Toskent viloyat davlat pedagogika instituti


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/13
Sana05.09.2020
Hajmi1.03 Mb.
#128636
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
jahon mamlakatlarining iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi(1) 130620082611


Gazning aniqlangan zonasi 2,5 trli.m
3
 ni tashkil qiladi. 3/5 qismi 
Molayziya bilan Bruneyga, 2/3 qismi Indoneziyaga tŏg’ri keladi. 
Kolimanton orolining g’arbda va janubida va Luson orolida Uran 
konlari ham topilgan. 
Iqlimi.  Region  issiq  subekvatorial  va  ekvatorial  iqlimga  ega. 
Ekvatorial  kenglikda  yog’inlar  yil  bŏyi  2000-3000mm.  Subekvatorial 
oblastlarda  Musson  havo  massalari  ta’sirida  bŏladi.  Shimoliy  yarim 
sharda    yog’irgarchilik  yozda,  janubiy  yarim  sharda  –  qishga  tŏg’ri 
keladi. 
Ichki  suvlari.  Daryo  tarmoqlari  juda  zich.  Yirik  daryolaridan 
Likong,  Saluin,  Irovadi,  Linom-Chao-Priya  uzunligi  1  ming  dan  4.5 
ming  km.gacha.  daryolar  asosan  yomg’ir  suvlaridan  tŏyinadi.  Daryo 
yog’ingarchilik  davrida  tŏlib  toshib  ŏzining  ŏzanidan  chiqib  ketadi. 
Shu daryolar daryo transportida ham xizmat qiladi. 
Tuprog’i.  Regionning  katta  turritoriyasida  qizil-sariq  tuproqlar 
tarqalgan.  Qizil-sariq  tuproqlarning  unumdorligi  past  dehqonchilikda 
u  erlarga  mineral  ŏg’itlar  ishlatish  kerak.  Almovial  tuproqlarning 
unumdorligi yuqori. 
Ŏsimliklari. Territoriyaning katta qismi doimiy yashil nom tropik 
ŏrmonlar  bilan  qoplangan.  Tropik  ŏrmon  yog’ochsozlik  turi  bŏyicha 
janubiy  sharqiy  Osiyo  dunyoda  Broziliyadan  keyin  2-chi  ŏrinda 

turadi. Doimiy yashil nom tropik ŏromnlarda temir daraxti, qizil, qora 
va boshqa nomli ŏziga yuqtirmaydigan turlari keng tarqalgan.  
Aholisi.  Regionda  Mongoloid  va  Avstroloid  irqiga  mansub 
bŏlgan aholi tarqalgan. Kŏp millatli Birmaliklar, Tailandda Tay xalqi, 
Indoneziyada  (Yavanliklar  sund),  Madur  (va  boshqalar).  Filippinda 
(visayya,  tagal,  ilox,  bikolo,  ifugao,  moro  va  h).  Malayziya  va 
Singapurda  Malayziyalik  tarqalgan  47%,  Xitoyliklar  34%  va  boshqa 
joylardan  kelgan  9%.  Davlat  tili  Birma,  Tailand,  Indoneziya  va 
Kampuchiyada  1  xil  bŏlsa,  boshqa  davlatlarda  bir  nechta  davlat  tili 
mavjud.  Regionda  musulmon  dini,  Budda  dini,  Filippinda  Xristion 
dini, Induizm dinlari tarqalgan. Aholi juda tez ŏsmoqda, yiliga  2-3%, 
har 28 yilda aholi 2 barobar kŏpayadi. Aholining 2H5 qismi yoshlarni 
tashkil qiladi. Ŏrtacha umr kŏrish 40-60 yosh. Singapurda ŏrtacha umr 
kŏrish  70  ga  yaqinlashmoqda.  Regionda  60%  yaqin  aholi  mehnatga 
yaroqli,  lekin  shundan  40%  iqtisodiy  aktiv  aholi.  Janubiy  sharqiy 
Osiyoda aholi zich joylashgan, ŏrta zichlik 80 kishi  1km
2
 . D avlatlar 
ŏrtasida  aholi  zichligida  bir-biridan  farq  qiladi.  Singapur,  Filippin, 
Tailand,  Indoneziyada  aholi  zichligi  yuqori.  Yava  orolida  aholi 
zichligi  zich  joylashgan  650  kishi  1  km
2
.  Singapurda  1km
2
  ga  4000 
kishi  tŏg’ri  keladi.  Shaharlarda  ayniqsa  Poytaxt  shaharlarda  Manila 
(7.7 mln) Djakarta (6.6mln) Bongok (5mln) Ranchun (2.4 mln) va h.k. 
Sanoati.    Sanoat  jami  moddiy  boylikning  20%ni  beradi.  Unda 
1/10 iqtisodiy aktiv aholi band. Kŏpgina davlatlar engil sanoat asosida 
industerialashtirilgan.  Engil  sanoat  tarmoqlari  uchun    anjomlar, 
mashinalar,  yarim  fabrikatlar,  chetdan  keltirilmoqda.  Singapur, 
Malayziya,  Filippin,  Tailandda  og’ir  sanoat  va  engil  sanoat  yaxshi 
rivojlandi.  Ba’zi  davlatlarda  kichik  fabrikalar,  korxonalar    hali  ham 
mavjud. 
Energetika  .  Regionda  sust  rivojlangan  energobalansida  neft 
asosiy  ŏrinni  egallaydi.  Ishlab  chiqarilgan  energiyaning  4/5  qismi 
neftga  tŏg’ri  keladi.  Bruney,  Indoneziya,  Molayziya  va  Birma 
davlatlari elektroenergiyaga bŏlgan ehtiyojini qondiradi. Neft hisobiga 
qolgan davlatlar Singapur, Tailand, Filippin chetdan keltiradigan xom 
ashyolar  hisobiga  ishlab  chiqaradi.  Regionda  dunyo  bŏyicha  yirik 
neftni qayta ishlaydigan markaz Singapur yiliga 50 mln.t neftni qayta 
ishlaydi.    Neftni  eksportga  ham  chiqaradi.  Yirik  neft  zavodlari 

Filippinda,  Indoneziya,  Molayziya,  Bruney  va  Tailandda  gazni 
suyultiradigan  korxonalar  ham  mavjud.  Suyultirilgan  gazni  chetga 
chiqarish  bŏyicha  Indoneziya  dunyoda  birinchi  ŏrinda  turadi.  Kŏmir 
va Gidroenergiya resurslari energiya balansida salmog’i kam. 
Tog’  konlari  sanoatida  asosiy  tarmoq  neft,  gaz,  nikel  rudalari, 
qalay va boksit va temir rudalari hisoblanadi. 80-yillarda regionda 100 
mln.t.ga yaqin neft qazib olindi. (kapitalistik davlatlarning 4% tashkil 
qiladi).  Shu  jumladan  Indoneziya  –  80mln.t.  Molayziya  va  Bruney  – 
12mln.t.  Molayziya  va  Indoneziya  butun  kapitalistik  mamlkatlarda 
olingan qalayning 2/3 beradi. Tailand ham qalay koniga ega. Janubiy 
sharqiy  Osiyoda  (Tailand)  vol’from,  xrom  (Filippin)  nikel  va  mis 
qazib oladi va chetga chiqaradi.  
Qora    metallurgiya  kam  rivojlangan  tŏla  tsiklga  ega  bŏlgan 
metallurgiya  zavodlari  Singapur  va  Molayziya,  Filippin,  Tailand 
hamda  Indoneziyada  qurilmoqda.  Bu  zavodlarning  quvvati  uncha 
katta emas.  
Rangli  mutallurgiya.  Rangli  metallar  qazib  olinadi  va  boyitilib 
jahon  bozoriga  olib  chiqiladi.  Qalay  Molayziyada,  Tailand,  mis, 
Filippinda quyiladi.  
Mashinasozlik  va  metalni  qayta  ishlash  korxonalar  chetdan 
keltirilgan  qismlarni  yig’ish  va  remont  qilishga  mŏljallangan  
mashinasozlikning  asosiy  tarmoqlaridan  elektronika,  elektrotexnika, 
transport mashinasozligi, (kemasozlik, samolyot va kemalarni remont 
qilish)  Optika,  soatsozlik,  meditsina  apparatlari  ishlab  chiqarish 
rivojlangan. 
Ximiya  sanoati  regiondagi  mavjud  neft  va  gaz  xom  ashyolariga 
asoslangan.  Sintetik  tola,  Kauchuk,  Plastmassa,  formatsevtika, 
Parfmeriyalar  ishlab  chiqariladi.  Rezinatexnika  sanoatida  Kauchuk 
muhim  rol  ŏynaydi.  Markazi-  Singapur  hisoblanadi.  Singapur  va 
Filippinda yog’ochni qayta ishlovchi va tsellyuloza- qog’oz sanoatini 
rivojlantirilmoqda. 
Engil  sanoat.  Oziq-ovqat  va  tŏqimachilik  tarmoqlari  jami 
mahsulotning  2/3  beradi.  Rivojlangan    tarmoqlaridan  sholini  qayta 
ishlash,  qand,  tabak,  yog’-moy,  qishloq  xŏjalik  mahsulotlarini  qayta 
ishlovchi  tarmoqlar  rivojlangan.  Ishlab  chiqarilgan  mahsulotlar  ichki 
bozorda sotiladi. 

Qishloq  xŏjaligi  kŏp  davlatlar  uchun  qishloq  xŏjalik  tarmog’i 
iqtisod  asosiy  ŏrinni  egallaydi.  Jami  moddiy  boylikning  40% 
(Birmada 80%)ni  qishloq xŏjalik tashkil qiladi. Eksportida 50%, 2/3 
iqtisod  aktiv  aholi  qishloq  xŏjalikda  band.  Qishloq  xŏjalikda 
foydalaniladigan 
erlarni 
aholi 
jon 
boshiga 
taqsimlaganda 
Indoneziyada  0,2ga.dan  Birmada  1  ga.gacha  tŏg’ri  keladi. 
Dehqonchilik  qishloq  xŏjalikning  asosiy  tarmog’i  hisoblanadi.  Erlar 
asosan  daryo  vodiylarida,  tog’  oldi  rayonlarida  joylashgan.  Asosiy 
oziq-ovqat ekinlaridan sholi, qishloq xŏjalikda ishlanadigan erning 1/3 
qismi  sholi  ekish  uchun  band.  Danyoda  etishtiriladigan  sholining 
15%ni  beradi.  Taxminan  1980-85  yillarda  70  mln.t.sholi  etishtirdi. 
Shu jumladan Indoneziya – 29, Tailand – 18, Birma – 13 mln.t. va x.k. 
Bundan  tashqari  Kosonyog’i,  choy,  geveya,  kopra,  shakar  qamish  va 
boshqa ekinlar ekiladi. 
Chorvachilik  tarmog’i  hamma  joyda  ham  bir  xil  emas.  Asosan 
Buyvol  keng  tarqalgan.  Qishloq  xŏjalikda  ishlatiladi.  Chŏchqa, 
parranda  rivojlangan.  Baliqchilik  yaxshi  rivojlangan.  Tailand, 
Indoneziya va Filippin davlatlari dunyoda baliq tutish bŏyicha oldingi 
ŏrinda turadi. 
Transport. Temir yŏl va avto yŏllar uncha rivojlanmagan. Temir 
yŏl  qurilish  X1X  asr  oxirlarida  boshlangan.  Neft  va  gazga  boy 
davlatlarda boshqa aloqani Yaaoniya AQSh, Saud-Arabistoni va EES 
davlatlari  bilan  olib boradi.  Singapurda Rossiyaning kemalari  remont 
qilinadi. 
Bruney  va  Indoneziyada  truboprovodlar  rivojlangan  Singapur 
truboprovod orqali Djoxor bŏg’ozi orqali Molayziyadan ichimlik suvi 
oladi. 
Janubiy  sharqiy  Osiyo  uchun  eng  qulay  transport  dengiz 
transporti.  Har  yili  portlarda  xalqaro  yuklar  300mln.t.gacha  etadi. 
Shundan 2/3 eksportga jŏnatiladi. Yirik portlardan Singapur, 1983 yili 
jahonda  yuk  qabul  qilishda  va  jŏnatishda    3-chi  ŏrinni  egalladi. 
Kuniga 100ga yaqin kemalarni qabul qiladi. Urushdan keyin Aviatsiya 
transporti  ham  yaxshi  rivojlandi.  Yirik  xalqaro  portlardan  Singapur, 
Molayziya, Filippin, Tailand davlatlarida joylashgan. 
Tashqi  aloqalari.  Tashqi  aloqa  markazlariidan  Singapur,  Bruney 
hamda  Molayziya  davlatlari  hisoblanadi.  Region  ¾  qalay,  9/10 

Kauchuk va ½ ŏsimlik yog’i, rangli metal, neft, neft mahsulotlari ------
- konservalar chiqaradi. 
 
 
MAVZU: JANUBIY OSIYo 
 
Maydoni – 4.5 mln.km
2
 
Aholisi – 900 mln. dan ortiq 
Region Evrosiyo materigida joylashgan. Ximolayning janubida 
hamda Xind okeanidagi orollar kiradi. Region janubiy Osiyo yoki 
Xindiston subregioni deb ataladi. Xindiston bilan Pokiston sobiq 
SSSR bilan (Tojikiston) Afg’onistonning kengligi 17dan 35 km.gacha 
bŏlgan territoriyasi bilan ajralib turadi. 
1498yil Portugaliya ekspeditsiyasi Vasko-da Gamma Evropadan  
dengiz orqali Xindistonga yŏl oldi va bu erni Evropa davlatlari bosib 
ola boshladi. 
XU11  asrda  mustamlaka  davlatlar  ŏrtasida  Portugaliya, 
Niderlandiya,  Buyuk Britaniya  va  Frantsiya  davlatlari  ŏrtasida kuchli 
konkurentsiya  boshlandi.  Natijada  Angliya  g’alaba    qozondi  va  X1X 
asrda  yirik  mustamlaka  Britaniya  Hindistoni  tashkil  etdi.  Janubiy 
Osiyoda Buyuk Britaniya ŏzining ta’sirini kengaytira bordi. Tseylonda 
– Portugallar bilan Gollandlar ŏrniga Niglizlar keldi va bu erni egallab 
oldi.  Bundan  tashqari  Nepol,  Buton,  Sikkim  Knyazligi  shu  kabi 
Mol’div  sultonligi  ustidan  ŏzlarining  xukmronligini  ŏrnatdi.  2-chi 
jahon urushidan keyin Butun jahon Koloniol’ sistemasining tugatilishi 
natijasida  janubiy  Osiyo  davlatlari  ham  ozodlikka  erishdi.  1947  yili 
Britaniya Hindiston davlatini ozod qilishga majbur bŏldi. Natijada 2ta 
yangi  davlat  bunyod  bŏldi.  Hindiston  va  Pokiston.  Territoriyani 
bŏlishda  Indoizm  diniga  mansub  bŏlgan  aholi  joylashgan  territoriya 
Xindiston  Islom  diniga  esa  Pokiston  ajratiladi.  1950  yili  Hindiston 
konstitutsiyasi  qabul  qilindi  Hindiston  respublikasi  yoki  Bxarot  (eski 
nomi) deb e’lon qilindi. 
1956  yili  Pokiston  Islom  respublikasi  e’lon  qilindi.  Pokistonning 
tarkibida 2ta territoriyada yashovchi har xil xalq va millatlarni tashkil 
etuvchi  ekonomikasi  kam  bog’langan  provintsiyalar  g’arbiy  va 
sharqiy Pokiston birlashadi. 

1971  yili  sharqiy  Pokistonning  milliy  ozodlik  harakati  g’arbiy 
Pokistonning  harbiy  rejimini  tugatdi.  Sharqiy  Pokiston  ŏrniga 
mustaqil  Bangladish  xalq  respublikasi  tashkil  topdi.  Bu  tan  xolda 
Sikkii davlatlari ham ozodlikka erishdi. 
1974 yili Sikkii Xindistonning sostaviga avtonom shtat miqyosida 
kirdi. 
1972  yili  Britaniyaning  dominioni  bŏlgan  Tseylon  (1948y 
mustaqillikga  erishgan)  Shri-Lanka  respublikasi  deb  e’lon  qildi. 
Mol’div orolida saqlab qoldi. 
1965 yili mustaqillikka erishdi va sultonat deb e’lon qilindi. 
1968 yili respublikaga aylandi. 
1950 yili Nepol mustaqil davlat bŏldi.  
 
№  davlatlar 
maydoni 
ming. 
km
2
 
 
 
 
1  Xindiston 
3287.9 
710 
res-ka 
Deli 
2  Pokiston 
803.9 
88 
fed.res 
Islomobod 
3  Bangladesh 
143.9 
96 
res-ka 
Dakko 
4  Shri-Lanka 
65.8 
15.2 
res-ka 
Kolonbo 
5  Nepol 
14.8 
14.6 
kons.monar  Kitmondu 
6  Buton 
47 
1.3 
monarxiya 
Tximpxu 
7  Mal’div orol 
0.3 
0.143 
res-ka 
Mole 
Tabiiy  sharoiti  va  resurslari.  3ta  tog’  tizmalari  sistemasi 
shimolda yosh Himolay uzunligi  
1. 
2400km kengligi (eniga 200-350km) 
2. 
Nepol bilan Xitoy chegarasida Djom------ (8848m) 
3. 
Janubda  qadimgi  qalqon  Dekan  yassi  tog’i  davomi 
Shri-Lanka joylashgan. 
Qazilma  boyliklari.  Mineral  boyliklardan  temir,  marganets 
rudalari,  boksit,  seyuda,  tosh  kŏmir  Dekan  yassi  tog’ligida  tarqalgan 
Grafit  koni  (Shri-Lanka)  Indo-Gang  tekisligida,  dengiz  bŏyi 
rayonlarda  va  shel’flarda  neft  va  gaz  konlari  mavjud.  Osh  tuzi 
(Xindiston, Pokiston, Bangladesh)  

Iqlimi.  Musson  tropik  va  subtropik  xarakterga  ega  bŏlgan  iqlim 
xukmroni.  Yanvar  ŏrtasida   t  -  rasi Xindiston shimolida 20
0
  janubida 
27-29
0
. eng issiq havo iqlim mart-may oylarida (markaziy rayonlarda  
t-  ra 40
0
dan  oshadi)  yozgi  janubiy  g’arbiy  musson  quruqlikka namga 
tŏyingan havo massasini olib keladi va yog’ingarchilik bŏladi yiliga 2-
3 ming.mm (ba’zi joylarda 8-12 ming.mm) 
Daryolari. 
Hindiqush, 
Karokorum 
tog’ 
tizmalaridan 
boshlanadigan  Ind,  Gang,  Braxmatutra  daryolari  eng  sersuv  daryolar 
hisoblanadi. Sug’orishda muhim rol ŏynaydi. 1950 yili nepol mustaqil 
davlat bŏldi. 
Tuproq va  ŏsimlik qoplami. Boy odamlarning ta’siri natijasida 
keskin  ŏzgargan.  Hozirgi  kunda  maydonining  1/10    ŏrmon  bilan 
qoplangan.  Namli  ketarli  oblastlarda  doimiy  yashil  tropik  ŏrmonlar 
tarqalgan.  Quruq  rayonlarda  Dekoi  yassi  tog’ligida  Pokiston  va  Shri-
Lanka  shahrida  tikonli  bŏtalar  ya’ni  chŏl  zonalariga  mos  ŏsimliklar 
ŏsadi. Janubiy Osiyo er resurslariga juda boy. Tuprog’i juda unumdor 
erlar  Indo-Gang  tekisliklarda  tarqalgan.  Ba’zi  erlar  notŏg’ri 
foydalanish  natijasida  eroziyalarga  yoki  botiqliklarga,  shŏrlanish 
darajalari ortib ketmoqda. Ekologik problemalar paydo bŏlmoqda.  
Aholisi.  Maydoni er sharining 3% tashkil qilib Jahon aholisining 
20% yashaydi. Yillik tabiiy ŏsish 2.2 -2.6%. aholisi yosh. Yoshlar (15 
yoshgacha)  40%,  Bangladesh  va  Pokistonda  45%  tashkil  qiladi. 
Erkaklar  ba’zi  bir  davlatlarda  ayollarga  nisbatan  kŏpchilikni  tashkil 
qiladi. (51-51,5%) ŏrtacha umr kŏrish uncha yuqori emas. 
Bangladesh – 40 yosh 
Hindiston – 55 yosh 
Shri-Lanka – 65 
Ŏrtacha zichligi 1 km
2
 ga 200 kishi.  
Tekisliklarda zichlik yuqori 
Dakka – 1500 kishi 
Hindiston – 200 kishi 
Pokiston – 110 kishi 
Ikkita  til  oilasiga  –  Indoevropa  va  Drovid.  Kŏpchilikni 
Indoevropa  oilasiga  mansub  xalqlar  Xindistonliklar  (180mln) 
Hindistonda  (shimoliy  Hindi  davlat  tili)  Belgallar  (140  mln) 
Bangladnsh,  g’arbiy  Bengaliya,  Peidshabliklar  (70  mln)  Pokiston-

Xindiston  Biharlar  (70  mln)  Marotxi  (50  mln)  Xindiston.  Dravid 
oilasiga  mansub  xalqlar  Xindiston  janubidagi  Telegu  (55  mln) 
Tamillar (50 mln). 
Pokistonda    Urdu,Pandjobliklar,  Pushtunlar,  Shri  –  Lankada  
aholining 2/3 qismi Singallar, ¼ qismi tamillar, Shri - Lankada davlat 
tili  Singal  va  Tamil  tillari  hisoblanadi.  Nepalda  aholining  yarmidan 
ortig’i  Nepalliklar  yoki  Gurkxi  halqlari  hrsoblanadi.  Bangladesh 
davlatining  halqi  bir  xil  halq  aholisining  98  foizi  bengallar. 
Bangladeshda  davlat  tili  Bengal  tilidair.  Regionda  iqtisodiyotiga, 
madaniyatiga  va  siyosatiga  kuchli  ta’sir  etuvchi  har  xil  dinlar 
tarqalgan.  
Induizm  dini  Hindiston,  Bangladesh,  Shri    -  Lanka,  nepalda 
tarqalgan. Ikkinchi yirik din Islom dini Pokiston, Bangladesh, Mal’div 
respublikasi    va  Hindistonnnig  ma’lum  bir  qismida  tarqalgan.  Shri  – 
Lanka, Butan davlatida Buddizm dini tarqalan. Evropa va Amerikadan 
kelgan  halqlar  asosan  Nosroniy  diniga  mansub  halqlar  hisoblanadi. 
Regionda  aholi  zichligi  yuqori  millioner  shaharlar  Kal’kutta  –  9  mln 
kishi, Bombey – 8 mln, dehli – 5,5 mln, Madras – 4,5 mln, Qarachi – 
4 mln, Dakka – 3,5 mln kishi yashaydi. 
Xŏjaligi  
Regionda  arxeologik  izlanishlar  natijasida  Hind  –  Gang  past 
tekisliklarida (Eramizdan avvalgi 4 – 2 ming yil) Xarappa madaniyati 
qoldiqlari topilmoqda. Regionda qurilgan kŏp korxonalar Sobiq SSSR 
yordamida  ishga  tushirilgan.1973  yili  Pokiston  bilan  sobiq  SSSR 
ŏtasida shartnomalar tuzildi va Qarachi shahri yaqinida quvvati yiliga 
1  mln.  tonna  metal  quyadigan  zavod  qurilisha  boshlandi  va  qurib 
ishga  tushirildi.  Kanada  davlati  bilan  birga  Pokiston  davlati  Qarachi 
shahrida  quvvati  200  ming  kVt.ga  teng  bŏlgan  Atom  elektr 
stantsiyasini  qurib  ishga  tushirishdi.  Hindiston  va  Bangladesh 
davlatlari jahon bozoriga zig’ir va zig’ir tolasidan olingan mahsulotlar 
etkazib berishda. Hindiston va Shri – Lanka esa choy etkazib berishda 
oldingi  ŏrinda  turadi.Bulardan  tashqari  Shri  –  Lanka  tabiiy  kauchuk, 
kokos pal’masi, sholi, bug’doy va boshqa ekinlar etkazadi. 
 
MAVZU: HINDISTON RESPUBLIKASI 
 

MAQSAD:  Hindiston  Respublikasi    dunyo  siyosiy  xaritasida 
tutgan  ŏrni.  Hindistonning  hududi,  iqtisodiy  geografik  ŏrni,  xududlar 
ŏrtasidagi  tafovutlarni,  tabiiy  resurslar  bilan  ta’minlanganlik 
darajasini,  aholi  ŏrtasidagi  tafovutlar,  xŏjalik  tarmoqlarining 
rivojlanishidagi  sabab  va  oqibatlari  yuzasidan  talabalar  bilimini 
oshirishda bilim va kŏnikma hosil qilish. 
Uslubiy  ta’minot:  Dunyo  siyosiy  xaritasi,  atlas,  adabiyotlar, 
namunaviy dastur, ishchi dastur. 
Mavzu rejasi: 
1.  Hindiston hududi, chegaralari, iqtisodiy geografik ŏrniga 
tavsif 
2.  Tabiiy sharoiti va resurslari 
                 3.Aholisi 
                 4.Xŏjaligining shakllanishi va rivojlanishi 
                 5.Transporti 
                 6.Tashqi iqtisodiy aloqalari  
Maydoni – 298 mln.km
2
 
Aholisi – 969,7 mln. kishi (1997y) 
Poytaxti - Dehli 
       Hindiston Respublikasi xududiga Arabiston dengizidagi Lakkadiv 
orollari va Benga qŏltig’idagi Andaman, Nikobar orollari ham kiradi. 
Hindiston  respublikasining  iqtisodiy  geografik  ŏrni  qulay  joyda 
joylashgan. Evropadan Janubiy va Janubiy Sharqiy Osiyoga boradigan 
dengiz transporti, Janubiy G’arbiy Osiyodan Janubiy Sharqiy Osiyoga 
ŏtadigan quruqlik transporti yŏlida joylashgan. 
     Tabiiy  sharoiti  va  resurslari.          Hindiston  Respublikasining 
maydoni  katta  shimoliy  janubga  3200km.  g’arbdan  sharqqa 
2700km.ga  chŏzilgan  territoriyasining  asosiy    qismi  Hind-Gang  past 
tekisligidan va dekan yassi tog’lig’idan iborat. Qazilma boylikka juda 
ham  boy  va  turlari  ham  kŏp.  Toshkŏmirning  aniqlangan  zapasi  115 
mlrd.t  kokslanuvchi  kŏmir  zahirasiga  uncha  boy  emas.  Mamlaktning 
janubiy 
qismida 
qŏng’ir  kŏmir 
joylangan 
(2mlrd.t) 
Sovet 
mutaxassislari  yordamida  neft  topildi  va  ishga  tushirildi.  Bundan 
tashqari  radioaktiv  elementlardan  tariy  va  Uran  konlari  ishga 
tushirildi.  Temir  rudasiga  juda  boy.  22  mlrd.t.sifati  yuqori  tarkibida 
temir  miqdori  kŏp.  Hindistonda  marganets  rudalari  ham  keng 

tarqalgan.  Hindistonda  mavjud  bŏlgan  rangli  metallar,  olmos, 
qimmatbaho  toshlar  va  oltin  konlari  hozirgi  vaqtda  tugash  arafasida. 
Asosiy  qazilma  boyliklar  mamlakatning  shimoliy-sharqiy  qismida 
joylashgan.  Oris  va  Bixor  shtatlari  chegarasida  temir  rudasiga  boy 
bŏlgan  polosa  tashkil  qilgan.  Butun  jahonda  muhim  ahamiyatga  ega 
bŏlgan  konlardan  Singbxum-Chxota–Nagpur  platosida.  Marganets 
rudalari  ham  bor.  Shimolroqda  Damodar  daryosi  vodiysida  Bixar  va 
G’ar  Bengol  shtatlarida  toshkŏmir  koni butun  kŏmirning  2/3  zahirasi 
joylashgan. 
Broxmaputra 
daryosi 
vodiysida 
Assam 
shtatida 
Hindistondagi  eng  keksa  konlaridan  neft  koni  joylashgan. 
Hindistonning  markaziy  qismida  Madx’ya-Pradem  shtatining  sharqiy 
qismida  qora  metal  rudalari  va  toshkŏmir  konlari  mavjud.  Hindiston 
g’arbida  topilgan  neft  va  gaz  (Gudjara)  shtati,  Kombey,  Ankleshvar 
konlari. Sanoatining rivojlanishiga katta ta’sir kŏrsatdi. 
       Iqlimi  musson  subtropik  va  tropik  iqlim  xarakteriga  ega 
bŏlgan iqlim xukmroni ŏrtacha yillik   t-ra 23-28
0
 qish oylarida tog’li 
rayonlarida    t-ra  0
0
ga  yaqinlashib  qoladi.  80%  yog’in  yoz  oylariga 
tŏg’ri keladi. Janubiy g’arbiy qismida musson (iyul’-sentyabr) Assom 
tog’larida  yog’ingarchilik  12  ming  mm  Gang  tekisligida  2500mm. 
Shimoliy g’arbiy qismida yog’in kam chunki bu erda Tar chŏli yiliga 
150 mm. 
Suv  resurslari.  Gang  daryosi  Himolay  tog’laridan  boshlanadi. 
Yomg’ir  va  qor-muzliklardan  tŏyinadi.  Dekan  tog’laridagi  daryolar 
yomg’irdan tŏyinadi. 
Tuproq  va  ŏsimlik  qoplami.  Xududida  yuqori  umumdor  allyuvial 
tuproqlar  tarqalgan.  Unumdorligi  uncha  yuqori  bŏlmagan  qizil  va 
laterit  tuproqlari  aosan  namgarchilik  yuqori  bŏlgan  xududlarda 
tarqalagn. Hindiston xududining 1/5 qismi ŏrmonlar bilan qoplangan. 
 Aholisi. Hindiston aholisi soni jihatidan Xitoydan keyin ikkinchi 
ŏrinda turadi. Aholisi ŏrtasida tug’ilish ming kishi hisobiga 33 kishini 
ŏlim  esa  12-13  kishini  tashkil  etadi.  1950  yillari  Hindiston  hukumati 
tomonidan  oilani  rejalashtirish  daturi  ishlab  chiqildi.  Aholisining  
jinsiy  tarkibida  ham  nomutonosibliklar  mavjud  bŏlib  erkaklar 
salmog’i  kŏpchilikni  tashkil  etadi.  Aholisining  ¾  qismi  35  yoshdan 
kichik  yoshdagilar,  2/5  qismi  esa  15  yoshdan  kichiklarni  tashkil 
etadi.Mamlakatda  induizm  va  musulmon  dinlari  tarqalgan  bulardan 

tashqari  nosroniy  va  buddizm  diniga  etiqod  qiladigan  halqlar 
yashaydi. 
Davlat  tuzimi.    Hindistonning  1950  yil  konstitutsiyasiga  binoan  
-  Federativ  Respublika.  Davlat  boshlig’i  –  Prezident,  qonun 
chiqaruvchi hokimiyat parlament (Halq palatasi va shtatlar kengashi), 
ijro  etuvchi  organ  vazirlar  mahkamasi.Bosh  vazir    boshchililida.. 
Hindiston  ma’muriy  siyosiy  bŏlinishida  25  ta  shtatga  bŏlinadi.  1885 
yili Hindiston milliy kongress partiyasi tashkil qilindi. 
Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling