Toskent viloyat davlat pedagogika instituti
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
jahon mamlakatlarining iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi(1) 130620082611
- Bu sahifa navigatsiya:
- USLUBIY TA’MINOT
- Uslubiy ta’minot
- Asosiy qism
- Tarixiy geografik omillar
- Transporti
Nazorat uchun savollar 1. Mamlakatning geografik o’rnida qanday qulayliklar mavjud? 2. Tabiiy boyliklarning asosiylarini qaysi tabiiy resurslar эgallaydi? 3. Mamlakat sanoatida qaysi tarmoqlar rivojlangan? 4. Yirik metallurgiya markazlari qaysi shaharlarida joylashgan? MAVZU: ROSSIYA FEDERATSIYASI MAQSAD: Rossiya xududi, chegaralari, IGŎ, Aholisining soni, dinamikasi, sanoat va qishloq xŏjalik tarmoqlari, transport tarmoqlari, rekratsiya, atrof muhit, tashqi iqtisodiy aloqalar haqida bilim va malaka berish. USLUBIY TA’MINOT: Dunyoning siyosiy kartasi, Ma’ruza matni, namunaviy dastur, ishchi dastur, soatlar taqsimoti. REJA: 1. Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari 2. Aholisi va mehnat resurslari 3. Davlat tuzimi va tuzilishi, tarixi 4. Xalq xŏjaligi 5. Sanoati 6. Qishloq xŏjaligi 7. Transport va tashqi aloqalari 8. Iqtisodiy rayonlari Rossiya Evropaning sharqiy qismi va Osiyoning shimoliy qismida joylashgan. Poytaxti-Moskva. Maydoni 17075,4 ming.kv.km. Aholisi 145,3 (1987). Rossiya Federatsiyasi Evropa qismi teritoriyasining katta qismi Sharqiy Evropa tekisligida joylashgan. Janubida Kavkaz tog’larining shimoliy yonbag’irlari, shimoliy-g’arbida Xibin tog’lari bor. Uraldan sharqda G’arbiy Sibir tekisligi joylashgan bŏlib, u janubdan Janubiy Sibir tog’lari (Oloy, Sayag, Baykalbŏyi, Zabaykal’e tog’lari va boshqalar) Enisey va Lena daryolari, oralig’ida u Sibir yassitog’ligi joylashgan, unga janubdan G’arbiy va Sharqiy San tizmalari tutashgan. Lena daryosi va bilan Tinch okean oralig’i esa Sharqiy-sharqiy Osiyo tizimlari va tog’liklardan iborat. Iqlim chekka shim. G’arbda dengiz iqlimdan Sibirda keskin kontinental va U Sharqda muasson iqlimgacha ŏzgarib boradi. Yanvarning ŏrtacha temperaturasi 0 dan -50 0 S gacha, iyulniki 1 dan 25 0 S gacha. Yillik yog’in 150 dan 2000mm.gacha. Sibir va U Sharqning anchagina joylari –kŏp yillik muzliklar. Yirik daryolari-Volga, Shim.Dvina, Don, Pechora, Ob’, Irtish, Enisey, Angara, Lena, Amur; eng yirik kŏllari- Kaspiy (dengiz), Baykal, Ladoga, Onega, Rossiya federatsiyasi territoriyasida (shimoldan janubga tomon) Arktika muz sahrosi, ŏrmon-tundra, ŏrmon, ŏrmon-dasht, dasht, chalachŏl (Kaspiy bŏyi pasttekisligi) zonalari joylashgan. Neft’, tabiiy gaz, kŏmir, temir ruda, apatit, kaliyli tuzlar, fosfort, rangli nodir va qimmatbaho metal rudalari, olmos va boshqa konlar bor. 140 dan ziyod qŏriqxona, 7 qŏriqxona-ov xŏjaligi va 12 tabiiy milliy park bor. (1985) Rossiya Federatsiyasi territoriyasida sinfiy jamiyat 1 ming yillikning 2 yarmida vujudga kelgan. Feodal munosabatlarning tarkib topish jarayoni murakab kechdi va uzoq davom etdi. 1X asrda ilk feodal qadimiy rus davlati -Kiev Rusi tashkil topdi. Uning territoriyasida yagona qadimiy rus elati shakllandi. Taxminan 988 yili Rusning davlatini sifatida xristianlik qabul qilindi. Feodal tarqoqlik (12-14 asrlar) Novgorod feodal respublikasi, Vladimir-Sudal’, Galich- Volin’ knyazliklari va boshqalar. Knyazliklarning vujudga kelishiga sabab bŏldi. 13 asr ŏrtasida (1237-42) da rus xalqi mŏg’ullar, shvedlar,nemislar xujumiga duchor bŏlib, mŏg’ul zulmidan qutilish uchun deyarli 250 yil kurash olib bord. 14-16 asrlarda Moskva atrofida barcha shim-sharqiy va shim-g’arbiy rus erlarining birlashuvidan markazlashtirilgan Rus’ davlati vujudga keldi. 16 asr oxirida krepostnoy xuquq uzil kesil shakllandi. Rossiya 17 asr boshida Pol’sha Litva va Shvetsiya interventsiyasini qaytardi. AHOLISI VA MEHNAT RESURSLARI Roassiya Federatsiyasi aholisi soni – 147,3 mln. kishi. Rossiya aholisi 100 dan ortiq xalqlardan iborat. Har bir xalq turmushi, urf- odatlari, an’analari mehnat malakalari bilan bir-biridan farq qiladi. Mamlakatning butun aholisi 4 ta til oilasiga mansub. Bular hind- evropa, oltoy, ural va hakoza oilalar. Ikkinchi jahon Urushi aholi soniga ta’sir kŏrsatdi. Urush yillarida mamlakatda millionlab kishi halok bŏldi. Rossiyada aholi punktlari 2 tipna shahar tipi hamda qishloq tipiga bŏlinadi. Shaharliklar mamlakat aholisining 74% tashkil etadi. Shahar aholisining 85% ni ishchi xizmatchilar tashkil etadi. Rossiyada 1030 shahar 2178 shahar tipidagi posyolka mavjud. Mamlakat xududida aholi juda notekis joylashgan. Sibir’, Uzoq sharqda ishchi kuchi etishmaydi. Buning uchun aholining rejali migratsiyasi amalga oshirilmoqda. Bu erlarga kŏproq yoshlar kŏchib kelmoqda, shu sababli sharqiy rayonlarda mehnatga qobiliyatli yoshlar kadrlar kŏpchilikni tashkil qiladi. Davlat tuzumi Federativ Respublika bŏlib, rossiya Federatsiyasi yirik iqtisodiy rayon (Shimoliy, Shimoliy-Sharqiy, markaziy, Volga-Vyatka, Markaziy qoratuproq, Povol’je, shimoliy Kavkaz, Ural, g’arbiy Sibir, sharqiy Sibir’, Uzoq sharq) ga bŏlinadi. Sanoati 1986 yili sanoat mahsulotlari hajmi 1980 yildagiga nisbatan 24% kŏpaydi. 1986 yili 561 mln.t. neft’ 535 mlrd. kub.m. tabiiy gaz qazib oldi. XŎJALIGI. Rossiyada xŏjalikning hamma tarmoqlari mavjud. Sanoati – mamlakat xŏjaligining etakchi tarmog’i. Mamlakatda barcha sanoat turlari mavjud. 1. Yoqilg’i sanoati. 2. Energetika sanoati. 3. Mashinasozlik sanoati. 4. Qora metallurgiya sanoati. 5. Ximiya sanoati. 6. Ŏrmon sanoati. 7. Engil sanoat 8. Oziq-ovqat sanoati 9. Rangli metallurgiya Yoqilg’i sanoati asosini neft’ va gaz sanoati tashkil etadi. Mamlakatning asosiy neft’ bazalari g’arbiy Sibir’ va Volga Uraldir. Mamlakatda neft’ kŏp miqdorda qazib olinmoqda va chet elga eksport qilinmoqda. Mamlakatning gaz qazib chiqaradigan asosiy rayoni g’arbiy Sibir’. Kŏmir zahiralarini 90%ga yaqini Sibir’ va Uzoq sharq rayonlariga tŏg’ri keladi. Asosiy tarmoq bŏlgan yoqilg’i-energetika majmui dunyoda etakchi ŏrinda turadi. Rossiyada 405 mln t. kŏmir (Kuznetsk, pechora, Kansk- Achinsk, Janubiy Yoqutiston xavzalari va boshqalar) 89 mln.t temir ruda (Kursk magnit anomaliyasi, Ural, G’arbiy Sibir va boshqa konlarda) qazib olinadi. Yirik qora metallurgiya (Magnitakorsk, chelyabinsk, nijniy Tagil, Novokuznetsk, Cheropovets, Lipetsk va bosh) va rangli metallurgiya (Noril’sk, Krasnoyarsk va bosh) rivojlangan. Yoqutistonda olmos qazib olinmoqda. Mashinasozlik (og’ir, umumiy, ŏrta mashinasozlik, priborsozlik, aniq mashinasozlik hamda asboblar ishlab chiqarish) ning yirik markazlari Moskva, Leningrad, Uralda, Volga bŏyida, g’arbiy Sibirda. Kimyo va neft’ sanoati (plastmassa, mineral ŏg’itlar, kimyoviy tola, avtopokrishka va boshqalar ishlab chiqarish) rivojlanmoqda; kimyo sanoatining muhim rayonlari Markaziy, shimoliy – g’arbiy, Volga bŏyi va Ural. Ŏrmon sanoati mamlakatning shimoliy va sharqiy rayonlarida rivojlangan. Qurilish materiallarini ishlab chiqarish, engil va oziq-ovqat sanoatilari g’oyat rivojlangan. 1986 yili 1001 mlrd. kVt elektr-energiyasi hosil qilingan. Rossiya Federatsiyasi xududida mamlakatning yagona energetika sistemasiga kiradigan Markaziy, shimoliy g’arbiy, Volga bŏyi, shimoliy Kavkaz, Ural va Sibir energetika sastemalari ishlab turadi ( Sibir Yagona energetika sistemasiga kirmaydi) kŏplab TES lar qatori Volga-Kama va Angara-Enisey yirik gidroenergetika kaskadlari bor; yirik Sayan- Shushensk GES, AES lar( Leningrad, Novovoronej va bosh) qurilgan. Ŏrmon sanoati – mamlakat sanoati keksa tarmog’i bŏlib, ŏrmon ximiya korxonalari mamlakatning Evropa qismining shimolida va Uralda bor. Ŏrmon sanoati negzida mebel’ korxonalari vujudga kelgan. Bu korxonalar Rossiyaning Evropa qisimida tŏplangan. Tsellyuloza qog’oz kombinatlari Kareliyada Volga hamda uning irmog’i Kama daryosi bŏyida joylashgan. Oziq ovqat sanoati Rossiya xalq xŏjaligining hozirgi zamon texnikasi bilan ta’minlangan, yuqori darajada rivojlangan tarmog’idir. Ayniqsa un tortish, qandg’shakar va baliq mahsulotlari ishlab chiqarish ajralib turadi, gŏsht, sut, kanditer, konservalar, margarin, vitaminlar ishlab chiqarish yŏlga qŏyilgan. QIShLOQ XŎJALIGI 1986 yili qishloq xŏjaligining yalpi mahsuloti 198 yilgiga nisbatan 18% ŏsdi. Qishloq xŏjaligiga yaroqli erlar 218,5 mln.ga. shu jumladan haydaladigan erlar 134,0 mln.ga ( 60% dan ziyod) pichanzorlar 23,7 mln.ga yaylovlar 59,4 mln.ga. Haydalgan erlarning 4\5qismi Markaziy va Markaziy qoratuproq rayonlariga. Volga bŏyi, Shimoliy Kavkaz, Ural va G’arbiy Sibirga tŏg’ri keladi. qishloq xŏjaligi yalpi mahsulotining 39% dan ziyodini dehqonchilik. Qariyib 61% ni chorvachilik beradi. 1986 yili qishloq xŏjalik ekinlari maydoni 119,2 mln.ga bŏlgan. Asosan qishloq xŏjalik ekinlari g’alla, qand lavlagi, kungaboqar. Kartoshka, zig’ir Volga bŏyi, Shimoliy Kavkaz, G’arbiy Sibir’, Ural va Markaziy qoratuproq rayonida bug’doy, Markaziy rayon va Shimoliy G’arbiy rayonda zig’ir, va Shimoliy Kavkaz, Volga bŏyi, markaziy qoratuproq rayonida kungaboqar, markaziy qoratuproq rayoni va Shimoliy Kavkazda qand lavlagi etishtiriladi. 1986 yili sug’oriladigan erlar 7,3 mln.ga ni tashkil etgan. Chorvachiligi gŏsht-sut va gŏsht-jun etishtirishga ixtisoslashgan. Mamlakatning Evropa qismida ŏrmon-ŏrmon dasht zonalarida hamda SIbirda sersut qoramollar boqiladi. Chŏchqachilik dehqonchilikdan keladigan em xashak va oziq-ovqat sanoati chiqitlari hisobiga rivojlangan. Shu sababli chŏchqachilik kartoshka, qand lavlagi kŏp ekiladigan rayonlarda markaziy qora tuproqli oblastlarda va yirik shahar atroflarida tŏplangan. Bug’uchilik chekka Shimolda rivojlangan. TRANSPORTI VA TAShQI ALOQALARI. Temir yŏllar uzunligi (1986) 85,3 ming km, avtomobil’ yŏllari 461,* ming km, shu jumladan qattiq qoplamali yŏllar 370,9 ming km. Yirik quvur transporti tarmoqlari mavjud. Suv yŏllari sistemasi Oq dengiz Boltiq kanali, Moskva nomli kanal, Volga-Don kanali, Volga – Boltiq suv yŏli. Timn Pechora, Kursk magnit anomaliyasi, G’arbiy Sibir’ Kansk-Achinsk, va boshqalar. Xududiy ishlab chiqarish majmualari shakllanmoqda. Rossiya Federatsiyasi noqoratuproq zonasi xŏjaligini rivojlantirishning uzoq muddatlt rejasi amalga oshirilmoqda. Rossiya federatsiyasida kurortlar kŏp. Rossiya Federatsiyasi chegarasining kŏp masofada suvlikdan ŏtganligi kŏplab davlatlar, qit’alar bilan savdo aloqalarini rivojlantirishga qulay. Dengiz transportining geografiyasi va mamlakatni 14 dengiz ŏrab turganligi bilan belgilanadi. Rossiya dengiz floti yuk kŏtarish qobiliyati jihatidan faqat 6 davlatdan keyin turadi. 1. Liberiya 2. Yaponiya 3. Angliya 4. norvegiya 5. Gretsiya 6. Panama Yuk oborish jihatidan qora dngiz Azov dengiz portlari 1 ŏrinda turadi. Havo yŏllari uzunligi jihatidan dunyoda oldingi ŏrinlarda turadi. Rossiya Federatsiyasi tarkibiga 16 avtonom respublika, 49 oblast’, 1030 ta shahar va 2178 shahar tipidagi posyolka kiradi. Rossiya Federatsiyasi 10 ta iqtisodiy rayonga bŏlinadi. 1. Markaziy rayon 2. Markaziy qoratuproq rayoni 3. Volga-Vyatka rayoni 4. Shimoliy g’arbiy rayon 5. Volga bŏyi rayoni 6. Shimoliy Kavkaz rayoni 7.Ural rayoni 8.G’arbiy Sibir’ rayoni 9.Shraqiy Sibir’ rayoni 10.Uzoq Shark rayoni Nazorat uchun savollar 1.Mamlakatning geografik ŏrniga qanday qulayliklar mavjud? 2. Tabiiy boyliklarni asoslarini qaysi tabiiy resurslar egallaydi? 3.Mamlakatsanoatida qaysi tarmoqlar rivojlangan? MAVZU: MOLDOVA RESPUBLIKASI Maqsad: Moldova hududi, IGŎ xususiyatlari, tabiiy sharoiti, aholi soni, zichligi, urbanizatsiya jarayoni, xŏjaligi, rivojlanishi, ixtisoslashish jarayonlari bilan tanishtirish. Mamlakat sanoatining muhim tarmoqlari, qishloq xŏjaligi, ixtisoslashuvi, xilma-xilligi, transport turlari, iqtisodiy aloqalari haqida bilim berish. Uslubiy ta’minot: 1. Ekonomicheskaya i sotsial’naya geografiya. Pod.red. V.Ya.Roma. M. 1987 2. Saushkin A.A. Ekonomicheskaya otsenko estestvenn’x resursov. M. Misle 1973 3. Ma’ruza matni, ishchi dastur REJA: 1. IGŎ 2. Tabiiy resurslari 3. Aholisi va Davlat tuzumi 4. Xŏjaligining rivojlanishi a) sanoati, b) qishloq xŏjaligi 5. Transporti 6. Iqtisodiy aloqalari Asosiy qism: Moldova Respublikasi Ukrainaning g’arbiy qismida joylashgan. Maydoni – 33,7 ming.km, aholisi- 4,3 mln.kishi. Hududi Dnestr va Prut daryolari oralig’ida ma’lum qismi Dnestr daryosining chap qirg’og’ida joylashgan. Hududi shimoliy janubga 350 km, g’arbdan sharqga-150km chŏzilgan. G’arbiy chegarasi Prut daryosidan ŏtib Ruminiya bilan chegaradosh. Shimoldan, sharqdan va janubdan Ukraina bilan chegaradosh. Respublika hududidan temir yŏl ŏtgan bŏlib Kŏp Respublikalar bilan tutashgan. Janubiy g’arb hududida Dunay orqali Ruminiya bilan chegaradosh. Moldova IGŎ, xŏjaligini shakllantirish va rivojlantirish hamda boshqa rayonlar bilan aloqa qilishda muhim ahamiyatga ega. Xalqaro mehnat taqsimotida meva, uzum, sabzavot, kungaboqar, qand lavlagi, qishki bug’doy, makkajŏxori, shakar va efir yog’i (moyi) ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Xŏjaligining rivojlanishiga kŏra industrial agror mamlakat. Sobiq SSSRda olinadigan uzumning 20%, 15% meva, 10% konservalar tŏg’ri kelgan. Tabiiy resurslari Moldova hududi kichik bŏlsa ham tabiiy sharoiti kŏp tarmoqli qishloq xŏjaligini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Hududi dengiz sathidan ŏrtacha 150m balandlikda joylashgan. Tepalik va daryo terrasalari bog’dorchilik va uzumchilik bilan band. Dnestr, Prut, Rsuta, Yalpuga va boshqa daryolar ŏzanlari sabzavot va em-xashak ekinlari bilan band. Iqlimi ŏrtacha kontinental, yozi issiq, kuzi uzoq va issiq. Qishining iliqligi qishloq xŏjalik ekinlaridan mŏl hosil olishda alohida ahamiyatga ega. Yog’ingarchilik kam 400-500mm shuning uchun respublikada sun’iy sug’orish katta ahamiyatga ega. 1600 dan ortiq sun’iy suv havzalari bŏlib ularning maydoni 20 ming.ga etadi. Yirik suv omboridan Gidichev Bik (Buqa daryosida), Komrat va Kongas suv omborlari Yalpug daryosida qurilgan hududining 80%i qora tuproq bilan qoplangan. Moldova 2ta zonada Ŏrmon, dasht va dashtda joylashgan ŏrmon bilan 300 ming.ga maydon band. Bu ŏrmonlar dengiz sathidan 300m balandlikda joylashgan. Qazilma boyliklardan qurilish materiallari ohaktosh, oyna qumi va boshqalar mavjud. Moldovada er, ŏrmon, suv va qazilma boyliklarning konligi tabiatni muhofaza qilish muammolarini keltirib chiqaradi. Davlat tomonidan 31ta tabiat landshaftlari maydoni, 36ta qimmatbaho ŏrmon uchastkalari, ŏrmon qŏriqxonasi 6ta dasht uchastkasi qŏriqlanadi. Tarixiy geografik omillar X1U asrning boshlari 2-chi yarmida Moldova hududida Moldova feodal knyazligi XU1 asrda Turkiya Sultonligi qarshiligiga uchradi va 300 yil davom etdi. X1X asrda rus harbiylari g’alabasidan sŏng Dnestr va Prut daryolari oralig’ida Bessarabiya deb atalib Rossiya tarkibida bŏldi. Bessarabiya yirik qishloq xŏjalik rayonlarga aylandi va ichki bozorga bog’dorchilik va uzumchilik mahsulotlari, tashqi bozorga g’alla va chorva mahsulotlari etkazib berdi. U Oktyabr Sotsialistik Respublikasi Moldova xalqiga ozodlik olib keldi. 1 yanvar 1918 yil Sovetlar xokimiyati paydo bŏldi. Ruminiya korolligi tez vaqtda Bessarabiyani bosib oldi. 12 oktyabr 1924yil chap qirg’oqda Moldova Avtonom Soset Sotsialistik Respublikasi Ukraina tarkibida bŏldi. 2 avgust 1940yil Moldova SSR tashkil topdi. 1941- 1944 yillari xŏjaligi vayronagarchilikka aylandi. Aholisi Aholisining 4,3 mln.kishi. Aholisining 64% moldovanlar. Respublikada Ukrainlar, ruslar, gagauzlar, bolgarlar, beloruslar va boshqalar yashaydilar. Ŏrmon zichligi 1 kv.km 121 kishi Aholisining zichligi yuqori hududlari shimoliy va markaziy rayonlar va Dnestr bŏylarining quyi qismida joylashgan. Shahar aholisi 45%ni tashkil etadi. Xŏjaligi Xŏjaligining negizida sanoat egallaydi. Sanoat mahsuloti 1940yilga nisbatan 60 marotaba ŏsdi. Sanoatda Energetika, mashinasozlik va metalga ishlov berish, ximiya sanoati va qurilish materiallari. Elektroenergetikada IESlari asosan chetdan keltiriladi. (Ukrainadan) kŏmirda ishlaydi. Elektroenergiya ishlab chiqarish 16,8 mlrd.kvt/s yirik GRES Moldova Tiraspol’ rayonida Dnestr qishlog’ida joylashgan. Kishinev va Bel’tsaxda TETs (IEM), Dnestr daryosida Dubossar GESi qurilgan. Mashinasozlik kompleksida mehnatni kŏp talab etuvchi va metalni kŏp talab etmaydigan tarmoqlari rivojlangan xom-ashyoni chetdan keltiradi. Mashinasozlik elektr dvigetel’lar, transformotorlar, elektro apparatlar, (Kishinev, Tiraspol’, Bel’tsi, Bender) rivojlangan. Kishinevda traktor, xolodel’niklar, oziq-ovqat uchun jihozlar, Tiraspol’da, Beletsada, Oknits-texnologik jihozlar. Ribnitsada palos zavodlari mavjud. Sanoatning yangi tarmoqlaridan ximiya, rezinatexnika buyumlari, lak-buyoq Kishinev, Tiraspol’, Bender, Bel’tsi, Ungen shaharlarida ishlab chiqarishdi. Mahalliy xom ashyolar mavjudligi qurilish materialalri sanoatida 200dan ortiq korxonalar mavjud. Bu korxonalar g’isht, shifer, tsement, ohak, gips, oyna, asbest, quvurlar va boshqalar ishlab chiqadi. Mahsulotlar ishlab chiqarish markazlari: Kiginev, Bender, Bel’tsi, Tirospel’, Soraxi, Dubossar, Ribnitsa. Moldovada rivojlangan turli qishloq xŏjalik tarmoqlari mavjud. Qishloq xŏjalikda dehqonchilik yalpi mahsulotning 2/3 ni tashkil etadi. Qishloq xŏjalikning asosiy tarmog’i g’allachilik xŏjaligi 720 ming. Ga maydon band. Bug’doy va makkajŏxori etishtirishda Rossiya va Ukrainadan keyin turadi. Texnik ekinlardan (400ming.ga) kungaboqar, qand lavlagi. Moldova Sobiq SSSRda bog’dorchilikda (200ming.ga) uzumchilikda (250ming.ga) rivojlangan respublika hisoblangan. Sug’oriladigan maydoni 350 ming.ga tashkil etadi. Janubiy rayonlarda sug’oriladigan Dunay daryosi suvidan foydalaniladi. Janubda Yalpug- Tarakliya magistral’ kanali va katta suv ombori qurilgan. Qishloq xŏjalik mahsulotining 30% chorvachilikka tashkil qiladi. Yirik shoxli qoramol, chŏchqa, qŏychilik, parrandachilik qishloq xŏjalik xom ashyosini qayta ishlovchi tarmoq, oziq-ovqat sanoat tarmog’i rivojlangan. Oziq-ovqat tarmoqlaridan konserva, yog’-moy, shakar, gŏsht, uchun va konditer tarmoqlari. Respublikada 30dan ortiq konserva zavodlari va ixtisoslashgan sovxozlar mavjud. Transporti Hamma tarmoqlari mavjud. Mamlakat ichkarisida avtomobil boshqa respublikalar bilan temir yŏl tutashtirib turadi. Yirik avtomobil yŏllaridan Odessa-Tiraspol’-Kishinev-Bel’tsi- Oknitsa-Chernovtsi. Daryo transportida Dnestr daryosining roli katta. Xŏjalikni xududiy joylashtirishda 1) Markaziy 2) Shimoliy 3) Janubiy, sharqiy 4) Janubiy rayonlarga ajratiladi. 1) Markaziy rayon sanoati rivojlangan transportning hamma turlari bilan respublikaning boshqa hududilari bilan bog’langan. Rayon ulushiga respublika mashinasozlik tarmoq mahsulotining teng yarmi tashkil qiladi. Rayonda Respublika energetikasining deyarli hamma qismi joylashgan. Respublika poytaxti Kishinev (600ming kishi) mashinasozlik markazi, yirik engil sanoat markazi va ximiya sanoati rivojlangan. Sanoat mahsulotining 25% beradi. Qishloq xŏjalikda bog’dorchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan. 2) Dnestr va Prut daryolari oralig’i va Dnestrning chap qirg’og’ida shimoliy rayon joylashgan. Respublika mehnat taqsimotida g’alla, qand lavlagi, kungaboqar, tamaki, bog’dorchilik, gŏsht- sut chorvachiligiga ixtisoslashgan. Sanoatida asosiy ŏrinni oziq- ovqat tarmog’i egallaydi. Deyarli hamma qand ishlab chiqarish korxonalari (Bel’tsi, Ribnitsa, Kalnnins, Dondyushoni, Frunza, Drokiya, Faleshti, Glodeni, Briulntsa) joylashgan. Yirik shaharlari Bel’tsi oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Qishloq xŏjalik mashinasozligi, mebel’, qurilish materiallari, engil sanoat. 3) Janubiy sharq rayon Quyi Dnestr bŏyida joylashgan. Rayon bog’dorchilik va sabzovotchilik sanoat rayoni hisoblanadi. Yirik shahri Tiraspol’ (170 ming.km) mashinasozlik “Elektromash” Elektro apparatura, avtopritsep, oziq-ovqat va engil sanoati rivojlangan 4) Janubiy rayon hududining 20% egallaydi. Yalpi mahsulot jihatidan qishloq xŏjalik rivojlangan rayon hisoblanib sanoatdan ustun turadi. TIKda uzumchilik, bog’dorchilik, g’allachilik texnik ekinlar etishtirishda ixtisoslashgan. Chorvachilikda qŏychilik engil sanoatda gilam tŏqish rivojlangan. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling