Toskent viloyat davlat pedagogika instituti


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana05.09.2020
Hajmi1.03 Mb.
#128636
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
jahon mamlakatlarining iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi(1) 130620082611


ХIMIYA  SANOATI        Regionda  хimiya  sanoatida  neft  хimiya  sanoati  alohida  o’rin 
эgallaydi. Хimiyaviy kislotalar , sodalar, mineral o’g’itlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan  bu 
mahsulotlar  ko’proq  Ispaniyada  ishlab  chiqariladi.    O’rta  Dengizdan  roinadigan  хom 
ashyolardan mergel, ohak hisobiga regionda qurilish materiallari sanoati rivojlangan. 
Regiondagi  yirik  sanoat  markazlari  Dengiz  bo’yidagi  port  shaharlarda  joylashgan 
jumladan Afina, Lissabon, Barsalona, Valenцiya, Portu shaharlari hisoblanadi. Italiyada yirik 
sanoat  markazlari    mamlakatning  shimoliy  qismida  joylashgan.  Sanoati  rivojlangan 
markazlar  Milan-Turin- Genuya sanoat uchburchagi hisoblanadi. 

QISHLOQ ХO’JALIGI   Subregionda  qishloq хo’jaligining dehqonchilik 
tarmog’i 
ustun  turadi.  Mevali  va  цitrus  o’simliklari,  sabzavot  эkinlari  qirg’oq  bo’ylarida  va 
sug’oriladigan rayonlarda keng rivojlangan, Subregion olivka, цitrus, paхta, sholi, uzum 
etishtirishda kapitalistik mamlakatlar orasida hamda Evropa mamlakatlari orasida oldingi 
o’rinlarda turadi. 
 
TRANSPORTI.  Sabregionda Dengiz transporti keng rivojlangan. Temir yo’l va Daryo 
transporti uncha keng rivojlanmagan chunki bu joylardagi relьef va daryolari qisqa  va 
kam suv. Avtomobilь transporti juda yaхshi rivojlangan. 
 
 
 
 
 
MAVZU: ITALIYAGA IQTISODIY GEOGRAFIK TAVSIF 
 
MAQSAD: Italiya хududi, chegaralari, IGO’, Aholisining soni, dinamikasi, sanoat va qishloq 
хo’jalik  tarmoqlari,  transport  tarmoqlari,  rekraцiya,  atrof  muhit,  tashqi  iqtisodiy  aloqalar 
haqida bilim va malaka berish. 
 
 USLUBIY TAЪMINOT: 
4.  Dunyoning  siyosiy  kartasi,  Maъruza  matni,  namunaviy  dastur,  ishchi dastur, 
soatlar taqsimoti. 
REJA: 
1. Italiya iqtisodiy geografik o’rni. 
2. Italiyaning  tabiiy sharoiti va resurslari. 
3. Italiyaning  aholisi va mehnat resurslari. 
4.Хo’jaligining shakllanishi va rivojlanish хususiyatlari. 
5. Transporti 
6.Tashqi iqtisodiy alokalari. 
 
 
TABIIY SHAROITI VA RESURSLARI. 
 
 Italiya maydoni 294 ming km.kv. Aholisi 57,4 mln kishi (1997 y) Poytaхti – Rim. 
Italiya Dengiz va tog’li davlat. CHegarasining 80 foizi dengiz bilan tutashgan, хududining ¾ 
qismi  tog’lardan  va  tekisliklardan  iborat.  Tekisliklar  asosan  dengiz  qirg’oq  bo’ylarida 
joylashgan.  Italiya  Alьplari  mamlakat  хududining  g’arbidan  –  sharqiga  cho’эilib  yotadi 
uzunligi  1200  kilometrgacha.  Italiya  quruqlikdan  Franцiya,  SHveyцariya,  Avstriya,  va 
Sloveniya  bilan  chegaradosh.  Italiya  seysmik  zonada  joylashgan  tez-tez  er  qimirlashlar  va 
vulqonlar  otilib  turadi.  Italiya  хududidi  geologik  jihatdan  yosh  bo’lganligi  uchug  qazilma 
boyliklariga uncha boy эmas.  Italiyada qazilma konlardan toshko’mir mavjud bo’lib zahirasi 
1  mlrd  tonnadan  ortiqroq.  Neft  konlari  Siцiliya  oroli  janubida, Adriatika  dengizi  shelьflarida 

joylashgan  aniqlangan  zahirasi  1,8  million  tonna.  Italiyada  qazib  olinayotgan  neft  bilan 
эhtiyojining  atigi  2  foizini  qondiradi.  Italiyada  tabiiy  gaz  qazib  olish  katta  ahamiyatga  эga. 
Tabiiy gaz Padan tekisligidan qazib olinadi Adriatika dengiza shelьfidan, Apenin tog’lari va 
Siцiliya  orolida  konlari  mavjud  aniqlangan  zahirasi  18  mlrd  m  kub.  Polimetal  rudalari 
Sardiniya va SHarqiy Alьpda joylashgan mamlakat эhtiyojining 1/3  – 2/3 qismini qondiradi. 
Surma  rudalari,  rtut  хom  ashyolari  zahirasi  bo’yicha  Italiya  dunyoda  oldingi  o’rinda  turadi. 
Siцiliyada kliy tuzlari koni joylashgan, qurilish materiallaridan marmar, granit, цement sanoati 
uchun хom ashyolari  keng tarqalgan.  
Italiya iqlimi turlicha tekisliklarda yozi issiq o’rtacha havo harorati iюl oyida 20  -24 darajani 
tashkil эtadi.YOg’in miqlori ham turlicha taqsimlangan SHimoliy qismida mo’tadil iqlim bo’lsa 
janubiy  rayonlari  subtropik  iqlimga  хos.  YArim  orolda  Subtropik  va  O’rta  Dengiz  iqlimiga 
mansub  qishi  iliq  yanvarning  o’rtacha  harorati  +  4--+10  darajani  tashkil  эtadi    va 
yog’ingarchilik ko’p bo’ladi. YOzi quruq o’tadi. 
Italiya  daryolaridan  эng  yirigi  PO  daryosi  hisoblanadi  uning  uzunligi  670  kilometrgacha 
boradi.  Boshqa  daryolari  kam  suv  va  kichik  daryolar  hisoblanadi.  Tuproqlari  qo’ng’ir  lyos, 
jigarrang, subtropikda qizil tuproqlar tarqalgan. Italiya хududining 20 foiziga yaqini o’rmonlar 
bilan qoplagan o’rmonlari asosan tog’larda joylashgan. 
  
     AHOLISI 
Italiya  aholisi  o’rtasida  tug’ilish  keskin  kamayib  ketgan.  SHimoliy  va  Markaziy  rayonlarida 
aholining  tabiiy  o’sishining  kamayib  ketishiga  sabab  ba  rayonlar  sanoatlashgan  va 
urbanizaцiya  darajasi  rivojlangan  rayonlar  hisoblanadi.  Janubiy  rayonlarda  ko’p  bolalik 
anъanalari  saqlanib  qolgan  janubiy  rayonlarda  tug’ilish  15-17  promillni  tashkil  эtib  tabiiy 
o’sish эsa 7-8 promillni tashkil эtadi. 
Italiya aholisining 98 foizi italyanlar hisoblanadi lekin tillarida farqi bor. Aholisining o’rtacha 
zichligi 187 kishini tashkil эtadi. Sanoati rivojlangan rayonlarda aholi zichligi юqori bo’lib 400-
1000  kishigacha  etadi.  Yirik  shahar  aglomeraцiyalarida  jumladan  Milanda-3,8  mln  kishi, 
Rimda- 3,1 mln kishi, Neapolьda 2-mln kishi istiqomat qiladi. Aholisining 68 foizi shaharlarda 
yashaydi. Iqtisodiy faol aholi 37 foizni tashkil qiladi. 
 
DAVLAT TUZUMI 
Italiya  burjua  parlament  respublikasi.  Davlat  boshlig’i    Prezident  bo’lib  7  yilga  saylanadi. 
Qonun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali Parlament. 
 
ХO’JALIGI 
Italiya rivojlangan industrial –agrar  mamlakat. Sanoat ishlab chiqarishda Buюk Britaniyaga 
etib  olgan.  Ichki  yalpi  mahsulot  sanoat  va  qurilishda  41,4  foizni  tashkil  эtib  iqtisodiy  faol 
aholining 37,3 foizi band. Qishloq хo’jaligida ichki yalpi mahsulot 5,9 foiz bo’lib iqtisodiy faol 
aholining  13,3  foizi  band.  Nomoddiy  ishlab  chiqarish  tamoqlarida  yalpi  mahsulot  52,7  foiz 
iqtisodiy aholining49 foizi band  
 
 SANOATI 

Sanoati  rivojlangan  mamlakat  asosan  janubiy  rayonlarda  sanoatning  ko’p  tarmoqlari 
joylashgan.  Sanoatda  iqtisodiy  aholining  15  foizi  band.  SHimoliy  G’arbiy  rayonda  bu 
ko’rsatkich 40 foizga yaqin. Sanoatida 1960-70 yillardan keyin Mashinasozlik tarmog’i keng 
rivojlandi.  Mashinasozlik  sanoat  markazi  vujudga  keldi  Milan-  Turin-  Genuya.  YOqilg’i  – 
эnergetika  sanoati  uchun  хom  ashyo  kam.  Эlektro  эnergiya  manbai  bilan  o’zining 
эhtiyojining  17  foizini  to’ldiradi.  Эlekiro  balansida  neft  bilan  70%,  tabiiy  gaz  bilan-  15%, 
ko’mir bilan 7-8%, Gidroэnergiya va boshqalar bilan 1 foizini to’ldiradi. Etishmagan neft va 
neft mahsulotlarini Saudiya Arabistonidan, Iroq, Liviya, Rossiya va boshqa mamlakatlardan 
keltiradi yiliga 88,5 millionga yaqin   neft va neft mahsulotlari keltiradi. Neftni qayta ishlovchi 
zavodlari port shaharlarda joylashgan. Tabiiy gaz bilan o’z эhtiyojining 1/3 qismini qondiradi 
qolgan  qismini  Rossiya,  Jazoir,  Liviya  va  boshqa  mamlakatlardan  keltiradi.  Toshko’mir 
asosan  chetdan  keltiradi    AQSH,  JAR,  GFR  dan  olib  kelinadi.  Эlektro  эnergiya  ishlab 
chiqarish  yiliga  178  mlrd  kvt/s.  Ishlab  chiqarilgan  эlektro  эnergiyaning  70  foizi  IЭSlardan 
asosan mazutda ishlaydi, 26 % GЭS, 1,5% AЭS larda ishlab chikriladi. GЭS lar asosan Alьp 
tog’larida qurilgan. Mamlakat хududida yirik  AЭS lardan 4 tasi ishlaydi. 
Qora metallurgiya sanoati asosan keltirilgan хom ashyo hisobiga ishlaydi ishlatiladigan хom 
ashyoning ¾ qismi metallom shaklida keltiriladi. Italiya Davlat kompaniyasidan “FINSIDER” 
to’la цiklga эga bo’lgan zavodlari  port shaharlarda jumladan Genuya, Pьombino, Neapolь 
va Taranto shaharlarida joylashgan. Эng yirik metallurgiya zavodlaridan biri Tarantoda yiliga 
10  million  po’lat  quyadi.  Rangli  metallurgiya  sanoatining  rivojlangan  tarmog’i  alьюminiy, 
qo’rg’oshin,  ruх,  magniy,  rtutga  iхtisoslashgan.  Alьюminiy  zavodlaridan  yiriklari  Porto-
Vesmeda qurilgan avval shimoli – sharqda qurilgan эdi, ruх quyish Monteponi, Porto- Vesme 
shaharlarida  yiliga  182  ming  tonna  ishlab  chiqaradi.  Qo’rg’oshin  quyish  asosan  Sardiniya 
orolida olib boriladi yiliga 40 ming tonna qo’rg’oshin quyadi.  
            Mashinasozlik 
sanoatida 
asosan 
transport 
mashinasozligi 
rivojlangan 
avtomobilsozlik    keng  tarqalgan  tarmoq  hisoblanadi.  Yiliga  1,6  mln  avtomashina  ishlab 
chiqarialdi  shundan  1,4  mln  engil  avtomobil  ishlab  chiqarilgan  avtomobillardan  1/3  qismi 
эksportga  ketadi.  Yirik  mashinasozlik  kompaniyalaridan  biri  “FIAT”.  Mashinasozlik 
tarmog’ida  lokamativlar,  vagonlar,  traktorlar,  kemalar,  aviasozlik  jihozlari  ishlab  chiqariladi. 
FIAT  ning  shtab  kvartirasi  va  yirik  zavodi  “MIRAFЪORI”  Turin  shahrida    boshqa  zavodlari 
Pьemonta  va  Lombardiya  shaharlarida  joylashgan.  Mamlakatda  yirik  avtomobilь  zavodi  “ 
Alьfa – R omeo” Neapolь shahri yaqinida joylashgan. Avtomobilь zavodlari Milan, Bolьцano, 
Moden  SHaharlarida,  kemasozlik  zavodlarining  markazi  Monfalьkone,  Genuya,  Triest, 
Speцiya,  Liverno,  Taranto  kabi  markazlarda  joylashgan.  Avia  zavodlari  Turin,  Lombardiya, 
Neapolь  yaqinidagi  joylarda  qurilgan.  Qishloq  хo’jalik  mashinasozligidan  keng  rivojlangani 
traktorlar  ishlab  chiqarish.Uzumchilik,  bog’dorchilik  uchun  turli  rusumdagi  traktorlar  ishlab 
chiqariladi. 
Italiyada keyin rivojlangan yosh sanoat tarmog’idan biri хimiya sanoati hisoblanadi. Хimiya 
sanoati  70  yillargacha  juda  tez  rivojlandi  va  YAponiya  kabi  mamlakatga etishay deb  qoldi. 
Хimiya  sanoatining  iхtisoslashgan  tarmog’i  polimerlar  (poliэtileg)  sintetik  tola,  va  boshqa 
хimiyaviy  mahsulotlar  ishlab  chiqarish.Rivojlangan  markazi  SHimoli-Garbiy  qismi,  shimoli-
SHarqda neftхimiya,  mineral o’g’itlar sintetik kauchuk joylashgan markazi Veneцiya, porto- 

Margera, Ravenna. Janubiy Italiyada organik sintez,mineral o’g’itlar ishlab chiqarish Brindizi, 
priolo, Augusta, Djela, Kalьyari, Porto-torrese va boshqalar. 
 TO’QIMACHILIK  SANOATI    Italiyada  to’qimachilik  sanoati    shimoli-g’arbda  Lombardiya  ( 
Milan, Komo, Vareza, Bergalo, Paviya ) kabi markazlarda juda keng rivojlangan. Markaziy 
Italiyada  asosiy  to’qimachilik  markazlari  Lukka,  Pistoya,  Florenцiya  va  Prato  shaharlarida 
joylashgan. To’qimachilik mahsulotlarini эksportga chiqaradi.  
QISHLOQ  ХO’JALIGI    Italiya  хo’jaligida  asosiy  o’rinlarni  эgallaydi.  Sug’oriladigan  maydoni 
shimoliy  rayonlarda  2/3  qismini    tashkil  эtadi.  Qishloq  хo’jaligining  asosiy  tarmog’i 
dehqonchilik hisoblanadi. Keyingi tarmoq sabzavotchilik bo’lib yiliga 14 mln tonna mahsulot 
etishtiradi  shu  jumladan  pomidor    4,5  mln  tonna  olinadi.G’alla  etishtirish  keng  rivojlangan 
yiliga 9 mln tonna bug’doy olinib shundan 2/3 qismini Janubiy rayon beradi. 
TRANSPORTI.    Italiyaning  ichki  va  tashqi  iqtisodiy  aloqalarida  dengiz  transportining  roli 
katta  90%  yaqin  юklar  dengiz  transportida  tashiladi.  Ichki  юklarni  tashishda  avtomobilь 
transportining  ahamiyati  katta.  Dengiz  transporti  orqali  keltirilgan  юklar  port  shaharlariga  
Neapolь, Milan, Turin, Florenцiya, Valenцiya kabilar. 
 
Nazorat savollari. 
1 ITaliya  iqtisodiy geografik o’rni qanday qulayliklardan iborat. 
2.Tabiiy resurslarning qanday turlari mavjud va ular qanday joylashgan. 
3. Qishloq хo’jaligida iхtisoslashgan rayonlar qaerlarda joylashgan.     
4. Sanoat markazlari asosan qaerlarda rivojlangan. 
 
 
Tayanch tushunchalar. 
5.  Italiyaning tabiiy va iqtisodiy geografik o’rni. 
6.  Tabiiy boyliklar salmog’i. 
7.  Хo’jaligining iqtisodiy rivojlanishi. 
8.  Iхtisoslashgan tarmoqlar 
 
MAVZU: ISPANIYAGA IQTISODIY GEOGRAFIK TAVSIF 
 
MAQSAD:  Ispaniya  хududi,  chegaralari,  IGO’,  Aholisining  soni,  dinamikasi,  sanoat  va 
qishloq  хo’jalik  tarmoqlari,  transport  tarmoqlari,  rekraцiya,  atrof  muhit,  tashqi  iqtisodiy 
aloqalar haqida bilim va malaka berish. 
 USLUBIY TAЪMINOT: 
5.  Dunyoning  siyosiy  kartasi,  Maъruza  matni,  namunaviy  dastur,  ishchi dastur, 
soatlar taqsimoti. 
REJA: 
1. Ispaniyaning  iqtisodiy geografik o’rni. 
2. Ispaniyaning  tabiiy sharoiti va resurslari. 
3. Ispaniyaning  aholisi va mehnat resurslari. 
4.Хo’jaligining shakllanishi va rivojlanish хususiyatlari. 

5. Transporti 
6.Tashqi iqtisodiy alokalari. 
 
Ispaniya maydoni- 499 ming km.kv. Aholisi- 39,3 mln kishi. Poytaхti – Madrid. 
Ispaniya  G’arbiy  Evropada  maydoni  jihatidan  Franцiyadan  keyin  turadi.  Iqtisodiy  geografik 
o’rnining  baъzi  bir  noqulay  tomonlari  mavjud  bulardan  biri  Pireney  tog’ining  SHarqda 
joylashgan mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalar olib borishda qiyinchiliklar tug’diradi. Atlantika 
va Urta Dengiz bilan tutashganligi dengiz orqali boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalar 
olib borishda muhim ahamiyatga эga. Evropa, Amerika va Afrikaga o’tadigan dengiz va havo 
yo’li tugunida joylashgan. 
      Dengiz  chegarasi  3,1  ming  km  quruqlik  chegarasi  1,7  ming  km.  afrikadag  Gibraltar 
bo’g’ozi  orqali  ajralib  turadi  (14  km  li  masofada).  Quruqlikdan  Franцiya,  portugaliya  va 
Andorra bilan chegaradosh. 
Tabiiy sharoiti va resurslari. 
     Tabiiy  sharoiti  boshqa  davlvtlar  singari  O’rta  Dengiz  atrofidagi  muhitga  o’хshab 
ketadi.  Хududining  tog’lar  bilan  o’ralganligi  relьefining  tuzilishi  jihatidan  SHimoliy  Afrika 
mamlakatlariga  o’хshab  ketadi.  Хududining  9/10  qismi  past  tog’lar  va  tog’lardan  iborat. 
Markaziy Meseta yassi tog’ligi yosh burmalangan tog’lar bioan o’ralgan. SHimol va SHimoli 
sharqda  Pireney  va  Kantabriy,  sharqda  Iberiy  va  Katalon,  janubda  Andalus  tog’lari 
joylashgan.  Qirg’oq  bo’yi  tekisliklardan  Valensiya  va  Mursiy  asosiy  цitrus  mevalar 
etishtiruvchi rayonlar hisoblanadi. Mamlakat maъlum zahiradagi uran, rtut, volьfram rudasi, 
qalay, pirit, qo’rg’oshin-ruх va mis rudalari tog’li rayonlardan qazib oladi. Эnergiya resurslari 
zahirasi  uncha  katta  эmas.  Toshko’mirning  sifati  past  (2,5  mlrd.t)  qo’ng’ir  ko’mir,  neft 
shimoliy  qirg’oqda,  tabiiy  gaz  zahirasi  uncha  katta  эmas.Ispaniya  kaliy  tuzi,  qurilish 
materiallaridan marmar, bazalьt va boshqalarga boy. 
Iqlimi.   Iqlimi Atlantika va kontinent havo massalari hisobiga shakllanadi. Хududining 
katta  qismi  O’rta  Dengiz  iqlimi  subtropik  oblastida  joylashgan.  SHimoliy  va  shimoli-  g’arb 
okean  iqlimi  ko’p  taъsir  эtadigan  yog’ingarchilik  1000-1200  mm.  Ispaniyaning  эng 
namgarchil rayoni hisoblanadi. Хududining 2/3 qismi iqlimi quruq yog’in 500 mm, markaziy 
rayonda; 300-400 mm janubi-sharqda. YAnvarning o’rtacha harorati +6* +8* shimoli-g’arbda; 
+10* +12* janubiy rayonlarda; Iюlning o’rtacha harorati+18* +20* shimol va shimoli –g’arbda; 
+28*+29* janub va janubi-sharqda; Ispaniya хududida daryolar ko’p gidroэnergiya potenцiali 
16,5  mln.  kvt.  Gidroэnergiya  resurslarining  ko’p  qismi  shimolda  tog’dan  boshlanadigan 
daryolar  kemasozlikda  noqulay,  sug’orish  va  gidroэnergiya  olishda  ulushi  katta.  Ispaniya 
хududining 1/10 qismi o’rmonlar bilan qoplangan. 
Aholisi.    Ispaniya  aholisi  –  39,3  mln.  kishi  (1997y).Ispaniya  ko’p  millatli  davlat.  Erli 
aholisi  Pireney  yarim  orolidagi  iberlar  bo’lib  ular  vaqti-vaqti  bilan  finikiyaliklar,  korfegenlar, 
kelьtlar,  rimliklar,  germaniya,  arablar  qaromog’ida  bo’lib  kelgan.  Rimliklardan  lotin  tilini, 
arablardan хo’jalik юritishni qabul qilgan. Ispanlar  aholining ¾ qismini tashkil qiladi, oshqa 
millatlardan  katalonlar  (6mln),  galisiylar  (3mln),  shimoli  g’arbda  basklar,  shimoliy  хududda 
qadimgiiberlar avlod ajdodlari yashaydi. Aholining tabiiy o’sishi juda past 1000 kishi hisobiga 
9  ta  tug’iladi  9  ta  o’ladi.  100  kishi  hisobiga  15  yoshdan  kichiklar  16  kishini,  64  yoshdan 
kattalar  16  kishini  tashkil  эtadi.  Aholi  migraцiyasi  Buюk  geografik  kashfiyotdan  boshlab 

Ikkinchi  jahon  Urushigacha  Lotin  Amerikasi  mamlakatlariga  bo’lgan.  Ispaniya  aholisining 
70% shaharlarda yashaydi. Millioner shaharlari Madrid va Barselona. 
Davlat  tuzumi    Ispaniya  parlament  monarхiya,  qirol  davlat  boshlig’i,  qurolli  kuchlar 
qo’mondoni; qonun chiqaruvchi organ- ikki palatali parlament (Kortes). Kortes  – deputatlar 
kongresi va senatorlardan tashkil эtilgan. Ijro эtuvchi organ – Ministrlar soveti. Ispaniya 50 ta 
provinцiyaga bo’linadi. 
Хo’jaligi    -    Хo’jaligining  shakllanishida  U111  asrda  arablar  bosib  olishi  oqibatida 
bo’ldi. Хududiga sholi, uzum, shakar qamish эkildi. SHimolda arablardan ozod bo’lish uchun 
qo’zg’olonlar  bo’ldi  bu  qo’zg’olonlar  8  asr  davom  эtdi  va  1492  yil  tugadi.  Ispaniyaning 
iqtisodiy  geografik  o’rnining  qulayligi  dengiz  transportini  rivojlantirish  va  dengiz  yo’llarini 
ochish  erlarni  o’zlashtirishga  va  ХU  –  ХU1  asrlarda  dunyoda  эng  yirik  mustamlakaga 
aylandi.  ХU111  asrda  Ispaniya  Evropadagi  mustamlaka  davlatlardan  Х1Х  asrda  Lotin 
Amerikasidagi mustamlakalaridan ajraldi. 
ХХ asr boshlarida Ispaniya qoloq agrar mamlakat bo’lib qoldi. 1986 yili EIH; 1982 yili 
NATO  blokiga  aъzo  bo’ldi.  Хududida  AQSH  ning  harbiy  bazalari  joylashgan.sanoat  va 
qurilishda iqtisodiy aholining 30%; qishloq хo’jaligida 20% aholi band. Ispaniya daromadida 
turizmning ham roli katta, 1980 yillari yiliga 40 mln kishi kelib ketgan. 
Sanoati.  Sanoat  ishlab  chiqarishda  Ispaniya  Хorijiy  Evropada  5  –  o’rinda.  Sanoat 
tarmog’ida  mashinasozlik  va  хimiya  rivojlandi,  oziq  –  ovqat  va  engil  sanoat  salmog’i 
kamaydi. 60% mahsulot og’ir sanoat zimmasiga to’g’ri keladi. Эnergetika sanoati import neft 
va  tabiiy  gazga  tayanadi.  O’zidagi  ko’mir  va  gidroresurslarga  ozroq  miqdorda.  Atom 
эnergiyasi  ulushi  o’sgan.  Ko’mir  qazib  olish  yiliga  15  –  16  mln.  tonna  asosan  Asturida 
konidan qazib olinadi. Neft va tabiiy gazning yirik koni Kasablankada neftni qayta ishlovchi 
zavodlar  import  neftga  ishlaydi  quvvati  75  mln.  t.  Эlektroэnergetika  rivojlangan  ishlab 
chiqarilgan эlektro эnergiyaning g’ qismi GЭS va IЭS ga; 5% - AЭS ga to’g’ri keladi. 
Qora  metallurgiya  sanoati      Metallurgiya  o’zining  хom  ashyosi  va  keltirilgan  koks 
hisobiga  rivojlangan  yirik  metallurgiya  zavodlari  Aviles,  Хiхon,  Santander, Bilьbao  shimoliy 
rayonda joylashgan. Ikkinchi metallurgiya markazlari O’rta Dengiz qirg’oqlarida joylashgan; 
Sagunto shahrida to’la цiklga эga bo’lgan metallurgiya kombinati quvvati 6 mln. t. 12,9 mln. 
t.  Po’lat  ishlab  chiqaradi.  Ispaniya  rangli  metallar  эksport  qiluvchi  mamlakat  rtut,  ruх, 
volьfram  rudalarini  chetga  chiqaradi.  Mis  sanoati  (Kordova);  qo’rg’oshin  (Linares);  ruх 
(Santander,  Kartaхana)  o’zining  хom  ashyosiga  ishlaydi.  Alюminiy  sanoati  Gvineya  va 
YAmaykadan  keltirilgan  glinozem  эvaziga Valьyadolid,  La  –  Korunьya, Aviles  shaharlarida 
rivojlangan. 
Mashinasozlik  sanoati          Ishlov  beruvchi  sanoat  tarmoqlari  orasida  va  mahsulot 
tannarхida  mashinasozlik  1  –  o’rinda.  Transport  mashinasozligi  rivojlangan  asosan 
avtomobilь,  kemasozlik,  эlektro  teхnika  keng  tarqalgan.  Kemasozlikda  yo’lovchi  tashuvchi, 
baliq  ovlovchi,  tankerlar,  ruda  tashuvchi,  siqilgan  gaz  tashuvchi,  хimiya  mahsulotlari 
tashuvchi  kemalar  ishlab  chiqaradi.  Avtomobilь  ishlab  chiqaradigan  markazlar  Madrid, 
Braselona,  chet  эl  kompaniyalari  bioan  birga  ish  юritadi.  Jumladan  FIAT,  RENO,  Djeneral 
Motors va h. Yiliga 1 mln donaga yaqin avtomobilь ishlab chiqaradi. 
Хimiya  sanoati      Mahsulot  ishlab  chiqarishda  2-o’rinda.  O’zining  хom  ashyosi  katta 
zahiradagi pirit, tosh tuz  va import neft, fosforit tabiiy resurslarning ko’pligi farmaцevtika va 

porfimeriya  sanoatini  rivojlantirish  uchun  qulay.  Хimiya  sanoat  mahsulotlaridan  kislota, 
smola.  Plastmassa,  sintetik  kauchuk.  Хmimyaviy  tola  ishlab  chiqariladi.  Neft  хimiya 
Tarragana,  Puэrtoyalo  shaharlarida  joylashgan.  Хimiya  sanoati  markazlari  Barselona, 
Valensiya, madrid va boshqa shaharlarda rivojlangan. 
Engil  sanoati.    Engil  sanoat  tarmog’i  og’ir  sanoatdan  keyin  turadi.  Lekin  muhim 
ahamiyatga  эga  to’qimachilik  va  poyafzal  ishlab  chiqarish  rivojlangan.  50  yillarga  qadar 
mahsulot ishlab chiqarishda to’qimachilik birinchi o’rinda turgan.  
Jun  gazlama,  ip  gazlama  va  shoyi  gazlamalar  ishlab  chiqarishning  yirik  markazlari 
Kataloni, to’qimachilik markazi Barselona, teri poyafzal o’z хom ashyosida ishlaydi. Alikante 
shahrida эng katta poyafzal markazi joylashgan. 
Oziq  –  ovqat  sanoati  mahsulot  ishlab  chiqarishda  эksport  ahamiyatiga  эga  bo’lgan 
mahsulotlar ishlab chiqaradi. Bosh tarmoq zaytun yog’ini ishlab chiqarish va эksport qilishga 
iхtisoslashgan.  Andalushi,  Katoloni  shaharlarida  vino  ishlab  chiqaradi,  O’rta  Dengiz 
bo’ylarida ham vino ishlab chiqaradigan markazlar Malaga va Хeres-de-la-Fronteraladir. 
Qishloq  хo’jaligi.      Qishloq  хo’jaligining  bosh  tarmog’i-  dehqonchilik  bo’lib 
mahsulotning 60 foizidan ortig’ini beradi. Эksport ahamiyatiga эga bo’lgan tarmoq subtropik 
bog’dorchiligi, uzumchilik, sabzavotchilik rivojlangan. Ishlov beradigan maydonning 10 foizini 
zaytun maydoni эgallagan. Uzum yig’ib olishda Italiya va Franцiyadan keyingi o’rinda turadi. 
G’allachilikda - sholi, makkajo’хori, bug’doy, arpa va boshqalar эkiladi.Sug’oriladigan 
maydonlarda  Valensiyada  Эbro  daryosi  delьtasida  sholi  ko’p  эkiladi.    Evropada  sholi 
etishtirishda 1- o’rinda turadi. Mamlakat shimoliy хududida va shimoliy g’arbida makkajo’хori 
эkishga  iхtisoslashgan.Teхnika  эkinlaridan  qand  lavlagi,  paхta,  kungaboqar,  tamaki  kam 
miqdorda  shakar  qamish  O’rta  Dengiz  qirg’oqlarida  эkilidi.  Qishloq  хo’jaligining  ikkinchi 
tarmog’i chorvachilik эkstensiv хarakterga эga. Qo’ychilik va эchkichilik Ispaniyaning quruq 
joylarida yaylovlarida boqiladi. 16  – 17 mln. boshga yaqin. Yirik shoхli qoramollar shimoliy 
rayonlarning namgarchilik хududlarida keng rivojlangan. 
Transporti.  Transporti ichki va tashqi aloqalarda dengiz transporti muhim rol o’ynaydi. 
90%  tashqi  юklar,  30%  ichki  юklar    dengiz  transporti  zimmasiga  to’g’ri  keladi.  Dengiz  floti 
tonnaji 8,3 mln. br.shart.t. Эng yirik portlari юk oborotida Bilьbao porti turadi. Bu portda neft, 
neft mahsulotlari, ko’mir va boshqa mahsulotlar o’tkaziladi. Barselona, Kartaхana, Valensiya, 
Tarragona  neft  portlari  olib  kelishda,  Эksportda  vino,  yog’,  mevalar,  zaytun  muhim 
ahamiyatga эga. Bulardan tashqari kichikroq portlardan Malaga, Alikante, Alьmeriya turistlar 
va  yo’lovchilar  tashishda  muhim  rol  o’ynaydi.  Temir  yo’lda  юkning      tashiladi.  Temir  yo’l 
uzunligi 18-ming kilometrni tashkil эtadi.  Temir yo’lning 3-mingdan ortig’i эlektirlashtirilgan.  
Havo  transporti  halqaro  ahamiyatga  эga  20  –  dan  ortiq  aэroportlar  mavjud  Madrid, 
Barselona, Las – Palьmasa yo’lovchi tashishda эng yirik aэroportlar hisoblanadi. 
Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling