Tovush talaffuzini shakllantirish va rivojlantirish
Download 40.84 Kb.
|
“Tovush talaffuzini METODIK MARUZA
METODLARI
Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarni talaffuzga o’rgatishda analitik - sintetik metoddan foydalaniladi O’qitishning аsosiy birligi bo’lib so’z va jumlalar xizmat qiladi, ayni paytda so’z va jumla ustida ham ish olib boriladi. Bu metod analiz sintez munosabatlarining mos kelishini ta’minlaydi. Bunday o’qitish metodi jumlalarni so’zlarga bo’lib talaffuz qilishni, so’zlarni tovushlarga bo’lib talaffuz qilishni, hamda ularni yaxlit talaffuz qilinishini ta’minlaydi Maktablarda qo’llaniladigan analitik-sintetik metod kontsentrik xarakterga ega. Bu metodni rus olimlari F.F.Rau va N.F. Slezina taklif etgan. Mazkur metod asosida quyidagi qonuniyat yotadi: o’quvchi talaffuz qila olmayotgan tovushlarning o’rniga vaqtinchalik unga yaqin tovushlarni talaffuz qilishiga ruxsat etiladi Metodning kontsentrik moxiyati shundaki, maktabga nutqni egallamay kelgan ENB bolalarni o’qitish ikki kontsentrga bo’linadi: Kontsentr tayyorlov sinfiga to’g’ri keladi. Koktsentr birinchi va ikkinchi sinflarni O’z ichiga oladi. Tayyorlov sinfda o’quvchilardan faqat 17 ta tovushni aniq talaffuz qilish taklif etiladi. Bu tovushlar fonemalarning qisqartirilgan sitemasini o’z ichiga oladi. Bular asosiy tovushlar hisoblanadi. Asosiy tovushlarga unlilar - A. O, U, E, I, U, undoshlar - P, T, K, F, S, SH, V, M, N, L, R lar kiradi. Bu tovushlar bir-birlaridan artikulyatsiya jihatidan ajralib turadi va ikkinchi kontsentr tovushlardan ko’ra osonroq o’zlashtiriladi.
Taqdim etilgan jadvalga ko’ra tayyorlov sinfda bolalar opa; ota, to’p so’zlarini aytishi lozim. Ikkinchi kontsentr tovushlarini birinchi kontsentr tovushlari bilan vaqtincha – almashtirib turishi mumkin. Masalan; dada, Zarifa so’zlarini vaqtincha tata, Sarifa deb talaffuz qilishi hato hisoblanmaydi. Tayyorlov sinfning uchinchi choragi oxiriga borib bolalar 17 ta tovushni o’zlashtirib bo’lgan bo’lishi kerak. 1-2 sinfda tovushlar talaffuzi ustida sistemali ish olib boriladi. Nutqqa asta- sekinlik bilan jarangli undoshlar q. g`, x, tovushlari ch qorishiq undoshi kiritiladi. Download 40.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling