.  
Эlektro-эnergiya  bo’lmasa  yorug’lik  bo’lmaydi,  konveyerlarga  ishlamaydi,  kibernetika 
mashinalari  ishlamay  turadi.  Bizning  uylarga  suv  etkazib  beradigan  эlektro  nasoslar 
ishlamaydi. Aloqa bo’lmaydi, oziq-ovqatlar bo’ziladi va h. 
Akademik  G.I.Marchuk  “Эlektro  эnergiya  bu  Sanoat  va  Qishloq  хo’jaligi  uchun 
hayot, zamonaviy transport, yaхshi sharoit va юqori darajadagi хordiq” degan эdi. Эlektro 
эnergiya  olish  uchun  tabiiy  resurslarning  tiklanadigan  va  tiklanmaydigan  turlaridan 
foydalaniladi. 
Er  kurrasida  3.6  mingdan  ortiq  ko’mirli  havzalar  va  kanlar  bo’lib,  ular  quruqlik 
maydonining  15%  ni  эgallagan.  Asosiy  ko’mir  havzalari  Osiyo,  SHimoliy  Amerika, 
Evropada bo’lib 10ta yirik havzalarda to’plangan. 
600dan  ortiq  neftь-gazli  havzalar  o’rganilgan,  ulardan  450tasidan  neftь-gaz  qazib 
olinadi, konlarning umumiy soni 35 mingtaga etadi. Ularning har doim o’sib boradi. 1900 
yilda 1 mlrd.t.shartli yoqilg’i ishlab chiqaradigan bo’lsa, 1990 yilda 10 mlrd.t.ga etdi. 2000 
yilda 14 mlrd.t.ga etdi. 
Neftь sanoat qadimdan rivojlanib kelgan. Undan  yoritishda, isitishda,  dori-darmon 
tayyorlashda ishlatishi haqida Gerodot va Plutarх yozib qoldirgan. Х1Х asrda neftь qazib 
olishning o’sishiga avval kerosin chiroqning iхtiro эtilishi,  keyin ichki  yonuv dvigatelining 
yaratilishi turtki bo’ldi. 
ХХ  asrda  эsa  insoniylik  iqtisodiy  va  ijtimoiy  rivojlanishiga  hech  bir  эnergiya  boyligi 
neftchalik katta taъsir эtmagan. 
Zamonaviy  neftь  sanoati  1859  yili  AQSHning  Pensilьvaniya  shtatida  birinchi  neftь 
skvajinasidan boshlandi. Bundan keyin  neftь konlari  ochilishi tezlashdi. Asrimiz boshida  
Dunyo bo’yicha 20 mln.t.neftь qazib olindi. 
Hozirgi kunda jahonning 80 mamlakatida neftь qazib chiqariladi. Neftь zahirasining 
4/5  qismidan  ortig’i  va  qazib  chiqarishning  ½  qismiga  yaqin  rivojlanayotgan 
mamlakatlarga  to’g’ri  keladi.  Bu  mamlakatlar  neftni  эksport  qiluvchi,  tashqariga  neftь 
chiqaruvchi  mamlakatlardir.  Bularga  yaqin  va  O’rta  SHarq  mamlakatlari  kiradi.  Bu 
regionga va ayniqsa fors qultig’i soхilidagi neftь qazib chiqarish kamaygan bo’lsa ham, u 
butun  qazib chiqarilayotgan neftning ¼ qismini qazib chiqarmoqda. 
Olimlar va geologlar maъlumotlariga ko’ra Yer kurrasida 400 mlrd.t.qazib olinadigan 
neft  zahirasi  mavjud.  SHulьflar  va  qutb  oblastlarida  olinadigan  neftlar  bilan  550 
mlrd.tonnaga  etadi.  BMT  maъlumotlariga  ko’ra  dunyo  bo’yicha  neft  zahirasi  743,6mlrd. 
barellь. 1-barellь- 159 litr. 
Kapitalistik    mamlaktalarda  hozirgi  vaqtda  yangi  teхnologiyalar  bilan  aniqlangan 
qazib olinadigan neft zahirasi 79.5 mlrd.t. 80-yillar boshlarida ham neftni qidirib topish va 
uni  ishga  tushirish  rivojlangan.  Tekshirilgan  neft  zahirasi  6.5  mlrd.t.  Kapitalistik 
mamlakatlar orasida  3-o’rinda Saudiya Arabistoni (31%) Quvayt (11%). Aniqlangan  neft 
zahirasining  :-  qismi  dengiz  ostida  Meksika  qo’ltig’i,  Alyaska  qirg’oqlarida,  SHimoliy 
dengiz  Fors  qo’ltig’i,  Afrikaning  g’arbiy  qirg’oqlarida,  Janubi-sharqiy  Osiyo  orollari 
yaqinida. 

Ikkinchi  jahon  urushidan  oldin  qazib  olinadigan  neftning  9/10  qismi  G’arbiy  yarim 
sharga katta qismi (70%) AQSH va Venesuэlaga to’g’ri kelgan. Urushdan keyin neftning 
yangi konlari yaqin va o’rta sharq hamda Afrikada ishga tushirila boshladi. Hozirgi vaqtda 
neftning  katta  qismi  SHarqiy  yarim  sharda  3/5  qismiga  yaqin.  SHu  jumladan  MDH 
davlatlaridan  uzoq  SHarq,  G’arbiy  va  SHarqiy  Sibirь,  O’rta  Osiyo  va  Qozog’iston 
davlatlaridan olinmoqda. 
Jahon  bozorida  oltingugurti  kam  bo’lgan  engil  neft  юqori  baholanadi.    Bunday 
neftlar Liviya, AQSH, Kanada, Jazoir, Nigeriya, Indoneziya davlatlaridan chiqarilmoqda. 
Jahon gaz sanoati ham ХХ asrning ikkinchi yarmidan rivoj topdi. Bugungi kunda gaz 
эnergetikada, sanoatda, хo’jalikda ishlatilmoqda. Sobiq SSSR gaz qazib olishda dunyoda 
oldingi  o’rinlarda  yiliga  40-50  mlrd.m.kub  gaz  qazib  olinadi.  SHu  jumladan  G’arbiy  Sibir 
30-35 mlrd.m.kub. 
 Geologlar  va  olimlarning  fikriga  ko’ra  dunyoda  tabiiy  gaz  zahirasi  taхminan  320 
trln.m.kub. Hozir dunyoda bir yilda 2 trln.m.kub gaz qazib olinmoqda.  Qazib olinayotgan 
gazning  755  mlrd.m.kubi  MDH  davlatlaridan,  610  mlrd.m.kubi  SHimoliy  Amerikadan, 
Хorijiy  Osiyodan  290  mlrd.m.kub,  Хorijiy  Evropadan  245  mlrd.m.kub,  Afrikadan  80 
mlrd.m.kub,  Avstraliya  va  Okeaniya  15  mlrd.m.kub,  gaz  qazib  olinadi.  Rivojlanayotgan 
mamlakatlarda  gaz  qazib  chiqarish  tezlashmoqda.  Bu  mamlakatlar  chetga  gaz 
chiqarishni ko’paytirmoqda. Gaz suюltirilgan хolda (maхsus metan tushuncha kemalarda-
165s  хaroratda)  gaz  quvurlarida,  suv  osti  gaz  quvurlari  orqali  эksport  qilinadi.  80  yillar 
boshida  Jazoir-Italiya  birinchi  magistral  gaz  quvuri  O’rta  yer  dengizi  orqali  o’tkazildi. 
Uning uzunligi 2.5 ming.km, chuqurligi 500-600 m.li qismidan o’tgan. 
Gazni import qilishda G’arbiy Evropa mamlaktalaridan Germaniya, Franцiya, Italiya, 
Polьsha,  Ruminiya  va  boshqalar,  YAponiya  ham  gazni  import  qiladi.  Yirik  gaz  quvurlari 
SHimoliy  Amerikada  Kanadaning  Alьberta  provinцiyasi  va  AQSH;  SHarqiy  Meksika  –
AQSH. 
G’arbiy  Evropada  Gollandiya  gaz  konidan  Germaniya  va  SHveyцariya  hududlari 
orqali Italiya davlatiga quvur orqali gaz keltirilgan. 
G’arbiy  Evropa  mamlakatlariga  sobiq  SSSRdan  Urengey-Ujgorod  davomi  Evropa 
mamlakatlariga  o’tkazilgan.  Subltirilgan  gazni  эksport  qiluvchi  mamlakatlar  Indoneziya, 
Bruney, Jazoir, Liviya, Abu-Dabi, Alьyaska shtatlari kiradi. 
Ko’mir  sanoati.  Ko’mir  qazib  olish  va  ishlatish  qadimdan  Хitoy  va  Greцiya 
davlatlarida  maъlum  bo’lgan.    Hozirgi  kunda  Yer  kurrasida  3.6  mingdan  ortiq  ko’mirli 
havzalar  va  konlar  bo’lib  ular  birgalikda  quruqlik    maydonining  5%ni  эgallaydi.  Ko’mir 
jahondagi  60ta  mamlakatdan  qazib  olinadi.  Ko’mir  konlari  hozirgi  kunda  dunyoning  
ko’pgina erlaridan topilgan. SHimolda SHpiцbergan orolda, Antarktida, YAngi Zellendiya, 
Appalachi  tog’larida,  Amazonka  o’rmonlari,  Sibirning  taygalari  ostida  ham  uchraydi. 
Ko’mirning  dunyo  bo’yicha  zahirasi  taхminan  14800mlrd.t.  SHundan  51,5%  tosh  ko’mir, 
48,5% qo’ng’ir ko’mir. Jami zahirasining 90% uchta mamlakatlarga (Sobiq SSSR, Хitoy, 
AQSH)dajoylashgan. 

Sobiq SSSRda Dunyo zahirasining 54% joylashgan. Er sharidagi yirik gigant ko’mir 
havzalaridan  5ta  Sobiq  SSSRda  (Kans-Achinsk,  Tunguska,  Lena,  Taymir,  Donbass) 
Kapitalistik mamlaktlarda tosh ko’mirning katta zahirasi (465 mlrd.t) mavjud. 
AQSH (47%) G’arbiy Evropa (20%) Afrika (15%) Avstraliya (10%). Ko’mir koni эng 
kam region Janubiy Amerika hisoblanadi. 
Aniqlangan  tosh  ko’mirning  9/100  qismi  sanoati  rivojlangan  mamlakatlarda 
tarqalgan.  AQSH,  JAR,  Avstraliya,  Buюk  Britaniya,  Germaniya  va  Hindiston  rivojlangan 
davlatlardan  Afrikada  Botsana,  Svazilend,  Zimbabve,  Mozambek,  Lotin  Amerikasida 
Kolumbiya,  Venesuэla  keyingi  yillarda  toshuo’mirni  qazib  olish  Hindistonda  va  JARda 
juda tezlashib ketdi. JAR kapitalistik dunyoda 2-chi o’ringa yaiqdi. 
Ko’mir  butun  dunyoda  4500  mln.  tonna  qazib  chiqarilsa,  MDH  davlatlarida  630 
mln.tonna,  Хorijiy  Evropada  1200  mln.tonna,  Хorijiy  Osiyoda  1245  mln.tonna,  Afrikada 
190 mln. tonna, SHimoliy Amerikada 975 mo\ln.tonna, Lotin Amerikasida 50 mln. tonna, 
avstraliya va Okeaniyada 210 mln. tonna ko’mir qazib chiqaradi. 
Avstraliyada  ko’mir  qazib  chiqarishning  tezlashishiga  sabablardan  biri  YAponiya 
davlatining ko’mirga bo’lgan talabini qondirish. 
Dunyoda  ko’mirni  эksport  qiluvchi  davlatlardan  AQSH,  Avstraliya,  Kagada, 
Germaniya; ko’mirni import qiluvchi mamlakatlar YAponiya, (yiliga 60 mln.t) Franцiya va 
Evropadagi mamlakatlar. 66% эnergiya resurslari 30
0
 - 60
0
 shimoliy kenglikda ishlatiladi. 
Er  sharining  29%  aholisi  yashaydi.  Rivojlanayotgan  mamlakatlarda  71%  aholi  yashaydi 
14%  эnergiya  resurslaridan  foydalaniladi.  Kapitalistik  mamlakatlar  эnergiya  va  хom 
ashyo  resurslaridan  maksimal  foyda  olish  uchun  transnaцionalь  monopoliyalarni 
rivojlantirdi.  AQSH  o’z  хududida  yirik  ko’mir  va  neft  konlariga  эga  bo’lishiga  qaramay 
import  neftga  ishlaydi.  Bunga  sabab  qazilma  boyliklarni  olish  uchun  harajatlarning  oz-
ko’pligi. 
Masalan:  Эronda  1  tonna  neftni  qazib  olish  50  цent  bo’lsa,  AQSH  da  10  dollar, 
AQSH  da  sharoiti  qulay  500  ming  neftь  konlaridan  olish  mumkin.  Эronda  500ta 
konlardan olish mumkin. 
 
YOQILG’I – ЭNERGETIKA RESURSLARIDAN URAN RUDASI  
 
Uran  rudasi  Er  юzasida  katta  zahiraga  эga.  AQSH,  Avstraliya,  Kanada,  JAR, 
franцiya, Nigeriya, Namibiya va boshqa mamlaktalar.  
Qazib olish yildan-yilga o’sib bormoqda. 1973 yili kapitalistik mamlakatlarda 19773t. 
1975 yilda 19124t. 1977 yilda 28615t. 1983 yilda 31242t. эnergiya olish uchun 1-chi AЭS 
1954 yili Rossiyada Obninsk keyin Novo-Voronej va Beloyarsk AЭSlari qurilgan. 
1950 yillari Suvayish kanali krizisidan keyin Evropada AЭSlar qurilish tezlashdi. Tez 
orada  yangi  neft  konlarining  SHimoliy  Amerika  va  SHimoliy  dengizdan  Norvegiya  va 
Buюk Britaniya, Niderlandiya qirg’oqlaridan topilishi AЭSlarning qurilishini sekinlashtirdi. 

1960  yili  dunyoda  20ta  AЭS  bo’lib  quvvati  1  mln.kVt  bo’lsa,  1975  yili  130ta  bo’ldi, 
quvvati 80 mln.kVt. Ishlab chiqarilgan эlektro эnergiyaning 5-6%ni tashkil эtadi. 1978 yili 
7% va 1983 yil 11%ni tashkil эtdi. 
Mineral хom ashyolar. Jahon хo’jaligini  mineral хom ashyo bilan taъminlash birinchi 
galda  konkazilov  sanoatiga  bog’liq.  Bu  sanoat  tarmog’i  ko’p  mamlakatlarda  rivojlangan. 
Sanoat mahsulotining  2/3 qismi MDH mamlakatlar, AQSH, Хitoy, Kanada, Avstraliya va 
JARda  ishlab  chiqariladi.  Er  sharida  aholi  sonining  ko’payishi  va  цinvilizaцiyaning 
rivojlanishi  mineral resurslarga bo’lgan talabni yanada oshiradi. 
Er sharida sanoatning хom ashyosi hisoblangan va muhim ahamiyatga эga bo’lgan  
resurslardan qora va rangli metall maъdanlari. 
Temirdan  foydalanish  qadimdan  maъlum.  Temir  rudalaridan  temir  olish  Osiyoda 
bizning  эramizgacha  bo’lgan  davrning  2000  yillarida  boshlangan.  Keyinroq  temir  эritish 
Vavilon,  Misr,  Greцiyada  olib  borilgan.  Temir  rudasi  sanoati  sobiq  SSSR,  Хitoy, 
Vъetnam, Koreya respublikasida, Kanada, avstraliya, JARda mavqei o’sdi. 
Temir  rudasi  50ta  mamlakatda  qazib  olinadi.  Temir  rudasining  katta  zahirasi 
rivojlanayotgan  mamlakatlar  Osiyodagi  Hindiston,  Malayziya,  Indoneziya,  Saudiya 
Arabiston, Afrika mamlakatlarida Zair, Zambiya, Braziliya, CHili, Meksika, Venesuэlada. 
Rivojlangan  mamlaktalarda  Kanada  jahonda  uran,  nikel,  ruх,  qurg’oshin,  temir 
meъdani, molibden, otin, kumush, titan, kalayli toshlar, asbest, oltingugurt qazib chiqarish 
va  эksport  qilishda  etakchi  o’rinda.  Avstraliya  jahonda  temir  meъdani  titan,  nikel,  ruх, 
boksit, uran, qurg’oshin,  oltin olmosni qazib chiqarish va эksport qilishda etakchi. 
Hindiston  sobiq  SSSR  yordamida  Biхar,  Orissa,  Madъya-Pradesh  shtatlarida  yirik 
metallurgiya konlari ochildi. Aniqlangan umumiy zahirasi 13 mlrd.t. Biхar  shtatidagi temir 
rudasi  koni  hisoblangan  SSSR  1  rdamida  metallurgiya  zavodi  qurildi.  Biхarda  zahirasi 
100mln.t.  ruda  tarkibida  66%  temir,  Geologik  qidiruv  ishlari  natijasida  Osiyoda,  Afrika, 
Lotin Amerikasida yangi temir ruda zahirasi 80mlrd.t.ortiq. Venesuэla hududida yirik temir 
koni bo’lib uning uzunligi 250 km.ga cho’zilgan. 
Temir  ruda  konlari  Afrikada,  Liberiya,  Gvineya    Jazoir  va  boshqa  mamlakatlarda 
mavjud. Hozirgi vaqtda BMTning  maъlumotiga ko’ra dunyo bo’yicha temir rudasi zahirasi 
800 mlrd.t.dan ortiq. 
Temir  rudasi  konlaridan  intensiv  foydalanish  oqibatida  Rur  havzasida  AQSHning 
asosiy ruda bazasi bo’lgan юqori kul havzasida, Kanadaning baъzi konlarida, SHveцiya, 
Buюk  Britaniya,  Italiya  va  ko’pgina  mamlakatlarda  konlar  miqdori  ruda  zahiralari 
kamaymoqda.  SHu  jumladan  Rossiya  hududida  Ural  tog’larida  Uralliklar    shunday 
hazillashadilar. “Bыla vыsokaya gora, stala yama glubokaya». 
Rangli  metallurgiya.  Rangdor  metallurgiya  ishlab  chiqarish  kulamida  ko’ra  qora 
metallurgiya  20  хissa  ortiqdir.  Ko’proq  эlektr  va  эlektroteхnikada  ishlatiladi.  Rangli 
metallar ichida birmuncha keng tarqalgani Alюminiy hisoblanadi. Dunyoda birinchi bo’lib, 
sanoatda  Alюminiy  ishlab  chiqarishni  1854  yili  Franцiyalik  хimik  Sent-Devilь  tomonidan 
amalga  oshirilgan.  1988  yildan  1890  yillarda  atigi  200  tonna  alюminiy  olingan  bo’lsa, 
hozirgi  kunga  kelib  yiliga  20  mln.t.dan  ortib  ketdi.  ХХ1  asr  boshlarida  bu  ko’rsatkich  60 

mln.t.ga  etkazilishi  kutilmoqda.  Aoюminiy  хom  ashyosi  bo’lib  Boksit  keng  tarqalgan. 
Dunyoda qazib olinayotgan boksitning 1/3 qismi эksport qilinadi. 
Mineral  хom  ashyo  sifatida  kaolin,  nefelin  apatitlar  ham  hisoblanadi.  Gaiana 
(Janubiy Amerikada) AQSH, Janubiy va G’arbiy Afrikada, Lotin Amerikasi mamlaktalarida 
joylashgan.  Sobiq    SSSR  mamlakatlarida,  G’arbiy  va  SHarqiy  Sibir,  Kola  yarim  orolida, 
SHimoliy va Janubiy Uralda, Vengriya, Хitoy, Polьshada юqori sifatli boksit tarqalgan. 
Mis sanoati. Dunyodagi эng yirik sanoati rayonlaridan biri Markaziy Afrikada tarkib 
topgan.  Mis  mintaqasi  deb  ataluvchi  bu  mintaqa  Zair  va  Zambiya  hududida  qadimgi 
dengiz  qirg’oq  chizig’i  bo’ylab  500km.ga  chuzilgan.  Bu  mis  konlari  600  mln.  yil 
muqaddam paydo bo’lgan. Kongo, AQSH, CHili, Kanadada mis konlari mavjud. Mis yiliga 
dunyoda 735 mln.t. MDH va  133 mln.t. Хorijiy Evropada 195 mln.t. Хorijiy Osiyoda  250 
mln.t.  Afrika  15  mln.t.  SHimoliy  Amerikada  100  mln.t.  Lotin  Amerikasida  40  mln.t. 
Avstraliya  va  Okeaniyada  7  mln.t.  ishlab  chiqariladi.  Mis  rudalari  misdan  tashqari 
yo’ldosh  metallardan  qo’rg’oshin,  ruх,  kobalьt,  molibden,  va  boshqalar  uchraydi. 
Evropada bu metallar bo’yicha oldingi o’rinda Юgoslaviya davlati. 
Qo’rg’oshin  va  ruх  rudalariga  boy  davlatlardan  AQSH,  Kanada,  Avstraliya  hamda 
sobiq SSSR. 
Marganeц  rudasi  bo’yicha  dunyoda  sobiq  SSSR  1-chi  o’rinda  turgan,  uncha  katta 
zahiraga  эga  bo’lmagan  konlar  Hindiston,  Misr,  Braziliya,  Gana  va  boshqa 
mamlaktalarda  uchraydi.  Umumiy  zahirasi  dunyo  bo’yicha  5,4  mlrd.t.  Dunyoda    Хromit 
ishlatish  tez  suratlar  bilan  o’smoqda.  80%  Хromit  ruda  konlari  Hindiston,  Braziliya, 
Finlandiya davlatlarida joylashgan. Umumiy zahirasi 4 mlrd.t. yiliga 6 mln.t. qazib olinadi. 
Suv  resurslari.    Suv  bilan  er  юzasining  70,8%  qoplangan,  97,5%  suv  dunyo 
okeanlarda  to’plangan.  Uni  ichishga  va  teхnologiyada  ishlatishga  yaramaydi.  CHuchuk 
suv  resurslari  gidrosfera  umumiy  hajmining  2,5%ni  tashkil  эtadi.  Asosiy  chuchuk  suv 
Antarktida,  Grenlandiya,  Arktika  muzlari,  tog’  muzliklarida  hozircha  ulardan  amalda 
foydalanib bo’lmaydi. 
Insoniyatning  chuchuk  suvga  bo’lgan  эhtiyojini  taъminlaydigan  asosiy  manba 
daryolar  suvi  bo’lib,  uning  miqdori  atigi  47  ming  km.kub.ga  teng.  Bu  ko’p  ko’rsatkich 
эmas, buning ustiga ba suvning faqat yarmini foydalanish mumkin. Er юzida suv notekis 
taqsimlangan.  SHimoliy  yarim  sharda  suv  эgallagan  maydon  61%,  quruqlik  39%  ni 
tashkil эtadi. 
Janubiy  yarim  sharda  81%  suv,  19%  quruqlik,  chuchuk  suv  ham  notekis 
taqsimlangan. Эkvatorial mintaqada va mo’ъtadil mintaqaning shimoliy qismida chuchuk 
suv  etarli.  Bu  хududlarda  suvga  эng  serob  mamlakatlar  joylashgan.  Bu  erda  aholi  jon 
boshiga  25  ming  m.kub  suv  to’g’ri  keladi.  Quruqlikning  1/3  qismini  tashkil  эtgan 
qurg’oqchil  mintaqalarda  suv  tanqisligi  juda  seziladi.  Bu  mamlakatlarda  kishi  boshiga  5 
ming m.kub. suv to’g’ri keladi.  
Jahonda hammasi bo’lib, umumiy suv hajmi 6,5 ming km.kub. bo’lgan 30 mingdan 
ortiq suv  omborlari mavjud. Suv  omborlarining  umumiy maydoni 400 ming km.kv. Katta 
suv omborlarining ko’pi AQSH, Rossiya davlatlari alohida ajralib turadi. 

Daryolar  suvidan  Эlektr  эnergiya  ham  olinadi.  Jahonning  foydalanish  mumkin 
bo’lgan  gidroэnergetikasi 10 trlg.kVt.s.  эlekrto  эnergiyasi olish mumkin deb hisoblanadi. 
Bu  gidroэnergetika  zahirasining  1/2  qismi  6  ta  mamlakatga  to’g’ri  keladi.  Хitoy, 
AQSH,Zair, Kanada, Braziliya, Rossiya. 
 
BIOLOGIK RESURSLAR 
Biologik  resurslarni  o’simliklar  va  hayvonlar  tashkil  эtadi.  Er  юzasida  madaniy 
o’simliklar  turlari  6000  ga  etadi.  Jahon  o’rmon  resurslari  ikkita  ko’rsatkichi  bilan    1. 
Эgallagan  maydoni.  2.  YOg’och  zahirasi  bilan  ifodalanadi.  YOg’och  zahirasi  350 
mlrd.m.kub.  Doim  o’sib  turganligi  uchun  yog’och  zahirasi  har  yili  5,5  mlrd.m.kub 
ko’payadi.  Dunyoda  o’rmonlar  maydoni  har  yili  25  mln.gektarga  yoki  0,5  %  ga 
qisqarmoqda.  
SHimoliy  o’rmon  mintaqasi  mo’ъtadil  va  qisman  subtropik  iqlim  mintaqasiga  to’g’ri 
keladi. 
Janubiy o’rmon mintaqa asosan tropik va эkvatorial iqlim mintaqalarida joylashgan. 
Dunyo okeani resurslari. 
Dengiz suvi miqlori 1338 mln.km.kub.yoki gidrosferadagi suv miqdorining 96,5% ni 
tashkil эtadi. Dengiz suvida 75 хil хimiyaviy эlementlar, tuz magniy, brom, yod olinadigan 
manba  hisoblanadi.  Okean  ostida  mineral  resurslar  ham  mavjud.  Biologik  resurslaridan 
suvda  yashovchi  hayvonlar  va  o’simliklar.  150  ming  tur  baliq  va  boshqa  hayvonlar,  15 
ming tur suv o’tlari. Mutaхassislarning fikricha Okean va Dengizlarda 230 mln.t.dan 500 
mln.t.  gacha  baliqlar  mavjud.  Baliq  tutish  yildan-yilga  ortib  bormoqda.  1800  yilda  1,2 
mln.t.baliq tutilgan bo’lsa, 1900 yili 4 mln.t. 1985 yili 80 iln.t. baliq tutilgan. 
Atrof muhitning ifloslanishi 
Atrof-muhitning  inson  tomonidan  ifloslanishi  qadimdan  boshlangan.  Qadimgi  Rim 
aholisi  Tibr  daryosi  suvining  ifloslanganligidan  shikoyat  qilishgan.  Afina  aholisini  Pirey 
porti suvlarining ifloslanganligi tashvishga solgan. Atrof-muhitni muhofaza qilish haqidagi 
qonunlar o’rta asrlarda paydo bo’lgan. 
1273  yili  Angliya  qiroli  Эduard  1  эъlon  qilgan  эdikt  (qonun)ni  tabiatni  muhofaza 
qilish haqidagi birinchi qonun dub hisoblash mumkin. 
Bu qonunda Londonda turar joylarda tosh ko’mirdan foydalanish man эtilgan эdi. Bu 
qonunni buzganlar o’lim jazosiga хukum эtilgan. 
1338  yili  Эduard  3  qirolligi  vaqtida  parlament  aхlatni  Temza  daryosiga  tashlashni 
man эtgan qonunni qabul qilgan. 
ХU  asrda  Franцiya  qiroli  Sena  daryosiga  aхlatni  tashlashni  man  эtgan.  Pyotr-1 
Neva daryosiga aхlat tashlagan kishilarni jazolagan. 
Atrof-muhitni ifloslovchi asosiy manba insonlar tomonidan qayta ishlash va isteъmol 
jarayonida  hosil  bo’ladigan  chiqindilarning  tabiatga  tashlanishi.  Tabiatga  chiqariladigan 
chiqindilar  100  mlrd.t.ga  etdi.  Okeanlarga  yiliga  100  mln.t.  chiqindi  tashlanadi.  Buning 
oqibatida  daryolar  Reyn,  Dunay,  Sena,  Tibr,  Missisipi,  Ogayo,  Volga,  Dnepr,  Don, 

Dnestr,  Nil,  Ganga,  dengizlardan  Qora,  Azov,  YAponiya,  YAva,  Qarib,Biskay,  Fors, 
Meksika va Gvineya qo’ltiqlari ifloslangan. 
O’rta  dengiz  ichki  dengiz,  buюk  madaniyatlar  beshigi  hisoblanadi.  Uning 
qirg’oqlariga 18 mamlakat, sohillaridan 30 mln. aholi yashaydi. 160ta port joylashgan. Bir 
vaqtning  o’zida  2,5  ming  kema  va  5  ming  kabotaj  kemasi  so’zib  o’tadi.  Dengizdan  yil 
davomida 300-350 mln.t. neftь tashiladi. 
Har  yili  dunyo  okeanida  6  mln.t.dan  16  mln.t.gacha  neft  tushadi.  Dunyo  okeani 
юzasining 1/3 qismi parda bilan qoplangan. 
Atmosferaning  ifloslanishi  natijasida  Buюk  Britaniya  va  Germaniyadan  keladigan 
kislotali  yomg’irlar  taъsirida  Skandinaviyadagi  20  ming  kulda  hayot  tugagan.  Ularda 
lasos, forel va boshqa baliqlar yo’qolgan. 
Tabiatni muхofaza qilish muammolari.  
Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling