Tovush talaffuzini shakllantirish va rivojlantirish
Download 40.84 Kb.
|
“Tovush talaffuzini METODIK MARUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ill-IV CHORAKLAR
- I-IV CHORAKLAR
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
3-usul. Aralash usuli. Bu usul birinchi va ikkinchi usulni uyg’unlashuvidan hosil bo’ladi. O’quvchi o’qituvchining nutq a’zolarining harakatlanishini ko’rib, o’z nutq a’zolarini harakatlantiradi. Lekin buni aniq bajara olmaydi. Bunda o’qituvchi unga yordam beradi: Masalan: O’ tovushini aytayotib o’quvchi keraklicha lablarini cho’za olmaydi, natijada O’ A ga o’xshab qoladi. Bunda o’qituvchi ikki barmog’i bilan o’quvchining ikki lunjini ezadi va lablarning cho’chchayishiga yordam beradi. O’ tovushi hosil bo’ladi.
ESHITISHDA NUQSONI BO’LGAN BOLALAR BILAN NUTQIY NAFAS USTIDA ISHLASH Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarda to’g’ri talaffuzni shakllantirish ularga ta’lim-tarbiya berishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Chunki og’zaki nutq muomala vositasi sifatida insonlar hayotida muhim o`rin tutadi. Talaffuzni shakllantirishning dastlabki bosqichi nutqiy nafas ustida ishlashdir. ENB bola odatda to’liq yoki deyarli to’liq nonutqiy nafasga ega bo’ladilar. Ular o’zlarining eshituvchi tengdoshlaridan o’pkalarining tiriklik sig’imi bo’yicha biroz orqada qoladilar. Ma’lumki, biz nafas chiqarayotib gapiramiz. Nafas uzunligi so’z va gaplarni qo’shib aytishga yordam beradi. Bu esa tinglovchiga nutqni tushunishga yordam beradi. Uzun nafas chiqarishni ta’minlash uchun o’pkani kerakli havo bilan to’ldirish kerak. Nutq jarayonida tez va chuqur nafas olish so’zlashuv paytida nafasni og’izdan olishga olib keladi. Burundan tez nafas ola olmasligimizga sabab burun yo’llarining torligidir. Talim olmagan ENB bola nafasni olib tez chiqarishga odatlangan bo’ladi. Davomli, tejamli nafas chikarishga o’rganish, uning uchun ma’lum qiyinchiliklar tug’diradi. Agar ENB bolalarga unlilarni, sonorlarni, frikativlarni bir nafasda aytishni taklif qilsak, o’zining eshitadigan O’rtoqlaridan bu borada ancha orqada qolishi ma’lum bo’ladi. Bu holat ENB bola nafakat nafas muskullarini to’g’ri ishlata olmasligidan, balki. Artikulyatsiya apparati va ovoz apparatini nomukammal ishidan darak beradi. Faqat nafas mashqlari bilan keragidan ortiqcha shug’ullanishdan saqlanish kerak. Ko’p vaqtni olgan holda ular har doim ham ko’zlagan natijaga olib kelmay, ishga zarar yetkazishi mumkin. ENB bolalarda nutqiy nafasni rivojlantirishning eng yaxshi vositasi – unli, sonor, frikativlarni, bo’g’inlarni cho’zib talaffuz qilishdir. Nutqiy nafasni rivojlantirish uchun o’quvchiga har-xil nafas o’yinlariga unli tovushlarni cho’zib aytishga, bo’g’inlar qatorini, so’z va frazalarni bir nafasda aytishga doir turli topshiriqlarni berish kifoya. O’qitishning birinchi kunlarida nutqqa bog’liq bo’lmagan har-xil nafas mashqlari o’yin vaqtida bajariladi. Bu o’yinlarning maqsadi – bolalarni asta-sekin chuqur nafas olib kuchli, davomli va tejamli nafas chiqarishga o’rgatishdir. Bu o’yinlar keyinchalik so’zlarni baland va qo’shib talaffuz qilishi uchun zarurdir. Nafas chiqarishning kuchi va uzunligini rivojlantirish uchun quyidagi mashqlardan foydalanish mumkin: Stoldan qog’oz bo’laklarini puflash, momiqni puflash, masofadan turib yonib turgan shamni puflash, stol ustidagi qalamni puflab dumalatish va b. Bir maromda nafas chiqarish va nafas kuchini boshqara olish murakkabroq jarayon hisoblanadi. Buning uchun quyidagi mashqlardan foydalanish mumkin: suvda suzayotgan plastmassa buyumlarini puflash, qog’oz qayiqni, sovun pufakchalarini, stoldan qog’oz parchalarini, momiqlarni puflash. U yoki bu nafas mashqlarini bajara turib undan ko’zlagan maqsadni aniq qo’yish va o’quvchini shu ko’zlagan maqsadga yo’naltirish lozim. Masalan, o’quvchini chuqurroq nafas olib, kuch bilan chiqarishga o’rgatish uchun o’qituvchi o’quvchi o’chirayotgan shamning masofasini o’zgartiradi. Tejamli, uzluksiz nafas chiqarishga o’rgatish uchun og’iz oldida ushlab turilgan qog’ozni puflab, uni chiqayotgan havo oqimi bilan itarib bir necha muddat shunday holatda ushlab turish kerak Birinchi haftalardanoq unlilarki cho’zib aytish, bir nafasda bo’g’inlar qatorini aytish kerak. Bunday mashqlarni tayyorlov va 1-sinflarda davom ettirib o’qituvchi asosiy e’tiborni o’quvchining nutqiga so’z va kichik frazalarni bir nafasda, bo`g`inlamay ayttirishga e’tiborni qaratish kerak. O`quvchilarni xar bo`g`inlar va so`zlar orasida nafas chiqarishiga yo`l qo`ymaslik kerak. Eshitish qobiliyatini rivojlantirishda qo’yiladigan maqsad: eshitish orqali o’quv faoliyatini uyushtirishga doir nutq materialini farqlay bilish va tushunish. Talaffuzga o’rgatishga doir qo’yiladigan maqsad; - sinf chorakda: p,a,v,t,u,l,s tovushlari chorakda: u,i,n,sh tovushlari chorakda: k,f,r,e,x tovushlari chorakda esa: I-III chorakda o’rganilgan tovushlar mustahkamlanadi va differensiyalanadi. Tovushlarni qo’yish va ularni mustahkamlash uchun barcha choraklar davomida quyidagi ish turlari amalga oshiriladi. Normal balandlikdagi va kuchdagi ovoz bilan, normal tembrda so’zlarni qo’shib ayta olish, turli unlilarni va ovoz bilan aytiladigan (m,n,v,l,r) undoshlarni aytishda ovoz tonini bir xil balandlikda saqlay olish (I-IV choraklarda). Ikki-uch bo’g’inli so’zlarni, o’qituvchiga taqlid qilgan xolda urg’uli bo’g’inlarga ajratib (unlilarni balandroq ovoz bilan aytgan xolda) takrorlay olish (I-IV choraklarda). So’zlarda o,u,o’,i,r,t,k,f,s,m,n.sh,l,r,v asosiy tovushlar tarkibidagi birikmalarni to’g’ri talaffuz qila bilish (I-III choraklarda). Avvallari va vaqtincha taxminiy p va s tovushlari bilan almashtirib aytilgan b va z jarangli undosh tovushlarinin to’g’ri talaffuz eta bilish (IV chorakda). Ill chorakda p,m,t,n,f,v,o,sh,a-o,o’-u,a-e,e-i,e-u,t-l,l-n,s-sh,k-x, tovushlarini bo’g’in va so’zlarda farqli talaffuz etish, IV-chorakda mustahkamlash. O’zlashtirilmagan tovushlardan tuzilgan so’zlami, asosiy tovushlardan foydalangan xolda, taxminiy o’xshatib ayta olish. Masalan: dada o’rniga tata, jo’ja- sho’sha, gul-kul. Yangi o’rganilayotgan “olma, paxta, bayram, stol...” kabi so’zlarda undosh tovushlari to’g’ri ayta bilish. 4-5 bo’g’inli iboralarni bir nafasda to’g’ri qo’shib ayta olish. Masalan; men yozib bo’ldim (I-IV choraklarda). Eshitish idrokini o’stirish bo’yicha mashg’ulotlarda o’qituvchi aytgan so’zlarni to’la yoki takrorlab ayta olish. Masalan: bugunni - pugun yoki navbatchini - nafpati kabi. I sinfda I chorakda b,z, tovushlari, II chorakda d,j,g tovushlari, III chorakda ch tovushi qo’yiladi. Shuningdek, tovushlarni mustahkamlash va talaffuzni shakllantirish bilan birgalikda quyidagi talablar amalga oshiriladi. I CHORAK Tayyorlov sinfi yoki bolalar bog’chasida egallagangan talaffuz ko’nikmalarini mustahkamlash. So’zlarni qo’shib, normal balandlik, kuch va tembrdagi ovoz bilan o’qituvchiga taqlid qilgan xolda tovush tarkibini buzmay (aniq yoki tovushlarni almashtirgan xolda tahminan yaqinlashtirib) talaffuz etish. II CHORAK So’zlarni qo’shib, normal balandlik, kuch va tembrdagi ovoz bilan ikki-uch bo’g’inli so’zlarni so’z urg’usiga (ustga qo’yilgan belgi bo’yicha o’qituvchiga taqlid qilgan xolda) va jarangli undoshlarning so’z oxirida hamda jarangsiz undoshlardan oldin kelganda jarangsizlanishi qoidasiga rioya qilib talaffuz eta olish. So’zlarda b- p, d-t, g-k, jarangli va jarangsiz undoshlarni farqini ayta bilish (differensiyalash). Jarangli undoshlarni so’z oxirida va jarangsiz undoshlar oldida kelganda jarangsiz ayta olish (o’qituvchiga taqlid qilib yoki ustki belgiga qarab). Masalan: P P Maktab, kitob So’zda talaffuz qilinmaydigan tovushlarni tushirib ayta bilish. Masalan: Toshkent(t), b(i)r, 0’zbek(i)ston, bil(i)m. 6-7 bo’g’inli so’z birikmalari va jumlalarni bir nafasda qo’shib talaffuz eta olish. Masalan: bugun nechanchi sana? (l-II chorakda) Ill-IV CHORAKLAR Ikki-uch bo’g’inli so’zlarni qo’shib, so’z urg’usiga rioya qilgan xolda o’qituvchiga taqlid qilib va mustaqil ravishda so’z ustiga qo’yilgan belgiga qarab, tovush, tarkibini saqlagan, amalda o’rganilgan orfoepik qoidalar (so’z oxirida va jarangsiz undoshlar oldin kelgan jarangli undoshlarning jarangsizlanishi so’z boshida, o’rtasida, oxirida tovushlar bi tushirib qoldirilishi) ga amal qilingan holda to’g’ri ayta olish. So’zlarda Ch-S-Ch-Sh, tovushlarni differeniya qila olish. So’z boshida, o’rtasida, oxirida d.ch topvushlarni to’g’ri talaffuz yo’q qilish. Undosh tovushlar ketma - ket kelgan so’zlarni qo’shib ayta olish: Masalan: doska, parta, park, daktil. So’zda bo’g’inlar sonini va urg’u tushgan bo’ginni aniqlay bilish. Bir nafasda 7-8 bo’g’inli so’z birikmalari va jumlalami qo’shib o’qiy olish. I-IV CHORAKLAR Eshitish idrokini o’stirish mashg’ulotlaridagi barcha nutq materiallarini shu davr uchun lozim bo’lgan taxminiy yoki aniq talaffuz etishdan foydalangan xolda takrorlay olish. Shu metodlar va usullardan foydalandim, o’quvchilarimga tadbiq qildim va yaxshi natijalarga erishdim. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR E,N. Krauz, - artikulyatsioniya gimnastika, logopedik massash. U. Fayzieva D. Nazarova surdopedagogika F. Qodirova N azarova - Metodika Barchinoy Usmonova Eshitishda muammosi bo’lgan bolalarni talaffuzga Zamira Yuldasheva o’rgatish metodikasi Download 40.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling