Toskent viloyat davlat pedagogika instituti
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
jahon mamlakatlarining iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi(1) 130620082611
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metodik ta’minot: Dunyo siyosiy xaritasi, atlas, adabiyotlar, namunaviy dastur, ishchi dastur. Mavzu rejasi
- Tabiiy sharoiti va resurslari
- Rangli metallurgiya
- MAVZU: Janubiy Sharqiy Osiyo Regioni Xindixitoy yarim orolida joylashgan. Davlatlar kiradi. Maydoni – 3.9 mln.km 2
Tayan tushunchalar 1. Halqaro mehnat taqsimotida ixtisoslashish 2. Xŏjaligini hududiy tashkil topishi 3. Xŏjaligini takomillashtirish Tekshirish uchun savollar 1. Moldova joylashgan ŏrni qanday? 2. Tabiiy resurslardan nimalar mavjud 3. Xŏjaligida shakllangan va rivojlangan tarmoqlarni ayting MAVZU: Osiyoning umumiy iqtisodiy va siyosiy geografik ta’rifi. Janubiy G’arbiy, Janubiy, Janubiy Sharqiy, Sharqiy Osiyo davlatlariga ta’rif Maqsad: Osiyo maydoni 27 mln.km 2 hududni egallaydi. Aholisi 3,1 mlrd kishi. Maydoniga kŏra Afrikadan kichik, Aholi soniga kŏra barcha regionlardan oldinda. Osiyo siyosiy xaritasida 10tadan ortiq mustaqil davlatlar mavjudligi ulardan ayrimlari dunyodagi eng qadimiy davlatlardan ekanligi, hududi, chegaralari, iqtisodiy geografik ŏrinlarining qulay va noqulayligi mamlakatlar ŏrtasidagi tafovutlarni, tabiiy resurslar bilan ta’minlanganlik darajasini, aholisi ŏrtasidagi tafovutlar, xŏjalik tarmoqlarining rivojlanishidagi sabab va oqibatlarini, talabalar bilimini oshirishda ularga etkazib berish. Metodik ta’minot: Dunyo siyosiy xaritasi, atlas, adabiyotlar, namunaviy dastur, ishchi dastur. Mavzu rejasi: 1. Xorijiy Osiyo hududi, chegaralari, iqtisodiy geografik ŏrniga tavsif 2. Tabiiy sharoiti va resurslari 3. Xŏjaligining shakllanishi va rivojlanishi 4. Transporti 5. Halqaro geografik mehnat taqsimoti 6. Xulosa Xorijiy Osiyoda hududi katta mamlakatlar Xitoy, Hindiston va mayda davlatlar ham mavjud. Regiondagi mamlakatlar ŏzaro iqtisodiy va boshqa xil aloqalarni olib borishda Himolay tog’lari tŏsqinlik qiladi. Region mamlakatlarining IGŎ uch asosiy xususiyati bilan ajralib turadi. Birinchisi mamlakatlarning bir-biriga bevosita qŏshni bŏlib joylashganligi, bu hol Osiyoning tŏrtala sub regioni mamlakatlarini kŏp jihatdan birlashtirishga imkon beradi. Ikkinchisi kŏpchilik mamlakatlarning dengiz bŏyida joylashganligini, bu davlatlarning eng muhim ŏrni savdo yŏllariga ŏtuvchi Tinch, Hind va Atlantika okeanlariga chiqishlariga imkon beradi. Uchinchidan ayrim mamlakatlarning quruqlik ichkarisida joylashganligi; bu esa mamlakat uchun ancha noqulayliklar tug’diradi. Keyingi vaqtda Xorijiy Osiyoning siyosiy xaritasida katta ŏzgarishlar yuz berdi. Ikkinchi jahon urushi oldidan mustamlaka va yarim mustamlakalarda region aholisining 70% yashar edi. Hozirgi kunda regionning barcha mamlakatlarida mustaqillik e’lon qilingan. Shunga qaramay yaqish sharqda Falastin davlati muammosi haligacha hal qilingani yŏq. Koreya shartli chegara orqali KXDR bilan Koreya Respublikasi ajralib turadi. Eron bilan Iroq, Hindiston bilan Pokiston, Rossiya bilan Yaponiya ŏrtasida hududiy bahslar mavjud. Osiyo Ŏrta er dengizlaridan Tinch okeanigacha joylashgan 43 dan ortiq davlat kiradi. Umumiy maydoni (97mln.km 2 ) yoki jami rivojlanayotgan mamlakatlarning ¼ qismini tashkil qiladi. 2/3 aholisi yoki (3,5 mlrd. kŏproq) tashkil qiladi. Iqtisodiy geografik ŏrni juda qulay Evropadan dengiz yŏli orqali Hind va Tinch okeaniga bemalol chiqib ketadi. Faqat Afg’oniston, Nepol va Butan dengizga boshqa davlatlar orqali chiqadi. Bu regionda 2-chi jahon urushidan keyin juda katta ŏzgarishlar rŏy berdi. Urushgacha kŏpgina davlatlar Byuuk Britaniya, Frantsiya, Niderlandiya va Portugaliyaning qaromog’ida edi. 1950 yillarda imperalistik davlatlar shu regionda SEATO va SENTO harbiy bloklarini tuzishdi. Bu blokga Turkiya, Eron, Pokiston, Tailand va Filipinlar a’zo bŏlishdi. 1959 yilgacha SENTO blokiga Iroq ham a’zo bŏldi. Kŏpgina davlatlarning shu bloklardan chiqib ketishi 1979 yili SENTO va 1977 yili SEATO blokining tarqalib ketishiga olib keldi. Ammo Osiyoda imperalistik kuchlar ŏzining harbiy strategik tazyiqini saqlab qolmoqda. Osiyo davlatlaridan Turkiya NATO blokiga a’zo. AQSh va Yaponiya va boshqa kapitalistik davlatlar ba’zi bir mamlakatlarga qurol-yarog’ va mablag’ bilan ta’minlab turmoqda. Bunga misol. Isroil davlati, Arab davlatlariga qarshi kurashi, Osiyo davlatlari agressiya va urushga qarshi betaraf tinchlik yŏlini tanlagan davlatlardir. Kŏpgina rivojlangan davlatlar bilan shu bilan birga sobiq SSSR bilan ham iqtisodiy va siyosiy dŏstlik aloqalarini olib boradi. Xorijiy Osiyoni tarixiy, tabiiy va xŏjaligining rivojlanishiga kŏra 3ta subregionga ajratiladi. 1) Janubiy G’arbiy Osiyo 2) Janubiy Osiyo 3) Janubiy, Sharqiy Osiyo 4) Sharqiy Osiyo Tabiiy resurslari. Regiondagi davlatlar juda katta va har xil tabiiy resurslarga ega. Mineral xom ashyo resurslari Mesopatamiya va Fors qŏltig’i oblastlarida yirik neft va gaz konlari joylashgan. Hindiston plotformasida metal konlari ŏ erlarda temir rudasi, morganets va turli xil rangdor metallar zonasiga juda boy katta. Suv resurslari regionda notekis taqsimlangan, 2/3 qismi er usti suvlari. Janubiy va Janubiy Osiyo subregionlariga tŏg’ri keladi. Himolay musson yog’in davri qishloq xŏjalik ekinlari talofat kŏradi. Quruq musson davrida ekinlarni sug’orishni talab qiladi. Gidroenergiya resurslarida kŏpgina daryolarning roli bor. Bir qator mamlakatlar (Hindiston, Nepol, Pokiston, Malayziya, Turkiya). Ŏrmon resurslariga region unchalik boy emas. Jahonda janubiy va janubiy sharqiy Osiyo musson ŏrmonlari yog’ochning ba’zi bir turlarini eksport qilishda oldingi ŏrinlarda turadi. Er resurslaridan asosan dengiz qirg’oqlaridagi tekisliklardan va daryo vodiylaridan foydalaniladi. Aholisi. Aholisi kŏp milliordli 9ta oilaga mansub va 600 xil tilda gaplashadi. Tug’ish kŏp. Ayollar ŏrtasida ŏlim kŏp sababli og’ir mehnat, vaqtli turmush, aholining jinsiy strukturasi turlicha, erkaklar kŏp masalan, Shiri-Lanka 1000 erkaklar, 900 ayllar. Aholining zichligi ham turlicha. Janubiy Osiyo davlatlarida zichlik 70-540 kishi 1 km 2 tŏg’ri keladi. Xŏjaligi. Hamma davlatlarda asosiy tarmoq qishloq xŏjalik unda iqtisodiy aktiv aholining 2/3 qismidan to 4/5 qismigacha band. Sanoatning qayta ishlash tarmoqlari ham rivojlanmoqda. Qishloq xŏjalikning dehqonchilik tarmog’i rivojlangan. Janubiy g’arbiy Osiyoda chorvachilik bilan shug’ullanadi va mahsulot etkaziladi. Janubiy va janubiy sharqiy Osiyo davlatlari butun dunyoga ŏzining choyi, tsiturus ŏsimliklari bilan mashhur. Asosiy oziq-ovqat mintaqalarida guruch (sholi) ikkinchisi bug’doy. Xalqaro mehnat taqsimotida Osiyo davlatlari dunyo bozoriga mineral resurslar va qishloq xŏjalik xom ashyolarini etkazib beruvchi rolini ŏynaydi. Yirik neft zonalariga boy ayniqsa janubiy g’arbiy Osiyo davlatlari kelajakda dengiz shel’flaridan ham neft qazib olish mŏljallangan Hindiston yarim oroli va Malayziya arxitelogida. Osiyo davlatlariga qazib olingan neftning yarmiga yaqin eksportiga esa ½ kŏprog’i tŏg’ri keladi. rudaga ayniqsa qora metal (temir va marganets) ga boy. Dehqonchilikda sharoit juda qulay issiqlik etarli (subtropik, tropik va ekvatorial mintaqalarda joylashgan) kapitalistik davlatlarda etishtiriladigan guruch (sholi)ning yarmidan kŏpi, 9/10 choy va kauchuk, 1/5 paxta Osiyoga tŏg’ri keladi. Osiyo davlatlarining industirlashgan davlat bŏlishiga qaramasdan sanoat ayniqsa og’ir sanoat tarmoqlarining ulushi kapitalistik davlatlar ŏrtasida juda past. Iqtisodiy sotsial rivojlanish darajasi Osiyo davlatlarida bir-biridan farq qiladi. Aholi jon boshiga tŏg’ri keladigan jami milliy (boyliklar) mahsulotlar ba’zi bir rivojlangan kapitalistik mamlakatlardan yuqori. Quvvati – 12 ming doll. (OAE) Birlashgan Arab Amirligi – 38 000 doll. Qator – 35 000 doll Ba’zi bir davlatlarda jumladan Bangladesh, Birma (Mayanmo- Yangona) Mol’fiv respublikalarida juda past (200 doll) Transporti. Temir yŏl – Hindistonda biroz yaxshi Afg’oniston, Omon, Kipr, Birlashgan Arab Amirligi umuman yŏq. Xalqaro geografik mehnat taqsimoti. Osiyo regionidagi davlatlar jahon bozoriga mineral xom ashyo va qishloq xŏjalik mahsulotlarini etkazib beruvchi kapitalistik mamlakatlar ŏrtasida neft boyligi bilan alohida ajralib turadi. Neftga boy havzalar Hindiston va Malayziya arxipelagi yaqinidagi dengiz sayozligidan ham topilgan. Rivojlanayotgan davlatlarga undirilayotgan neftning yarmi eksportning ½ qismiga tŏg’ri keladi. Rudaga ayniqsa qora metal (temir), marganets) va qaliy (3/4 kapitalistik davlatlardagi) radioaktiv elementlar (toriyning ¾) kaliy tuzlarga boy. Dehqonchilik uchun tabiiy sharoit va iqlim sharoiti qulay. Keng tekisliklar unumdor ------- tuproq bilan qoplangan. Katta xududda musson iqlimi tarqalgan sholining teng yarimi, choy va tabiiy kauchukning 9/10, paxta 1/5 %ini kapitalistik dunyoda ishlab chiqarib beradi. Kŏp mamlakatlarning industriyasining rivojlanishiga qaramay ishlov beruvchi asosan og’ir sanoat kapitalistik dunyoda juda past. TNK kŏpgina mamlakatlarda xalqaro moliya markaziga qarashli Singapur kŏp rivojlangan mamlakatlardan keladi va tarqaladi. Moliya markazlari Syangan va janubiy g’arbiy Osiyodagi kŏpgina mamlakatlar. Regionda rivojlangan mamlkatlarning xŏjaligini birlashtirish uchun regional iqtisodiy guruhini tashkil etish. Janubiy sharqiy Osiyo davlatlari Assonatsiyasi (ASEAN) xalqaro davlat birlashmasi mineral va qishloq xŏjalik mahsulotlarini eksportyori OPEK. Osiyodagi kŏp mamlakatlar sotsial iqtisodiy rivojlanish jihatidan import mahsulot kŏrsatkichi bŏyicha kŏp mamlakatlardan oldinda RAA 38 ming dol. Qator 35 ming doll. Osiyo mamlakatlarining bir qatori dunyoda juda past Bangladesh, Birma (Miyanmo) Moldiv respublikasi (200 doll). Yuqori darajada rivodlangan (Hindiston, Malayziya, Filipin, Tailand, Turkiya, Janubiy Koreya, Sanson, Singapur. Qayta ishlovchi sanoatning eksport tarmog’i Singapur, Syangon va janubiy Koreya regionida erkin savdo zonalarini tashkil qilingan. 80 yillarda 80dan ortiq. Bu davlatlardan keyin rivojlanayotgan Indoneziya, Pokiston, Shiri-Lanka sanoat korxonalarining eksport yŏnalishi qishloq xŏjalik mahsulotlari ŏsmoqda. Osiyoda kam rivojlangan va kambag’allaridan Buton, Nepol,Mal’div, Bangladesh. Regionda yuqori darajada rivojlangan mamlakatlardan Yaponiya. Imilliy mahsulotining kŏrsatkichi bŏyicha va harbiy yordamida rivojlanmoqda. Kŏchmanchi kapitalizm. MAVZU: YaPONIYa Maydoni – 377 ming.km 2 Aholisi – 1261 mln.kishi (1997) Feodalizm davrida Yaponiya boshqa davlatlardan ajralib qoldi. 1867-1868yy kapitalistik rivojlanishi tezlashdi X1X-XX asrlarda imperalistik davlat qatoriga kirdi. Yaponiya imperializm boshlanishida agressivligi bilan 2-chi jahon urushida Germaniya va Italiya ittifoqiga kirib Osiyodagi ba’zi bir hududlarni bosib olish uchun urush boshladi. 1945y 2 sentyabrda mablug’iyatga uchradi va aktga imzo ya’ni X1Xasr 70 yillardagi hududiga qaytarildi. Rossiyaning Kuril orollari va Saxalinning janubi qaytarib olindi. 1951 y San-Frantsiskoda Yaponiya-AQSh va kapitalistik mamlakatlar bilan dustlik shartnomalari imzolandi. AQSh bilan harbiy xavfsizlik shartnomasi tuzildi. Uning xududida bir nechta AQSh harbiy bazalari tashkil topdi. Tabiiy sharoiti va resurslari Yaponiya orollarda joylashgan Shimoliy sharqdan janubiy g’arbga 3,5 ming km.ga chŏzilgan. Orollarning yiriklari Xonsyu, Xokkaydo, Kyusyu, Sikoku, bulardan tashqari 4 mingga yaqin katta- kichik orollardan iborat. Geologik tuzilishiga kŏra Yaponiya arxipelagi suv osti tog’ tizmalaridan iborat. Hududining 80% tog’lardan balandlik (tepa) qattiq maydalangan rel’ef ŏrtacha balandligi 1600-1700 m. 200ga yaqin vulqonlardan iborat shundan 90 tasi harakatdagi vulqonlar eng baland qismi-Fudzi vulqoni (3776m). Arxipelagning joylashgan qismi okean ostida doimiy seysmik zona katastrofik xarakterga ega. Er qimirlashlar dengiz ostida – Tsunami hosil qilib katta talofatga keltiradigan tŏlqinlar hosil qiladi. Dengiz qirg’oqlari va daryo vodiylari uncha katta bŏlmagan tekisliklarni tashkil etadi. Eng yirik tekisliklardan – Kanto, bu erda poytaxt aglomeratsiyasi joylashgan. Qazilma boyliklari turli va zahirasi kam. Sanoat ahamiyatiga ega bŏlgan konlar kam. Ohaktosh, Oltingugurt, kŏmir, qŏrg’oshin-rux va mis rudalari. Shel’flarda neft va gaz konlari topilgan. Iqlimi. Yaponiya arxipelagi 30-45 0 shimoliy kenglikda. Evrosiyo va Tinch okean suvi ta’siri sezilarli joyda. Kurosio iliq oqimi va Oyasio sovuq oqimi orollarga ta’sir okeandan kirib keladi. Xokkaydo va Xonsyu shimoli (38 shimoliy kenglik) mŏ’tadil iqlim zonasida, Xonsyu janubi Sikoku va Kyusyu subtropik Ryukyu – oroli tropik iqlim mintaqasida joylashgan. Xokkaydo orolida qishning ŏrta harorati – 9-11 0 Kyusyu janubida +7-8 0 , Markaziy va janubiy Yaponiya xududida yozning ŏrtachi harorati 26-28 0 Xokkaydo shimolida 15-20 0 darajani tashkil etadi. Mamlakat hududida musson oqimining faoliyati kuchli. Yozgi okean mussoni tog’larning sharqiy yon bag’irlariga yog’in yog’ishiga sabab bŏladi. Qishki musson sovuq havo massasini Sibirdan keltiradi va tezda havo haroratining pasayishiga sabab bŏladi. Xonsyu va Xokkaydoda qorlarning kŏp bŏlishi kuzatiladi. Bahor va yozning boshlarida Yaponiya orollariga tropik tsiklonlar yŏl oladi va iliq yomg’irlar, avgust-oktyabrda tropik tofonlar, tayfunlar kŏp miqdorda yog’inlar keltiradi. Ŏrtacha yillik yog’in 2 - 25 ming mm. ba’zi joylarda 4 ming mm yog’in yog’adi. Ichki suvlari. Kŏp daryolari tŏlib toshib oqadi, tez oqadi daryo transportida ahamiyati kam ba’zilari umuman ahamiyatga ega emas.Daryolarning energiya potentsiyali yuqori. Ŏsimligi turli tuman. Hududining 2/3 tog’li rayon ŏrmon bilan qoplangan. Mamlakat janubida subtropik musson ŏrmonlar (dub, lavr, magnoliya, pal’ma) Xonsyu markazida Xokkaydo janubida aralash ŏrmonlar (buk, kashtan, mongok dubi, bereza, kriptomoriya) kŏp tarqalgan. Aholisi. Aholisining 99,7 foizi yaponlardan iborat. Yaponidan tashqari ya’ni Amerika qit’asida 1,5 mln Yaponlar yashaydi. Tug’ilish juda past 80 – yillarda 1000 kishi hisobiga tug’ilish 13 kishiga tushib qoldi. 50 – 60 yillarda tug’ilish 17 – 19 kishi edi. Tug’ilish 1997 yillarga kelib yanada kamayib ketdi ya’ni ------ kishiga tushib qoldi. Yaponiyaning mehnatga yaroqli aholisining 63 foizi 15 yoshdan 63 yoshgacha bŏlganlar tashkil qiladi. Aholisining jinsiy tarkibida ayollar salmog’i kŏpchilikni tashkil qiladi. Sintoizm va Buddizm dinlariga mamlakatning kŏpchilik aholisi sig’inadi. Yaponiya urbanizatsiyalashgan mamlakat aholisining 80 % i shaharlarda yashaydi. Yirik shahar aglomeratsiyalaridan Keyxin ( Tokio – Iokagama), Xansin ( Osaka – Kioto – Kobe), Tyukyo ( Nagoya va atrofidagi shaharlar), Tokaydo – megalopolisi vujudga kelgan. Davlat tuzumi. Yaponiya davlat tuzumi konstitutsion monarxiya. Oliy hokimiyat organi – Parlament. Ijro etuvchi hokimiyat – vazirlar mahkamasi. Yaponiyada bir nechta siyosiy partiyalar mavjud. Xŏjaligi. Yaponiya jami yalpi mahsulot va sanoat ishlab chiqarish miqdori bŏyicha kapitalistik mamlakatlar orasida AQSh dan keyin turadi. Yaponiya sanoatida 13 mln. dan ortiq ishchilar va xizmatchilar band. Yaponiya sanoatida bosh tarmoq og’ir sanoat. Sanoat mahsulotining 70%ini og’ir sanoat tarmoqlari beradi. Og’ir sanoat tarmog’ining markazida mashinasozlik sanoati turadi. Mavjud bŏlgan yirik mashinasozlik firmalarida 90% avtomobil, 80% kemasozlik, 70% ga yaqin pŏlat quyish, 60% neft mahsulotlari, 50% elektro va radio tovarlar ishlab chiqariladi. Qora metallurgiya, avtomobillar, elektronika, priborsozlik mahsulotlari ishlab chiqarishda AQSh dan keyin turadi. Sanoati tashqi va ichki bozor bilan bog’liq. Chetdan keltirilgan xom ashyolardan 80% kŏmir, 90% neft va temir rudalari, 95% mis rudasi kontsentratlari, 70% ŏrmon, 100% fosfat. Boksit tabiiy kauchuk, paxta, junni tashkil etadi. Eksportida tashqi bozorga ½ avtomobillar. 2/3 mototsikllar, 50% dan 70% gacha kino va fooapparatlar, 70% soat, 40% televizorlar va metal qirqadigan stanoklar, 50% elektron kal’kulyatorlar, 80% tŏqimachilik va tikuv mashinalari chiqariladi. Yaponiya sanoatida tarmoqlararo tarmoq ximiya- energetika, ximiya – metallurgiya, neftximiya, neft – ximiya – metallurgiya kombinatlari rivojlangan. Rangli metallurgiya. Mis, qŏrg’oshin va rux urushdan keyin alyuminiy sanoati rivojlangan. Mashinasozlik sanoati. Kapitalistik dunyoda mashina va jihozlar ishlab chiqarish 15%, shu jumladan ½ avtomobil, elektr apparatlar, traktorlar ishlab chiqarish, yirik firmalardan “Isikavodzima-Xarima”- kemasozlik, “Toyoma”- “Nison”- “Xonda”-avtomobil. “Xitati” – “Matsusima” “Soni” radioelektr va elektrotexnika. Tranzistor radiolari-14 mln. dona Rangli televizorlar -13 mln. dona Vidiomagnitafon -18 mln. dona MAVZU: Janubiy Sharqiy Osiyo Regioni Xindixitoy yarim orolida joylashgan. Davlatlar kiradi. Maydoni – 3.9 mln.km 2 Aholisi – 300 mln.kishi % Davlatlar maydoni aholisi davlat tuzumi poytaxti 1 M’yanma (Birma) 678 37.2 res-ka (Rangun) Yangon 2 Bruney 5.8 0.2 Monorxiya Bandor- Seri- Begavan 3 Sharqiy Timor 14.9 0.8 res-ka Dili 4 Kambodja 181.0 7.3 res-ka Pryuipen’ 5 Malayziya (Federots) 332.8 16.1 Konstitutsion Monarxiya Kaula- Kampur 6 Singapur 0.618 2.6 res-ka Singapur 7 Tailand ( 514 52.5 Konstitutsion Monarxiya Bongoj 8 Filippin (res- ka) 300 55.6 res-ka Manila 9 Indoneziya (res-ka) 2027.0 166.9 res-ka Djokarta Xindixitoy yarim oroli Evrosiyo bilan Avstraliyani aloqa qilishda kŏprik vazifasini Xind okeani va Tinch okeani havzalarida chegara rolini ham ŏynaydi. Ayniqsa Malaxka bŏg’ozining roli xududi Panoma, Suvayish hamda Gibraltor bŏg’ozlari singari tashqi aloqalarda juda katta rol’ ŏynaydi. Bu teritoriyalarni egallash Buyuk geografik yuritishlar natijasida Evropa davlatlari tomonidan bosib olingan Magellanning dunyo bŏylab qilgan ekspeditsiyasida Filipin orollarini Ispanlar egallab oldi. XX1 asrning 1-chi yarimida Molakka yarim orolida va arxipelogda Portugallar paydo bŏldi. Gollandiya Kolonizatorlari XU11 asrda Indoneziyaning katta territoriyasiga rahbarlik qildi. X1X asr oxirlarida Xindixitoyning sharqiy oblastlarida (Hozirgi V’etnam, Laos va Kambodja) Frantsuzlar Xindixitoy koloniyasini bunyod etdi. XX asr boshlarida Britaniya koloniyasi ham Kolimantanning shimolida, hamda Birma (M’enma)da Britaniya Xindistonini tashkil qildi. 1998-1904 yillarda AQShning Filippinni bosib olish urushi natijasida ŏzining tazyiqini ŏtkazdi. 2-chi jahon urushidan keyin jahonda (mustamlaka) Kolonial sistema barpod bŏldi va regionda ya’ni mustaqil davlatlar tashkil topdi. Sotsializm yŏlini V’etnam, Laos tanladi. 1945 yil Indoneziya ham mustaqil bŏldi. 1946 yil Filippin davlati ozodlikka erishdi. 1948 yil Birma 1953 yil Kombodja 1957 yili Buyuk Britaniya ham Malayziyani mustaqilligini tan oldi. 1959 yil Singapur ŏz-ŏzini boshqarish huquqiga ega bŏldi. 1963 yil Malayziya, Singapur va Britaniya qŏl ostidagi Sobax va Soravak, Klimanton orolidagi teritoriyalar birlashib Malayziya Federatsiyasini tashkil qildi. 1965 yili Singapur Federatsiyadan chiqib ketdi va mustaqil davlat bŏldi. 1975 yili Protugaliya mustamlakasida bŏlgan sharqiy Timor ozodlik e’lon qildi, biroq bu erga Indoneziya hukumati ŏzining harbiy qismlarini kiritdi. 1984 yilgacha Britaniya rahbarligi ostida bŏlgan Bruney sultonligi mustaqil bŏldi. Imperalistik davlatlar ŏzlarining pozitsiyalarini mustahkamlash uchun bu regiondagi davlatlarni har xil yŏllar bilan harbiy bloklarga a’zo bŏlishiga harakat qilmoqda. Tabiiy sharoiti va resurslari. Rel’ef Xindixitoy yarim orolining katta qismi tog’lardan iborat. Shimoldan janubga tomon 3ta orografik strukturani tashkil qiluvchi tog’ tizmalari yotadi. Rakxayn (Arakon tog’lari) M’yanma davlatining g’arbida Tanintayn (Tenasserim) Tailandning janubida. Chiongshon (Annoma tog’lari) Tog’lar zrtacha balandlikdagi tog’lar eng baland nuqtasi shimoliy g’arb qismida 3000m.gacha boradi. Kombadja tekisliklari, Menom past tesikliklari (Chaulxraya daryosi Tailandda) Aholi zich yashaydigan rayonlar hisoblanadi. Orollarning kŏpchiligida tog’lar tarqalgan, shulardan eng balanddi 4100m. Kinabolu tog’i Kalimantan orolida joylashgan. Arxipelogda juda kŏp vulqonlar bor shulardan 100ga yaqini harakatdagi vulqonlar. Bu erlar seysmik rayonlar hisoblanadi. Qazilma boyliklariga juda boy va har xil turlari tarqalgan. Qalay zonasi bŏyicha region kapitalistik mamlakatlar ŏrtasida 1-chi ŏrinda turadi. (2/3 zonasi joylashgan) Asosiy konlari Malayziya, Indoneziya orollarida (Banka oroli, Belimung oroli) Tailandda va janubiy M’yanmada joylashgan. Boksit va polimetal rudalari. Rangli metallardan sur’ma, mis rudalari, nikel (20% kapitalistik dunyoda), kobol’t, volfrom, temir rudalari va marganets rudalari, molibden, xromit va qimmatbaho toshlar qazib olish bilan mashhur. Ichki rayonlarda va shel’flarda neft konlari ham mavjud. Uning aniqlangan zonasi taxminan 2 mlrd t.ni tashkil etadi. Asosiy yirik konlari Indoneziyada (2/3 qismi), Bruneyda, Malayziyada hamda M’yanmada joylashgan. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling