Tosnkent moliya instituti u. K. Yakubov, yo. S. Ilxamova, M. I. Azizova elektron tijorat


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/54
Sana31.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1144489
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54
Bog'liq
httpel.tfi.uzimagesElektron tijorat 2 qism.pdf

2.4. Raqamli logistik yo‘nalishlar 
Logistikani boshqarish va logistikani fan sifatida tadqiq qilishning 
obyekti moddiy, axborot, moliya, servis va boshqa omillar 


50 
hisoblanadi. 
Oqim o‘zida bir qancha vaqt (interval) oralig‘ida va aniq davr 
uchun absolyut birlik bo‘lib, o‘lchanuvchi jarayon sifatida bir butun 
deb qabul qilinuvchi obyektlar jamligini aks ettiradi. 
Oqim ko‘rsatkichlari bu yuz berayotgan jarayonlarni tavsiflovchi 
ko‘rsatkichlardir. 
Oqimni tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar uning boshlang‘ich va 
oxirgi punktlari, harakat trayektoriyasi, yo‘l uzunligi, harakat vaqti va 
tezligi, oraliq punktlar, jadallik hisoblanadi. 
Oqimlar quyidagi ko‘rsatkichlar boyicha tavsiflanadi: 
Ko‘rilayotgan tizimga aloqasi bo‘yicha; 

ichki oqimlar – tizim ichida aylanuvchi; 

tashqi oqimlar – tizim tashqarisida aylanuvchi. 
Uzluksizlik darajasiga ko‘ra: 

uzluksiz oqimlar – vaqtning har onida oqim trayektoriyasi 
bo‘yicha obyektlarning ma’lum soni joylashadi; 

diskret oqimlar – har xil vaqt oralig‘ida joylashuvchi 
obyektlardan tashkil topadi. 
Muntazamlilik darajasi bo‘yicha: 
-
determinallashgan oqimlar – vaqtning har bir daqiqasida 
ko‘rsatkichlarning aniqligi bilan tavsiflanadi; 
-
stoxastik oqimlar – vaqtning har bir daqiqasida ma’lum 
ehtimollik darajasi bilan aniqlangan ko‘rsatkichlarning tasodifiy 
tavsiflari. 
Barqarorlik darajasi bo‘yicha: 

barqaror oqimlar – ma’lum vaqt oralig‘idagi ahamiyatli 
ko‘rsatkichlarning doimiyligi bilan xarakterlanadi; 

barqaror bo‘lmagan oqimlar – oqimlar ko‘rsatkichlarining 
o‘zgarishi bilan tavsiflanadi. 
O‘zgaruvchanlik darajasi bo‘yicha: 

statsionar oqimlar – o‘rnatilgan jarayon uchun xarakterli 
bo‘lib, ularning jadalligi doimiy hisoblanadi; 

nostatsionar oqimlar – o‘rnatilmagan jarayon uchun 
xarakterli, ularning jadalligi ma’lum davr oralig‘ida o‘zgarib turadi. 


51 
Oqim elementlarining joylashish xarakteri bo‘yicha: 

teng o‘lchamli oqimlar – obyektlarning joylashish tezligining 
doimiyligi bilan xarakterlanadi shunindek, obektlarning boshlang‘ich 
va oxirgi harakat intervallari ham teng; 

notekis o‘lchamli oqimlar – joylashish tezligi o‘zgarishi bilan 
xarakterlanadi, bunda tezlashish, sekinlashish, yo‘lda turib qolish, 
jo‘natish va yetib kelish oralig‘ida o‘zgarishlar bo‘ladi. 
Davriylik darajasi bo‘yicha: davriy oqimlar – ko‘rsatkichlarning 
doimiyligi yoki ma’lum davrdan keyin xarakterlar doimiyligining 
o‘zgarishi bilan xarakterlanadi. 
Tashish darajasining chastotasiga nisbatan: 

ritmli; 

ritmsiz. 
Murakkablik darajasi bo‘yicha: 

oddiy oqimlar – boshqaruv tizimi tomonidan boshqaruv 
ta’siriga adekvat javob beradi; 

boshqarib bo‘lmaydigan oqimlar – boshqaruv ta’siriga javob 
bermaydigan material oqimi tushunchasi logistikada birlamchi 
hisoblanadi. 
Moddiy oqimlar transportirovkalash, omborlashtirish va boshqa 
xomashyo, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar bilan birinchi 
manbaadan iste’molchigacha bo‘ladigan operatsiyalar orqali yuzaga 
keladi. Moddiy oqimlari har xil korxonalar orasidan yoki korxona 
ichidan ham o‘tishi mumkin. 
Moddiy oqimlar harakatida korxona nazoratini tashkil etish 
jarayoni bir butun o‘lchov sifatida qaraladi, ayniqsa, moddiy 
oqimlarning korxona ichidagi harakati, ularni rejalashtirish va 
zaxiralarning boshqaruvi haqida fikr yuritish mumkin. Shuni qayd 
etmoq kerakki, aksariyat tadqiqotlarda korxona yoki ombor mustaqil 
o‘lchov sifatida qaraladi va moddiy oqimning kirimi va chiqimi bilan 
bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarga asosiy e‘tibor qaratiladi Biroq 
masalaga bunday yondoshilganda ixtiyoriy operatsiyani (yuklash, 
yo‘ldagi vaqt) asosiy oqimlar uchun zarur vaqt va opersiyalarni 
boshlash uchun kerakli vaqt yetakchi boshqaruv omillaridan 


52 
hisoblanadi. 
Iste‘molchi mahsulotni mintaqaviy ombor orqali yoki bevosita 
ishlab chiqaruvchining o‘zidan olishi mumkin. Aniqki, buyurtmalarni 
bajarish muddati turlichadir. Ombordan mavjud mahsulotlarni 
saqlash uchungina emas, balki mahsulotlarni o‘z vaqtida yetkazib 
berish uchun ham foydalaniladi. Buyurtmalarning o‘z vaqtida 
bajarilishi transport vositalari, buyurtmalarni tayyorlash texnikalariga 
ham bog‘liq 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling