Tovush talaffuzini shakllantirish va rivojlantirish


Download 40.84 Kb.
bet1/7
Sana01.04.2023
Hajmi40.84 Kb.
#1316798
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
“Tovush talaffuzini METODIK MARUZA





FARG’ONA SHAHRIDAGI ALOHIDA TA’LIM
EHTIYOJLARI BO’LGAN (KAR VA ZAIF ESHITUVCHI)
BOLALAR UCHUN IXTISOSLASHTIRILGAN
1-SONLI TA’LIM MUASSASASI YAKKA
MASHG’ULOT O’QITUVCHISI

YULDASHEVA NAFISAXONNING

TOVUSH TALAFFUZINI SHAKLLANTIRISH


VA RIVOJLANTIRISH” BO’YICHA


METODIK
MA’RUZASI


M A ‘ R U Z A


Mavzu: “Tovush talaffuzini shakllantirish va rivojlantirish” metodikasi.
R E J A:
1. Surdopedagogika – bu eshitishda muammolari bo’lgan bolalar va kattalar ta’lim-tarbiyasini tashkil etish masalalari.

  1. Eshitish sezgilarining hosil bo’lishi. Eshitish qobiliyatini rivojlantirish.

  2. Tovushlarni shakllantirish metodlari.

  3. Eshitish orqali o’qish faoliyatini uyushtirishga doir nutq materialini anglash, farqlay bilish va tushunish.


Surdopedagogika – bu eshitishida muammolari bo’lgan boalar va kattalar ta’lim-tarbiyasini tashkil etish masalalarini o’rganuvchi fandir. Surdo — lotincha — «surdus» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, kar ma’nosini bildiradi. Bola tarbiyasi xaqidagi fanni anglatuvchi pedagogiga esa – yunoncha «paydagogike»so’zidan kelib chiqqan.
Zamonaviy surdopedagogika fani eshitishida muammolari bo’lganlarning ikki guruhi: karlar va zaif eshituvchilar ta’limi nazariyasi hamda amaliyotini o’z ichiga oladi. Ilmiy bilim doirasida surdopedagogika maxsus pedagogikaning bir tarmog’i bo’lib defektologiya tarkibiga kiradi.
Surdopedagogikaning rivojlanishi maxsus pedagogikaning boshqa yo’nalishlari va qator qardosh fanlar materiallarini integratsiyalash va jalb qilish hamda o’z muammolarini, o’ziga xos yondoshuvlarini ishlab chiqishga asoslangan. Surdopedagogika eshitish qobiliyatida buzilishlari bo’lgan bolalar bilan olib boriladigan original metodlar va o’quv-korrektsiya ishlarini olib borish vositalariga ega bo’lib, eshitmaydigan o’quvchilarga fanlarni o’qitishda maxsus metodikalardan foydalangan holda, maktab va maktabgacha yoshdagi kar, zaif eshituvchi o’quvchilarni har tomonlama o’rganish va tabaqalashtirilgan ta’limni ta’minlovchi maxsus ta’lim muassasalarining faoliyatini asoslab beradi.



Download 40.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling