Tovar ayriboshlashning mohiyati. Reja: Takror ishlab chiqarish jarayonida ayriboshlash


Download 29.84 Kb.
bet2/2
Sana24.02.2023
Hajmi29.84 Kb.
#1227131
1   2
Bog'liq
Документ Microsoft Word (5)

Bozorning turlari.
Bozor jamiyat tarkibidan, uni rivojlantiruvchi omillardan kelib chiqib har xil turlanadi. I. Iqtisodiyotni ochiqligi nuqtai nazardan: 1.1. Erkin yoki ochiq (legal) bozor. 1.2. Soyadagi yoki yopiq xufyona bozor. Xufyona bozor tarkibi. 2.1.3.1. Chizmada keltirilgan. II. Ishlab chiqarish omillari va muomala ob’ektlarini nuqtai nazardan: 2.1. Tabiiy resurslar bozori (yer, tabiiy boyliklar). 2.2.Kapital (moliyaviy) bozori; (pul, valyuta, qimmatli qog‘ozlar, aksiya, obligatsiya, investitsiya). 2.3. Mehnat bozori; (ish kuchi, ish joyi). 2.4. Tovarlar bozori; (ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari) 2.5. Xizmat bozori; 2.6. Axborotlar bozori; 2.7. Uy – joy inshoatlari bozori. Bu umumlashtirilgan holdagi tarkib, bular yana tarkiblanadi. III. Geografik joylashishi nuqtai nazardan. 3.1. Xalqaro, jahon bozorlar (jahon birjalari). (neft, paxta, oltin va h.k.) 3.2. Joylardagi bozorlar (shahar, qishloq, mahalla)
Bozorning sub’ektlari.
Jamiyatda uchta asosiy iqtisodiy sub’ektlar tovar – pul munosabatlariga asosan aloqa qilib turadi. Bular davlat, korxona va uy (oila) xo‘jaligidir. Bularning munosabatlari ikki tomonlama harakterga ega bo‘ladi. Davlat bilan bozor sub’ektlarining munosabatlari asosan qonunlar, qonuniy hujjatlar bilan tartibga solinadi, lekin xo‘jalik aloqalari (oldi - sotdi) shartnomalar, kelishuvlar, davlat buyurtmalari, kontraktlar, davlat subsidiyalari orqali amalga oshiriladi. Bozor sub’ektlari (korxona, uy xo‘jaligi) ning aloqalari, munosabatlari shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Bozor tizimida iqtisodiy sub’ektlarning bir – biri bilan oldi – sotdi munosabatlarining predmetlarini keltiramiz (2.1.4.2- chizma) Xo‘jalik faoliyati va xo‘jalik ishlari bilan har bir shaxs, fuqaro qadimdan shug‘ullanib kelgan. Ular o‘z – o‘zini ta’minlash masalasini hal qilish bilan shug‘ullanishadi. Bunday xo‘jalik yuritish shakliga uy (oila) xo‘jaligi deb yuritiladi va u jamiyatning birlamchi, boshlang‘ich bo‘g‘inidir. Ularning belgilariga quyidagilarni kiritish mumkin: v shaxsiy ehtiyojni qondirish. Ular ishlab chiqargan narsasini o‘zi yoki oilasi iste’mol qiladi, ular ishlab chiqaruvchi va iste’molchi hisoblanadilar. hozirgi zamonda uy (oila) xo‘jaliklari ortiqcha mahsulotlarini sotish uchun bozorga ham chiqadi. Bunday hollarda oila xo‘jalik faoliyatidan qo‘shimcha daromad manbai sifatida foydalaniladi va ular qisman jamiyatni, boshqalarni ehtiyojini qondirish uchun xizmat qilgan hisoblanadi. Bunday holda uy xo‘jaligining mahsuloti tovar shakliga aylanadi; v ular faoliyatida shaxsiy mulkidan foydalaniladi (ayrim hollarda kredit yoki ssudalardan foydalanishi ehtimoldan holi emas); v asosan o‘z ish kuchini ishlatishadi, yollanma ishchi kuchidan foydalanishi ham mumkin; v faoliyatida ishlatiladigan barcha resurslardan samarali foydalanishgacha va ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishga intilishadi; v yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmaydi, ularga hokimiyatdan ruxsatnoma olish shart emas; v faoliyat yuritishda mustaqil qarorlar qabul qiladi va nihoyat, ular o‘z tavakkalchiligi asosida ish yuritadi. Jamiyatning asosiy bo‘g‘inini, ishlab chiqarish va xizmatni bozor va jamiyat uchun amalga oshiruvchi, o‘z xo‘jalik faoliyatini o‘z ehtiyoji (talabi) uchun emas, tashqi, boshqalar ehtiyojini (talabini) qondirishga yo‘naltiruvchi sub’ektlar bo‘lib, korxonalar hisoblanadi.
Download 29.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling