Tovush talaffuzini shakllantirish va rivojlantirish


Eshitish sezgilarining hosil bo’lishi


Download 40.84 Kb.
bet2/7
Sana01.04.2023
Hajmi40.84 Kb.
#1316798
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
“Tovush talaffuzini METODIK MARUZA

Eshitish sezgilarining hosil bo’lishi
Tashki, o’rta va ichki quloq tuzilmasi tukli hujayralarga tovush tebranishlarini yetkazib berishni ta’minlaydi. Bunda tashqi eshituv yo’liga keluvchi tovush tebranishlari nog’ora pardaning tebranishiga olib keladi. Undan so’ng nog’ora pardaning tebranishiga olib keladi. Undan so’ng nog’ora pardadagi tebranishlar o’rta quloqdagi eshituv suyakchalari zanjiriga yetkazib beriladi. Bu zanjirdagi oxirgi suyakcha tebranishlarni oval oyna membranasi orkali ichki kulokga uzatadi.
Membranadagi tebranishlar chig’anoqdagi suyuqlikni xarakatga keltiradi. Bu eshituv retseptorlarini – chig’anoqning tukli xujayralarini stimulyatsiyasini chaqiradi. Natijada ular eshituv nervidan miyaning eshituv markaziga o’tuvchi kuchsiz elektr signallarini xosil qiladi. Bu markazlarda eshituv-nutqiy ma’lumotlar ishlab chiqarilishi, turli eshituv sezgilarining shakllanishi (musiqalar, nutq va boshqalar) xosil bo’ladi.


Eshitishning buzilishlari
Eshitishning buzilishlari tashki va o’rta quloq qismlarining jarohatlanishi (konduktiv zaif eshitish) yoki ichki quloq qismlarining jarohatlanishi (sensonevral zaif eshitish) oqibatida kelib chikadi. Sensonevral zaif eshitishda eng avvalo tukli xujayralar eshitish retseptorlari jarohatlanadi. Qoidaga muvofik, jarohatlangan tukli xujayralar tiklanmaydi. Asosan meningit okibatida eshitishi yo’qolgan bemorlarning ma’lum kismida eshitish nervining jarohatlanishi kuzatiladi. Eshitish va karlikda katta yo’qotishlar aynan sensonevral zaif eshitishda kuzatiladi. Yana po’stlok va po’stlok osti markazlari eshitish tizimi, tovush va nutqni ishlab chikarish buzilishlari bilan bog’lik markaziy eshitish buzilishlari ham mavjud.
Bemorlagi eshitish yo’kolishlarini baholashda u eshitishi mumkin bo’lgan eng past tovushlar darajasi, eshitishning poroglari aniqlanadi. Eshitish poroglari detsebellarda o’lchanadi. Inson kanchalik yomon eshitsa, eshitish porogi (detsebelda dB) shunchalik ko’p bo’ladi. Eshituv poroglari turli tovushlar balandligi (chastotalar-gertsda, Gts) uchun o’lchanadi va shu tarzda audiogrammalarni oladilar. 500, 1000, 2000, 4000 Gts - tonlari uchun nutq chastotalarining asosiy diapazoni havo orqali o’tuvchi eshituv poroglarining o’rtacha arifmetik ahamiyati sifatida eshitishning pasayish (yo’kotish) darajasi yoki zaif eshitishning darajasi aniklanadi.
Eshitish darajasining pasayishiga qarab І, ІІ, ІІІ, ІV darajalarga, zaif eshituvchi va karlarga ajratiladi (jadval 1).



Download 40.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling