Tovush. Tovushning xarakteristikalari va quloqning eshitish sezgirligini aniqlash. Klinikada qo'llaniladigan tovush tekshirish usullari. Tovushning to'lqin uzunligi va havoda tarqalish tezligini turg'un to'lqin usulida aniqlash


Tekshirilganda organdan infratovush chiqadigan bo‘lib qolgan ekan. Hozirgi kunda infratovushining inson salomatligiga ta`siri o‘rganilgan va shovqinlar manbai bo‘lgan joylarda infratovushlar bor yoki


Download 1.02 Mb.
bet4/5
Sana28.12.2022
Hajmi1.02 Mb.
#1017711
1   2   3   4   5
Bog'liq
6 Tovush Tovushning xarakteristikalari va quloqning eshitish sezgirligini

Tekshirilganda organdan infratovush chiqadigan bo‘lib qolgan ekan. Hozirgi kunda infratovushining inson salomatligiga ta`siri o‘rganilgan va shovqinlar manbai bo‘lgan joylarda infratovushlar bor yoki yo‘qligi aniqlanadi.

TOVUSHNING TARQALISHI

Biz tovush sifatida qabul qiladigan o‘ziga xos sezgi elastik muhit- havo, suv, qattiq jism tebranma harakatining odam eshitish a`zosiga ta`siri natijasidir. Muhitning tebranishi tovush manbai tomonidan qo‘zg`atiladi va muhitda tarqala borib, qabul qilish a`zosi - bizning qulog`imizgacha yetib keladi. Shunday qilib, biz eshitadigan turli-tuman tovushlar bir-biridan chastota va amplitudalari bilan farq qiladigan tebranma jarayonlar tomonidan yuzaga keltiriladi.

Bir hodisaning ikki tomonini chalkashtirib yuborish yaramaydi: tovush fizik jarayon sifatida tebranma harakatning xususiy bir holidan iboratdir; psixofiziologik hodisa sifatida esa tovush, o‘zigi xos bo‘lib, uning paydo bo‘lish mexanizmi hozirgi vaqtda yetarli darajada mukammal o‘rganilgan.

Hodisaning fizik tomoni haqida gapirganda, biz tovushni uning intensivligi (kuchi) bilan, u bilan bog`liq bo‘lgan tebranma jarayonlarning tarkibi va chastotasi bilan xarakterlaymiz; tovush sezgilarini nazarda tutsak, u holda biz tovushning qattiqligi, tembri, balandligi haqida gapiramiz.

Qattiq jismlarda tovush bo‘ylama tebranish holida ham, ko‘ndalang tebranish holida ham tarqaladi.

Suyuqlik va gazlar siljish elastikligiga ega bo‘lmagani sababli, gazsimon va suyuq muhitda tovush faqat bo‘ylama tebranish holida tarqalishi mumkin. Gazlarda va suyuqliklarda tovush to‘lqinlari muhitning almashinib keluvchi zichlanish va siyraklanishlaridan iborat bo‘lib, tovush manbaidan har qaysi muhit uchun xos bo‘lgan ma`lum tezlik bilan uzoqlashadi.

Tovush to‘lqinlarining sirti tebranish fazasi bir xil bo‘lgan muhit zarrachalarining geometrik o‘rnidan iboratdir. Tovush to‘lqinlarining sirtini, masalan, qo‘shni to‘lqinlarning sirtlari orasida bitta zichlanish qatlami va bitta siyraklanish qatlami joylashadigan qilib o‘tkazish mumkin.


Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling